Harakatlanish organlari. Ko‘pchilik hayvonlarda maxsus harakatlanish organlari rivojlangan. Bir hujayralilarda harakatlanish funksiyasini sitoplazma o‘simtasidan hosil bo‘lgan soxta oyoqlar, xivchinlar yoki kipriklar bajaradi. Tuban ko‘p hujayralilarda maxsus harakatlanish organlari bo'lmaydi. Ular tanani bukilib yozilishi yoki qisqarib cho'zilishi orqali harakat qiladi. K o‘p hujayralilarda maxsus harakatlanish organlari dastlab halqali chuvalchanglarda paydo bo‘lgan
parapodiylardan iborat. Parapodiylar har bir tana bo‘g‘iraida bir juftdan
joylashgan tana o'simtalari hisoblanadi. Evolyutsiya jarayonida harakatlanish organlari ham takomillashib, tayanch-harakat sistemasini hosil qiladi. Hayvonlaming quruqlikda yashashga o‘tishi bilan yangi tipdagi tayanch-harakat sistemasi paydo boiadi. Bu sistema tanani yer ustida ko'tarib turuvchi tayanch organ ham hisoblanadi.
Hayvonlaming harakatlanishi qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan muskul to'qim asi bilan bog‘liq. Bir hujayralilar xivchinlari yoki kipriklari qisqaruvchi muskul tolalari bilan bog‘langan. Tuban ko‘p hujayralilarda maxsus muskul hujayralari bo'shliqichlilar ektodermasida, to‘garak va halqali chuvalchanglar epiteliysi ostida bir yoki ikki qavat bo‘lib joylashgan. Hayvonlami quruqlikka yashashga o‘tishi bilan tayanchharakat sistemasining tuzilishi murakkablashib boradi. Muskullar harakat organlari atrofiga to‘planib, ularning qisqarish kuchi oshadi. Harakat organlari bilan birga tayanch organlari ham rivojlanadi. Umurtqasizlarda qattiq xitin qoplag‘ich, umurtqalilarda esa suyak bajaradi.
Sezish. K o‘pchilik hayvonlar faol oziq qidiradi va o‘zini himoya qiladi. Nerv sistemasi hayvonlami tashqi muhit sharoitiga moslashuviga, binobarin ulami yashab qolishiga imkon beradi. Bu funksiyani nerv hujayralari va sezgi organlari bajaradi. Tuban ko‘p hujayralilarda nerv hujayralari tarqoq joylashgan, ya’ni markazlashmagan bo‘ladi. Evolyutsiya jarayonida tana tuzilishini murakkablashuvi va hayvonlar harakatchanligi ortishi bilan nerv sistemasi ham murakkablashib boradi. Birmuncha soda tuzilgan ko‘p hujayralilar nerv sistemasi tana oldingi qismida joylashgan nerv tugunlari va ulardan tana bo‘ylab oldinga va orqaga ketuvchi nerv stvollaridan iborat. Halqali chuvalchanglar va B o‘g ‘imoyoqlilar markaziy nerv sistemasi halqumusti nerv tuguni va qorin nerv zanjirini hosil qiladi.
Umurtqalilar markaziy nerv sistemasi bosh va orqa miyadan iborat.