Darsning jihozi: Geografiya faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
Tuproqlari, o'simliklari va hayvonot dunyosi Iqlimi. Farg'ona tabiiy-geografik o'lkasi turli tomondan tog'lar bilan o'ralganligi tufayli shimoldan, shimoli-sharqdan esuvchi sovuq va g'arbdan esuvchi nam havo massalarini bevosita o'tishiga to'siq bo'ladi. Shu sababli uning iqlimi issiq, quruq, davomli yoz hamda mo'tadil qish bilan tavsiflanadi. Qishda tabiiy o'lkaning atrofini o'rab olgan tog'lardan esadigan sovuq havo Farg'ona botig'ining markaziy qismida to'planib qoladi. Natijada yanvarning o'rtacha harorati -3°C atrofida bo'ladi. Ba'zi yillari shimol va shimoli-sharqdan sovuq havo massalari esib, tog'lardan oshib o'tadi, natijada tabiiy o'lka haroratini pasaytirib yuboradi. Ana shunday paytda eng sovuq harorat -26 - 30°C ga tushadi. O'lkada iqlim issiq va quruq bo'lib, iyul oyining o'rtacha harorati +26, +27°C, eng issiq harorat esa +40, +42°C ga yetadi. O'lkada o'simliklarning barq urib rivojlanish davri (vegetatsiya) 230 - 240 kun davom etib, haroratning yig'indisi 4400 - 4500°C ga yetadi.Farg'ona tabiiy-geografik o'lkasida yog'in miqdori 98 - 226 mm.Tabiiy o'lkaning sharqidagi tog'oldi va adirlar qismiga yiliga 300 - 400 mm yog'in tushadi. O'lkada yog'inning asosiy qismi bahor va qish oylariga to'g'ri keladi. Yog'inning bir qismi qor holida yog'ib, u bir yilda 30 - 38 kun erimay turishi mumkin. Bahor oylarida ba'zan jala yog'adi va bu selni vujudga keltirib, xo'jalikka zarar Suvlari. O'lkadagi eng katta va sersuv daryolar - Norin, Qoradaryo va Sirdaryo.Norin daryosining uzunligi 534 km bo'lib, qor- muz suvlaridan to'yinadi. Uning o'rtacha yillik suv sarfl Uchqo'rg'on yaqinida sekundiga 427 m3. Suv sarfming 80 foizi mart-sentabr oylariga to'g'ri keladi.Qoradaryo Farg'ona va Oloy tizmalaridan boshlanuvchi Tor va Qora G'ulja daryolarining qo'shilishidan vujudga kelib, Baliqchi qishlog'ida Norin bilan tutashadi. Uning uzunligi 177 km bo'lib, qor-muz suvlaridan to'yinadi. Yillik o'rtacha suv sarfi Baliqchi qishlog'i yonida sekundiga 123 m3 bo'lib, suv sarfming 46,4 foizi mart-iyun oylariga to'g'ri keladi.Tabiiy-geografik o'lkaning sharqidagi Farg'ona tizmasidan Yassi, Ko'gart, Qorao'ngur, Moylisuv kabi daryo va soylar boshlanadi. Ular qorlarning erishidan to'yinadi, eng ko'p suv oqimi bahorda'sodir bo'ladi.O'lkaning shimol va g'arb tomonidan o'rab olgan Chotqol va Qurama tog'laridan G'ovasoy, Koson, Namangansoy, Chortoqsoy, Pochchaota, Qorasuv kabi daryolar boshlanadi. Ularning suvi may-iyun oylarida ko'payadi.O'lkaning janubidagi Oloy va Turkiston tog'laridan Xo'ja-baqirg'on, Isfara, So'x (uzunligi 130 km, suv sarfi sekundiga 42 m3), Shohimardon (uzunligi 77 km), Isfayramsoy, Aravansoy, Oqbura, Qurshab kabi daryolar boshlanadi. Bu daryo va soylar qor-muzlardan suv oladi, yillik oqimining 60 foizga. yaqini iyul-sentabr oylariga to'g'ri keladi.Tuproqlari. O'lkaning 300 - 500 m balandliklarida och tusli bo'z tuproqlar (chirindi miqdori 1 - 1,5 foiz), 500 - 800 m balandliklarda oddiy bo'z tuproq (chirindi'miqdori 1,5 - 2,5 foiz) tarqalgan. Okean sathidan 800 - 1400 m balandliklarda to'q tusli bo'z tuproqlar (chirindi miqdori 3,5 - 4 foiz) tarqalgan.O'simliklari va hayvonot dunyosi. O'lkaning markaziy qis-midagi sho'rxok yerlarda pashmak, baliqko'z, seta, sho'ra, yulg'un, qumli yerlarida esajuzg'un,' quyonsuyak, saksovul o'sadi.Sirdaryo qayirlarida yantoq, yulg'un, qamish, jing'al, tol, yovvoyi jiyda uchraydi. Adirlarda bahorda rang, qo'ng'irbosh, shaytonkovush o'sadi, ular yozda qurib qoladi, so'ngra oq kavrak, oq shuvoq, qizil burgan, chalov o'sishni davom ettiradi.O'lkaga tutashgan tog' yonbag'irlarida archa, terak kabi daraxtlar ham o'sadi.O'lkaning markaziy qismidagi qumli yerlarda kaltakesak, yumronqoziq, qo'shoyoq, ilonlar, har xil hasharotlar yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |