Hayvonlarning o’simliklarga o’xshashligi va ulardan farqi



Download 225,04 Kb.
bet58/135
Sana24.09.2021
Hajmi225,04 Kb.
#183923
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   135
Bog'liq
7 sinf geografiya fanidan konspekt

Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.



3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
O‘rta Osiyoning tabiiy sharoiti xilma-xil bo‘lganligi tufayli uning hayvonot dunyosi ham o‘ziga xos va rang-barangdir. O‘rta Osiyo hayvonlari chalacho‘llarda, cho‘llarda, tog‘oldi va tog‘lar oralig‘idagi tekisliklarda, tog‘larda hamda suv havzalarida yashaydi. Chalacho‘llarning hayvonot dunyosi mavsumlar bo‘yicha o‘zgarib turadi. Yozda janubdan issiqsevar hayvonlar, yani kaltakesaklar va ayrim qushlar (to‘rg‘ay, loyxo‘rak) kirib kelib, chalacho‘llarning ichkari qismlariga yetib boradi. Kaltakesaklar bu yerlarga moslashib, rangini o‘zgartiradi. Qish juda sovuq bo‘lganligi tufayli yozda kelgan hayvonlar janubga yana qaytib ketadi, ko‘p hayvonlar (qo‘shoyoq va boshqalar) uyquga ketadi, qishga oziq-ovqat yig‘uvchi turli xil sichqonlar va kala-mushlar inlariga kirib ketadi. Shimoldan qishda punochka, oq kaklik, qutb boyqushi uchib keladi. Bulardan, tashqari, qishda bu yerlarda chopqir hayvonlardan oqquyruq ham yashaydi. Bu yerda eng ko‘p tarqalgan hayvon turi yumronqoziqlardk. Yumronqoziq bilan birga, chalacho‘llarda qo‘shoyoqlar, cho‘l olasichqoni, dala sichqoni, qum sichqoni, kalamush va ko‘rsichqon ham tarqalgan. Chalacho‘llarning o‘zlashtirilmagan joylarida, Betpaqdala, Orolbo‘yi, Shimoliy Ustyurt, To‘rg‘ay o‘lkasi, Balxash bo‘yida tuyoqli hayvonlar: oqquyruq, jayron, yovvoyi qo‘y, morxo‘r, qulon va boshqalar yashaydi. Hasharotlardan chayon, qoraqurt va boshqa o‘rgimchak-simonlar ko‘p.Cho‘llardagi hayvonot olami issiqqa va suvsizhkka turlicha moslashgan. Ba'zilari umuman suv ichmaydi, ba'zilari kechasi hayot kechiradi, ba'zilari salqin joylarda yashaydi, ba'zilari ildizlarni yeb, undagi suv bilan qanoatlanadi.Cho‘llarda keng tarqalgan hayvonlar yumronqoziqiar (malla yumronqoziq, qum yumronqozig‘i), qo‘shoyoqlar va sichqonlardir.Sudralib yuruvchilardan toshbaqa va kaltakesak nihoyatda ko‘p. Kaltakesaklardan dumaloqbosh kaltakesak, qum kaltakesagi, echkemar, agama kaltakesagi yashaydi. Ilonlardan bo‘g‘ma ilon, o 'qilon, zaharli charxilon va ko'lvor ilon, ko 'zoynakli ilonlar ko‘p.Yirtqich hayvonlardan tulki, chiyabo'ri, qum mushugi va boshqalar yashaydi. Qizilqumdagi saksovulzorlarda Buxoro kiyigi - xongul yashaydi.Qushlardan saksovul to‘rg‘ayi, cho‘l moyquti (slavka), cho‘l qarg‘asi, cho‘l qarqunog‘i, saksovul chumchug‘i va boshqalar uchraydi.Tog‘ quruq cho‘llarida tulki, bo‘ri, jayron, sirtlon yashaydi, ammo bu mintaqada cho‘lga xos bo‘lgan hayvonlar (qo‘shoyoq, qum sichqoni, ingichka barmoqli yumronqoziq) uchramaydi.Keng bargli o‘rmonlarda jayron, ayiq, to‘ng‘iz, bo‘rsiq uchraydi. To‘ng‘iz, asosan, daryo bo‘ylarida ko‘proq tarqalgan. Bu mintaqada qushlardan jannat hasharotxo‘ri, kaptar, mayqut, oq boshli sava, bulbul va boshqalar tarqalgan.Ignabargli o‘rmonlarda eliki (kiyik), Jung‘oriya Olatovida maral (bug‘u), yirtqich hayvonlafdan silovsin, O‘rta Osiyo latchasi, ayiq, manul (Yettisuvda) uchraydi. Archazorlarda o‘rmon sichqonlari, tog‘ sichqonlari, qushlardan boltatumshuq, tog‘ sariq chumchug‘i, chittak va tog‘ kakligi uchraydi.Baland tog‘ yaylovlarida (subalp va alp mintaqasi) tog‘ takasi, tog‘ kiyigi, tog‘ qo‘yi (arxar), qor qoploni, kemiruvchilardan sug‘ur tarqalgan. Qushlardan Himolay qorakurkasi, tog‘ zog‘chasi, tog‘ to‘rg‘ayi, alp chumchuqsimon qushi va boltayutar tarqalgan.To‘qay hayvonlari Sirdaryo, Amudaryo, Ili, Chu va boshqa daryolar qayirlaridagi to‘qaylarda va daraxtzorlarda yashaydi. Asosiy hayvonlari to‘ng‘iz, bug‘u, to‘qay mushugi, quyon, o‘rdak, g‘oz, qirg‘ovul, loyxo‘rak, baklon, birqozon, saqoqush, flamingo va boshqalardir. O‘rta Osiyoda chalacho‘l va cho‘llarning o‘zlashtiriljshi, tog‘ va tog‘oldi mintaqalarida tog‘kon sanoatining rivojlanishi, buning oqibatida ekologik sharoithing o‘zgarighi hamdk ovchiljk xo‘jafigi ishlarida qat'iy tartibning bo‘lmaganligi natijasidi hayvonpt olamiga zarar yetdi. Ko‘p hayvonlar kamaylb qoldi. Bu ahvol tabiatni, shu jumladan, hayvonot olamini muhofaza qilishni talab qiladi.

Download 225,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish