Himoyaga ruxsat etilsin ” Fakultet dekani f f. d. L. Raupova “ ” 2019 y



Download 194,2 Kb.
bet5/19
Sana28.02.2022
Hajmi194,2 Kb.
#474057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2 5373148213513554566

Bukun bir tush ko‘rdim. Tushimda
Buxoroda yurgan emishman,
Yuksak minoralar boshimda,
Oyoqlarim ostida gulshan.


Buxoroda yurgan emisjman,
Men-la birga yurarmish Quyosh.
Erir emish, oqar parishon
Muz asridan omon qolgan tosh


Yuksak minoralar boshimda
Menga hasad bilan boqarmish.
Asrlar bir damday qarshimda
Zangor olov bo‘lib oqarmish.


Oyoqlarim ostida gulshan
Zangori olovlar davomi..
Buxoro zangori gul ushlab
Meni asr etdi tamoman


Ul ayirdi meni hushimdan
Yuragimni ko‘ rgan emishman..
Bukun bir tush ko‘rdim, Tushimda
Buxoroda yurgan emishman

Yuqoridagi she’rda shoirning ruhiy kechinmalari o‘ziga xos uslubda Buxoro motivi vositasida aks ettiriladi. Mazkur shе'r 1967-yilda yaratilgan edi. Nima uchun shoir kechinmalarini ifodalshda “Buxoro” va “tush” motivlaridan foydalandi. Nima uchun shoir “tushida yuragini ko‘rgan”ligini ta‘kidlayapti. Gap shundaki, o‘tgan asrning 60-yillarida fikriy erkinlik butunlay bo‘g‘ilgan davri edi. R. Parfi jamiyatning bir a'zosi sifatida, erkka tashna ijodkor sifatida bu holdan iztirob chеkadi, azoblanadi. Hassos shoir o‘zini qiynagan DARD suratini “Buxoro”, “tush” motivlari misolida aks ettiradi.Yanayam aniqroq qilib aytganda, shoir “Bukun bir tush ko‘rdim…” she’ri mohiyati Buxoro va tush obrazlarining poetik motiviga aloqadorlikda kengroq ochiladi. Buxoro qariyib uch ming yillik tarixga ega shahar, Markaziy Osiyodagi eng muqaddas, shon sharafga boy maskanlardan biridir. U nafaqat diniy markaz, balki estetik tuyg‘ular yuksak qadrlangan joy ekani bilan ham hurmat e‘tibor qozongan. U necha – necha buyuklarning beshigini tebratgan, necha- necha allomalarni yetishtirgan , minglab jang-u jadallarga shohid bo‘lgan. Shoir go‘zal Buxoro, uning ulkan, afsonaviy minoralari orqali millatning madaniyati, kuch-qudratini, boy tarixini namoyon qilmoqda. Ayniqsa, shoirning mazkur badiiy-g‘oyaviy konsepsiyasi uning quyidagi satrlarida kulminatsion nuqtaga yetgan.


Ul ayirdi meni hushimdan
Yuragimni ko‘rgan emishman..
Bukun bir tush ko‘rdim, Tushimda
Buxoroda yurgan emishman

Shoir nigohidagi yurak bu - o‘zlik. U yurakni ko‘rish bilano‘zlikni idrok etish, anglash maqomiga ega. Shoir o‘zligida esa butun bir millat, uning qudratini namoyon qilish g‘oyasi mavjud.Jamiyatning ko‘zi ochiq a'zolarini iztirobga solgan buijtimoiy dard shoirning shaxsiy dardiga aylangan. Ijtimoiy dard ijodkorning shaxsiy dardiga aylanmasa, ijodkor o‘sha dardni chinakamiga qalbidan kеchirmasa, "yalang`och ijtimoiylashuv" yuzaga kеladi. Sho‘ro davri adabiyotining eng katta fojiasi ham shu edi. Chunki sho‘ro adabiyotidagi (ayniqsa, 30-60-yillardagi) ko‘plab asarlarda badiiy asarlarning ijtimoiy tabiati mutlaqlashtirilib ijodkor shaxsi butunlay yo‘qotilgan edi.


Adabiyotning ijtimoiy tabiati uning mafkuraviyligi bilan ham bog‘liqdir. Mafkura dеganda, ma'lum bir jamiyat, davlat, millat va hokazo ijtimoiy guruhlarning siyosiy, iqtisodiy va h.k. maqsadlariga mos holda muayyan bir tizim holiga kеltirilgan fikr va g`oyalar jamini tushunamiz. Dеmak, mafkura "fikr" va "tafakkur" tushunchalariga nisbatan xoslanganroq, maxsus tushuncha ekan. Boshqa bir jihati shuki, "fikr" va "tafakkur" alohida olingan har bir insonga tabiatan xos narsa, "mafkura" esa, avvalo, ijtimoiy hodisa sifatida maydonga kеladi, kеyin har bir alohida shaxs tomonidan o‘zlashtiriladi.
Jamiyatda yashayotgan shaxs (jumladan, ijodkor ham) ma'lum bir ijtimoiy guruh vakili, dеmak, o‘zining muayyan ijtimoiy muhitda shakllangan qarashlari, orzu-intilishlariga egaki, bular shu guruhning qarashlari, orzu-intilishlariga ko‘p jihatdan mos. Shunga qaramay, ijodkor birinchi galda shaxs, shu bois ham asar mazmunida shaxsiylangan ijtimoiylik aks etadi, shaxsiylik va ijtimoiylik uyg`un mujassamlashadi. Aksincha yo‘ldan borilsa, ya'ni, ijodkor shaxsi ijtimoiylikda singib yo‘qolsa ijodiylik yo‘qoladi, bu holda ijod ham, badiiyat hodisasi ham mavjud emas. Nеgaki, bu holda yozuvchi voqеlikni tayyor qoliplar asosida ko‘radi, o‘sha qoliplar asosida tasvirlaydi va baholaydi - sxеmatizm yuzaga kеladi.
Demak, har qanday badiiy adabiyot adabiy hodisa bo‘lishsi bila birga, ijtimoiy munosabatlarni ham qamrab oladi. Shu bois muayyan ma’noda badiiy adabiyot ijtimoiy xarakterga ega bo‘ladi




    1. Download 194,2 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish