II BOB
O‘tkir Hoshimov asarlarini o‘rganishda interfaol metodlar
2.1. Interfaol metodlar – adabiy ta’lim samaradorligi sifatida
Inson aqlini rivojlantirishning eng yuqori darajasi yaratuvchanlikda namoyon bo‘ladi.Aynan ijodiy faoliyat orqali o‘quvchida o‘z imkoniyatlarini mustaqil namoyon qilish qobiliyati rivojlanib boradi. O‘z-o‘zini namoyon qilish shaxsni kamolotga yetaklaydi. Shu boisdan hamta’lim-tarbiya jarayonida zaruriy o‘qitish metod va usullarini takomillashtirmasdan turib yangi g‘oyalarni qo‘llab bo‘lmaydi.
Ta’lim metodlari ta’limiy maqsadni amalga oshirish bo‘yicha o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlik faoliyatidek murakkab jarayonning asosi hisoblanadi. U ta’lim oluvchi bilishi, uddalashi va qadrlashi lozim bo‘lgan ko‘zlanayotgan natijalarga erishishni ta’minlaydi.
Ta’lim metodlari o‘quv jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar samarasidir. Rag‘batlantirish, rivojlantirish, tashkil etish, o‘qitish, tarbiyalash ta’lim metodlarining asosiy funksiyalari sanaladi.
Ta’lim metodlarini tanlashning asosiy qoidasi ta’lim berish maqsadiga mos kelishidir. Bunda natija beradigan bitta usuldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, metod samaradorligining asosiy mezoni belgilangan vazifani hal etish uchun uni qo‘llashning mosligi va tejamkorligi hisoblanadi. Ta’lim texnologiyasini loyihalashda metod va usullarni ongli va maqsadli tanlash o‘qituvchining pedagogik mahorati va salohiyatiga bog‘liq.
Ta’limmetodlarining samaradorligi qaysi mezonlar asosida aniqlanadi? Tajribalarning ko‘rsatishicha, metod samaradorlgining asosiy mezonlari quyidagilar:
– belgilangan vazifalarni hal etish uchun uni qo‘llashning mosligi va tejamkorligi;
– uni qo‘llashda soddalik va osonlik;
– nafaqat eng yaxshi natijalarni, balki ularga erishishning yuqori ishonchliligini ta’minlay olish va h.k.
Pedagogikada ta’limmetodlarini tasniflash (tartiblashtirish, bir guruhga birlashtirish)da turli yondashuvlar mavjud. Ular tizimlashtirishning har xil asoslari bo‘yicha tuzilgan. Ta’lim metodlarini ta’limiy maqsadlarga erishish bo‘yicha o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyati sifatida ko‘rsatish, ularni xususiyati va o‘quv faoliyati natijalari bo‘yicha guruhlashtirish mumkin. Bunda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda o‘qitishning shakl, metod va vositalari uyg‘unligini ta’minlash hamda o‘quvchilarning o‘zlashtirganlik darajasini nazorat qilib baholash muhim o‘rin tutadi.
Xorijlik olim Y.Golant XX asrning 60-yillarida zamonaviy maktabda mavjud bo‘lgan o‘qitishning uchta asosiy modelini yaratgan. U ta’lim oluvchilarni o‘quv jarayonida qatnashishidan qat’iy nazar, aktiv va passiv modellarga ajratadi. Bu tasniflash jarayonida Y.Golant “passivlik”ni o‘quvchida ijodiylik va mustaqillikning deyarli yo‘qligida, uning faolligi past darajada ekanligida deb biladi.
Passiv modelda ta’lim oluvchi “obyekt” ro‘lida qatnashadi. U o‘qituvchi tomonidan berilgan kitobdagi mavzu materialini egallashi kerak bo‘ladi. Bu metodda o‘quvchilar o‘qish davomida faqatgina eshitadilar va o‘qiydilar (ma’ruza-monolog, o‘qish, tushuntirish, so‘rovlar). Bu yerda ta’lim oluvchilar o‘zaro muloqot qilmaydilar.
O‘qitishning aktiv modeli o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga va faollikka undaydigan, bilish faoliyatini rivojlantiradigan metodlarni qo‘llashni nazarda tutadi. O‘quvchi o‘qish “subyekti” sifatida qatnashadi, ijodiy vazifalarni bajaradi, o‘qituvchi hamda o‘quvchilar bilan muloqotga kirishadi. Bu tasniflashga o‘z qonunlari va xususiyatlariga ega interfaol o‘qitishni qo‘shimcha qilish mumkin.
“Interfaol” so‘zi muloqotga kirishish qobiliyati ma’nosini bildiradi. Interfaol o‘qitish barcha o‘quvchilarning doimiy o‘zaro faol harakati bilan kechadigan o‘quv jarayonidir. U bir-birini o‘qitish jarayoni bo‘lib, unda o‘quvchi va o‘qituvchi teng huquqli ta’lim subyektlari sifatida o‘z faoliyatini anglaydilar. O‘zlari biladigan narsalar haqida fikr bildira oladilar va biladigan narsalarini amalga oshira oladilar.
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonining oqilona tashkil etilishi, o‘quv materialini kichik bo‘laklarga bo‘lib, mazmuni ochishda aqliy hujum, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yin kabi ko‘plab metodlarni qo‘llash va o‘quvchilarni amaliy mashqlarni bajarishga undash talab etiladi. Bu kabi metodlarinterfaol yoki interaktiv deb ham ataladi.
Interfaol metodlar deganda ta’lim oluvchini faollashtiruvchi, mustaqil fikrlashga yo‘naltiruvchi va ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchilar bo‘lgan metodlar tushuniladi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondashuvning afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
– ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
– ta’lim oluvchining yuqori darjada rag‘batlantirilishi;
– avval o‘zlashtirilgan bilimlarning e’tiborga olinishi;
– o‘qish sur’atini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirish;
– ta’lim oluvchi tashabbuskorligining qo‘llab-quvvatlanishi;
– o‘quv materialini amalda bajarish orqali o‘zlashtirilishi;
– ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Bizningcha, interfaol metodlar o‘quvchi va o‘qituvchining o‘zaro hamkorligi asosida amalga oshiriladigan dialogli o‘qitishdir. Interfaol metodlar malakalar va ko‘nikmalarning shakllanishiga hissa qo‘shadi, hamkorlik muhitini yaratishga, o‘zaro harakat qilishga va o‘qituvchiga jamoaning yetakchisi bo‘lishiga imkon beradi.
Interfaol o‘qitishning an’anaviy metoddan afzalligi quyidagilarda aks etadi:
– barcha o‘quvchilarning darsdagi faolligi;
– talabalarning jamoa bo‘lib ishlashga o‘rganishi;
– raqibiga nisbatan xayrixohlik munosabatining shakllanishi;
– har bir o‘quvchining o‘z fikrini bildirish imkoniyati;
– qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish;
– muammoning muqobil yechimini topish, o‘z fikrini sharhlay olish qobiliyatining shakllanishi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, interfaol o‘qitishning maqsadi – bilim berish va boshqa shaxslarning bilimini anglash. Interfaol o‘qitishning asosiy shakli esa o‘quvchilarning o‘quv maqsadlaridagi o‘zaro harakati va kichik guruhlarda ishlashi. Interfaol o‘qitishning xususiyatlari quyidagilarda aks etadi:
– o‘quvchi va o‘qituvchining hamkorlikdagi faoliyati;
– jarayonning o‘qituvchi tomonidan boshqarilishi;
– tashkiliy shakllarning har xilligi;
– axborotning ketma-ketligi;
– butunlik va birlik;
– motivatsiya va haqqoniy hayot bilan bog‘liqlik;
– yangi bilimlar olish jarayonida o‘quvchi shaxsini rivojlantirish va tarbiyalash.
Interfaol o‘qitishning tamoyillari:
– harakatning bir vaqtda bajarilishi, ya’ni barcha o‘quvchilarning bir vaqtda ishlashi;
– bir xilda qatnashish, ya’ni vazifani bajarish uchun har bir o‘quvchiga bir xil vaqt berilishi;
– ijobiy o‘zaro harakat, ya’ni har bir o‘quvchi vazifani uddalashi, guruhning vazifani bajara olishi;
– shaxsiy javobgarlik, ya’ni guruhdagi har bir talabaning o‘z vazifasi bo‘lishi.
Interfaol metodlarni o‘quv jarayonida qo‘llash deyarli chegaralanmagan. Interfaol metodlar asosida munozaralar, ro‘lli o‘yinlar, taqlidiy o‘yinlar, ko‘rgazmali darslar, matbuot konferensiya darslarini tashkil etish mumkin.
Bugungi kunda uzluksiz adabiy ta’lim tizimida o‘quv mashg‘ulotlari noan’anaviy tarzda tashkil etilsa, bu ta’lim oluvchilarning o‘quv materiallarini tushunish va uzoq vaqt yodda saqlashiga yordam beradi.
Interfaol metodlar asosidagita’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirish amalga oshiriladi. Bu esa ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari:
– norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish;
– o‘quv materialini erkin bayon etish va bayon etish imkoniyati;
– ma’ruzalar kamligi, amaliy va seminar mashg‘ulotlar ko‘pligi;
– o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi;
– guruh va jamoa bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish;
– yozma ishlar bajarish va boshqalar.
Bugungi ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interfaol ta’limva tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat.Interfaol metodlarni qo‘llashda har bir mashg‘ulotning maqsadidan kelib chiqqan holda ta’lim metodlarini tanlash muhim ahamiyatga ega. Interfaol metodlarni qo‘llash natijasidao‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, uni asoslagan holda himoya qila olish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Interfaol metodlar ko‘p turli bo‘lib, ularning hammasi ham har qanday progressiv usullar kabi, eng avvalo, o‘qituvchidan mashg‘ulot oldidan katta tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi. Interfaol mashg‘ulotlarni tashkil qilishda uning an’anaviy darsga nisbatan ayrim farqlarini ko‘rib chiqish orqali yaqqolroq idrok etish mumkin. Interfaol mashg‘ulotning ayrim jihatlarini tahlil qilish asnosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. O‘quv rejadagi fanlarni o‘qitishda qaysi mavzular bo‘yicha interfaol darslar tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda har bir mavzu mashg‘ulotning maqsadiga to‘liq erishishni ta’minlaydigan interfaol yoki an’naviy mashg‘ulotdan foydalanish ko‘zda tutiladi.
2. Interfaol mashg‘ulotlarning samarali bo‘lishi uchun o‘quvchilar yangi mashg‘ulotdan oldin uning mavzusi bo‘yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilishlarini ta’minlashlari zarur.
3. Interfaol mashg‘ulotda o‘quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun an’anaviy mashg‘ulotga nisbatan ko‘p vaqt sarflanishini hisobga olinishi lozim.
Yuqoridagi kabi farqlarning ijtimoiy hayotdagi ta’siri to‘g‘risida bir necha asr ilgari Alisher Navoiy o‘zining mashhur “Mahbub ul-qulub” asari muqaddimasida shunday yozadi: “Umid ulkim, o‘quvchilar diqqat va e’tibor ko‘zi bila nazar solg‘aylar va har qaysi o‘z fahmu idroklariga ko‘ra bahra olg‘aylar…” . Mazkur fikrda asarni har kim turlicha, ya’ni o‘z fahmu idroki darajasidagina tushunishi, o‘zlashtirishi, foyda ola bilishi va amalda qo‘llay bilishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, bundan biz interfaol metodlar samarasi o‘quvchilarning tafakkuri, didi va idrokini o‘stirishdan iborat, deb xulosa qilishimiz mumkin.
Ta’kidlash lozimki, interfaol ta’lim metodlari yurtimizda qadimdan ta’lim-tarbiya jarayonida muallim bilan ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil, mashvarat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qo‘llab kelingan. Bu usullar ta’lim oluvchilarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste’dod, zakovatlarini o‘stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan komil insonlar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda noan’anaviy mashg‘ulotlarni olib borishda, asosan, interfaol metodlar qo‘llanilmoqda. Kelgusida bu metodlar ma’lum darajada interfaol texnologiyaga o‘sib o‘tishi maqsadga muvofiq. Bu interfaol metod hamda texnologiya tushunchalarining o‘zaro farqini bizningcha, shunday ta’riflash mumkin:
Interfaol ta’lim metodi – har bir o‘qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o‘z imkoniyatlari darajada o‘zlashtiradi.
Interfaol ta’lim texnologiyasi – har bir o‘qituvchi barcha o‘quvchilar ko‘zda tutilgandek, o‘zlashtiradigan mashg‘ulot olib borishni ta’minlaydi. Bunda har bir o‘quvchi o‘z motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashg‘ulotni oldindan ko‘zda tutilgan darajada o‘zlashtiradi. Interfaol maetodlarni amalda qo‘llash bo‘yicha ayrim tajribalarni o‘rganish asosida bu metodlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ayrim omillarni ko‘rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy-metodik hamda o‘qituvchiga, o‘quvchilarga, ta’lim vositalariga bog‘liq omillar deb atash mumkin. Ular o‘z mohiyatiga ko‘ra ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishini nazarda tutishi lozim.
Tashkiliy-pedagogik omillarga quyidagilar kiradi:
– o‘qituvchilardaninterfaol metodlar asosida mashg‘ulotlar olib boruvchi trenerlar guruhini tayyorlash;
– o‘qituvchilarga interfaol mashg‘ulotlar uchun sharoitlar yaratish;
– ma’ruzachi hamda ishtirokchilarning ish joyi qulay bo‘lishini ta’minlash;
– sanitariya-gigiyena me’yorlari buzilishining oldini olish;
– xavfsizlik qoidalariga amal qilishni ta’minlash;
– davomatni va intizomni saqlash;
– nazorat olib borishni tashkil qilish va boshqalar.
Ilmiy-metodik omillarga quyidagilar kiradi:
– DTS talablarinining bajarilishini hamda darsdan ko‘zda tutilgan maqsadga to‘liq erishishni ta’minlash uchun maqsadgamuvofiq bo‘lgan interfaol metodlarni to‘g‘ri tanlash;
– dars ishlanmalarini sifatli tayyorlash;
– mashg‘ulotning har bir elementi o‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq bo‘lishini ta’minlash;
– dars mavzusi va mazmunini so‘nggi ilmiy-nazariy ma’lumotlar asosida belgilash;
– zamonaviy yuqori samarali metodlarni qo‘llash;
– o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini oldindan aniqlash va shunga mos darajadagi interfaol metodlarni tanlash;
– yetarlicha vaqt ajrata bilish.
O‘qituvchiga tegishli omillar:
– mavzuni sayoz bilishi;
– nutqidagi kamchiliklar: talaffuz, adabiy til me’yorlari, grammatika qoidalari, notanish yoki xorijiy so‘zlar, atamalarning ma’nosini tushuntirmasdan ko‘p qo‘llashi, namoyish qilishda xatoga yo‘l qo‘yishi va tushunarsiz yozishi;
– o‘zini tutishi va pedagogik xulqidagi nuqsonlar;
– kiyinishi va tashqi ko‘rinishiga e’tiborsizligi;
– ta’lim vositalaridan unumli va to‘g‘ri foydalana olmaslik;
– kuzatuvchanlik, vaqtning o‘tishini his qilish, uni to‘g‘ri taqsimlash, tinglash, o‘quvchiga xayrixohlik, samimiylik, u bilan hamkorlikda ish olib borish ko‘nikmasining yetishmasligi;
– mantiqiy bog‘liqlik va izchillikka rioya qilmaslik va boshqalar.
O‘quvchiga tegishli omillar:
– davomati pastligi, mashg‘uloga kechikish;
– zarur tayyorgarliksiz kelish;
– ilmiy atamalarni bilmaslik;
– diqqatini jamlay olmaslik;
– eshitish qobiliyati va tinglash ko‘nikmasidagi kamchiliklar;
– qiziqishning pastligi, fikr yuritishning sustligi;
– dars mavzusi bo‘yicha tayyorgarlik darajasining pastligi va boshqalar.
Foydalaniladigan ta’lim vositalariga tegishli omillar:
– ta’lim vositalarining yetishmasligi, sifatli va zamonaviy vositalarning kamligi;
– mavzuni o‘zlashtirish uchun maqsadga muvofiq vositalar turlari va sonini to‘g‘ri tanlamaslik va boshqalar.
To‘g‘ri tanlangan metodlar qiziqarlilik va samaradorlik omilidir. Interfaol metodlar konstruktivizm nazariyasi bilan bog‘liq bo‘lib, bu metodlardan amalda foydalanishda uning quyidagi asosiy xulosalarini hisobga olish lozim:
1. O‘quvchi o‘zi o‘rganishi kerak, aks holda unga hech kim hech nimani o‘rgata olmaydi.
2. O‘qituvchi o‘quvchilarga bilimlarni kashf qilishga yordam beradigan jarayonni tashkil qiladi.
3. Bilim borliqdan ko‘chirilgan nusxa emas, uni odam shakllantiradi.
Konstruktivizm nuqtayi nazaridan ta’lim bu – fikrlash faoliyati yordamida va shaxsiy tajriba asosida bilimlarni shakllantirib boriladigan faol jarayondir. Bunda haqiqatni bilishga tomon harakat jarayoniga asosiy e’tibor qaratiladi.
Interfaol metodlarning psixologik-pedagogik asoslari xorijlik olimlar B.Blum, Djon Dyui, Jan Piaje, G.Gardner, L.Vigotskiylar tomonidan ishlab chiqilgan. Konstruktivizm nazariyasi amerikalik pedagog Djon Dyui ishlab chiqqan bo‘lib, Jan Piaje shu yo‘nalishda ishlarni davom ettirgan. So‘nggi yillarda konstruktivizm nazariy hamda amaliy yo‘nalish sifatida ommalashdi. Unga ko‘ra, ta’limo‘quvchining fikrlash faoliyati yordamida bilim yaratiladigan jarayon hisoblanadi.
Ta’lim odamlar o‘z tajribasi yordamida bilimlarini yaratadigan faol jarayon. Odamlar g‘oyalarni tayyor holda olmaydi, ularni yaratadilar. Bu g‘oya Piajening konstruktivistik nazariyalariga asoslangan. Unga ko‘ra, “bola o‘z intellektining me’mori”. Shunday qilib, o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘qishiga yordamlashuvchi rahbar bo‘lib qoladi.
Djon Dyui nazariyasida, bolaning bilish faolligi, qiziquvchanligi uning to‘liq aqliy rivojlanishi va ta’lim olishi uchun batamom yetarli deb hisoblanadi. Ta’lim jarayoni, asosan, bolaning mustaqil ta’lim olish va takomillashuv ko‘nikmalari rivojlanadigan mehnat va o‘yin faoliyati sifatida o‘tishi kerak.
Bola tajriba va bilimni muammoli ta’lim muhitini tadqiq qilish, turli maketlar, sxemalar tayyorlash, tajribalar o‘tkazish, bahsli savollarga javoblar topish va, umuman, xususiydan umumiyga qarab chiqish, ya’ni bilishning induktiv metodini qo‘llash jarayonida “amalda bajarish” yo‘li bilan o‘rganishi zarur. Bu pedagogik konsepsiya “instrumental pedagogika” nomini olgan.
Bilimlarni ta’lim oluvchiga tayyor holda berib bo‘lmaydi. Har kim o‘z hayoti davomida atrof-muhitni tushunishini konstruksiyalaydi. Aynan shuning uchun har kim o‘z dunyoqarashi, e’tiqodlari bilan betakrordir.
Konstruktivizm bola tomonidan yangi bilimlarni o‘rganish bo‘yicha o‘z tajribasi, bilimlari bilan tashqi, noma’lum reallik o‘rtasidagi bilish ziddiyatini yengib o‘tish jarayonini ifodalaydi.
Konstruktivist o‘qituvchi dars beruvchi o‘qituvchi emas, u ta’lim oluvchining muammoli yo‘naltirilgan tadqiqot faoliyatiga konsultant, tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi hisoblanadi. U o‘quvchilarning mustaqil aqliy faoliyati uchun sharoit yaratdi. Ularning tashabbuslarini har tomnlama qo‘llab quvvatlaydi. O‘quvchilar esa o‘z navbatida, ta’lim jarayonining to‘la huquqli ishtirokchilari bo‘lib qoladilar va natijalari uchun o‘qituvchi bilan birga javobgar bo‘lib qoladilar.
O‘qituvchi dars maqsadlarini belgilashda tasniflang, asoslabbering, tekshirib ko‘ring, umumlashtiring, tahlil qiling, bashorat qiling, baholang, modelini yasab ko‘ring va shu kabi faoliyat atamalaridan foydalanadi. Ta’lim maqsadlarini hamda o‘quv muammolari va vazifalarini shunday belgilash o‘quvchilarning dars materiali bo‘yicha chuqurroq fikrlashi, ularni mazmunli bahs-munozaraga jalb qilish, o‘z nuqtayi nazari, mulohazalarini va taxminlarini aytish motivlarini shakllantiradi.
XX asr oxirida ta’lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan faol muammoli va izlanishli ta’lim metodlari va shakllarining ommaviy rivojlanishi munosabati bilan D.Dyui rivojlantiruvchi tanqidiy fikrlashni shakllantirish tamoyillarini ishlab chiqdi.
D.Dyui ta’limotini tadqiq etgan professor J.Yo‘ldoshevularni quyidagicha belgilaydi:
1. Ko‘p ma’nolilikka ega bo‘lish kerak, ya’ni tushunchalar, nazariyalarni so‘zlar, rasmlar, matematik ifodalar yordamida bera olish, istalgan konsepsiyani o‘z so‘zlari yoki simvollari bilan aniq aytib bera olish zarur.
2. Axborotni zichlashtira olish va umumlashtirish. Samarali umumlashtirish 10 mingta so‘z bilan ifodalash mumkin bo‘lgan suratga o‘xshaydi. O‘quvchilarni o‘zlari uchun qulay va tejamli bo‘lgan tuzilmalar, konseptual karta va sxemalar yaratishga o‘rgatish kerak.
3. Abstrakt fikrlay olish, konkret fikrlashdan chetlashgan holda.
4. Istalgan hodisaning bosh, yetakchi tamoyillarini topish kabilar24.
Fikrimizcha, o‘quvchining stixiyali izlanishlar yo‘lidan borishi tabiiy hol hisoblanadi. Bola mustaqil faoliyati davomida narsalar, voqeliklar va hodisalarning xususiyatlarini o‘zi uchun kashf qilishi zarur. O‘qituvchi esa faqat uning savollariga javob berishi mumkin.
Ta’lim metodlarini har bir darsning didaktik vazifalaridan kelib chiqqan holda tanlash maqsadga muvofiqligi yaxshi ma’lum. Ta’lim-tarbiya jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan tahsil oluvchilarning qiziqishi, faolligini oshirib muttasil ravishda rag‘batlantirib turilishi, o‘quv materialining kichik guruhlarda bo‘lib, muammolari tarzida ilgari surilishi, bu muammolarning mazmunini yoritishda interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash talab etiladi.
Shvetsayariyalik psixolog Jan Piaje nazariyasida bolalar rivojlanishining ko‘p xususiyatlari ochib beriladi. Unga ko‘ra, bola psixikasi to‘rtta bosqichda rivojlanadi. Bular quyidagilar:
1. Sensamotor bosqich (tug‘ilgandan 2 yoshga to‘lguncha) – jismoniy his-tuyg‘ular: teri sezgisi, ochlik, og‘riq, shovqin, yorug‘lik va boshqalarga munosabat shakllanadi.
2. Faoliyatgacha bosqich (2-7 yosh) – bola o‘ziga atrofdagilar ko‘zi bilan qaraydi. Bola o‘ziga ijobiy bahoberishi yaxshi rivojlanishga, past baho berishi aksincha natijaga olib keladi.
3. Aniq faoliyat bosqichi (7-11 yosh) – faktlarni qiyoslash, obyektiv aqliy xulosalar chiqarish, atrofdagilarning tan olishiga erishish, bolalarcha egosentrizmdan xalos bo‘lish, mavjud me’yor va qoidalrni o‘zlashtirish bosqichi.
4. Rasmiy faoliyat bosqichi (11 -15 yosh) – mustaqil fikrlashga intilish bilan hayotiy qadriyatlarni qayta baholash, shaxsiy e’tiqodlar, qadriyatlarga munosabat, yangi odamlar bilan munosabatlar, umidlar, kelgusi yo‘lini tanlash, axborotlarni tanlash, to‘plash bosqichi25.
Har bir bosqichda o‘sha darajadagi o‘zgarmas operatsiya paydo bo‘lishi hamda uning o‘zgaruvchanligi rivojlanib borishidan iborat ikkitadan bosqich mavjud. Bunda agar bolaga tanish tajribalar takrorlansa, bu oson qabul qilinadi va o‘zgarmas operatsiya bo‘ladi. Agar bu boshqa yoki yangi tajriba bo‘lsa, bola yangi sharoitga moslashish uchun muvozanatdan chiqadi, o‘zining bilimi tarkibini o‘zgartiradi. Shunday qilib, bola borgan sari ko‘proq adekvat bilimlari tarkibini boyitib boradi.
Amerikalik psixolog G.Gardnerning “Turfa zakovatlar” nazariyasiga ko‘ra, har qanday inson fikrlash, voqelikka munosabat bildirish yoki unga yondashuv masalasida o‘ziga xos sifatlarga ega. Bunday xususiyatlaro‘quvchilarda turli xil darajada namoyon bo‘ladi. Gardner nazariyasi odamning turli darajada ifodalanadigan kamida sakkizta tipdagi intellektga egaligini ochib beradi. Bular: lingvistikzakovat, mantiqiy matematikzakovat, jismoniy harakatga asoslanganzakovat, musiqiyzakovat, voqelikni tashqi belgilar orqali ko‘ra olishzakovati, o‘zaro muloqotzakovati, intrapersonal zakovat hamda naturalistlar va boshqalar.
Filologiya fanlari doktori Z.MirzayevaGardner nazariyasini adabiy ta’limga tatbiq etish haqidagi qarashlarida insonning dunyoni anglashi va bilishihar doim ham bir xil ko‘rinish yoki vaziyatlarda namoyon bo‘lavermasligiga urg‘u qaratib, ularni yuzaga chiqarish uchun muayyan vositalar,subyektiv yoki obyektiv sabablar zarurligi haqidagi fikrlariniilgari suradi26. Shunga ko‘ra, o‘qituvchi boladagi mavjud qobiliyatlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri aniqlashi, topshiriq va vazifalarni ularning individual xususiyatlaridan kelib chiqib belgilashi va zarur sohaga yo‘naltira olishi maqsadga muvofiq.
Amerikalik psixolog va pedagog B.Blum taksonomiyasirejalashtirish, ishlanmalar yaratish va o‘qitish samaradorligini baholash uchun ajoyib tuzilmani ta’minlaydi. Blum taksonomiyasi turli qismlardan iborat har xil modellarga ega.
Kognitiv qobiliyat – bilish va mulohaza bilan bog‘liq. Bular: bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, sintez va baholash.
Affektivlik (asabiylik) – hissiyotlar, emotsiyalar, axloq, munosabatlar: tajriba yoki tushunish qobiliyati.
Ta’sirlanish va tadbirlarda ishtirok etish: shaxsiy fikr qiymati.
Qadriyatlar konsepsiyasini tashkil etish yoki tuzish: baholash tizimini ishlab chiqish.
Materialni o‘zlashtirish: moslashuv.
Psixomotor qobiliyat – jismoniy qobiliyat yoki bajarish: taqlid qilish – boshqalar harakatlarini o‘xshatish.
Manipulyatsiya - takror ishlab chiqish.
Aniqlik – bajarish, vazifashunoslik.
Artikulyatsiya – mavjud muhitga moslashish.
Naturalizatsiya – faoliyat ustaligi27.
Milliymetodikada “Aqliyhujum”, “6x6”, “Qarorlarshajarasi” kabiinterfaolmetodlarningnazariyvaamaliyasoslaritaniqlimetodistQ.Husanboyevatomonidanalohidao‘rganilganbo‘lib, bumetodlarningta’limdagimantiqiymetodlarbilanaloqadorligi, zamiridamuammolimetodningelementlarimavjudligita’kidlanadi. Mustqilfikrlashnishakllantirishdainterfaolmetodlarniqo‘llashningo‘rniborasidaolimaningquyidagifikrlarie’tiborgamolik:
“Kitobxonda tuyg‘ularning junbushga kelishi aqlning jim turishi degani emas. O‘qituvchi o‘quvchining tafakkuri faoliyatsizligiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Tahlil qilmay, mohiyatiga kirmay, o‘ylamay badiiy asarni o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Aynan shunday vaziyatda, aql va tuyg‘ular hamrohligida bola tafakkurining mustaqilligi vujudga keladi. Mustaqil fikr bilan ayni zamonda, mantiqiy va obrazli tafakkur ham rivojlanadi28.
Xulosa qilganda, interfaol ta’lim metodlari tahsil oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi metodlar hisoblanadi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi tahsil oluvchini faollikka chorlaydi hamda butun jarayon davomida birgalikda harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |