3.2 .Barqaror iqtisodiy o‘sishni mustahkamlashda fiskal siyosatning rolini oshirish yo‘llari
Budjet-soliq siyosatining asosiy maqsadi davlat xarajatlarini samarali rejalashtirgan holda, bu xarajatlarni moliyalashtirish manbaalarini izlab topish bo‘lsa, soliq siyosati byudjet-soliq siyosatidan kelib chiqqan holda, ya`ni budjet daromadlarining asosini tashkil qiluvchi soliqlarni budjetga yetarli miqdorda va o‘z vaqtida kelib tushishini ta`minlash, budjet daromadlari ijrosini ta`minlash maqsadida olib boriladi. Fiskal soliq siyosatining asosida shunday bir maqsad yotadiki - bu soliq yukini soliqlar o‘rtasida oqilona, iqtisodiy rivojlanishga zarar yetkazmagan holda taqsimlashdir. Fiskal soliq siyosatini ishlab chiqishda soliqlarning fiskal funksiyasi bilan bir qatorda, rag`batlantirish funksiyasini ahamiyatini oshirish samarali hisoblanadi. Soliq tushumlari orqali rag`batlantirish funksiyasi ishlab chiqarishni rivojlanishiga, moddiy xom-ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to‘plangan mol-mulk zaxirasidan samarali foydalanishga faol yordam beradi, ya`ni soliq yukini yengillashtirib, ishlab chiqarishni rag`batlantirishga, moliyaviy holatni yaxshilashga va investitsion faoliyatni jozibadorlikni saqlagan holda, jonlantirishga olib keladi. Soliq tushumlari stavkalarining soliq to‘lovchilarga qiyinchilik tug`dirmasligi, albatta, ularning soliqdan qochish holatlarini kamaytiradi.
Bunda barqaror iqtisodiy o‘sishni mustahkamlashda fiskal siyosatning rolini oshirish yo‘llari quyidagilarni ko‘zda tutadi49;
- soliqlarni qisqartirish, soliqqa tortish bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini pasaytirish yo‘nalishlarida soliq qonunchiligini takomillashtirish;
- soliq imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish;
- bir xil soliq bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish;
- soliq qonunchiligiga rioya etish ustidan qat’iy operativ nazoratni joriy etish; Soliqlar bo‘yicha boqimandalik muammosini yechish uchun quyidagilar zarurdir:
- soliq to‘lovlarini qarzdor korxona hisobidan mablag’lar olishni qonuniy ta’minlash;
- qat’iy ravishda soliqlar bo‘yicha qarzdorlikni mavjud bo‘lishda bankrotlik jarayonlarini amalga oshirish;
- mulkdorlarni va korxona rahbarlarini soliqlarni o‘z vaqtida budjetga to‘lash bo‘yicha javobgarligini oshirish. Aytib o‘tilgan choralarni amalga kiritish budjet-soliq siyosatining iqtisodiyotda samaradorligini oshiradi. Ular orasida birlikni ta’minlashga xizmat qiladi, soliq tizimini iqtisodiy o‘sishga erishish vazifalari bilan muvofiqlashtirishga yordam beradi va eng muhimi makromoliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi. Davlatning budjet-soliq siyosati samarasiz bo‘lishi mumkinligini, ya’ni uni amalga oshirish quyidagi hollarda maqbul natijalarga olib kelmaydi50:
1. Budjet-soliq siyosati vaqt davrlari muammosi bilan to‘qnash keladi. Iqtisodiy siyosatni ro‘yobga chiqarish vaqt davrlarining ikki xil turi ajratib ko‘rsatiladi;
2. Ichki davr – Iqtisodiy holdagi shok (gangitish) bilan u yoki bu harakatlarni amalga oshirish to‘g’risida qaror qabul qilish o‘rtasida;
3. Tashqi davr holatida – choralar ko‘rish bilan natijani olish orasida. Iqtisodiy tanglik yoki inflyatsiyani aniqlash darhol yuz bermaydi. Odatda, iqtisodchilar makroiqtisodiy vaziyatni batafsil ta’riflaydigan statistika ma’lumotlarini yaxshi deganda 4-6 oy kechikib oladilar. Tabiiy holki, bunday vaziyatda har qanday qarorlar kechikadi. Budjet-soliq siyosati uzoq davom etadigan ichki davr bilan ta’riflanadi: soliq qonunlaridagi yoki davlat xarajatlari tarkibidagi o‘zgarishlar, odatda, hukumatning qonun chiqaruvchi organi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Bu esa, ko‘p vaqtni talab qiladigan turli xil ma’muriy qoidalar: qonun loyihasini tayyorlash, uni muhokama qilish va kelishib olish, parlament tomonidan qabul qilinishi, Prezident tomonidan tasdiqlanishi va boshqalar bilan bog’langan.
Ko‘pincha, budjet-soliq siyosatini amalga oshirish funksional kechikish: qaror qabul qilinishi bilan uning ijrosi ko‘p vaqt o‘tishiga to‘g’ri keladi. Shunday qilib, vaqt davrlari mavjudligi fiskal siyosatining samaradorligini pasaytiradi, ba’zan uni xavfli qilib ham qo‘yadi: barqarorlashtirish o‘rniga beqarorlikka olib kelishi ham mumkin. Inflyatsiya, pul muomalasining barqarorligi budjet-soliq
siyosati (soliqlarni kamaytirish) natijalarini olish paytida iqtisodiyot tushkunlik bosqichiga o‘tsa, ular birmuncha noo‘rin ham bo‘lishi mumkin. Buning natijasida esa, iqtisodiy tushkunlik yanada kuchayadi.
4. Budjet-soliq siyosatini amalga oshirish turli xildagi siyosiy muammolar bilan to‘qnash keladi. Hukumat faoliyati, makroiqtisodiy barqarorlashtirishdan tashqari, barqarorlashtirish vazifasiga zid kelishi mumkin bo‘lgan boshqa maqsadlarni ham ko‘zlaydi. Budjet-soliq siyosatidan juda tez sur`atlarda sof siyosiy natijalarga erishish (hokimiyatni qo‘ldan boy bermaslik, hokimiyat tepasiga kelish) uchun foydalaniladi. Budjet-soliq siyosatida soliq yukining kamayishi davlat xarajatlarining ko‘payishi, odatda, turli xil saylov oldi tadbirlarinni boshlanishi bilan muvofiq kelishi avvaldan tashlanib keladi. Bundan tashqari, budjet siyosati doimo hammaning ko‘z oldida, saylovchilar yordamiga tayanmoqchi bo‘lgan siyosatchilar, hatto, buni iqtisodiy zarurat talab qilgan tadirda ham, soliqlarni ko‘paytirishga yoki ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlarni kamaytirishga jur’at eta olmaydilar.
5. Makroiqtisodiy prognozlash muammosi mavjudligi. Vaqt oraliqlarining mavjudligini e’tiborga olganda fiskal siyosatining muvaffaqiyati makro darajada kelajakdagi vaziyatni oldindan bashorat qilish mumkinligiga bog’liqdir. Masalan, 2012 yilda Yaponiyada o‘tkazilgan «Ichki iste’mol bozorini sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish va savdo ustidan bank nazoratini o‘rnatish»ga qaratilgan «bozorlarni yopish» siyosati bujet-soliqtizimining nomuvofiqligiga, tovarlar aylanishining sekinlashuviga, budjetga tushumlar miqdorini kamayshiga, naqd pul massasini «chetga» chiqishiga, ishsizlik darajasining ortishiga sabab bo‘lib, budjet-soliq siyosati va makroiqtisodiy barqarorlikka o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi51. Har qanday makroiqtisodiy siyosat o‘zining natijalarini kamida 6 oydan keyin beradi. Lekin yarim yildan so‘ng esa, iqtisodiyot tushkunlik holatda bo‘ladimi, rivojlanadimi yoki bizning siyosatimiz inflyatsiya to‘lqinini yanada pasaytirib yuboradimi- buni aytish biroz mushkuldir. Afsuski, ilm-fan, texnik taraqqiyotning hozirgi holati makroiqtisodiy siyosat uchun aniqlik bilan uzoq muddatli va o‘rta muddatli prognozlar qilish imkonini bermaydi. Odatda, qisqa muddatli prognozlar (2-3 oyga) muddatdagina muvaffaqiyatli bo‘ladi. Bizning fikrimizcha, soliqlarning budjetga o‘z vaqtida, tushib turishini ta’minlash va o‘z-o‘zidan amalga oshirilmasdan balki, ma’lum bir mexanizmning harakati yordamida sodir etilishi kerak. Ushbu mexanizm, ya’ni “Soliqlarning budjetga o‘z vaqtida tushib turishini ta’minlash mexanizmi”ning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun uning tarkibiy qismlari bo‘lgan “Soliq to‘lovchilar”, “Soliq undiruvchilar” va ularning o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turuvchi “Huquqiy me’yoriy hujjatlar”ga va ular har biri elementlarining sog’lom faoliyat ko‘rsatishiga bevosita bog’liqdir52. Ushbu bitiruv ishimizda tahlil qilingan yillar davomida respublika budjetining daromadlar qismiga tegishli bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari asosiy soliq turlari bo‘yicha bajarilayotgan bo‘lsa-da, lekin bu narsa juda katta mehnat va mashaqqatlarning evaziga eirishlayotganligini inobatga olish kerak. Bu esa, o‘z navbatida, soliqlarning budjetga o‘z vaqtida tushib turishini ta’minlash mexanizmida tegishli nuqson va kamchiliklarning borligidan dalolat berishi mumkin. Biz ushbu kamchilik va nuqsonlarni umumlashtirib quyidagilardan iborat deb hisoblaymiz:
- umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig’imlarni budjetga yillarning choraklari bo‘yicha undirilish rejalarining haqiqiy hisob-kitoblarga yetarli darajada asoslanmasdan tuzilayotganligida, rejalarni tuzishda yillarning ayrim choraklari bo‘yicha reja ko‘rsatkichlarining pasaytirib, va aksincha, ayrim choraklarida teskari ya’ni ko‘paytirib tuzilayotganligida;
-rejalarni tuzishda, ushbu hududda realizatsiya qilinayotgan va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hisob-kitobiga e’tibor berilmayotganligida yoki rejalarni tuzishda hududda mavjud bo‘lgan soliq to‘lovchilarning real moliyaviy ahvoli bilan yetarlicha muvofiqlashtirilmaganligidadir:
- budjetga undirilishi lozim bo‘lgan soliqlar va yig’imlarning barcha hollarda ham soliq to‘lovchilarga tushunarli emasligi, soliqlar va yig’imlarni budjetga undirish jarayonida adolatlilik tamoyiliga yetarli darajada rioya qilinmayotganligi, soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklatilgan soliq yukining ular orasida amalda notekis taqsimlanganligi, soliqlarni o‘z vaqtida va belgilangan summalarda to‘lab turishga harakat qilinayotganligi soliq to‘lovchilar uchun soliq yukining og’irligi hamda soliqlar to‘lashdan turli uslublar va vositalarni qo‘llash evaziga bo‘yin tortayotganlar uchun soliq yukini sezilarli emasligi;
-umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va yig’imlarning budjetga o‘z vaqtida undirilishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy asoslarning yetarli darajada takomillashmaganligi, ularning qisman nobarqarorlik xarakteriga egaligi, tez-tez o‘zgartirilib turilganligi, ularda nisbatan noaniq hamda turli shakl va ma’noda talqin qilinishi mumkin bo‘lgan holatlarning mavjudligi;
-soliq undiruvchilar tomonidan yig’imlar va soliqlarni undirishda soliq to‘lovchilarning real iqtisodiy ahvolini hisobga olmaslik hollarining sodir etilayotganligi va muammolarni hal etishda sun’iy tarzda yondashishning mavjudligi;
-ko‘pchilik hollarda esa, hech bir ob’yektiv sabablarni va kelgusi davrlarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy vaziyatni inobatga olmagan holda doimo budjet manfaatlarini oldingi o‘ringa qo‘yilishi hamda soliq undiruvchilarda o‘z faoliyati natijalaridan moddiy manfaatdor bo‘lishlikni yetarli darajada shakllanmaganligi;
-soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlarni budjetga o‘z navbatida va belgilangan summalarda to‘lab turmasdan, moliya-budjet to‘lov intizomiga rioya qilmaslik hollarining nisbatan yuqori darajada ekanligi;
-umumdavlat va mahalliy soliqlarning budjetga vaqtida va belgilangan summalar to‘lab turishdan bo‘yin tortish hollarining ko‘pligi, soliqqa tortish bazasini ongli ravishda noto‘g’ri belgilanayotganligi, soliq stavkalarining noto‘g’ri qo‘llanilayotganligi hamda tegishli soliq imtiyozlaridan noto‘g’ri foydalanilayotganligidir. Ushbu holatlarning mavjud ekanligi soliqlarni budjetga o‘z vaqtida tushib turishini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilashni taqozo etadi.
Budjet-soliq siyosati bu davlat tomonidan daromadlarning bir qismiga (to‘g`ridan-to‘g`ri) egalik qilish huquqi bo‘yicha korxonalar, muassasalar va aholi to‘laydigan majburiy yig`imlar hisoblanadi.
Barqaror iqtisodiy o‘sishni mustahkamlashda fiskal siyosatning rolini oshirish yo‘llarining o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lib, ularga quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
- Soliqlar va yig`imlar majburiy tavsifga ega bo‘lgan pul to‘lovlari bo‘lib, bunda davlat soliq to‘lovchining daromadini majburiy to‘lov sifatida budjetlari sifatida markazlashtiradi.
- Soliqlar xazinaga davlat budjetiga tushishi ma`lum. Soliqlar davlat ehtiyojlari uchun taqsimlanadigan milliy daromadning ma`lum bir qismi ekanliga ham o‘z navbatida o‘ziga xosdir. Ammo, soliqlar vositasida jismoniy va yuridik shaxslarning pul daromadlarining ma`lum bir qismi umumjamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan ehtiyojlarni moliyaviy ta`minlash uchun esa davlat ixtiyorida markazlashishi esa bu uning yana bir xususiyatlaridan biridir.
- Soliqlar qat`iy belgilangan va doimiy xarakatda bo‘ladi. Soliqlar tizimlashtirilgan holda o‘z vaqtida va o‘z miqdorida undiriladi hamda ular uzoq vaqt mobaynida barqaror ravishda xo‘jalik mexanizmining alohida elementi sifatida amal qiladi;
- Davlatga to‘lanadigan soliq summasi to‘lovchining o‘ziga manzilli ravishda to‘liq qaytmaydigan ekvivalentsiz pul to‘lovidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliqlar davlatning ko‘zga ko‘rinmaydigan xizmatlari uchun to‘lanadigan haqdir, ya`ni milliy xavfsizlik, huquqiy tartibga solish, siyosiy hokimiyat faoliati, ijtimoiy –iqtisodiy infratuzilma tizimlarini shakllantirish shular jumlasidandir.
- Soliqlarning fiskal siyosatidagi mohiyati soliq to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasidagi uzoq muddatli, doimiy munosabatlarda o‘z ifodasini topadi. Soliqlarning ob`yektiv zarurligi-davlatning bajaradigan qator funksiyalarini moliyaviy mablag` bilan ta`minlashning zaruriyatidan kelib chiqadi. Davlatning jamiyatdagi bajaradigan vazifalari ko‘p bo‘lib, bozozr iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba`zi vazifalar yo‘qola borsa, ba`zilariga ehtiyoj tug`ulishi natijasida paydo bo‘ladi.
- Ma`lumki, mol-mulk solig`i-mol-mulk solig`i, yer solig`i, yer osti boyliklaridan foydalanishdan soliq to‘lovlari va boshqalar kiradi.
Barqaror iqtisodiy o‘sishni mustahkamlashda fiskal siyosatning rolini oshirish yo‘llarining o‘ziga xostrazda dastaklari mavjuddir:
1) Budjet-soliq sub`yekti bu soliq munosabatlarida qatnashuvchi soliq to‘lovchilardir. Ular jismoniy va yuridik shaxalarga ajraladi. Soliq unduruvchilar (soliqchilar) ham soliq to‘lovchilar kabi soliq munosabati jarayonida ishtirok etadi. Bu ishni har bir mamlakatning soliq bo‘yicha vazirliklari bajaradi. Soliqlarni to‘g`ri hisoblash, to‘liq to‘lash javobgarligi soliq to‘lovchi sub`yektga yuklatilishi mumkin. Albatta, har bir mamlakatning o‘z qonunchiligi muvofiq bu ishlar amalga oshiriladi. Chunki, qonunchilik turli mamlakatlarda turlicha bo‘lishi mumkin.
2) Budjet-soliq siyosati ob`yekti-bu soliq solinadigan daromad,oborot yoki mulk hisoblanadi. Unga foydalaniish haqi, qo’shimcha qiymat, yer, mulk kabilar kiradi. Ob`yekt doimo sub`yekt bilan bog’liq va sub`yektga qarashli bo’ladi.Soliq sub`yektisiz ob`yekt bo’lmaydi. Misol tariqasida, QQSda ob`yekt orttirilgan mahsulot oborotidi, daromadga solinadigan soliqda daromad, mol-mulk solig`ida mulk qiymati, yer solig`ida yer maydoni va hokazolar shular jumlasidandir.
3) Budjet-soliq siyosatining manbai – bu sub`yektning daromadlaridir. Ba`zi soliqlarda daromad va foyda xam ob`yekti, ham soliq manbai bo’ladi. Lekin boshqa soliqlarda ob`yektlar turli xil, manbaa esa daromad hisoblanadi.
4) Budjet-soliq siyosatining soliqqa tortish birligi – bu ob`yektning o’lchov birligi hisoblanadi.Bu daromad solig`ida so’m, yer solig`ida kvadrat metr va hokazolar bilan belgilanadi.
5) Budjet-soliq siyosatining soliq stavkasi- Ob`yektning turli xildagi bir birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo’yilgan me`yorlarda soliq stavkasi deyiladi. Soliq stavkalari ikki xildagi usulda ifodalanadi: qat`iy va nisbiy stavkalar. Qat`iy stavkalar bu pul birligida ifodalangan stavkalar bo’lsa, nisbiy stavkalar foizlarda (%)da aks ettiriladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish va inflyatsiya sharoitida nisbiy stavkalarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Agar stavka so’mlarda hisobga olinsa, soliqlardan tushgan budjet daromadi yil oxiriga kelib xech qanday iqtisodiy ahamiyat kasb etmay qolishi mumkin. Budjet-soliq siyosatining soliq stavkalari usullaridan tashqari, misol tariqasida Yaponiya davlatida soliq qonunchiligi bo’yicha soliq stavkalarini quyidagi turlari mavjud53:
- proportsional;
- progressiv;
- regressiv stavkalar;
- nolli;
Proportsional soliq stavkasida ob`yekt qanday bo’lishidan qat`iy nazar, bir xil shakldagi ulushdagi soliq to’lanadi. Masalan; QQS bo’yicha oborod 10 ming yuan bo’lsa xam, 100 ming yuan bo’lsa xam, 1 mln yuan bo’lsa xam, 20% soliq olinadi. Yoki yuridik shaxslarning asosiy fondlarini qiymati qanday bo’lishidan qat`iy nazar undiriladigan mol-mulk solig`i 3,5% tashkil etadi.
Progressiv soliq stavkada esa daromad ob`yekti ko’payishi bilan soliq stavkasi xam oshib boradi. Bu soliq stavkasi mamlakatlarda faqat jismoniy shaxslar daromadlarining solig`ida o’z ifodasini topadi.
Shuningdek, Republikamizda ham barqaror iqtisodiy o‘sishni mustahkamlashda fiskal siyosatning rolini oshirish yo‘llari xususida Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan budjet-soliq siyosatning 2019 yil va 2020-2021 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. 2018 yil 24 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining ochiq yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Monetar siyosatning 2019 yil va 2020-2021 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. O‘rta muddatli istiqbolda bujet-soliq siyosatining muhim vazifalari sifatida inflyatsiya darajasini pasaytirish va inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish uchun asos yaratish, shu jumladan bujet-soliqsiyosati instrumentlari va transmission mexanizmlarini rivojlantirish kabi vazifalar belgilab olindi. Bujet-soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari dasturiy hujjat hisoblanib, u joriy makroiqtisodiy holat va tashqi iqtisodiy vaziyat tahlili, shuningdek tashqi va ichki sharoitlarning rivojlanish prognozlari asosida ishlab chiqilgan. Mazkur hujjat o‘z ichiga, o‘rta muddatli istiqbolda bujet-soliq siyosatining maqsad va tamoyillari, bujet-soliqsohasida amalga oshirilgan ishlar tahlili va kutilayotgan natijalar, makroiqtisodiy rivojlanish ssenariylari hamda o‘rta muddatli istiqbolda bujet-soliq siyosati instrumentlarini takomillashtirish choralarini qamrab olgan. Avvalgi yillardan farqli ravishda joriy yilda asosiy yo‘nalishlar kelgusi 3 yillik davr uchun ishlab chiqilib, unda iqtisodiyotning rivojlanishi ssenariylar asosida ko‘rib chiqildi. Asosiy ssenariyga ko‘ra kelgusi yillarda iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarining davom etishi va tashqi sharoitlarning sezilarli darajada o‘zgarmasligi hamda soliq sohasida va tarkibiy islohotlar borasida bosqichma-bosqich kutilgan natijalarga erishilib borilishi nazarda tutilgan. Muqobil (xatarli) ssenariyda esa, tashqi iqtisodiy sharoitlarning yomonlashuvi va amalga oshiriladigan tarkibiy islohotlarning sekinlashuvi taxmin qilingan. Iqtisodiyot rivojlanishining asosiy ssenariysiga asosan YaIM o‘sish sur’ati 2018 yil yakuniga ko‘ra 5,2 foiz, 2019 yilda esa 5,4 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda54. O‘tgan va joriy yillarda investitsion faollikning oshishi hamda iqtisodiyotning real sektorida olib borilayotgan islohotlar natijasida keyingi yillarda iqtisodiyotning o‘sish sur’atlarini yanada tezlashishi kutilmoqda. Asosiy ssenariydagi ko‘ra, yillik inflyatsiya darajasining prognoz ko‘rsatkichlari 2018 yilda 16-17 foizni, 2019 yilda 13,5-15,5 foizni va 2020 yilda 10-12 foizni tashkil etadi55. 2021 yildan boshlab yillik inflyatsiya darajasi bir xonali ko‘rsatkichgacha pasayishi kutilmoqda. O‘rta muddatli istiqbolda inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi bo‘lishi kutilmoqda. Bunda, davlat korxonalarini isloh qilinishi (xususiylashtirishi) doirasida iqtisodiyotga kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi keyingi yillarda investitsion faollikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil bo‘ladi. Asosiy ssenariyda soliq islohotlarining samarali amalga oshirilishi, “budjet qoidasining amaliyotga joriy etilishi, fiskal va monetar siyosatlarning muvofiqligini takomillashtirilishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmining o‘sish sur’atlarining maqbullashtirilishi (2019 yilda 25 foiz) ko‘zda tutilgan. Muqobil ssenariyda esa, tashqi va ichki sharoitlarning yomonlashuvi hamda tarkibiy islohotlarning kutilgan natija bermasligi hisobiga 2019 yilda inflyatsiya darajasining 17-18 foizgacha o‘sishi kutilmoqda. Ikkala ssenariyda ham Markaziy bank bujet-soliq siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, bujet-soliq sharoitlarini bir maromda qat’iylashtirib borishni ko‘zda tutmoqda. Bunda, muqobil ssenariyda yanada qat’iyroq choralardan foydalaniladi.
XULOSA
O‘tgan 2019-yil uchun hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qarailgan budjet-soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari umumjahon byudjet loyihalari mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlashga, barqaror yuqori iqtisodiy o‘sish sur`atlariga erishiga, iqtisodiyot va jamitya ijtimoiy hayotini muvozanatli rivojlantirishga, aholining farovonligi va turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan mamlakatda yuritilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat doiraisda ishlab chiqilgan.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, jahonda soliq siyosati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Soliqlar bo‘yicha har bir hokimiyat organi maxsus vakolatlarga ega bo‘lib, ularning har biri o‘z faoliyatlarini samarali olib borishda ushbu vakolatlardan foydalanadi. Bunda vakolatli organlar sifatida barcha hokimiyat organlari, jumladan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari birgalikda faoliyat ko‘rsatadi va unda davlatlarning soliq qo‘mitasi soliq siyosatini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni bajaradi.
Budjet daromadlarini shakllantirishda yana bir muammo soliqlarni to‘g’ri hisoblanmasligidir. Bu muammolarni hal etishda soliq nazorati va xorij tajribasidan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq maslahatining ahamiyatini kuchaytirish lozim. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti nafaqat xarajatlari orqali, balki daromadlarini shakllantirish jaryonida ham iqtisodiyotni boshqaradi va tartibga soladi. Bunday holat birinchidan, soliq yukini kamaytirish orqali yuridik va jismoniy shaxslarga iqtisodiyotni rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shishlariga imkoniyatlar berishdan iborat bo‘lsa, ikkinchidan soliq stavkalarini kamaytirish orqali soliq to‘lovchilar va soliq ob`yektlarini ko‘paytirishni yuzaga keltiradi, uchinichdan esa soliqdan imtiyozlar berish orqali iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan sohalarni rivojlantirishga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |