BALIQLARNING BALIQCHILIKDAGI AHAMIYATI HAQIDA
M.Muqimov
Farg‘ona davlat universiteti
So‘nggi yillarda baliq mahsulotlariga bo‘lgan talab bir necha barobar ortdi. Bu extiyojlarni
qondirish maqsadida yurtimizda, jumladan Farg‘ona vodiysida bir qancha yangi baliqchilik xo‘jaliklari
tashkil etildi. Farg‘ona vodiysini kesib o‘tuvchi Sirdaryo yaqinida bir qancha sun‘iy ko‘llar tashkil
etilmoqda va yangi baliq turlari iqlimlashtirilmoqda. Namangan viloyatining Pop tumanida, Farg‘ona
viloyatining Toshloq, Rishton, Beshariq, Bag‘dod, Buvayda tumanlarida bunday sun‘iy suv
havzalarining soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Iqlimlashtirish deyilganda tirik organizmlarning (inson, hayvon, o‘simlik) geografik jihatdan
o‘zgargan yashash sharoitiga (asosan iqlim sharoitiga) moslashishi tushuniladi. Iqlimlashtirish jarayoni
odatda uchta fazadan iborat bo‘ladi – bular: introduktsiya; yangi sharoitga moslashuv va yangi
ekologik nishani egallash; tabiiylashish.
Farg‘ona vodiysining barcha suv havzalarida ov ahamiyatiga ega bo‘lgan va ov ahamiyatiga ega
bo‘lmagan baliq turlari yashashadi. Ular ushbu suv havzalarida ko‘payadi va tovar ko‘rinishidagi
mahsulotni beradi. Lekin Farg‘ona vodiysining barcha suv havzalarida baliq yetishtirish va uni ovlash
kabi ishlar to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan.
Ov ahamiyatiga ega bo‘lgan baliq turlarining soni barcha suv havzalarida bir xil emas. Odatda
tekisliklardagi suv havzalarida tog‘ va tog‘oldida joylashgan suv havzalaridagiga qaraganda bunday
baliq turlari ko‘p bo‘ladi. Farg‘ona vodiysining suv havzalaridagi asosiy ov ahamiyatiga ega bo‘lgan
baliq turlari quyidagilar hisoblanadi:
zog‟ora baliq, oq do‟ngpeshona, oq sla, oq amur, Turkiston
mo‟ylovdori, kumushrang karas va laqqa.
Barcha suv omborlarida ixtiofaunaning shakllanishi stixiyali
tarzda sodir bo‘lgan va ularning baliqchilikdagi ahamiyati nuqtai-nazaridan bir qancha tadbirlar
amalga oshirilgan. Masalan, baliqlar va ularning ozuqasi hisoblanadigan organizmlarni iqlimlashtirish,
ov ahamiyatiga ega baliqlarning chavoqlari bilan baliqlantirish va hokazolar. O‘tkazilgan tadbirlar
o‘zining samarasini bera boshladi. Aynan suv omborlari suvga yangi to‘ldirilgan yillari keyingi
yillarga nisbatan baliqlarga kambag‘al bo‘lgan.
Suv omborlarining yoshi orta borgan sari baliqlar tur
tarkibiga ko‘ra boyib borgan. Bu asosan u yerlarga baliqlarning daryolar va kanallar orqali kirib kelishi
hamda yangi baliq turlarini iqlimlashtirish, baliq yetishtirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish
natijasida yuz berdi. Mana shu va boshqa sabablar tufayli suv havzalarida ov ahamiyatiga ega va
ahamiyatsiz baliqlar nisbati hamda yirtqich va yirtqich bo‘lmagan baliqlar nisbati bir xil emas.
Baliqlarni iqlimlashtirish bugungi innovatsion texnologiyalar zamonida yangi uslub bilan
yondashishni talab etmoqda. Shunga ko‘ra hozirda viloyatimizda baliq yetishtirish uchun sadok
(qafas)-intensiv usuli joriy etilmoqda. Farg‘ona viloyati hokimligining rasmiy veb sahifasi
ma‘lumotiga ko‘ra 2016 yilda baliqchilik bo‘yicha 237 loyiha amalga oshirilib, 5200 tonna baliq
yetishtirilgan. 2016 yilda suv omborlarida 82 ta sadok (qafas) usulida baliq yetishtirish moslamalari
o‘rnatilgan.
Farg‘ona viloyatidagi tabiiy suv havzalarining umumiy maydoni 4629 ga, jumladan:
Qo‘rg‘ontepa suv ombori suv maydoni 176 ga, sig‘imi 21 mln kub m. Karkidon suv ombori suv
maydoni 953 ga, sig‘imi 211 mln kub m. Markaziy Farg‘ona suv ombori suv maydoni 3500 ga, sig‘imi
350 mln kub m. Sun‘iy suv havzalari umumiy maydoni 2126 ga.
Yuqoridagi ma‘lumotlardan ko‘rinib turibdiki, viloyatdagi sharoit baliqlarning iqlimlashtirilishi
uchun ancha ko‘p imkoniyatlar yaratadi. Farg‘ona vodiysiga iqlimlashtirilgan kumushrang karas
Do'stlaringiz bilan baham: |