Darsning jihozi: Geografiya faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
Iqlimi. Zarafshon tabiiy-geografik o'lkasi subtropik kengliklarda joylashgan bo'lib, quyosh uzoq vaqt isitib turadi. Shu sababli quyoshning yalpi radiatsiyasi bir kv. sm yuzaga bir yilda 150 kaloriyani tashkil qiladi. Buning ustiga bulutsiz kunlar ko'p bo'lib, quyosh yiliga 3000 soatgacha yoritib turadi. Shu sababli yoz Zarafshon vodiysida juda issiq va quruq keladi, qish esa nisbatan iliq.Zarafshon vodiysining sharqiy qismi tog'lar bilan o'ralganligi sababli shimoldan, shimoli-sharqdan kirib keladigan salqin havo massalari nisbatan kam ta'sir etadi. Aksincha, vodiyning g'arbiy qismi ochiq bo'lganidan shimoli-sharqdan esuvchi sovuq shamollar bemalol yetib keladi. Shu sababli vodiyning g'arbiy qismida sharqiga qaraganda qish sovuqroq boiadi. Agar vodiyning sharqida (Samarqandda) yanvarning o'rtacha harorati 0-2°C bo'lsa, g'arbida (Shofirkonda) bu ko'rsatkich -1-5°C ni tashkil etadi. Aksincha, yozda vodiyning g'arbiy qismi issiq bo'lib, iyulning o'rtacha harorati Shofirkonda 29,1°С bo'lsa, sharqida — Samarqandda 25,9°C. Vodiyni o'rab turgan tog'larda qish nisbatan sovuq, yoz salqin bo'ladi. O'lkada yog'inlar hudud bo'yicha notekis taqsimlangan. G'arbida yiliga 114—177 mm, sharqida 300—350 mm, atrofidagi tog'larda (Omonqo'tonda) 881 mm gacha yog'in tushadi. Eng ko'p yog'in bahorda, eng kami yozda yog'adi. Qishda yog'in ko'proq qor tarzida yog'adi. Lekin qor qoplamining qalinligi o'lkada birday emas.Suvlari. O'lkaning asosiy suv manbayi Zarafshon daryosidir. U Zarafshon muzligidan boshlanadi. Daryoning o'rta va quyi oqimi O'zbekistonga qaraydi. Bu qismda Zarafshon daryosi keng o'zanda sekin oqadi va Samarqand shahri yaqinida ikki tarmoqqa bo'linadi. Shimoliy tarmog'i Oqdaryo (uzunligi 131 km), janubiy tarmog'i Qoradaryo Xatirchi yaqinida qo'shilib, Miyonqal'a orolini hosil qiladi.Zarafshon muz va qorlarning erishidan to'yinadi. Shu sababli uning to'lin suvli davri iyun-iyul oylariga, eng kam suvli davri qishga to'g'ri keladi. Zarafshon daryosi suvining bir qismi Eski Tuyatortar arig'i orqali Sangzor vodiysiga, Eskianhor arig'i orqali esa Qashqadaryo viloyatiga oqizilgan. Zarafshon daryosiga o'lka hududida hech qanday irmoq qo'shilmaydi, faqat atrofidagi tog'lardan boshlanuvchi 120 ga yaqin soy bor.Zarafshon vodiysida yerosti suvlari ancha ko'p. Ular, asosan, Samarqand botig'i, Buxoro va Qorako'l vohalarida to'plangan. Yuza grunt (sizot) suvlar sho'r, ichish uchun yaroqsiz. 100-130 m. chuqurlikda joylashgan antropogen yotqiziqlaridagi suvlar esa chuchukdir.O'lkada yana katta chuqurlikdan chiquvchi artezian suvlar, jumladan, minerallashgan issiq suvlar ham bor.Tuproqlari. O‘lkaning sug‘oriladigan qismida chirindisi 1-2 foiz bo‘lgan o‘tloq - voha tuproqlari tarqalgan. Vodiyning g‘arbida - Buxoro va Qorako‘l vohasining sug‘orilmagan qismi va atroflarida sur-qo‘ng‘ir, taqir, qumli va sho‘rxok tuproqlar uchraydi. Vodiyning o‘zlashtirilmagan qayirlarida o‘tloq, botqoq-o‘tloq, zaxkash qismida botqoq tuproqlar mavjud. Bu tuproqda chirindi atigi 0,5 foiz bo‘ladi.Zarafshon vodiysining 1200 m balandlikkacha bo‘lgan qismlarida bo‘z tuproqlar tarqalgan.O‘lkaning 400 m dan 900 - 1000 metrgacha bo‘lgan qismlarida oddiy bo‘z tuproqlar tarqalgan. Bu tuproq xili birmuncha hosildor bo‘lib, tarkibidagi chirindi miqdori 1,5 - 3,0 foizga boradi.O‘lkaning 1000 - 1500 m balandlikdagi qismlarida to‘q boztuproqlar tarqalgan bo‘lib, chirindi miqdori 2,5 - 3,5 foizga yetadi.Tog‘larning 1500 m dan baland qismida och jigarrang tuproqlar uchraydi.O‘simliklari. Zarafshon o‘lkasida o‘simliklar ham g‘arbdan sharqqa, tekislikdan tog‘ga tomon o‘zgara boradi.Cho‘l balandlik mintaqasi Zarafshon o‘lkasining 400 m balandlikkacha bo‘lgan qismlarini o‘z ichiga oladi. Bu yerda yoz issiq, quruq, jazirama bo‘lib, uzoq davom etadi. Binobarin, shunday sharoitga moslashgan (sertuk, ildizlari uzun, suvni kam bug‘latadigan) o‘simliklar o‘sadi. Cho‘llarda efemer, efemeroid, shuvoq kabi o‘simliklar ko‘p o‘sadi. Qumli yerlarda oq va qora saksovul, juzg‘un, cherkez, quyonsuyak, selin, iloq, ba'zan yantoq tarqalgan. Sho‘rxok joylarda sarsaz.an, yetmak o‘sadi.Adir mintaqasi 400-1200 metrgacha bo‘lgan joylarni o‘z ichiga oladi. Adirning asosiy tabiiy o‘simliklari efemer va efemeroidlar, ayniqsa, rang, qo‘ng‘irbosh, chuchmoma, boychechak, lolaqizg‘aldoqlar va loladan iborat. Adirda, shuningdek, oqkavrak, shuvoq, juzg‘un, burgan, gubcayri, chalov, bug‘doyiq, yovvoyi javdar kabi o‘simliklar o‘sadi. Adirning tog‘ yonbag‘irlarida, toshloqli yerlarida yovvoyi bodom, na 'matak, do 'lana; Zarafshon to‘qaylarida - tol, lox, turang‘il, qamish, yovvoyi jiyda, jirg‘anoq o‘sadi.Hayvonot dunyosi. Zarafshon o‘lkasi cho‘l qismining qum va taqirlarida yumronqoziq, turli xil kaltakesaklar, falanga, qoraqurt, orgimchaklar, qo'shoyoq, qumsichqon, tipratikan, ilonlar ko‘p uchraydi. Qushlardan vodiy qismida qirg‘ovul, loyxo‘rak, o‘rdak, saksovulzorlarda xo‘jasavdogar bor. Cho‘l zonasida jayron, tulki, bo‘rsiq, bo‘ri, to‘qayzorlarda esa chiyabo‘ri, to‘qay mushugi - ham uchrab turadi.Zarafshon o‘lkasining adir va tog‘li qismlarida esa bo'ri, tulki, bo‘rsiq, jayra, ayiq, to‘ng‘iz, kiyik, arhar, qushlardan kaklik, bedana, lochin, qirg‘iy, burgut, kalxat, kemiruvchilardan yumronqoziq, o‘rmon kalamushi, qizil dumli sug‘ur, kulrang sassiqko‘zan, toshsuvsari tarqalgan.O‘lkada Buxoroga yaqin joyda jayronxona joylashgan bo‘lib, hududida YUNESKO «Qizil kitob»iga kiritilgan cho‘l ohusi - jayronlar yashaydi, ular muhofaza ostiga olingan
Do'stlaringiz bilan baham: |