Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
1. Tog‘ mintaqasi 2. Yaylov o‘simliklari. 3. Alp o‘tloqlari
Yangi darsning bayoni.
O‘rta Osiyo tog‘lari Elburs tog‘larining sharqiy qismidan Torbog‘otoy tog‘ining sharqigacha cho‘zilgan. Bu hududda tabiiy sharoiti va paydo bo‘lgan davriga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan Tyanshan, Pomir, Badaxshon, Kopetdog‘, Jung‘oriya Olatovi, Torbog‘otoy, Hindikush, Safedko‘h, Bandi Turkiston tog‘lari bor. Tog‘ mintaqasi dengiz sathidan 1200 - 1500m dan 2800 - 3000 m balandlik-kacha bo‘lgan yerlarda joylashgan. Tog‘larning iqlimi adirlar iqlimiga nisbatan ancha salqin. Hatto iyul oyida ham havoning o‘rtacha harorati 17 - 19°C dan oshmaydi. Yog‘in miqdori ancha ko‘p (600 - 800 mm, ayrim joylarda 1000 mm ga yetadi).Tog‘ o‘simliklarini ularning agroekologik sharoitiga ko‘ra ikki asosiy tipga: tog‘-dasht va tog‘ o‘rmonlari (daraxt-buta) o‘simlik-lariga ajratish mumkin.Tog‘-dasht o‘simliklari, asosan, tog‘ mintaqasining quyi qismlarida o‘sadi. Ular, asosan, bug‘doyiq, har xil o‘tlar, qo‘ziquloq, astragal, bo'tako'z, yovvoyi beda va boshqalardir. Bu mintaqada na'matak, yovvoyi olcha, zirk (qoraqand) kabi butalarning bir necha xillarini uchratish mumkin. Butalar orasida na'matak juda keng tarqalgan bo‘lib, na'matakzorlarni hosil qiladi. Shu xildagi na'matakzorlarni ko‘pincha G‘arbiy Tyanshan tog‘lari, Zarafshon, Turkiston tog‘lari hamda Janubiy Tojikistondagi 1500— 2300 metr balandliklarda ko‘p uchratish mumkin.Tog‘ mintaqasida daraxt-buta o‘simliklari ko‘p, ular ayrim joylarda qalin o‘rmonlarni hosil qiladi. Bular yakka o‘sayotgan archa, zarangning ayrim turlari, yong‘oq, yovvoyi olma, tog‘olcha va do‘lanalardir.Dengiz sathidan qariyb 2000 m dan 2800 m gacha balandlikda, ayniqsa, Shimoliy Tyanshan va Torbog‘otoy, Jung‘oriya Olatovi tog‘larida ignabargli va keng bargli daraxtlardan iborat katta-katta o‘rmonlar mavjud. Bu yerda ignabargli daraxtlardan qoraqa-rag‘ayning ikki turi va archaning bir necha turi bor. O‘rta Osiyo tog‘larida keng bargli o‘rmonlar, asosan, G‘arbiy Tyanshan, Hisor va Janubiy Tojikiston tog‘larida (g‘arbiy va janubiy yonbag‘irlarida) tarqalgan. Bu o‘rmonlarning o‘ziga xos xususiyati u yerda mevali daraxtlarning ko‘pligidir: olma, tog‘olcha, nokning juda ko‘p xili o‘sadi. Bu yerda yong‘oq, bodom va do 'lananing turli xillari bor. Janubdagi tog‘ o‘rmonlarida anor, anjir, xurmo, jilonjiyda, tok o‘sadi.Yong‘oqzorlar eng nam va issiq joylarda, G‘arbiy Tyanshanning ayrim qismlarida va, asosan, Farg‘ona tog‘ tizmasida joylashgan. Yaylov o‘simliklari. Tog‘ mintaqasidan yuqoridagi (dengiz sathidan 2700 - 2800 m va undan baland) joylarni tog‘ yaylovlari egallagan. Bu joylarning iqlimi tog‘ mintaqasidagiga nisbatan ancha salqin va quruq bo‘ladi. Qisqa yoz faslida ba'zan havo harorati kechalari -5°C gacha pasayishi mumkin. Qishda sovuq -40°C va undan past bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori 400 - 600 mm atrofida o‘zgarib turadi.Tog‘ yaylovlari mintaqasi tabiiy va ekologik sharoitiga ko‘ra 2 qismdan — subalp va alp o‘tloqlaridan iborat.Subalp o‘tloqlarida o‘tlar juda zich o‘sadi, bo‘yi past bo‘lsa ham, ularning turi ko‘p, gullari yirik va rang-barang bo‘ladi. Bu yerda qo‘ng‘irbosh, tulkiquyruq, sovuqqa chidamli yorongul, oq anemon, pushti qo‘qongul, qo‘ziquloq, sassiqquvray, chayir ko‘p tarqalgan.Alp o‘tloqlari subalp mintaqasidan yuqorida joylashgan. Bu mintaqada yoz juda qisqa va salqin, qish sovuq, qor ko‘p yog‘adi. Bu yerda qiyoqning bir turi - to‘ng‘izsirt o‘sadi. To‘ng‘izsirt soya-salqin yonbag‘irlarda, daryo vodiylarining bosh qismida ba'zan yer betini butunlay qoplab yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |