Organlar va organlar sistemasi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan to'qimalar organlami tashkil etadi. Har qaysi organ tarkibiga bir necha xil to'qima kiradi. Har bir organ organizmda ma’lum bir vazifani bajarishga moslashgan bo‘ladi. Bir-biri bilan uzviy bogiangan va organizmda bitta umumiy vazifani bajaradigan organlar sistemaga birlashtiriladi. Masalan, og‘iz bo'shlig'i, halqum, oshqozon, ichaklar va ovqat hazm qilish bezlari ovqat hazm qilish sistemasini tashkil etadi. Evolyutsiyon taraqqiyotning birmuncha yuqori pog‘onasida joylashgan hayvonlarda ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish, tayanch - harakat. qon aylanish, nerv va boshqa bir qancha organlar sistemalari rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |