Hech qanday tijoriy maqsadlarda foydalanmang



Download 1,86 Mb.
bet7/7
Sana23.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#405682
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-SINF O\'QISH 4-CHORAK KONSPEKT

Rivojlantiruvchi: tanqidiy fikrlash qobiliyatini oshirish.Nima yaxshi-yu, nima yomonliginifarqlashga o`rgatish. F.k.2. o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.

Darsning metodi: Ifodali o’qish, kichik gurunlarda aqliy hujum, suhbat, izlanish metodi.

Darsning jihozi: Darslik , konspekt, mavzu yuzasidan tarqatmalar.ko‘rgazmalar

Darsning borishi.



T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I.Tashkiliiy qism:

o`quvchilarning fanga oid darslik va o`quv qurollarini nazoratdan o`tkazish,

kun haqida, maktab ichki tartib intizom yuzasidan, sinfni toza tutish,

darsliklarni tartibli va ozoda tutish yuzasidan suhbat o`tkazish.



II.O`tgan mavzuni mustahkamlash. O`quvchilar bilan „ “ matni yuzasian savol-javob o`tkazaman. Matnni o`quvchilarga o`qitib, oqish malakalaini tahlil qilgan holda baholab boraman.

III.Yangi mavzu bayoni:

Tulki bilan tovus

Ertagiyo ertagi, echkilarning bo'rtagi, qirg'ovul qizil ekan, quyrug'i uzun ekan, ko'k muzga mingan ekan, muruti singan ekan, g'oz karnaychi ekan, o'rdak surnaychi ekan, ola qarg'a azonchi, qora qarg'a qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to'rg'ay to'qimchi ekan, bo'ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan; ertagimning. eri bor, yetti kunlik yeri bor, yetti kunlik yerida dumi kalta bo'ri bor.



Kunlarning birida tulki ketayotgan edi, bir tovus dumini setora- setora qilib kelaverdi. Shunda tulki aytdiki: Ey tovus, ajab-ajab o'yinlaring bor ekan, bir yaxshilab o'ynab bergin.Tovus dumini setora-setora qilib o'yinga tusha berdi. Tulkining qorni

och edi, o'ynab turgan paytida uni ushlab oldi. Bir vaqt tovus qarasa, tulkining avzoyi buzuq, uni yemoqchi bo'lib turibdi. Tovus: Xo'p mayli, meni yegin, lekin ko'z oldimda bir fotiha o'qibyesang, hech armonim qolmas edi, — dedi.

Shunda tulki pichir-pichir qiiib qo'lini ko'tardi: — Omin, oblohu akbar,— deb edi, tovus tulkining oldidan „var" etib uchib ketdi. Tulki qo'lini ko'targanicha tovusga qarab turib shunday deb fotihasini davom etdiraverdi: — Ovqat yemasdan oldin fotiha o'qigan ahmoq ekan, ovqatni yeb bo'lib, undan keyin fotiha o'qish kerak ekan, omin, oblohu akbar,— deb fotihasini tamom qildi.

Lug’at ishi: echkilarning bo’rtagi – ola echki;

Muruti – mo’ylovi;

Azonchi – muezzin, namozga chaqiruvchi;

avzoyi buzuq – fe’li o’zgargan, niyat boshqacha;

setora-setora – bu yerda dumini yoyib. Fotiha o’qimoq – duo qilmoq

Muallif haqida: Tavfiq FitraT 1888 yilda Galatasaroy o'rta maktabini tugatgan, bir muddat Tashqi ishlar vazirligida ishlagan va 1894-1915 yillarda turk tili va adabiyotidan dars bergan. U muharriri bo'lgan "Sarvati-funun" jurnalida adabiyotning ijtimoiy roli haqidagi birinchi she'rlari va maqolalarini nashr etgan. U turk she'riyatiga mazmun va shaklda yangilik olib keldi. U "San'at hayot uchun" tamoyilini ham amalda, ham nazariyada qo'llagan birinchi turk shoiri. U o'zining inqilobiy ruhidagi she'rlarida jabr-zulmni, aqidaparastlik va zulmni qat'iyat bilan yo'q qildi, insonparvarlik va ozodlik g'oyalarini, xalqlar do'stligini ulug'ladi. Taqiqlanishiga qaramay, uning asarlari yodlangan va yoshlar va harbiylar orasida tarqatilgan. Hayoti davomida hukmron doiralar tomonidan ta'qib qilinsa ham, u inqilobiy g'oyalar va xalqqa sodiq qoldi. Uning asarlarida arab-forscha so'zlar va kompozitsiyalarning tez-tez ishlatilishi Tofiq Fikrning tilini murakkablashtirdi. Shunga qaramay, uning asarlari Ozarbayjonda katta shuhrat qozondi. Ozarbayjon shoirlari M. Hadi, H. Javid, A. Sahhat va boshqalar. Uning ijodiga ta'sir ko'rsatdi. Uning asarlari ozarbayjon olimlari tomonidan ham o'rganilgan va "Tanlangan asarlar" ozarbayjon tilida nashr etilgan.

Moychechak

Tavfiq Fikrat

B ahor kelsa bezanadi

Tepalarning yaydoqlari.

Zumrad kabi o‘tloqlari

Kelin bo‘lib yasanadi.

Kelin yuzli moychechaklar,

Oltin ko‘zli moychechaklar.

Dalalarda bir yoqimli

Sariq, qizil, gunafsharang

Gullar ko‘payar rang-barang,

Lekin menga eng go‘zali

Kular yuzli moychechaklar,

Oltin ko‘zli moychechaklar.

Yaproqlari jimjimali,

Bu ham ayri bir go‘zallik.

Tani paxmoq, bo‘yni nozik,

Ham go‘zal, ham karashmali.

Kelin yuzli moychechaklar,

Oltin ko‘zli moychechaklar.

Shamol esar: goh u yonga,

Goh bu yonga egiladi.

Teng boradi, teng keladi,

Rohat berarlar insonga.

Kular yuzli moychechaklar,

Oltin ko‘zli moychechaklar.

IV.Mustahkamlash: O`quvchilar bilan she‘rni birma bir o’qiydi va tahlil qilinadi. Bo`limda o`tilga she`rlarni eng kim ko`p ayta olishi yuzasidan musobaqa o`tkaziladi.

Darslikda berilgan savollarga o`quvchilar bilan birgalikda javob topiladi:

1. She’rni ifodali o‘qing.

2. She’rda qaysi fasl tasvirlangan?

3. Moychechakka shoir qanday ta’rif beryapti?

Ana shu o‘rinlarni topib o‘qing.



V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.: Barcha fikrlarni umumlashtirib ushbu bo`lim bizga qanday bilimlarni berganligi yuzasidan xulosalaymian. Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholayman.

VI. Uyga vazifa: Sherni yod olish va mazmuniga mos rasm chizish
O`IBDO`:____________________________________
MUHIM ESLATMA!!!
USHBU QO‘LLANMANI SOTIB OLGAN BO‘LSANGIZ SIZGA BU OMONAT TARIQASIDA BERILDI. USHBU QO‘LLANMANI HECH KIMGA XATTO YAQIN HAMKASBLARINGIZGA HAM BERMANG FAQAT O‘ZINGIZ FOYDALANING SIZDAN BUNI MUALLIF SIFATIDA ILTIMOS QILAMIZ.

HECH QANDAY TIJORIY MAQSADLARDA FOYDALANMANG.

AGAR USHBU QO‘LLANMA BOSHQA BIROVLAR ORQALI SIZGA KELIB QOLGAN BO‘LSA SIZ HAM TARQATMANG HAMDA MUALLIFNI ROZI QILISH ESINGIZDAN CHIQMASIN ZERO BARCHAMIZNI QILOYATGAN ISHLARIMIZNI OLLOH KO‘RIB TURIBDI.
MUALLIF: ZAFARBEK SOLIYEV
+998 913982776 Telegram: @ZAFARBEK_ADMIN
Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish