Hibat-ul haqoyiq



Download 77,79 Kb.
bet9/10
Sana01.07.2022
Hajmi77,79 Kb.
#723520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6 1 UZB 19 guruh talabasi Nosirova Zulfizarning \'\'Kurs ishi\'\'.

Chig‘ayliq teb ayma azuq yoqlug‘i.

(Boylik, kambag‘allik yemish — ozuq (bor) yo‘qligidir,


(Aslida) oziq (mol-mulk) yo‘qligini qashshoqlik deb aytma)

7.Radd ul –hashv ilal-ajuz (birinchi misra o‘rtasidagi so‘zning ikkinchi misraning oxiridada kelishi)


Koni soz asal tek bu yalg‘an basal ,
Basal yeb achitma ag‘iz ye asal.
(To‘g‘ri so‘z asaldek,yolg‘on sarimsoqdek,
Sarimsoq yeb og‘izni achitma,asal yegin)

Asarda bunday baytlar ko‘plab uchraydi. Muallif o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi uchun so‘zlardan takroran foydalangan ,desak yanglishmaymiz.



Umumiy xulosa
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek , Ahmad Yugnakiy “Hibat –ul haqoyiq” asarini yozishda biror voqeani , sarguzashtni hikoya qilish vazifasini emas, balki ilm-ma’rifat , odob-axloq va boshqa masalalar haqida mulohaza yuritib,kishilarga o‘git berish,komil insonlarni tarbiyalsh vazifasini o‘z oldiga qo‘yadi. Shunga ko‘ra “Hibat–ul haqoyiq”didaktik doston bo‘lib,bu uning badiiy xususiyatlari va uslubini belgilaydi. Garchi dostonda voqeaviy syujet bo‘lmasa-da,uning boblari mazmuni va mohiyati bilan uzviy bog‘lanib,bir butun kompozitsion qurilishni vujudga keltiradi.
Muallif dostonning boblarida turli xil xislat va tushunchalarni muqoyasa qilish va ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish asosida ulardan har birining o‘ziga xos ijobiy yoki salbiy tomonini ochadi , yaxshilarini e’tirof va targ‘ib qiladi, yomonlarini qoralaydi va rad etadi. Bu usul muallifga dostonda qo‘yilgan masalalarni ma’lum qarama-qarshilik asosida yoritish va yakunlash , mulohazalardan kelib chiqadigan o‘gitning ta’sirini kuchaytirish va asarning badiiy qimmatini oshirish imkonini beradi.Ma’rifat bilan jaholat , saxiylik bilan baxillik,tog‘rilik bilan egrilik , xushtavozelik bilan odobsizlik va boshqalar mana shunday muqoyasa qilish va qarama-qarshi qo‘yish usuli bilan yoritadi. Didaktik doston janriga xos bo‘lgan xususiyatlar asarning badiiy xususiyatlari doirasini xiyla cheklab qo‘yadi, u muallif oldiga voqeaviy syujetni hikoya qilish ,mavzuni qahramonlarning hayot va kurash yo‘lini tasvirlash orqali yoritishni shart qilib qo‘ymaydi. Biroq shunga qaramay , Ahmad Yugnakiy badiiy til vositalari, xalq maqollari va ta’birlarini qo‘llash orqali asarning badiiyligini oshirishga muvaffaq bo‘lgan. Xalq maqollari dostonning tilini ham, mazmunini ham birmuncha boyitadi.Bundan ko‘rinadiki,Ahmad Yugnakiy o‘z oldiga qo‘ygan vazifani amalga oshirishda bevosita she’riy san’atlarga murojaat qilgan. Asarda nafaqat tazod, tashbih , irsoli masal , balki , boshqa bir qancha san’atlar qo‘llangan. Ushbu qo‘llangan san’atlarning har biri o‘ziga xos vazifani bajargan , desak yanglishmagan bo‘lamiz.Asarni kuzatish davomida shoirning badiiy mahorati, asarda she’riy san’atlarning o‘rnini bilib oldik.Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, she’riy san’atlar asarning badiiyatini ,bandlar,baytlar,misralar badiiy qimmatini oshirishga xizmat qilgan.



Download 77,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish