Hayvonlarning o’simliklarga o’xshashligi va ulardan farqi



Download 225,04 Kb.
bet117/135
Sana24.09.2021
Hajmi225,04 Kb.
#183923
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   135
Bog'liq
7 sinf geografiya fanidan konspekt

Darsning usuli: Tushuntirish. savol- javob

Darsning jihozi: Geografiya faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.

3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.

Qashqadaryo o‘lkasi O‘zbekiston-ning janubida, asosan, Qashqadaryo havzasida joylashgan.Uning shimoliy chegarasi Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘lari orqali, g‘arbiy chegarasi Jarqoq, Muborak va Dengizko‘l balandliklari orqali o‘tadi. Janubi va janubi-g‘arbida Sandiqliqum o‘lkani Turkmanistondan ajratib turadi. O‘lkaning sharqidagi Hisor tog‘lari, janubi-sharqidagi Boysun tog‘lari uni Surxondaryodan ajratib turadi. Qashqadaryo yer yuzasi sharqdan g‘arbga pasayib, adirlarga, so‘ngra tekisliklarga aylanib ketadi.Qashqadaryo o‘lkasining shimoli-sharqida Zarafshon tizmasining g‘arbiy davomi hisoblangan Chaqilkalon tog‘i joylashgan.Chaqilkalon tog‘i, asosan, kenglik bo‘ylab cho‘zilgan, eng baland cho‘qqisi Zebon - 2336 metr. Chaqilkalon tog‘ining g‘arbidagi qirqtog‘ platosida karst jarayoni va Turkistondagi eng chuqur Kili g‘ori (chuqurligi 1082 m) joylashgan. Chaqilkalon tog‘i Taxtaqoracha (1630 m) dovonida tugaydi, so‘ngra g‘arbga qarab Qoratepa tog‘i davom etadi. Qoratepa tog‘ining eng baland Kamqo‘ton cho‘qqisi 2195 metrga yetadi. Bu tog‘dagi Taxtaqoracha dovonidan Samarqand - Kitob avtomobil yo‘li o‘tgan. Qoratepa tog‘i Jom cho‘lida tugab, so‘ngra Zirabuloq tog‘i boshlanadi.Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘lari ham paleozoy erasining gersin tog‘ paydo bo‘lish bosqichida burmalangan. Ular nurash jarayoni ta'sirida pasayib, yassilanib qolgan va quruq soylar bilan parchalab yuborilgan.Hisor Qashqadaryo o‘lkasidagi eng baland tog‘ tizmasi hisoblanadi. Hisor tizmasi gersin bosqichida burmalangan bo‘lib, asosan, paleozoy granit, ohaktosh va slaneslardan tuzilgan. Bu qattiq jinslar ko‘p yerda ochilib yotadi, tik va qoyali yonbag‘irlar hamda chuqur daralarni hosil qilgan.Hisor tog‘ tizimi bir necha tizmadan iborat. Ularning eng muhimlari Hazrat Sulton, Chaqchar tog‘lari hisoblanadi.



Bu tog‘larning eng baland cho‘qqisi Hazrati Sulton bo‘lib, 4643 metrga yetadi. Bu tog‘larda Botirboy (uzunligi 2,2 km, maydoni 3 kv.km) muzligi joylashgan. Hisor tizmasida shimoli-g‘arbga va g‘arbga qarab Shertog‘ va Suvsir tog‘lari boshlanadi. Chaqchar tog‘ining sharqida Boysun tizmasi joylashgan. Chaqchar tog‘idan janubi-g‘arbga qarab Osmontarash, Beshnov, Eshakmaydon kabi tog‘lar ajralib chiqadi. Qashqadaryo o‘lkasiga qaraydigan tog‘larning quyi qismida adirlar joylashgan. Adirlar o‘lkaning tekislik qismini sharqdan o‘rab turadi. Zarafshon, Hisor tog‘lari orasida Kitob-Shahrisabz botig‘i joylashgan.Qashqadaryo tabiiy-geografik o‘lkasida gaz, neft, marmar, marganes rudasi, gips, dala shpati kabi qazilma boyliklar hamda har xil qurilish materiallari konlari joylashgan. O‘lkada, shuningdek, O‘zbekistondagi eng katta Sho‘rtan gaz koni mavjud.Iqlimi. Qashqadaryo tabiiy-geografik o‘lkasining yozi issiq, quruq va davomli, qishi nisbatan sovuq. O‘lka shimol va sharq tomondan tog'lar bilan o‘ralgan. Bu esa Arktika va Sibirdan keladigan sovuq havo massalarining yo‘lini to‘sadi. Aksincha, g'arbiy qismi ochiq bo‘lib, mo‘tadil dengiz va subtropik havo massalarining to‘siqsiz kirib kelishiga imkon beradi. Shu sababli qishda, yanvarning o‘rtacha harorati tekislik qismida 0+2°C, G'uzorda +1,9°C, Kitobda +0,8°C, Qarshida +0,2°C (48- rasm).Ba'zan tabiiy o‘lkaga Sibir va Arktika sovuq havo massasi kirib kelib, turib qoladi va hududni sovitib yuboradi. Natijada harorat G'uzorda -23°C, Kitobda -26°C, Qarshida -27°C, Dehqonobodda -29°C gacha tushadi.Yoz o‘lkaning tekislik qismida issiq, quruq va quyoshli bo‘lib, uzoq davom etadi. Iyul oyining o‘rtacha harorati 28-29°C atrofida (Qarshida +28,8°C, Kitobda +28°C, G'uzorda +29,4°C, Deh-qonobodda +28,4°C) bo‘ladi. Ba'zan yozda eng yuqori harorat Qarshida +46°C, Kitobda +43°C, Dehqonobodda +43°C ga ko‘tariladi. O‘lkaning tog'li qismida yozda havo salqinroq bo‘ladi. O‘lkada bahor erta, kuz esa kech boshlanadi. Qashqadaryo tabiiy-geografik o‘lkasida sovuqsiz kunlar 210- 242 kun davom etadi (Qarshida 209 kun, Dehqonobodda 210 kun, Kitobda 219 kun, G'uzorda 242 kun). O‘rtacha sutkalik harorat +10°C dan yuqori bo‘lgan kunlar 228-242 ga yetadi va bu davrdagi haroratning umumiy miqdori 2500-2700° ga teng.Suvlari. Qashqadaryo tabiiy-geografik o‘lkasida yerusti suvlari ichida eng muhimi daryolardir. O‘lkaning asosiy daryosi Qashqadaryo hisoblanadi.Qashqadaryoning Oqsuv, Tanxoz, Yakkabog', G'uzordaryo kabi katta irmoqlari bor. G'uzordaryo - Hisor tog'ining davomi hisoblangan Chaqchar tog'idan boshlanuvchi Kattao‘ra va Kichiko‘ra irmoqlarining qo‘shilishidan vujudga keladi. Daryoning uzunligi 68 km, havzasining maydoni 3220 kv.km. U qorlarning erishidan to‘yinadi. Ko‘p suvli davri mart-may oylariga, eng kam suv sarfi sentabr-oktabr oylariga to‘g'ri keladi. Qashqadaryo o‘lkasida bir necha suv omborlari qurilgan. Bular Qashqadaryo-dagi Chimqo‘rg'on (suv sig'imi 500 mln. kub.m, maydoni 49,2 kv.km, uzunligi 15,7 km), G'uzordaryodagi Pachkamar (suv sig'imi 280 mln. kub.m, maydoni 13,8 kv.km), Qarshi magistral arig'ida qurilgan Tolimarjon (suv sig'imi 1900 mln. kub.m) va Sho‘rsoy (suv sig'imi 2500 mln. kub. m) suv omborlaridir.Qarshi magistral kanalining uzunligi 200 km bo‘lib, kuchli nasoslar yordamida Amudaryo suvini 150-200 m balandlikka ko‘tarib beradi.


Download 225,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish