Hibat-ul haqoyiq


II bob. “Hibat-ul haqoyiq” asarining asosiy boblarida she’riy san’atlarga munosabat



Download 77,79 Kb.
bet4/10
Sana01.07.2022
Hajmi77,79 Kb.
#723520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6 1 UZB 19 guruh talabasi Nosirova Zulfizarning \'\'Kurs ishi\'\'.

II bob. “Hibat-ul haqoyiq” asarining asosiy boblarida she’riy san’atlarga munosabat
Asarning asosiy qismi 5-bobdan boshlanib, ilm marifati,jaholat zarari,ilm o‘rganish haqida Payg‘ambarimizning aytganlari,tilni tiyish,axloq-odob,dunyoning o‘zgarib turishi,saxovat va baxillik ,tavozelik manfaati,kibr zarari,Allohning karomati,g‘azabni bosish,gunohlarni kechirish va boshqa bir qancha mavzularda fikr yuritilgan. Ushbu bobda biz asosiy qismda adib ifodamoqchi,yetkazib bermoqchi bo‘lgan fikrlarda she’riy san’atlarning o‘rni haqida fikr yuritib o‘tamiz.
2.1. Asarda tashbih va tazodlarning o‘rni
Tashbih – Sharq adabiyotida keng tarqalgan san’atlardan biri bo‘lib , “o‘xshatish” ma’nosini ifodalaydi.Ikki narsa yoki tushunchani ular o‘rtasidagi haqiqiy yoki majoziy munosabatlarga ko‘ra o‘xshatish san’atidir. Tashbih san’ati tasvirlanayotgan shaxs,buyum yoki tushunchani o‘quvchi ko‘z o‘ngida aniqroq,jozibaliroq gavdalantirishga xizmat qilib,asar timsollari ma’naviy qiyofasini yorqinroq ochish,binobarin,shoir g‘oyasini o‘quvchi ongiga to‘laroq yetkazishga imkon beradi.Tashbihning bir qancha turlari mavjud.Quyida biz “Hibat ul-haqoyiq”asarida qo‘llangan tashbihlar bilan tanishib o‘tamiz:


Bahaliq dinar ol biliklik kishi,
Bu jahil biliksiz bahasiz bishi.
(Bilimli kishilar baholik dinordur,
Bilimsiz,johil odam el ichra bahosizdur)
Ushbu baytda bilimli kishilar tilla dinorga o‘xshatilmoqda.Bu o‘xshatish tashbihi muqayyad turiga kiradi,ya’ni tashbihning o‘xshatilish sababi va vosita unsurlari qatnashmagan.
Biliklik,biliksiz qachan teng bo‘lur,
Biliklik tishi er jahil er tishi.
(Ilimli,ilmsiz qachon teng bo‘ladi,
Bilimli xotin – er kishi, ilmsiz erkak – xotin kishi)
Yugnakiy ilmsiz erkakni xotinga o‘xshatadi. Ushbu baytda misli so‘zi qatnashganligi sababli, tashbihning “tashbihi mutlaq” turiga kiradi. Ushbu san’at “aniq o‘xshatish” degan ma’noni anglatib,ushbu xil o‘xshatishda go‘yo,singari,misli,bamisoli,-dek,-day kabi so‘z va qo‘shimchalar ishtirok etadi.(2; 18)
Biliksiz yiliksiz songak tek xali,
Yiliksiz songakka sunulmas elik.
(Ilmsiz – iliksiz so‘ngak kabi bo‘shdir
Iliksiz so‘ngakka kim qo‘l urar ,xo‘sh)


Sanib sozlagan er sozi soz sag‘i,
Okush yangshag‘an til ay almas yag‘i.
(O‘ylab so‘zlaganning so‘zi to‘g‘ridur
O‘rinsiz so‘z go‘yo bosgan cho‘g‘dirur)


Koni soz asal tek bu yalg‘an basal ,
Basal yeb achitma ag‘iz ye asal.
(To‘g‘ri so‘z asaldek,yolg‘on sarimsoqdek,
Sarimsoq yeb og‘izni achitma,asal yegin)
Dastlabki baytda ilmsiz inson ichi bo‘m-bo‘sh bo‘lgan iliksiz suyakka o‘xshatiladi va kabi so‘zi qo‘llangan, ikkinchi baytda o‘rinsiz so‘z cho‘g‘ga o‘xshatiladi, va go‘yo so‘zi qo‘llangan.Keltirilgan uchinchi baytda to‘g‘ri so‘z asalga,yolg‘on sarimsoqqa o‘xshatilib, -dek qo‘shimchasi qo‘llangan. Yuqorida aytganimizdek kabi,go‘yo so‘zlari, -dek,-day qo‘shimchalari tashbihi mutlaq san’atini yuzaga keltiradi.
Asarni kuzatish davomida tashbih san’ati qo‘llangan ko‘plab o‘rinlarni kuzatdik,ularning bir qanchasini keltirib o‘tmoqchimiz:
Ya yalg‘an soz yigtek koni soz shifa,
Bu bir soz ozag‘i urulmish masal.
(Yolg‘on so‘z kasallik kabidir,chin so‘z shifodir,
Bu so‘z to‘g‘risida qadimda shunday masal to‘qilgan)


Bu achun rabat ol tushub kochguluk,
Rabatqa tushugli tushar kochguluk.
(Bir kuni o‘tursan,bu dunyo – rabot,
Bu rabotga tushib,o‘tuvchilar ko‘nib ketaveradi)


Baqasiz erur bu achun lazzati,
Kechar yel kechar tek maza muddati.
(Yolg‘on dunyo lazzati o‘tkinchidir,
Mazali payti yeldek o‘tguvchidir)


Yilantek bu achun yilan og‘lag‘u,
Yiraq turg‘u yumshaq teb yinanmag‘u.
(Bu dunyo avrog‘ich ilon kabidur,
Boshlab borar joyi jarning labidur)


Niqab kotrur achun birar yuz achar,
Nazar qol kuchar tek yana terk qachar.
(Niqob ko‘rarilur, yuz ochar ochun,

Download 77,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish