Hayvonlarning o’simliklarga o’xshashligi va ulardan farqi



Download 225,04 Kb.
bet60/135
Sana24.09.2021
Hajmi225,04 Kb.
#183923
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   135
Bog'liq
7 sinf geografiya fanidan konspekt

Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.

3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsni rejasi.

1.Tekislik tabiat zonalari . 2.Balandlik mintaqalari.


Yangi darsning bayoni.

Tekislik tabiat zonalari. O‘rta Osiyoning turli qismlarida quyoshdan keladigan yalpi radiatsiya miqdori turlicha, shimolida kamroq (100 kkal/sm2), janubida ko‘proq (160 kkal/sm2). Bu esa haroratning, namlikning notekis taqsimlanishiga va iqlim mintaqalarining hamda har bir iqlim mintaqasi ichida o‘ziga xos tabiat zonalarining hosil bo‘lishiga olib keladi. O‘rta Osiyo hududida juda baland tog‘lar joylashganligi sababli harorat va namlikning balandlik bo‘yicha o‘zgarishi tufayli balandlik mintaqalari vujudga kelgan. Binobarin, O‘rta Osiyo hududida tabiat zonalari kenglik (shimoldan janubga) va balandlik bo‘yicha almashinib keladi.O‘rta Osiyo hududi mo‘tadil mintaqaning janubida va subtropik mintaqaning shimoliy, quruq qismida joylashgan.Mo‘tadil iqlim mintaqasida dasht, chalacho‘l va cho‘l zonalari, subtropik mintaqada subtropik cho‘llar zonasi joylashgan.Dasht zonasiga To‘rg‘ay platosining shimoliy qismi, Qozog‘iston past tog‘larining shimoliy va markaziy qismlari kiradi. O‘lka okeanlardan uzoqda joylashganligi sababli iqlimi quruq, yog‘inlar kam, bahor va kuz qisqa. Yillik yog‘in miqdori 300 mm, yanvar-ning o‘rtacha harorati -17 -18°C, iyulniki 20-24°C.Dasht zonasining shimoliy qismida qora tuproqlar, janubida to‘q kashtan tuproqlar tarqalgan. Dasht o‘simliklari, asosan, pakana qiyoq, chalov, betaga, zig‘ir, yo‘ng‘ichqa, ayiqtovon, yaltirbosh va boshqalardan iborat. Hayvonlardan kemiruvchilar ko‘proq tarqalgan. Dasht zonasi hozirgi paytda deyarli to‘liq haydab yuborilgan va ekinzorlarga aylantirilgan. Chalacho‘l zonasiga To‘rg‘ay supasimon o‘lkasining janubiy qismi, Qozog‘iston past tog‘larining juda katta janubiy qismi kiradi. Quyosh nurlarini ko‘proq oladi, harorat yuqori, namlik yetish-maydi, qishi qattiq; yanvarning o‘rtacha harorati -16°C, ba'zan sovuq -48°C ga yetishi mumkin, yozi issiq, iyulning o‘rtacha harorati 23-26°C, yillik yog‘in miqdori 200-225 mm. Asosan, kashtan tuproqlar tarqalgan, qatlami yupqa, chirindi miqdori qora tuproqqa nisbatan kamroq. Dehqonchilikka nam yetishmasligi xalaqit beradi. Ayrim joylarda tuproq sho‘rlangan. Asosiy o‘simliklari burgan, qora shuvoq, kokpek. Chol zonasiga Turon tekisligi va Balxashbo‘yi tekisliklari kiradi. O‘rta Osiyoda, asosan, qumli, toshli, gilli cho‘llar tarqalgan. Cho‘llarning hosil bo‘lishiga asosiy sabab haroratning yuqoriligi, yog‘in miqdorining kamligi, oqar suvlarning yo‘qligi. O‘simlik qoplami siyrak, massasi kam, tezda qovjirab qoladi va chirindi hosil bo‘lmaydi. Tuproqlari, asosan, qumli, sur-qo‘ng‘ir, gilli, toshloq va bo‘z tuproqlar. Bo‘z tuproqlar sug‘orilganda yaxshi hosil beradi. Past joylarda sho‘rxoklar va sho‘rtoblar ham uchrab turadi.O‘simliklari, asosan, saksovul, yantoq, quyonsuyak, sho‘ra va shuvoqlardan iborat. Hayvonlardan choyon, falanga, gekkon kaltakesagi, echkemar, bo‘g‘ma ilon, ko‘zoynakli ilon, efa iloni, echkemarlar yashaydi. Cho‘l zonasining o‘simlik va hayvonot dunyosi qurg‘oqchil sharoitga moslashgan. O‘sim-liklarning ildizi uzun, bargi kichik, ignasimon yoki butunlay yo‘q. Hayvonlar inlarida yashaydi yoki qum orasiga kirib ketadi, ba'zilari kunduzi uxlab, kechasi ovga chiqadi, ba'zilari yozda butunlay uyquga ketadi, ba'zilari umuman suv ichmaydi, ba'zilari yegan ovqati tarkibidagi suvga qanoat qiladi. Subtropik iqlim mintaqasi tabiat zonalari. Bu mintaqaga, asosan, Turkman-Xuroson tog‘lari va Atrek vodiysi kiradi. Bu yerlarda quruq subtropik iqlim vujudga kelgan. Tuproqlari bo‘z, tog‘ yonbag‘irlarida changalzorlar, archazorlar va pistazorlar tarqalgan. Vodiylarda dehqonchilik qilinadi. Balandlik mintaqalari. Tabiat zonalarining kenglik bo‘yicha joylashish qonuni tog‘li o‘lkalarda buziladi. Tog‘larda harorat va namlik miqdorining pastdan yuqoriga qarab o‘zgarib borishi sababli tabiat zonalari ham pastdan yuqoriga qarab almashinadi. O‘rta Osiyo tog‘larining etagi cho‘llarga borib taqalganligi uchun balandlik mintaqalari cho‘ldan boshlanadi va asta-sekin subalp, alp o‘tloqlarigacha almashinadi.Cho‘l zonasi ko‘proq Markaziy Qizilqumdagi tog‘ etaklari va yonbag‘irlarida, Kopetdog‘, Sulton-Uvays tog‘i etaklarida tarqalgan.Chalacho‘l zonasi. Bu zonaga, asosan, tog‘ oldidagi adirlar kiradi, balandligi 500 m dan 1200 m gacha. Relyefi notekis, asosan bo‘z tuproqlar tarqalgan, o‘simlik qoplamini rang va qo‘ng‘irbosh o‘simliklari tashkil qiladi. O‘rtacha yillik harorat 12 - 13°C, yozda 35-40°C, qishda harorat -15-20°C gacha pasayadi, yog‘inlar bahor va qishda yog‘adi.Dasht zonasiga balandligi 1200 m dan 2000 m gacha bo‘lgan tog‘lar kiradi. Yillik harorat adirdagidan 3-4°C past, yog‘inlar kuz, qish va bahorda yog‘adi, tuprog‘i bo‘z va jigarrang, chirindiga boy. Bu zonada bug‘doyiq, shuvoq, chalov, toshkakra, bozulbong kabi efemer o‘simliklar o‘sadi.O'rmon-dasht va o'rmon zonasiga dengiz sathidan 2000 m dan 2700 m gacha balandlikda bo‘lgan joylar kiradi, tog‘-qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlari tarqalgan. O‘simlik qoplami buta va daraxtlardan iborat, ba'zi joylarda chirindi miqdori 12 foizga yetadi. Yog‘in miqdori 800 mm dan 1000 - 1200 mm gacha boradi, yozda ham yomg‘ir yog‘adi, asosiy yog‘inlar qish, bahor va kuzda yog‘adi. Asosiy o‘simliklari savurarcha, yong‘oq, zarang, na'matak va boshqalar.Subalp va alp o 'tloqlari zonasiga balandligi 2700 m dan yuqori bo‘lgan yaylovlar kiradi. Bu zonadan faqat yozda go‘shtdor Hisor qo‘ylari uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Tuprog‘i och va to‘q qo‘ng‘ir rangli. Yillik o‘rtacha harorat 6-8°C, yog‘in miqdori 600-1000 mm, issiq kunlar kam, havo iyul-avgust oylarida isiydi. Subalp o‘tloqlariga balandligi 2700-2800 m dan 3000-3200 m gacha bo‘lgan joylar kiradi. Tuprog‘i och jigarrang va och qo‘ng‘ir. Boshoqlilar va chim hosil qiluvchi o‘simliklar ko‘p tarqalgan. Daraxtsimon o‘simliklardan o 'rik archa, chetan, o‘tlardan shashir, kuziniya, yaylov esporiyeti, betaga, geran, gulizardak va boshqalar o‘sadi. Alp o‘tloqlari 3200 m dan baland bo‘lgan joylarda tarqalgan. Tuprog‘i to‘q jigarrang, qo‘ng‘ir. Kserofit o‘simliklar ko‘p. Yog‘ingarchilik yil davomida bo‘lib turadi, havoning nisbiy namligi ko‘pincha 80-90 foiz atrofida bo‘ladi. Asosiy o‘simliklar navro‘zo‘t, arldo‘t, ajriqbosh, yaylovrang, yaylov qo‘ng‘irboshi va boshqalar.Qor va muzlar (nival) zonasiga tog‘larning doimiy qor va muzlar bilan qoplangan eng baland joylari kiradi. Harorat doim past, yog‘inlar yil bo‘yi yog‘adi, yog‘gan qor erib ulgurmaydi. Bu zona «qor chizig‘i» dan yuqorida joylashgan.


Download 225,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish