II-BOB. Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari.
2.1. Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari.
2.2. Davlat xaridining iqtisodiy mohiyati va uning iqtisodiyotdagi ahamiyati.
2.3. Davlat xaridini tashkil etishning huquqiy asoslari.
XULOSA.
FOYDALANILDAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.
KIRISH.
Davlat xaridlari – bu davlat ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni davlat byudjeti hisobiga to‘liq yoki qisman xarid qilish demakdir. Ularning muhimligi shundaki, davlat xaridlari davlat sektorini, shu jumladan maktab, kasalxonalar va boshqa muassasalarni barcha zarur tovarlar, yuqori sifatli ishlar hamda xizmatlar bilan zarur miqdorda va maqbul narxlarda ta’minlaydi. Davlat xaridlari yalpi ichki mahsulotning katta miqdorini – 11 foizini yoki jamlangan byudjetning uchdan bir qismini tashkil etadi hamda davlat byudjeti ularning samaradorligiga bog‘liq. Shundan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati davlat xaridlari tizimini takomillashtirish masalalariga katta e’tibor qaratmoqda, masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1475-son Qarori va bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ularga muvofiq davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi. Ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani yaxshilashga doir takliflarni ishlab chiqish ushbu komissiyaning vazifalari doirasiga kiradi.
«O‘zbekistonda byudjet tizimini isloh qilish» loyihasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri davlat xaridlari tizimini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga ko‘mak berishdan iboratdir. Loyihaning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati 2025 yilga qadar Davlat xaridlari tizimini yanada rivojlantirish strategiyasi, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda xaridlarning asosiy tartib-taomillariga doir qonunosti hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishga, shuningdek metodik materiallarni tayyorlashga qaratilgan.
Qonun va normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish hamda muhokama etish jarayonida Loyiha o‘zbekistonlik mutaxassislar, o‘qituvchilar hamda olimlarga jahonning yetuk tajribasi bilan tanishishda, jahon tajribasining mahalliy o‘ziga xosliklarga mos keladigan foydali jihatlarini qo‘llash imkoniyatlarini tahlil qilishda yordam berdi.
Davlat xaridlarining, ayniqsa tender savdolarining aniq va puxta tartib-taomillarini ishlab chiqish hamda tatbiq etish mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan muhim investitsiya loyihalarining ro‘yobga chiqarilishini tezlashtiradi, xarid qilinayotgan tovarlar, ishlar va xizmatlarning «narxi-sifati» nisbatini ta’minlashda, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarini rag‘batlantirishda yordam beradi. Buning uchun turli mutaxassislar o‘rtasida davlat xaridlari bo‘yicha intensiv fikr almashishni tashkil etish, barcha manfaatdor tomonlarning manfaatlarini hisobga olish, 2025 yilga qadar Davlat xaridlari tizimini yanada rivojlantirish strategiyasining, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunning, Vazirlar Mahkamasining «Davlat xaridlar tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining taklif etilayotgan loyihalarini sifatli ishlab chiqish uchun barcha “ma’qullashlar” va “qarshiliklar”ni puxta chamalab ko‘rish muhimdir.
Shu maqsadda Loyiha tomonidan bir qator tadbirlar, bahs-munozaralar, davra suhbatlari va taqdimotlar tashkil etildi. Raqobatni, davlat xaridlarining oshkoraligini, hisobdorligini ta’minlash, uning tejamkorligi va samaradorligini oshirish masalalari, davlat xaridlarining hozirgi amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish yo‘llari batafsil ko‘rib chiqildi. Bahs-munozaralar chog‘ida tenderga tayyorgarlik ko‘rish muammolarini hal qilish, eng yuqori narxlarni aniqlash, «narxi-sifati» nisbatini ta’minlash, ekspertiza o‘tkazish, tender savdolarini bosqichlarga bo‘lish, tender savdolari yakunlari ustidan shikoyat qilish, elektron savdolarda xaridlar predmetini aniqlash taklif etildi. Davlat xaridlari tartib-taomillarining qulayligini ta’minlash va ularni soddalashtirish uchun tuzatishlar taklif etildi.
BMTTDning xalqaro maslahatchisi Olga Anchishkina xonim ishtirokidagi davra suhbati ancha sermazmun bo‘ldi. U «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining loyihasiga berilgan ekspertlar bahosini, shuningdek hujjatni maromiga yetkazishga doir tavsiyalarni tayyorladi. Olga Anchishkina xonimning fikricha, qonun loyihasining hadli xususiyati muvaffaqiyatli g‘oyadir, biroq joriy qonun loyihasi davlat xaridlari tartib-taomillarida kim nimani bajarishi va qachon bajarishi lozimligi haqidagi batafsilroq ta’rif bilan to‘ldirilishi lozim. Bunda xatti-harakatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik juda muhimdir.
Ushbu yo‘nalish Loyiha tomonidan Jahon banki bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirildi.
«Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi byudjet mablag‘lari sarflanishining samaradorligini va oshkoraligini oshirish, shuningdek ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifatini yaxshilash imkonini berishi kutilmoqda. Bu esa, pirovardida, mamlakat aholisi farovonligini yanada o‘stirishga ko‘maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |