Hayvonlarning o’simliklarga o’xshashligi va ulardan farqi



Download 225,04 Kb.
bet125/135
Sana24.09.2021
Hajmi225,04 Kb.
#183923
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   135
Bog'liq
7 sinf geografiya fanidan konspekt

Darsning jihozi: Geografiya faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.

3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
Qizilqum yer yuzasi tuzilishi jihatidan janubi-sharqdan shimoli-g‘arbga qarab pasayib boradi. Uning o‘rtacha mutlaq balandligi 200 - 300 m bo‘lsa, janubi-sharqida 350 - 400 m, shimoli-g‘arbida esa 100 m ga tushib qoladi. Eng past yeri o‘lkaning markaziy qismidagi Mingbuloq botig‘i hisoblanib, dengiz sathidan 12 m past. Eng baland qismi esa Tomditog‘ning Oqtog‘ cho‘qqisi bo‘lib, balandligi 922 m.Qizilqum Turon plitasida joylashgan. Plita zamini paleozoy qattiq (kristalli slanes, ohaktosh, granit) jinslaridan tashkil topgan bo‘lib, ustini so‘nggi davr qalin (qumtosh, mergel, gil, qum) jinslari qoplab olgan.Qizilqum quruqlikka aylangach, shamol jinslarni harakatga keltirib, qum relyef shakllarini - barxanlar, do‘ng qumlar, qum jo‘yaklarini hosil qilgan.Qizilqumning markaziy qismlarida past tog‘lar joylashgan. Ularning eng muhimlari Quljuqtog‘ (764 m), Yetimtog‘ (568 m), Tomditog‘ (922 m), Ovminzatog‘ (635 m), Sulton Uvays tog‘i (473 m). Bu tog‘lar orasida esa uzunligi 150 km, eni 3 - 5 km ga yetadigan Mingbuloq, Qoraxotin, Mullali, Oyoqog‘ritma kabi botiqlar joylashgan. Bu botiqlarda sho‘rxoklar, taqirlar, qumlar mavjud. Qizilqumning ko‘pchilik qismini mutlaq balandligi 200 m atrofida bo‘lgan qumli tekisliklar ishg‘ol qiladi. Qizilqum o‘lkasida oltin (Buruntog‘, Ko‘kpatas), uran (Uchquduq), gaz (Gazli, Toshquduq, Xo‘jaqazg‘on), oltingugurt, simob, grafit, fosfor, asbest, korund, mis, feruza, binokorlik materiallari konlari mavjud.Qizilqum iqlimi kontinental bo‘lib, qishi sovuq, yozi issiq, quruq, seroftobdir.

Qizilqumning shimoliy qismi ochiq bo‘lganligi tufayli Arktika va Sibir sovuq va quruq havo massasi tez-tez ta'sir etib turadi. Natijada qishda o‘lka sovib ketib, izg‘irinli sovuqlar vujudga keladi. O‘sha vaqtlarda harorat -31-35°C gacha pasayadi. Lekin g‘arbdan esuvchi nisbatan iliq va nam havo massasining kirib kelishi natijasida harorat ko‘tarilib, yog‘in yog‘adi.Qizilqumda yanvarning o‘rtacha harorati shimoliy qismida -5 -10°C, o‘rta qismida -2 -4°C, janubida esa -1 -2°C.O‘lka hududida yoz jazirama issiq, quruq, havosi ochiq bo‘lib, iyulning o‘rtacha harorati markaziy va janubiy qismlarida +30°, qolgan qismlarida +26+28°C. Eng issiq harorat +46°C ga yetadi. Lekin qumlar yuzasi +75+80°C gacha qizib ketadi.Qizilqumda yog‘in juda kam tushib, yillik yog‘in miqdori 75 - 100 mm atrofida bo‘ladi. Yog‘inning asosiy qismi bahorda (yillik yog‘inning 48 foizi) va qishda (30 foiz) tushadi. Lekin mumkin bo‘lgan bug‘lanish 1000 - 1500 mm ga yetadi.Tuproqlar o‘lkaning yerusti tuzilishi, iqlimi va yerosti suvlarining holatiga bog‘liq holda tarqalgan. Qizilqumda 600 dan ortiq o‘simlik turlari mavjud. Ular ichida keng tarqalganlari bahorda o‘suvchi efemer va efemeroidlar - rang, qo‘ng‘irbosh, yaltirbosh, lola, boychechak, chuchmoma, kavrak. Yozning boshlanishi bilan ular sarg‘ayib qoladi. So‘ngra qurg‘oqchilikka va sho‘rxok yerlarga moslashgan o‘simliklar o‘saveradi. O‘lkaning mustahkamlangan qumliklarida juzg‘un, oq saksovul, quyonsuyak, qum akatsiyasi, qandim, selin kabi o‘simliklar o‘sadi. Sur-qo‘ng‘ir tuproqli yerlarda shuvoq, burgan, toshburgan kabilar tarqalgan.O‘lkaning sho‘rxok, sho‘rxok-botqoq yerlarida qorasaksovul, yulg‘un, baliqko‘z, sarisazan, taqirlarda donasho‘r o‘sadi. Amudaryo sohillarida to‘qayzorlar bor.Qizilqumning qumli cho‘llarida yumronqoziqlar, qum sichqoni, shalpanquloq, qo‘shoyoq, kaliakesak, echkemar, o‘qilon, qum bo‘g‘ma iloni, charxilon yashaydi. Sutemizuvchilardan cho‘l mushugi, jayron, xongul, sayg‘oq, bo‘ri, tulki, quyon uchraydi. Hasharotlardan chayon, qoraqurt, falanga, chigirtkalar bor. Amudaryo sohillaridagi to‘qaylarda to‘ng‘iz, qirg‘ovul, qizil g‘oz, xongul kabi hayvonlar yashaydi




Download 225,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish