Himoyaga tavsiya etildi


III BOB. Fiskal siyosatni takomillashtirishda jahon tajribasining asoslari



Download 0,86 Mb.
bet19/28
Sana05.09.2021
Hajmi0,86 Mb.
#165267
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
BMI Qaxramonova G

III BOB. Fiskal siyosatni takomillashtirishda jahon tajribasining asoslari

3.1. Fiskal siyosatni takomilshtirishda Yaponiya tajribasidan foydalanish yo‘nalishlari

Bugungi kunda mamlakatni iqtisodiy barqarorligini ta`minlashda hamda tartibga solishda fiskal siyosatining roli sezilarli darajada kuchaymoqda. Fiskal siyosati milliy iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy vositalardan biriga aylanmoqda. Fiskal siyosatni takomillashtirishda Yaponiya tajribasidan foydalanish yo‘nalishlarini o‘rganish hozirda kunda xorij tajribasi sifatida dolzarb mavzudir. Chunki, Yaponiyaning hozirgi iqtisodiyotining defitsit holatidan chiqarishda fiscal siyosati muhim vosita sanaladi hamda fiscal siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarda roli ahamiyatlidir. Mamlakatning umumiy iqtisodiy siyosati, ijtimoiy, ekalogik va boshqa davlat dasturlarini muvaffaqqiyatli amalga oshirish, bu o‘z navbatida, har bir mamlakatning va uning har bir fuqarosi farovonligi bilan bog`liq bo‘lib, davlatning budjet-soliq siyosatiga taaluqlidir. Quyida biz rivojlangan mamlakat hisoblangan Yaponiya tajribasidan foydalanish yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishimiz mumkin40:

-Yaponiyadagi oqilona bujet-soliq siyosati ushbu davlat uchun ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga yordam beradi, tadbirkorlikni rivojlantirishni rag`batlantiradi hamda iqtisodiyotga faol investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Buning natijasida esa, qulay investitsiya muhiti, tadbirkorlik sub`yektlari uchun teng mehnat sharoitlari ijtimoiy reishlab chiqarish jarayonini sezilarli darajada jonlantirishi hamda jamiyat ehtiyojlarini to‘la qondirilishini ta`minlaydi.

-Yaponiyada fiskal siyosati, shuningdek, tegishli mablag`lardagi mablag`larning konsentratsiyasiga va ularni iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishga, noishlab chiqarish sohasini rivojlantirishga hamda ijtimoiy muammo va masalalarni hal qilishga yordam beradi. Shuning uchun Yaponiyada olib borilayotgan fiskal siyosatidagi tendensiyalar va istiqbollarni o‘rganish hamda o‘rnak olish bugungi kunda muhim tavsiya hisoblanadi.

-Hozirgi davrda amaldagi fiskal siyosati tajriba almashinishga juda qo‘l keladi. Sababi bu siyosat davlat budjetini manipulatsiya qilishdir. Ya`ni bunda iqtisodiy o‘sishni rag`batlantirish, bandlikni oshirish, inflatsiya yukini kamaytirish va iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida davlat chiqimlari, daromadlar va soliqqa tortish kabi unsurlar kiradi. Bu narsa esa budjet-soliq siyosatining barcha shakllarini-budjet, soliq, daromad, xarajatlat siyosatini birlashtiradi.

-Yaponiya davlati budjeti ishlashining maxsus shakllari- daromadlar va xarajatlar orqali amalga oshirsa bo‘ladi hamda ularning davlat qo‘lida joylashgan ijtimoiy mahsulot qiymatini qayta taqsimlashning navbatdagi bosqichlarini ifodalaydi.

- Daromadlar hozirgi davrda Yaponiya iqtisodiyatida eng ko‘p qismi soliqdan tushumlar orqali keladi hamda bu uning moliyaviy bazasi hisoblanadi. Yaponiyadagi defiysitga sabab bo‘layotgan xarajatlarning en katta ulushi esa bu ijtimoiy himoyaga sarflanayotganligidir hamda ijtimoiy ehtijoylarni qondirishga xizmat qilayotganligidir. Budjet daromadlari yaponiya davlatini budjet jamg`armasini shakllantirish jarayonida davlatning korxonalar, tashkilotlar va fuqarolar bilan iqtisodiy munosabatlarini anglatadi.

- Fiskal siyosati Yaponiya hukumatining davlat budjeti daromadlari yoki xarajatlari hajmini o‘zgartirish orqali iqtisodiyotni borqarorlashtirishga ta`sirini ko‘rish chorasidir. shuning uchun ham Yaponiyada budjet-soliq siyosati ya`ni fiskal siyosati bandlikni ta`minlashga va inflatsiyasiz YaIM ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini, soliqlar va davlat budjetini o‘zgartirish bo‘yicha davlat chora-tadbirlari hamdir.

-Yaponiyada hizrgi kunda olib borilayotgan fiskal siyosatining madsaqlari41:

1) Fuqaolarning daromadlarini tenglashtirishni ta`minlash;

2) Ijimoi ahamiyatli sektorlarni subsidiyalar va investitsiyalar bilan ta`minlash;

3) Kichik biznesni rag`batlantirish;

4) Aniq eksport;

5) Iqtisodiyotni barqarolashtirish;

6) Ichki bozorga kirishni cheklash;

7) Bandlikni oshirish;

8) Inflatsiyani pasaytirish;

9) Aholi farovonligini oshirishdan iboratdir.

- Yaponiyada budjet-soliq siyosati davlat xarajatlari va soliqlar miqdorini, ya`ni yalpi talab va yalpi takliflarining davlat budjetini manipulatsiya qilish yo‘li bilan istalmagan siljishlarini tartibga solishga va oldini olishga qaratilgan. Yalpi shakldagi talabning ma’lum vaqt davomida mamlakat miqyosida jami sotib olingan tovarlar va xizmatlar qiymatidir. Iqtisodiy muvozanat yalpi talab va yalpi taklifning tengligini taqozo qilsa ham, amaliyotda ularning nisbati o‘rtasidagi o‘zgarishning mumkin bo‘lgan turli xil muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Xususan42:

· Yalpi shakldagi talabning o‘sishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning ortishi bilan birga boradi;

· Yalpi shakldagi talabning kamayishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning tushishi bilan;

· Yalpi shakldagi taklifning o‘sishi. Ishlab chiqarish hajmining ortishi bilan birga boradi va baholarning kamayishini keltirib chiqaradi;

· Yalpi shaklfdagi takliflarning tushishi va shunga mos ravishda ishlab chiqarishningkamayishi, baholarning ortishiga olib keladi.

-Yaponiyada fiskal soliq siyosati strategic va taktik maqsadlar uchun ko‘zlangan.

Bu maqsadlar qaysi davrni qamrab olsa ya`ni uzoq yoki qisqaligi jihatdan, o‘sha davrning natijasi aynan shu maqsadga bog`lanadi. Uzoq vaqt davomida budjet-soliq siyosatining strategik maqsadlari amalda o‘z tastig`ini topadi.quyida strategic maqsadlarga misollar: barqaror iqtisodiy o‘sishni ta`minlash, tarkibiy o‘zgarishlarni rag`batlantirish, ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirish, eksport hajmini oshirish va boshqalar. Qisqa vaqtlik taktik maqsadlar esa, qoida sifatida, strategik vazifalarni hal qilishga xizmat qiladi va fiskal siyosati qamrab olgan vaqt mobaynida yoki cheklangan sohalardagi jarayonlarga ta`sirini ko‘rsatadi. Masalan, aholi daromadlarini tenglashtirishga erishish uchun ijtimoiy to‘lovlar kompleksini amalga oshirish, past daromadlarga soliq stavkalarini yanada pasaytirish va ular uchun soliq imtiyozlarini mavjudligi. Iqtisodiy rivojlanishning fiskal siyosati davomida strategik va taktik madsadlarini inobatga olgan holda, hukumat ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni rivojlantirmoqchi va yangi texnalogiyalarni joriy etish maqsadida bo‘lgan korxonalar uchun, masalan, kichik biznes sub`yektlari, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarning ijtimoiy maqsadi bo‘lgan sohalar uchun qulay bo‘lgan soliq tartibini amalga oshiradi. Aksincha, soliqlarning sezilarli darajada ko‘tarilishi nafaqat cheklash, balki har qanday tadbirkorlik faoliyatini ham inqirozga yuzlashtirishi va bema`no qilib qo‘yishi mumkin.

-Yaponiyada fiskal siyosatining asosiy vositalari davlat budjetining xarajatlari va daromadlaridir. Xususan, transfertlar, soliqlar, davlat xaridlari.

Davlat xaridlariga davlat tomonidan o‘z iste`moli ehtiyojlari uchun (asbob-uskuna, qurol sotib olish) va davlat zahirasi hamda iste`molini ta`minlash uchun (dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tomonidan sotib olish) davlat budjeti hisobiga yuzaga keladigan xaridlar usuli. Xususiy xarajatlar singari, davlatga tegishli bo‘lgan o‘zining xaridlari ham umumiy xarajatlarni ko‘paytiradi.

Davlat xaridlaridan mustasno holda, yana bitta davlat xarajatlarining turi mavjuddir- transfert to‘lovlar. Budjet mablag`larine qayta taqsimlash sxemalaridan biri bo‘lib transfer to‘lovlar hisoblanadi. Bunda, budjetdan aholining ehtiyojmand qismi ko‘proq bo‘lgan fuqarolar foydasiga mablag`larni qayta taqsimlash tartibida amalga oshiriladigan hukumat budjetidan sarflanadigan to‘lovlardir. Ularning uchta umumiy shalkllari bo‘lib: davlat qarzlari bo‘yicha foiz to‘lovlari, xususiy tadbirkorlarga beriladigan subsidiyalar va ijtimiy ehtiyojlar uchun to‘lovlar (nafaqa, pensiya, stipendiya va boshqalar) shular jumlasidandir43.

Shuningdek, Yaponiya davlati fiskal siyosatining iqtisodiy taraqqiyotga ta`sir etuvchi samarali moliyaviy vosita va dastaklarning ahamiyati shundaki, mavjud muammolar bo‘yicha amalga oshirilgan ko‘p sonli tadqiqotlarning hammasi ham hozirgacha ijodiy o‘rganilib, tanqid qilinmagan. Yaponiyadagi iqtisodiy barqarorlikning modernizatsiyalash sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta`minlashda davlat fiskal (budjet-soliq) siyosatini amalga ishirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini tanqid etishni taqozo etadi44:

-Iqtisodiy o‘sishni moliyaviy ta`minlash to‘g`risidagi turli iqtisodiyot fanidagi ilmiy qarashlarni tahlil qilib umumlashtrish va shu asnosida, mazkur tushunchaning mazmunini, uning sifat jihatdan qaralishi kerak bo‘lgan tomonlarini hisobga olish hamda iqtisodiy o‘sishni moliyaviy ta`minlash jarayoniga turli tuman yondoshuvlar mazmunini ochib berish;

-Makroiqtisodiy darajadagi fiskal siyosatining dastak va vositalari nuqtai nazaridan iqtisodiy o‘sishning mezonlari, o‘lchamlari hamda ta`sir etuvchi asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash va shu yo‘l orqali iqtisodiy o‘sishga ta`sirchan, takomillashtirilgan mexanizmlarini ishlab chiqishning ahamiyati;

-Davlat fiskal siyosatiniamalga oshirishning nazariy-iqtisodiy konsepsiyalarini yoritish hamda iqtisodiyotdagi o‘sishni ta`minlashning moliyaviy dastak va vositalari hamda ularni o‘zaro uyg`unlashtirish jarayonlari mexanizmlarini ishlab chiqishning ahamiyati;

-Makroiqtisodiy muvozanatlikning umumiy ko‘rinishlarini tavsiflovchi yalpi taklif va yapli talab muvozanatini ta`minlashda budjet-soliq siyasatining iqtisodiyotdagi roli hamda uning samarali ta`sir etuvchi ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash;

-Moliyaviy muvozanatlikni ta`minlashda milliy iqtisodiyotda budjetdan tashqari fondlarning ahamiyati hamda ularning iqtisodiy o‘sishni o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini ochib berish;

-Davlat budjetidagi muvozanatlashtirilgan holatni saqlash uchun va uning taqchilligini kamaytirishning me`yoriy miqdorlari hamda ularning aniq modellarini aniqlab chiqish kerak;

-iqtisodiy o‘sishning iqtisodiy mutanosiblik jihatlarini ta`minlashda mintaqaviy-hududiy rivojlanishining mahalliy budjetlar rolini o‘stirib borish jarayonlarini aniqlanishining ahamiyati;

-Soliq tizimini takomillashtirish jarayonining optimal uslub va variantlarini aniqlash hamda uning iqtisodiy barqarorlikni ta`minlashdagi roli va rag`batlantirishdagi rolini oshirib boorish xususiyatlarini tanqid etishning ahamiyatini oshirish;

Umumiy tavsilotlardan xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, yuqorida ko‘rsatilgan barcha holatlarni o‘rganish, aniq modellarini ishlab chiqish bu davlat fiskal siyosatining iqtisodiy o‘sishni ta`minlashga yo‘naltirilgan mexanizmini takomillashtirishga asos bo‘ladi.

Quyidagi diogrammadan ko‘rinib turibdiki, Yaponiyada soliq tushumlaridan keladigan asosiy daromadlar transfert to‘lovlar orqali eng ko‘p, ya`ni 40%i ijtimoiy himoya uchun sarflanmoqda. Fikal siyosati soliq siyosatining bir kategoriyasi hisoblanadi va har doim ham umumiy iqtisodiy barqarorlikni to‘liq yo‘lga qo‘yish vazifasidan yiroqda sanaladi.u davlat xarajatlari uchun moliyaviy shart-sharoitlar yaratib beradi xalos.Ammo, xorij tajribalaridan foydalanganimizda yapon fisal siyosatini nazardan chetda qoldirmasligimiz kerak. Hozirgi kunda Yaponiya iqtisodiyoti defitsit holatida bo‘lsa ham, iqtisodiy barqarorlikni ta`minlashda fiskal siyosatining iqtisodiyotdagi roli jihatdan eng old qatorlarni egallaydi. Buning tastig`ini biz yuqoridagi Yaponiyada fiskal siyosatining faoliyati bo‘yicha to‘liq ma`lumotlardan anglashimiz mumkindir.

3-diagramma




Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish