Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani f f. d. L. Raupova “ ” 2019 y



Download 194,2 Kb.
bet6/19
Sana28.02.2022
Hajmi194,2 Kb.
#474057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2 5373148213513554566

O‘tkir Hoshimov romanlarida davr voqealarining badiiy talqini

XX asrning 60 - yillariga kelib jamiyatda yangilanishga kuchli ehtiyoj sezildi. Bu yangilanish badiiy adabiyotda ham o‘z aksini ko‘rsatdi. Xususan, she’riyatda ham nasrda ham qisqa fursat mobaynida muayyan voqelikni badiiy tadqiq etishning yangi tamoyillari paydo bo‘la boshladi. Hayotga tanqidiy yondashuv ijodiy an‘anaga aylandi. E’tiborlisi shuki, bu xususiyat adabiyotga yangi kirib kelayotgan navqiron avlodning peshqadam vakillari ijodida sezilarli darajada kuzatildi.O‘tkir Hoshimov ana shunday yozuvchilardan biri edi.


Su paytga qadar yozuvchining yetmishdan ortiq kitoblari nashr etilgan. Uning “Qalbingga quloq sol” (1973), “Nur borki, soya bor” (1977), “Ikki eshik orasi” (1986), “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” (2008), “Dunyoning ishlari” kabi asarlari nashr etilib, ular nainki kitobxonlar, balki taniqli adiblarning ham e‘tiborini tortdi. Buning sababi adib uslubidagi, tilidagi tabiiylik, samimiylik va ravonlikda edi.
Ma‘lumki har qanday davrdagi siyosiy- ijtimoiy vaziyat ijodkorlarning g‘oyaviy– badiiy maqsadigao‘z ta‘sirini o‘tkazadi. Shu jihatdan har qanday badiiy asar davr mahsuli hisoblanadi.
Davr ijtimoiy muammolari tahlili O‘tkir Hoshimov izlanishlarida yetmishinchi yillarga kelib teranlasha boshladi. Adib barcha asarlarida, xususan “Ikki eshik orasida”, “Tushda kechgan umrlarr”, “Nur borki soya bor” romanlarida ham insoniyatning jamiyatga ta‘sirini emas, balki jamiyatning inson turmush tarziga bosimini ijod madaniyati markaziga olib chiqdi. Insoniy munosabatlar birligi, optimisik kayfiyat belgilari O‘tkir Hoshimoning barcha asarlarida qizil ip bo‘lib o‘tdi.
O‘kir Hoshimov asarlariga xos muhm xususiyatlardan biri u voqelikni nozik estetik idrok etish bilan bog‘liq. Muallif badiiyatida ijtimoiy mohiyat milliy xaraketer, estetik ideal birligida, uyg‘unligida in’ikos topadi. Xususan, yozuvchining “Ikki eshik orasida”, “Nur borki soya bor”, “Tushda kechgan umrlar” kabi romanlarida ruhiy munosabatlar ijtimoiy hayot hamda davr tabiati vositasida oydinlashadi. Jumladan, “Ikki eshik orasi” romanida voqealar tizmasi uch epik o‘lchamda – ikkinchi jahon urushi arafasi, urush davri va urishdan keyingi yillardagi davr manzaralari aks ettiriladi. Davrlar oralig‘idagi ulkan ijtimoiy-siyosiy muammolar, garchand bir-biriga mantiqan bog‘langandek taassurot uyg‘otsada, ularni inson qadr qimmati, millat sha’ni masalasi jipslashtirib turadi. Aslida ma’naviy tanazzul urushdan ancha ilgari sotsialistik g‘oya shakllanish jarayonidan boshlangan edi.O‘zbek xalqining sara o‘g‘lonlari qatag‘on qilinishi bu tanazulning tabiiy oqimini tezlashtirdi. Asarning bosh g‘oyasi mana shundan iborat.Dahshatli ocharchilik voqelari tasviri jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik belgilari mazkur fikrlarimizni dalilaydi. Asardagi davrinig ijtimoy siyosiy voqealari milliy mentalitetga xos xususiyatlar bilan uyg‘unlashib ketadi. Milliy mentalitetga xos xussusiyatlar el-yurt xizmatiga kamarbasta, xalq orasida nufuzga ega yo‘lboshchi (Orif oqsoqol), yerning tilini biladigan mirishkor, cho‘rtkeser dehqon (Husan duma),bag‘ri keng ayol va ona (Qora amma) munosabatlariga salmoq baxsh etadi.Yozuvchi asarlariga xos xususiyat uning asarlarida muallif bayoni o‘rnini qahramon monologlari egallaydi. Bunday yondashuv hayot ziddiyatlarini butun ikr-chikirlari bilan tasvirlashga va baholashga yo‘l ochadi. Adib hayot haqiqatini, ijtimoiy munosablarni, davr voqelarini turli mezonlardan baholashga harakat qiladi. Ijtimoiy hayotdagio‘zgarishlarni idrok etish ba‘zan bir-biriga zid mohiyat kasb etishsi sabab adib asarlaridagi qahramonlar hayot voqelarini o‘z qarichi bilan ko‘rishga va tahlil etishga harakat qiladi.
Adabiyotshunos olim Umarali Normatov“Ikki eshik orasi” romani haqida quyidagilarni yozadi. “.. roman yirik ijtimoiy, maishiy axloqiy roman. Asar uzoq davrlik voqealarni, ko‘plab kishilar taqdiri, hayot yo‘lini, xilma-xil ijtimoiy, ma’naviy axloqiy muammolarni o‘z ichiga qamrab oladi. Roman voqealarining bir uchi 30-yilning boshlariga, qishloqlardagi kollektivlashtirish davri hodisalariga borib tutashsa, ikkinchi uchi 60-yillarning oxiri kelib taqaladi. Shunday bo‘lsada, romanning markazida Ulug‘ Vatan urushi davri, urush yillaridagi o‘zbek qishlog‘ihayoti, urush va inson, urushning kishilar taqdiriga ko‘rsatgan chuqur ta’siri, ular qismatida, zurriyotida, dilida qoldirgan jarohatlari muammosi turadi.18
Darhaqiqat, romanda olim ta‘kidlaganidek, deyarli yarim asrlik davr voqealari qamrab olingan.Vatanimiz tarixiga muhrlangan tarixiy davrlar kollektivlashtirish, qatag‘on yillari, ikkinchi jahon urushi,stalinizm, Toshkentda yuz bergan 60-yillardagi zilzila voqealari, zilziladan keying shahardagi qayta qurish yillarini roman o‘z ichiga oladi.
O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi” da millat turmush tarzini uch tarixiy o‘lchamda (kecha, bugun, ertaga) gavdalantiradi. Asardagi urush davrining ham front oldi chiziqlari va ham mamlakat ichkarisidagi hayot badiiy asarda bir-birini to‘ldiradi, boyitadi hamda asoslaydi. Zotan,o‘zbek xalqi uchun front ortidagi mashaqqatli mehnat sinov bosqichi hisoblansa, urushdagi iroda hamda matonat ikkinchi imtihon davridir.
O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi” hamda “Tushda kechgan umrlar” romanlarida davrning turli xil xunrezliklariga xolis baho berar ekan, xunrezlik tushunchasining mohiyatini ochishga harakat qiladi. Urush va uning salbiy oqibatlari insoniyat boshiga moddiy jihatdan qanchalik talofat yetkazsa, xalq tiynati va ongida ham shunchalik, balki undan ham ko‘proq mahdudlik hosil qiladi.Qahramon hayollarida parokandalikni keltirib chiqaradi. Bu hol odamzotning o‘z mohiyatidan, uzoqlashishga olib keladi.. Xususan, “Tushda kechgan umrlar” romanida afg‘on voqealari, 30-yillar qatag‘oni, millat genetikasi kabi masalalarning badiiy talqini san’at darajasiga ko‘tarilgan.
Yozuvchining “Tushda kechgan umrlar” romanida yaqin tarix, ya‘ni, XX asrning 80 - yillarida yurtimizda sodir bo‘lgan voqealar haqida so‘z yuritiladi. Ayni paytda, asarda ma’lum bir burilishlar, xususan, 1950-yillarning qatag‘on davri bilan bog‘liq voqealarga ham duch kelamiz.Yanada aniqroq qilib aytsak, “Tushda kechgan umrlar” romanida 1930-yillar qatag‘oni voqealari, 1980-yillardagi mash’um afg‘on urushining dahshatli lavhalari va xalqimiz boshiga musibat keltirgan “o‘zbek ishi” fojealari uchligidan xosil bo‘lgan ijtimoiy g‘oya aks ettiriladi. Romanda shaxs fojiasi asarning umumiy mazmuni hisoblanib bu Rustam (ijobiy tip misolidagi obraz) va komissar G‘aniyev Soat G‘aniyevich (kolonial davr vakili, salbiy tip) obrazlari misolida aks ettiriladi. Ammo mustamlakachilik vorislarining zulmi, sovet ittifoqi va‘da bergan “zamonaviylashtirish loyihasi” ning millat fojiasidagi “o‘rni” millatning o‘zligidan uzoqlashishi, shunindek, Rustamning (Rustam timsolidagi barcha o‘zbek yigitlarining) modernizatsiyalashtirish tarixidagi fojiaviy qurbonga (katastrofik xulosa) aylanishi tasvirlari romanda ko‘tarilgan yana bir muhim ijtimoiy va siyosiy muammo hisoblanadi. “Afg‘on urushi” insoniyatga ham ruhiy, ham jismoniy ta‘sir ko‘rsatganini ushbu asar qahramoni Rustam misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
Asardan ma‘lumki, Rustam urushga ketmasdan oldin dovyurak, aqlli yigit bo‘lgan. Urush degan balo Rustam timsolidagi o‘zbek yigitlarining qaddini ham qildi, ruhini majruhga aylantirdi. Adib o‘z qahramonlari (Rustam, Shahnoza, Komissar, Qurbonoy xola) orqali urush holatini emas balki, urushning oqibatlari va zararlarini tahlil qiladi.
Yozuvchi ushbu asarda badiiy tasvirdan juda ustalik bilan foydalanadi, oddiy voqealarni ortiqcha bo‘rttirishlarsiz namoyon qiladi. “Kuz o‘lim to‘shagida yotgan bemorga o‘xshaydi. Oyoq ostida kasalmand hazonlar ingraydi … Erta bahordan bo‘tana bo‘lib shosh- pisha, qirg‘og‘iga sig‘may oqqan ariqlar tiniqlashadi. Shuncha urinishlari zoe ketganini tushunib, olamga ma’yus boqadi… Endi suv tubida shodon chayqalgan maysalar emas, hazon ko‘milib yotadi… Yeru- ko‘kni kafandek oppoq tuman chulg‘aydi. Oq zulmat orasidan qarg‘alarning xosiyatsiz fig‘oni eshitiladi.
… Erta – indin osmonga motam libosini kiygan bulutlar chiqadi. Yer ustida uzoq charx uradi-da, achchiq-achchiq ko‘z yoshi to‘kadi. Sim-sim yomg‘ir yog‘adi: to‘rt kunlik umrida dunyoga sig‘magan, oxir-oqibat jon taslim etgan etgan tabiatiga aza ochib, unsiz yig‘ladi…
Men necha yoshga chiqdim o‘zi? Yigirma ikkiga?! Yo‘g‘-e, axir, men yetmish ikkidaman - ku! Balki, sakson ikkidadir? Nima farqi bor?! “Donolar hayotni kuzaturlar jim…” (Rustamning oxirgi kundaligidan)19.
Asardan keltirilgan yuqoridagi iqtibosdan ma‘lum bo‘ladiki, yozuvchi o‘z ijtimoiy konsepsiyasini ramziy obrazlarga singdiradi. Kuz - bu Rustamning hayoti. Kuz- bu urush ortidagi oddiy xalq hayoti. Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, O‘tkir Hoshimovning uslubiga xos va mos bo‘lgan belgilardan yana biri uning tabiat tasvirini asar qahramonlari ruhiyatiga badiiy san‘at darajasida singdira olishidir. Yozuvchining “Bahor qaytmaydi” qissasini ham mana shu fasl manzaralari bilan boshlaydi. “Bo‘ston qishlog‘iga og‘ir vazmin qadam bilan kuz kirib keldi.” Kuzni asliy emas ramziy ma’noda tahlil qilsak, davrning ijtimoiy holatdagi tasvirini, urushga borgan yigitlar kuz barglaridek umrlari hazon bo‘layotganini adib asar boshidayoq ramziy ma’noda bashorat qiladi. Asarda yana bir o‘rinda yozuvchi badiiy tasvirda juda sodda va oddiy, lekin benihoya ta’sirchan manzara kashf qiladi.
O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanidagiKomissar obrazi millat fojiasiga sababchi bo‘lgan shaxslar sifatida talqin qilinadi, Yozuvchi Komissar qiyofasini xronotip bosqichlarda (urushdan oldingi, oldingi, urush davri, tiklanish, mustaqillik arafasi) tasvirlaydi. Turfa vaqt oralig‘ida qahramonning xarakterli belgilari mukammal ko‘rinishga ko‘tariladi. Yozuvchi ifoda yo‘sini orqali bir tomondan, odamzod fe’l-atvorining barqarorligiga ishora qilsa, ikkinchi tomondan, davrning, muhitning, tarixiy shart-sharoitning kishi ruhiyatini boshqarishini ta‘kidlaydi. Romandagi komissar nutqida bir gap bor: “Men o‘lmayman! Xex!”. Qanchadan qancha fojialarga sabab bo‘lgan, o‘z manfaati uchun hech narsadan tap tortmaydigan komissar – G‘aniyev Soat G‘aniyevich millatni (shu jumladan millatdoshlarni) zimdan yemiruvchi kolonial tuzum “faxriysi”. U hayot ekan, zulm, mash’um fojialar, davom etaveradi. U yo‘q bo‘lmas ekan, millatni mahv etish, uni yo‘q qilishning dahshatli yo‘llarini o‘ylab topaveradi. Eng yomoni, u jamiyatni zimdan yemirish, ildizidan qo‘porish (Rustamning o‘zidan bir zurriyot qoldirmay bu olamni tark etganligini eslang) yo‘lining ko‘z ko‘rmagan quloq eshitmagan usullarini topishdan charchamaydi. Demak, u qancha uzoq umr ko‘rsa, millat fojiasi ham shuncha bardavom bo‘laveradi.
O‘tkir Hoshimov romanlarida ijtimoiylik belgilari oraz mantig‘i, xarakter ruhiyatidagi o‘zgarishlarni atroflicha yoritishga yaqindan yordam beradi.
Muallif asarlarida,jumladan, “Tushda kechgan umrlar” va “Ikki eshik orasida”romanlarida voqelik, mavzu doirasi turli davrlarga singdirladi. Buning sababi birinchidan, bizningcha, badiiy takomil va avlodlar shajarasi bilan bog‘liq jarayon. Ikkinchidan, Sobiq Ittifoq sharoyitida yuzaga kelgan ma‘naviy tanazzul noto‘g‘ri ijtimoiy siyosat mahsuli, uchinchidan, analogik tahlil muammoning sabab va oqibatlarini teranroq yoritish imkonini beradi. Zotan insof va diyonat, halollik va poklik, vafo va sadoqat masalalari barcha davr ma‘naviyatining shohsupasida turishini inobatga olsak, g‘oyaviy badiiy maqsadning mohiyati yanada oydinlashadi.
Davrda yo‘l qo‘yilgan xunrezliklar nafaqat odamzod hayotini izdan chiqardi, balki iymon-e‘tiqod, mehr-oqibat kabi tushunchalarni ham sinovdan o‘tkazdi. Bu sinovOrif oqsaqol, Husan dumalarning xalq manfaatiga yog‘rilgan turmuh tarzi, zakunchining xudbinligi, Ra’noning beqarorligi, Bashorat xolaning cho‘rtkesarligi va irodasi, Fotima kelinning insoniyligiy-u, Zuhra kelinning kechikkan sevgisi namoyon bo‘ladi. O‘tkir Hoshimov roman tasviri orqali xalq idealining asar davomida shakllangan, sayqal topgan qirralarini ochib beradi, umumlashtiradi.
O‘tkir Hoshimov har bir asarida biror-bir ma’naviy muammo – jamiyat evrilsihlarida pishib yetilgan, zohiran erish tuyulgan, botinan katta fojialarga yetaklaydigan xato kamchiliklarni tasvirlaydi. “Tushda kechgan umrlar” romanidagi Komissar hayoti va fojiasi butun jamiyat takomiliga qarama-qarshi qo‘yiladi. Aslida qahramon tiynati ortida davrning umumlashgan ziddiyatlari o‘z ifodasini topgan. Qurbonoy hola obrazida uning ko‘ngli ijtimoiy adolatsizliklardan zada bo‘lgan. Shunga qaramasdan ayolda bag‘rikenglik, va ezgulikka ishonch tuyg‘usi saqlangan. Ayniqsa, ayolning qo‘ni-qo‘shnilar bilan munosabatlari chinakam milliy e‘tiqod asosiga qurilgan.
Qurbonoy xola yoshligini hikoya qilib berishi, bu voqealar aslida, Komissarning naqadar zulmkor ekanini bildirish uchun yoritilgan, lekin bu voqealar 80-yillarning ruhini ochib berish uchun xizmat qiladi. O‘tkir Hoshimovning iste’dodi uning tarix bilan davrni bog‘lay olishida ham ko‘rinadi.
O‘tgan asr o‘zbek prozasi taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgan O‘tkir Hoshimov asarlari, jumladan, “Nur borki soya bor”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” kabi romanlari, “Bahor qaytmaydi”, “Qalbingga quloq sol”, “Dunyoning ishlari” kabi qissalari ko‘plab o‘zbek kitobxonlari, olimlari qatorida xorij adabiyotshunoslari orasida ham e’tirof etildi. Yozuvchi ijodining dastlabki bosqichlarida yaratilgan “Qalbingga quloq sol” nomli qissasi 1970-yillardayoq amerikalik olim J. Barret nazariga tushgan edi. Tadqiqotchi insonparvarlik tuyg‘ulari teran tasvirlangan mazkur asar va uning qahramaonlari qarashlarini O‘rta Osiyodagi yetakchi millatlardan biridagi milliy uyg‘onish mujdalari sifatida baholanar edi20.
Yana bir Amerika olimi Ahmet Og‘ir ham XX asr o‘zbek adabiyotining yirik vakilaridan biri O‘tkir Hoshimovning chuqur dardi, iztirobli o‘ylari aks etgan “Tushda kechgan umrlar” romani va unda aks ettirilgan davrning ijtimoiy –siyosiy voqelarning badiiy talqini haqida qiziqarli kuzatishlar olib borgan. Olim “Tushda kechgan umrlar” romanini tahlil qilar ekan asosiy e‘tiborni asardagi ramziy obrazlar mohiyatiga qaratadi. Olim romandagi datlabki ramziylikni “paxta motivi” va “uy motivi” orqali ochishga harakat qiladi. Uning fikricha, asardagi paxta yig‘im-terimi mustamlakachilik mohiyatini ramziylashtirishda o‘ziga xos kalit vazifasini bajargan. Bosh qahramonning g‘ayriixtiyoriy tarzda Afg‘onistonda xizmat qilishi esa uni o‘ziga qadrdon muhitdan uzoqlashtiradi. Rustamning yaqinlaridan begonalashuvi uning real makon haqidagi tushunchalariga darz yetkizgan. Ahemt Og‘irning ta’kidlashicha, “Tushda kechgan umrlar” romanidagi “uy motivi” da ham o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Olim ushbu ramziylikni romandagi “men to‘yni o‘z uyimda qilyapman”, “chetdan kelganlarga uy topiladi, ammo o‘zbekka yo‘q” kabi jumlalar asosida ochishga harakat qiladi. Uning nazdida “uy” jamiyatni isloh qilish bilan bog‘liq ramziy ma’nolarni ham keltirib chiqargan. Rustamning o‘z uyi uchun kurashishi esa bir vaqtning o‘zida millat g‘ururini uyg‘otish, uni mustahkamlash, hukmron kuchlardan himoyalash hamda o‘zlikni anglash va anglatish demakdir”21. O‘zbek adabiyotini xorijda o‘rganilishi yuzasidan ko‘plab salmoqli tadqiqotlar yaratgan adabiyotshunos olima Zulxumor Mirzayeva Amerika olimi Ahmet Og‘ir bilan bahsga kirishadi va olimning romandagi davr voqealari tahlili bilan bog‘liq qarashlariga quyidagicha munosabat bildiradi: “Ahmet Og‘irning yuqoridagi fikrlarini asar yaratilgan davr, muallitning ozod tuyg‘ularni yoqlashi nuqtai nazaridan qo‘llab quvvatlaymiz. Lekin yuqoridagi fikrlar alohida shaxs (Rustam) ning tuyg‘ulari alamzadalikdan junbushga kelgan paytda (ekstrimal vaziyat –holatda) aytilgan bo‘lishi ham mumkin. Bu orqali adib har qanday uushning inson ruhiyatiga qattiq ta‘sir qilishi, hatto uning ruhiyatida patologik asoratlar qoldirishiga asosiy urg‘u bergan. Demak, asar qahramoni bo‘lgan Rustamning nafrati noo‘rin boshlangan qattol afg‘on urushi sababchilariga qaratilgan”22
Yuqoridagi iqtibosdan ma‘lum bo‘ladiki Zulxumor Mirzayeva roman qahramonlarini baholashda muallif estetik maqsadidan kelib chiqmoqda. Chindan ham Rustamning o‘z uyini himoya qilishi, qadryatlarni e‘zozlash talabi kengroq ma’noda izohlashga loyiqdir. Chunki asar qahramoni O‘zbekiston deganda nafaqat o‘zbek millatini, balki shu hududda yashayotgan barcha millat va elatlarni ham anglaydiki, bunday bag‘ri kenglik zamiridan qandaydir millatlararo ziddiyat izlashga hech qanday asos yo‘q edi. “Agar yozuvchi jamiyat a‘zolarini xalqimizning tub maqsadlari yo‘lida birlashuvga chorlasa, ular mamlakatimizda yashayotgan barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillariga birday taalluqli ekanidan so‘z ochsa, bu bilan O‘zbekiston – yagona Vatan degan tuyg‘uni shakllantirishga xizmat qiladi.”23
Xulosa qilib aytish kerakki, O‘tkir Hoshimov o‘z romanlarida jamiyat ijtimoiy hayotidagi illatlarni, turg‘unlikning mohiyatini ochish asnosida davrning muhim ma’naviy-axloqiy masalalarini ko‘tarib chiqdi. “Ikki eshik orasi” romanida qariyb qirq yillik davr qamrab olinib, bir qator chigal, murakkab taqdirlar misolida o‘zbek xalqining tarixiy qismati mahorat bilan tasvirlangan bo‘lsa, “Tushda kechgan umrlar” romani esa turg‘unlik davri illatlarini fosh etuvchi XX asr o‘zbek romanlarining eng sara namunasi sifatida milliy adabiyot taraqqiyotida o‘chmas iz qoldirdi.

Download 194,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish