Hayvonlar patofiziologiyasi fani va uning rivojlanish tarixi



Download 0,8 Mb.
bet36/46
Sana25.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#701751
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
Bog'liq
patfiz ma\'ruza lotinchasi

Buyrak patofizologiyasi


Reja:
1. Siydik hosil bo‘lishi va ajralishining buzilishi. Buyrak faoliyati buzilishining etiopatogenezi. Buyrak faoliyati buzilishiga olib keluvchi ekstrarenal va renal omillar.
2. Siydik miqdori va tarkibining o‘zgarishi. Buyrak faoliyati buzilishining umumiy oqibatlari: siydik toshi kasalligi, buyrak shishlari va gipertoniyasi. Uremiya, turlari, sabablari, patogenezi, belgilari va oqibati.
Asosiy adabiyotlar:

1. Xaitov R.X., Eshimov D.E. “Hayvonlar patologik fiziologiyasi” Darslik Toshkent, “Ilim Ziyo” 2013 yil.


2. M.Donald., James F. “Pathologic basis of veterinary disese” Humana Press; 2011 edition.
3. С.И.Лютинский. Патологическая физиология селскохозяйственних животних. Mосква, Kolos, 2001 god.


Qo‘shimcha adabiyotlar

1. D.E.Eshimov., R.F.Ro‘ziqulov. “Hayvonlar fiziologiyasi va patofiziologiyasi fanidan amaliy - laboratoriya mashg‘ulotlari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. Tafakkur bo‘stoni - 2011 yil.




Internet ma’lumotlari:

1. www.ziyonet.uz.


2. www.vetjurnal.uz
3. www.lex.uz
4. www.veterinariy.actavis
5. www.kodges.ru
TAYANCH IBORALAR
Buyrak, ter bezlari, o‘pka, ichaklar, moddalar almashinuvi, oqsil, uglevod, yog‘, suv, tuz, filtratsiya, reabsorbsiya, gipostenuriya, izostenuriya, renal, ekstrorenal, nefron, nefrit, nefroz, nefroskleroz, pag‘anali va pag‘anasiz, nerv va gumoral, shartli reflektor, adashgan va simpatik nerv, uzunchoq va orqa miya, gipotalamus, gipofiz, adrenalin, buyrak usti bezi, po‘stloq va mag‘iz qavati, aldesteron, tiroksin, paratgormon, poliuriya, oliguriya, anuriya, glyukozuriya, proteinuriya, azotemiya, indikanuriya, bakteriuriya, leykotsituriya, silindiruriya, gemoturiya, albuminuriya, gemo-globinuriya, ketonuriya, pallakuriya, toq tuyokdi va juft tuyoqli hayvon, osmotik va onkotik bosim, muhit, kechasi va kunduzi, diurez, renin, gipertenzin, uremiya.


1.Ayiruv organlariga o‘pka, teri, ichak va asosan buyraklar kirib ular faoliyati tufayli organizm ichki muhitining bir xil me’yorda saqlanishi ta’minlanadi. Buyraklar juft organlar, taqosimon shaklga ega, ustidan kapsula bilan qoplangan mallaqizil rangli bo‘lib, ikkinchi-beshinchi bel umurtqalar orasida qorin bo‘shlig‘iga osilgan holda joylashgan. Buyrak asosiy ayiruv organi sifatida oqsil, uglevod, yog‘ va lipoid-lar almashinuvining oxirgi maxsulotlarini murakkab siydik hosil bo‘lish jarayoni tufayli organizmdan tashqariga chiqaradi. Siydik tarkibida organizmdan azot almashinuvining oxirgi mahsulotlari, katta miqdorda anorganik tuzlar hamda dorivor moddalar ajraladi. Buyrak faoliyati tufayli organizmda qonning ximiyaviy tarkibi, osmotik bosimi, kislota-ishqor muvozanati ta’minlanadi. Demak, siydik hosil bo‘lishi organizm ichki muhitini bir xil me’yorda ta’minlovchi turli xil murakkab jarayonlarning yig‘indisi hisoblanadi.
Buyrakning organizmdagi ahamiyatini bilish uchun hayvon organizmidan ikkala buyragi olib tashlangan hayvon 2-3 kun ichida kuchli zaharlanishlar hisobiga halok bo‘ladi.
Bitta buyrakni organizmdan olib tashlanishi siydik hosil bo‘lishiga deyarli ta’sir etmaydi. Bir buyragi olib tashlangan hayvonlar yillab yashashi mumkin, chunki qolgan bitta buyrak olib tashlangan buyrak vazifasini to‘lig‘icha kompensatsiya qiladi. Vaqt o‘tishi bilan qolgan buyrak gipertrofiyalanadi, bu yanada buyrakni ayiruv funksiyasini kompensatsiyalanishini kuchaytiradi.
Siydik qon plazmasidan buyrak kaptokchalarida filtrlanish hisobiga hosil bo‘ladi. Oqibatda buyrak kaptokchalarida birlamchi (provizor) siydik hosil bo‘ladi va kaptokchalarni kengaygan qismi orqali egri kanalchalarga o‘tadi. Birlamchi siydik qon zardobidan faqat tarkibida oqsil bo‘lmasligi bilan farq qiladi. Siydik yo‘llarida siydik tarkibiy qismlari hosil bo‘ladi va organizmga yot bo‘lgan moddalar ajraladi. Hosil bo‘lgan siydik kanalchalar orqali buyrak jomiga, egri kanalchalar va keyinchalik siydik pufagiga o‘tkaziladi va tashqariga chiqariladi.
Organizmda buyrakning normal ishlashi tufayli organizmdan ortiqcha suv, anorganik moddalarning erigan tuzlari, oqsil almashinuvining azot saqlovchi oxirgi mahsulotlari ajraladi.
Organizmda suvning ko‘payishidan buyrak solishtirma og‘irligi past bo‘lgan katta miqdorda siydik ajratsa, suv kam iste’mol qilinganida siydik miqdori kamayadi, siydikning solishtirma og‘irligi oshadi. Har ikkala holatda ham qondagi osmotik bosim bir xilda saqlanadi. Organizmga ko‘p xloridlar kiritilganda ular ko‘plab ajratilib, normal holatda ishlayotgan buyrak bu o‘zgarishlarga juda sezuvchan bo‘lib, ularni plazmadagi miqdorini normallashtirmagunigacha ajratadi. Sog‘lom hayvon buyragi tiniq va tindirib qo‘yilganda cho‘kma hosil qilmaydigan siydik ajratadi. Otdan boshqa hamma hayvonlar siydigining loyqalanishi ular buyragidagi patologik o‘zgarishlar tufayli yuzaga keladi. O‘txo‘r hayvonlar siydigining muhiti ishqoriy, go‘shtxo‘rlarda esa kislotali va cho‘chqalarda esa oziqa turiga bog‘liq ravishda ishqoriy yoki kislotali bo‘ladi. Hayvonlarni konsentratlar bilan oziqlantirilganida, och qolganida va buyrak kasallanganida o‘txo‘r hayvonlar siydigi kislotali muhitga ega bo‘ladi. Go‘shtxo’r hayvonlarni uglevodlar bilan oziqlantirganda siydigi ishqoriy xususiyatlarga ega bo‘ladi. Sog‘lom buyrak har qanday fiziologik qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga sezuvchan bo‘lib siydikning sifati va miqdorini o‘zgartiradi.
Buyrakning siydik hosil qilish xususiyatlari buzilganida organizmda oqsil almashinuvining oxirgi mahsulotlari ushlanib qoladi. Bunday buyrak organizmdan suvni tez ajirataolmaydi, siydik tarkibini hosil qilaolmaydi va qon tarkibini o‘zgarishini farqlamaydi ya’ni ularga o‘zgarib javob bermaydi. Oqibatda siydik tarkibi va miqdori oziqa tarkibiga bog‘liq ravishda yoki iste’mol qilingan suv miqdoriga nisbatan o‘zgarmaydi. Suv uzoq vaqt ajralib, juda kam chegaradagi konsentratsiyaga o‘zgaradi. Og‘ir holatlarda siydikning solishtirma og‘irligi provizor siydikning solishtirma og‘irligiga baravarlashib qoladi. Bu buyrakni siydik tarkibini hosil qilish xususiyatini buzilganini bildiradi.
Buyrakning ayiruv faoliyatining buzilishi siydikning tarkibi va miqdorini o‘zgartiradi. Qonda oqsil almashinuvining oxirgi mahsulotlaridan qoldik azot 20-40 mg % o‘rniga 200-400 mg % etib muskulda, jigarda, taloq va boshqa to‘qimalarda to‘planadi. Qoldiq azot miqdorining qonda ko‘payishi doimo buyrak faoliyatini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lavermaydi, balki buyrak faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan azotemiyalarni ya’ni, azot moddalarining to‘qimalarda to‘planishi terining keng qismi kuyganida, travmatik shoklarda va boshqa faoliyatlar buzilganidan ham hosil bo‘ladi. Agarda buyrak faoliyatini buzilishi asosan kanalchalar faoliyatini buzilishi bilan kechsa, qondagi umumiy elektrolitlar mikdori o‘zgarib natriy miqdori kamayadi, anorganik fosfor ko‘payadi. Qonning ishqoriy rezervi kamayib atsidoz rivojlanadi. Qon plazmasida oqsillardan albuminlar kamayadi, qonning onkotik bosimi pasayadi, ba’zan qonning umumiy miqdori oshib, eritrotsitlar miqdori kamayadi ya’ni gidremiya hosil bo‘ladi.
Buyrak koptokchalarida qon plazmasidan filtrlanish hisobiga birlamchi provizor siydik hosil bo‘ladi. Buyrak koptokchalari ko‘pchilik kolloid modsalarni oqsillarni o‘tkazmaydi. Buyrak koptokcha kapillyarlarining turli patologik jarayonlarda, jumladan nefritlarda o‘tkazuvchanligi oshib yuqori molekulyar og‘irlikga ega bo‘lgan oqsillarni o‘tkazadi, siydikda albuminlar paydo bo‘ladi. Buyrakda koptokchalar soni ko‘p bo‘lib, qoramollarda 8 mln. yoki 39,2 m2 cho‘chqada 1,4 mln, yoki 7,2 m2, kuyda 1 mln. yoki 3,5 m2 bo‘lib, koptokchalarning filtratsiya yuzasini bir qancha marotaba ko‘paytiradi. Normal hayotiy jarayonlar davrida buyrak koptokchalarning bir qismi faollik qilib, ishlamay turgan qismlari katta moslashuvchanlik xususiyatiga ega. Shuning uchun ham bir buyragi olib tashlangan hayvonlarda siydik hosil bo‘lishini ikkinchi buyrak ta’minlay beradi. Yallig‘lanish va boshqa patologik jarayonlarda buyrak koptokchalarini ko‘p qismi jarohatlanib ulardagi filtrlanish kamayib, qonni moddalar almashinuvining oxirigi mahsulotlaridan tozalanishi yomonlashadi. Huddi shunday qorin bo‘shlig‘ida gaz to‘planganda, xomila-dorlik davrida bachadon kengayishidan ayiruv organlari qisilib, ezilib buyrak kaptokchalarida filtrlanish buziladi. Buyrak kaptokchalarida filtratsiyani amalga oshishi kaptokcha kapillyarlarida qon bosimni ba-land bo‘lishiga (ya’ni 70-90 mm simob ustuniga teng bo‘lishiga) bog‘lik. Birlamchi siydik hosil bo‘lishi uchun qonning kaptokcha kapillyarlaridagi gidrostatik bosimi plazma oqsillarining onkotik bosimidan yuqori bo‘lishi kerak. Kaptokchalarda filtratsiyani yaxshi kechishi kaptokcha-larning anatomik tuzilishiga ham bog‘lik bo‘lib kapillyarlarda qon bosi-mini nisbatan yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.
Filtratsiya jarayoniga kaptokcha kapsulasidagi siydikning bosimi ham ta’sir qiladi. Birlamchi siydik hosil bo‘lishiga kapillyarlar ichki devorining bosimi, plazma oqsillarining onkotik bosimi va kaptokcha kapsulasidagi siydikning bosimi ta’sir qiladi. Agarda arteriya qon to-mirlarida qonning bosimi oshsa, siydik hosil bo‘lishi tezlashadi, bosimning pasayishi siydik hosil bo‘lishini kamaytiradi va bosim 50 mm simob ustunidan past bo‘lganida umuman siydik hosil bo‘lmay qoladi. Birlamchi siydikning hosil bo‘lishiga siydik yo‘llaridagi bosimning oshishi ham ta’sir qilib, u erdagi bosim 40-50 mm simob ustuniga etganida siydik hosil bo‘lmay qoladi. Siydik hosil bo‘lishiga qondagi kolloid moddalar bosimining pasayishi, birlamchi siydikni hosil bo‘lishini ko‘payishiga, kolloid moddalar bosimining oshishi esa birlamchi siydikni hosil bo‘lishini kamayishiga sabab bo‘ladi. Masalan: qonga tuz eritmalarini yuborilishi qon plazmasida kolloid moddalar bosimini pasayishiga va siydik hosil bo‘lishini tezlashishiga sabab bo‘ladi. Siydik hosil bo‘lishini tezlashishini me’dadan katta miqdorda suv so‘rilganida ham kuzatiladi. Siydik hosil bo‘lishini buzilish kaptokchalardagi filtratsiyasini kamayishidan kelib chiqib, buyrak kaptokchalarini yallig‘lanishidan birlamchi siydik hosil bo‘lishi 2-2,5 marta kamayadi. Ba’zan bir necha ml. gacha kamayib o‘limga sabab bo‘ladi. (normada yirik hayvonlarda 1 daqiqfda 100 ml birlam-chi siydik hosil bo‘lsa, yallig‘langanda bir necha ml hosil bo‘ladi, qonda kreatinin 1-2 mg %, o‘rniga 15 mg % etadi). Buyrak kanalchalarida birlamchi siydik tarkibidan suv va boshqa moddalar qayta so‘riladi. To‘la reabsorb-siyalanishi tufayli ajralayotgan siydik tarkibida uchramaydigan yoki juda kam mikdorda uchraydigan moddalar pog‘onali moddalar deyilib ularga glyukoza, aminokislotalar kiradi. Odatda 60-80-100 mg masalan: glyukoza miqdori qonda 140-190 mg % dan oshsa, sog‘lom buyrak siydik bilan glyukozani ajratadi.
Past pag‘anali moddalar (machevina, siydik kislotasi va boshqalar) kanalchalarda qisman so‘riladi. Reabsorbsiya jarayoni siydik yo‘llarini epiteliysini faolligi oshishidan hosil bo‘ladi. Kanalchalarda reabsorbsiya bilan bir vaqtda va u yoki bu yo‘l bilan organizm qoniga tushgan begona moddalardan ba’zi bir azot almashinuvining moddalari sekretsiya jarayonini ro‘yobga chiqaradi. Kanalchalar apparatida masalan, ekzogen kreatinini sekretsiyalanishi (masalan, diodrast), pensilin va boshqa dorivor moddalar hamda zaharli moddalar sekretsiyalanadi. Kanalchalar apparatini faoliyatini va umumiy siydik hosil bo‘lish jarayonini buzilishini aniqlash uchun turli xildagi funksional tekshirishlar o‘tkaziladi: suyultirish namunasi, konsentratsiya namunasi, Zimnitskiy namunasi, kreatinina va boshqalar.
Suyultirishga olingan namuna mohiyati shundan iboratki hayvonga ma’lum miqdordagi suvni bergandan so‘ng hayvonni birinchi siydik ajratish vaqti va keyingi siydik ajratish vaqti, ajralgan har porsiya siydikni solishtirma og‘irligi aniqlanadi. Sog‘lom buyrakli hayvonlarda suvli yuuklama ixtiyoriy siydik ajratilishini chastotasini kuchaytiradi va birinchi porsiya siydikning solishtirma og‘irligi pasayadi (1,001-1,003). Keyingi ajiralayotgan porsiya siydikning solishtirma og‘irligi oshadi va yuklamadan 12-20 soatdan so‘ng birlamchi siydikning solishtirma og‘irligi tenglashadi. Sog‘lom buyrak orqali organizmga kiritilgan suvni 4-6 soatda to‘lig‘icha chiqarib bo‘ladi. Agar buyrakning ayiruv faoliyatida etishmovchiliklar bo‘lsa suvli yuklamadan so‘ng organizmdan juda uzoq vaqt davomida va solishtirma og‘irligi kam doirada o‘zgaradigan siydik ajraladi.
Konsentratsiya namunasi. Konsentratsiya namunasi davrida hayvonga bir kun maboinida suv berilmaydi va u hayvonda siydik ajiralish soni, har bir marta ajralgan siydikning hajmi, va solishtirma og‘irligi aniqlanadi. Buyrak me’yoriy ishlaganida suv berilmagan hayvonda siydikning o‘z-o‘zidan ajralishi kamayadi, umumiy ajralayotgan siydik kamayib, uning solishtirma og‘irligi orta borib, 3-5 marta ajralgan siydikda maksimal holatga etadi. Agar kanalchalar apparatining reabsorbsiyalash qobiliyati etarlicha bo‘lmasa, siydik ajratish soni, hajmi va uning solishtirma og‘irligi oshadi va har bir marta ajralgan siydik miqsori deyarli o‘zgarmaydi..
Plazmadagi konsentratsiyasi qay darajada bo‘lishidan kat’iy nazar reabsorbsiyalanmaydigan yoki kam miqdorda reabsorbsiyalangan va oxirgi siydik bilan chiqib ketadigan moddalarga pog‘onasiz moddalar deyiladi. Ularga mochevina, kreatinin, sulfatlar kiradi kanalchalarda qayta so‘rilishdan tashqari qonga tushgan azot saqlovchi moddalardan kreatinin fenolrot, yod saqlovchi birikmalar, penitsilin yoki dorivor va zaharli moddalarni ajratadi. Buyrakning birlamchi siydik hosil qilish xususiyatini buzilishini gipostenuriya va butunlay siydik hosil qilaolmasligini - izostenuriya deyiladi. Izostenuriya vaqtida siydikning solishtirma og‘irligi 1,012-1,014 ga teng. Birlamchi siydik hosil bo‘lishi faqat buyrakni ayiruv faoliyatiga bog‘liq bo‘lib qolmay qon aylanishi, ich ketish, terlash jarayonlariga bog‘liq. Qon aylanishi buzilganida organizmga qabul qilingan suv to‘qimalarda ushlanib qolib, shish hosil bo‘lishi kuchayadi, hamda buyraqda qo‘shimcha filtrlanish hisobiga hayvon organlariga zarar etkazadi. Siydik hosil bo‘lishning buzilishini asosiy sabablarini 2 - ga bo‘lib o‘rganiladi:
A). Buyrak faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan sabablar yoki ekstrarenal sabablar:
1 .Qon tarkibini o‘zgarishi.
2.Siydik hosil bo‘lishini nerv va endokrin sistemalar orqali boshqarilishini buzilish.
Z.Umumiy qon aylanishini va buyrakni qon bilan ta’minlanishini buzilish.
Moddalar almashinuvining buzilishi natijasida qonda organizmdan chiqarilishi kerak bo‘lgan moddalar yoki normal moddalar almashinuvi davrida qonda uchramaydigan moddalar hosil bo‘ladi. Bu vaqtda qon tarkibi bilan birga siydik tarkibi ham o‘zgaradi. YOg‘lar almashinuvinig buzilishi natijasida qonda, keton tanachalari hosil bo‘lib, buyrak orqali siydikda chiqarilib va ketonuriya deyiladi. Qonda glyukoza mikdorini ko‘payishi ortiqcha glyukozani siydik bilan chiqarilishiga sabab bo‘ladi, va glyukozuriya deyiladi. Eritrotsitlarning katta miqdorda qon tomirlarida yorilishidan qon plazmasida gemoglobin paydo bo‘ladi. Sariqlikda qon plazmasida billirubin va o‘t kislotasi, hamda xloridlar va boshqa tuzlar ko‘payganida siydik tarkibi o‘zgaradi. Qon plazmasida oqsil moddalar kamayib - gipoproteinemiya, kolloid modalarni bosimini kamayishi siydik hosil bo‘lishini tezlashtirib past solishtirma og‘irlikga ega bo‘lgan siydik ajraladi. Hosil bo‘lgan kislorod tanqisligi buyrakni patogen agent ta’siriga sezuvchan qilib ko‘yadi.
Siydik hosil bo‘lishiga buyrakni ayiruv vazifasini nerv sistema orqali boshqarilishini buzilishi ham sabab bo‘lishi mumkin. Nerv sistemasi buyrakni faqat qon bilan ta’minlash vazifasini boshqarib qolmay balki, kanalchalardagi qayta so‘rilish va sekretsiyani o‘ziga buysundiradi. Buyrak nervsizlantirilganda kanalchalarda qayta so‘rilish kuchayib siydik hosil bo‘lish kamayadi, ikkinchidan koptokchalarda filtratsiya kamayib, siydik hosil bo‘lish kamayadi. Nervsizlantirilgan buyrak suv va tuz almashinuvini o‘zgarishiga moslashib ishlay olmagani uchun siydik tarkibida mineral moddalar ko‘payadi. Siydik hosil bo‘lishi M. N. S. sini faoliyati buzilganida, jumladan uzunchoq miyaning adashgan va eshituv nerv yadrolari oraligiga igna sanchilsa diurez kuchayadi. Xuddi shunday o‘zgarishni kul rangdumboqchaga igna sanchib ham chiqarish mumkin. Siydik hosil bo‘lishini buzilishi emotsional holatlarda va shartli ta’sirotchilar ta’sirida ham buziladi, kuchayadi (kuchli qo‘rqqanda). M. N. S.si diurezga V. N. S. si orqali va ichki sekretsiya bezlari orqali ta’sir qiladi. Siydik hosil bo‘lishi buyrak qon tomirlar tonusiga reflektor ta’sir etishdan ham buziladi. Bu xildagi reflektor o‘zgarishlarni teri, ichaklar va siydik yo‘llarining turli qismlaridan kelayotgan ta’sirotlar hosil qiladi. Masalan: kuchli og‘riq siydik hosil bo‘lishini to‘xtatib qo‘ysa, terining isitilishi siydik hosil bo‘lishini tezlashtiradi, sovitish esa kamaytiradi.
Siydik hosil bo‘lishini buzilish mexanizmida buyraklarni funksional aloqadorligini buzilishi ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, reflektor yo‘l bilan (renal sabablar) yuzaga keladi. Buyrakni bir tomonlama shikastlanishi (bir buyrakni shikastlanishi, unda o‘sma o‘sipsh, siydik yo‘lini qatlanishi yoki buklanishi yoki qisilishi va boshqalar) siydik hosil bo‘lishini mexanizmini buzilishi renorenal reflekslarni chaqiradi.
Siydik hosil bo‘lishiga ichki sekretsiya bezlaridan ajralayotgan gormonlarni ko‘payishi yoki kamayishi ham ta’sir etadi, ular siydik hosil bo‘lishiga tugridan-to‘g‘ri yoki suv-tuz almashinuvini o‘zgartirb ta’sir etadi. Masalan: adrenalin kam miqdorda kaptokchalardan chiqayotgan qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshirib filtratsiyani kuchaytirsa, kaptokchalarga kelayotgan katta miqsordagi qon tomirlarini toraytirib, qon oqib kelish kamayib, filtratsiya kamayadi va birlamchi siydik hosil bo‘lishini to‘xtatadi.
Gipofiz keyingi qisimning antidiuretik gormoni buyrak kanalchalarida suvni qayta so‘rilishini kuchaytirib, birlamchi siydikdan natriy, kaliyni qayta so‘rilishini zaiflashtiradi. Bu gormon etishmaganida natriy va xloridlari kam, solishtirma og‘irligi kam bo‘lgan ko‘p siydik ajraladi, qandsiz diabet deyiladi va katta hayvonlar past solishtirma og‘irlikga ega bo‘lgan (1,001-1,005) 30 l. siydik ajratadi. Boshqa gormonlarni siydik hosil bo‘lishiga ta’sirini doimiyligi deyarli farq qilmaydi. Tireoglobulin, masalan diurezni kuchaytirishiga sabab, bu gormon moddalar almashinuvini kuchaytirib, to‘qimalarni suv soqlash xususiyatini pasaytiradi. Qalqonsimon bez gipofunksiyasi davrida to‘kimalarda suv ko‘p ushlanib qolib, diurez kamayadi. Diurezga gipofizning triotrop gormoni ham ta’sir etib, u o‘z ta’sirini qalqonsimon bez orqali amalga oshiradi.
Siydik hosil bo‘lishiga me’da osti bezining ichki sekretor faoliya-tining buzilishi ham ta’sir etib qandli diabet davrida diurez 3-5 mar-ta kuchayadi, chunki osmotik bosimni birlamchi siydikda kand ko‘p bo‘lishi hisobiga oshishi, kanlchalardan suv so‘rilishiga to‘sqinlik kiladi va siy-dik mikdori ko‘payadi. Diurezni kuchayishiga sabab, birlamchi siydikda qand mikdorini yuqori bo‘lishidir. Reabsorbsiya bo‘lmay qolgan qand kon-sentratsiyasi siydikni osmotik bosimini oshirib, oqibatda kanalchalarda suv so‘rilmay qoladi. Buyrak orqali ajralayotgan siydik ko‘payadi.
Siydik hosil bo‘lishini buzilishi umumiy qon aylanishni buzilishiga ham bog‘liq bo‘lib, qon bosimi yuqori bo‘lsa, siydik ko‘p hosil bo‘ladi, bosim pasaysa kamayadi. Buyrakning qon bilan ta’minlanishini juda kam doirada o‘zgarishi ham, masalan buyrak arteriya va vena qon tomirlarini qisqa vaqt davomida qislib qolishi, diurezni kamaytiradi, siydikda oqsil paydo bo‘ladi. Arterial bosim 40-50 mm simob ustunidan kamaysa, masalan: shok davrida siydik hosil bo‘lishi mutloqa to‘xtaydi.
b) Buyrak faoliyatini buzilishini siydik hosil bo‘lishiga ta’siri yoki renal sabablarni ta’siri:
1.Buyrak yalliglanganda - nefritda.
2.Siydik yo‘llarini distrafik o‘zgarishida - nefrozda.
3 .Nefroskleroz va boshqalarda,
Buyrak yallig‘lanishi infeksion kasalliklardan oqsil, paratif, chuma, o‘lat va boshqa kasalliklarda hosil bo‘ladi. Yallig‘lanish jarayoni barcha buyrak parenximasiga tarkaladi yoki kaptokchalarda rivojlanadi. (Glomerulonefrit). I.I.Mechnikov laboratoriyasida quyonlarga gemolitik nefrotoksik zahar (dengiz cho‘chqasidan olishi) streptokokli zardob yubo-rilib glomerulonefrit gematuriya, albuminuriya, istesqo, gipertoniya, azotemiya hosil qilingan.
Nefrit ichakda hosil bo‘lgan zaharli moddalar va organizmni o‘simlik hamda mineral moddali zaharlanishidan ham hosil bo‘ladi. Nefritlar davrida ko‘p kaptokchalar jarohatlanadi va filtratsiya kamayadi. O‘tkir nefritlar davrida hatto birlamchi siydik hosil bo‘lmay qolishi ham mumkin. Siydikni solishtirma og‘irligi yo oshadi yo normada qoladi. Siydikda oqsil, qon, leykotsit, siydik tayoqchalari, buyrak epiteliylari saqlanadi. Siydik orqali suv va osh tuzini ajralishi buziladi va shish hosil bo‘ladi. Surinkali nefritlarda kanalchalarda qayta so‘rilish kamayadi, natijada ajraladigan siydik miqdori normadan oshib ketadi. Siydikni solishtirma og‘irligi pasayadi. Siydik tarkibini hosil bo‘lishi buziladi - izostenuriya. Surinkali nefritda qon bosimi oshadi, yurak gipertrofiyaga uchraydi. O‘tkir glomerulonefritlardan keyin buyrak faoliyati qayta tiklanishi mumkin lekin boshlang‘ich davrida buyrak faoliyati buzilib uremiya hosil bo‘ladi, agar jarayon cho‘zilib ketsa biriktiruvchi to‘qima o‘sa boshlaydi va buyrak kichrayadi.
Nefroz bu siydik kanalchalarini distrofik o‘zgarishi bo‘lib, zaharlanish hamda surinkali yiringli yallig‘lanishlar hisobiga hosil bo‘ladi. Buyrakdagi patologik o‘zgarishlarni nefrit va nefrozlarga bo‘lish shartli ravishda olingan bo‘lib nefrit doimo u yoki bu darajada nefroz bilan va aksincha kechadi. Nefroz davrida siydik hosil bo‘lishi va uning tarkibiy qismlarini hosil bo‘lishi sokdanadi. Agar nefroz og‘ir kechayotgan bo‘lsa ya’ni ko‘p kanalchalar epiteliysini o‘z ichiga olgan bo‘lsa unda siydik takibini hosil qilish xususiyati buziladi. Siydik tarkibida oqsil va siydik tayoqchalari uchraydi. Siydik miqsori kamayadi. Solishtirma og‘irligi oshadi. M.T.Skorodumov nefrosklerozlar nefrit va nefrozlarni oqibati bo‘lib balchiqli yaylov, sho‘r o‘tlar, mis, qo‘rg‘oshimli zaharlanishlardan hosil bo‘ladi deydi.
Nefroskleroz buyrakning sklerotik o‘zgarishlari, umumiy arterio-sklerozlarda rivojlanib, buyrakdagi surunkali yallig‘lanish va distrofik o‘zgarishlar oqibatida hosil bo‘ladi. Hayvonlar buyragida arteriosklerozlar kam uchraydi. Buyrak qon tomirlarining oziqlanishini buzilishi sklerotik o‘zgarishlarga olib keladi, kanalchalar atrofiyalanadi, kaptokchalar bo‘shab biriktiruvchi to‘qima o‘sib, buyrak quriy boshlaydi. Bu o‘zgarishlarni buyrakning birlamchi bujmayishi deyiladi. Hayvonlarda nefroskleroz ko‘proq surinkali nefrit oqibati natijasida ham hosil bo‘lib, asosan buyrak stromasida yallig‘lanish (interstitsial nefrit) kechadi. O‘sayotgan biriktiruvchi to‘qima buyrak kaptokcha va kanalchalarni qisib qo‘yadi. Buyrakni xususiy to‘qimalari bu vaqtda o‘ladi va ular o‘rniga biriktiruvchi to‘qimalar bilan almashinadi. Buyrak zichlashadi va burishib qoladi. Buyrakni yallig‘lanishi va distrofik o‘zgarishlari natijada hosil bo‘lgan buyrakdagi o‘zgarishni ikkilamchi hajm o‘zgarishi deyiladi. Buyrakni siydik hosil qilish qobiliyati buzilib, birlamchi siydik hosil bo‘lishi zaiflashadi, qayta so‘rilish ham kamayadi, qon bosimi oshadi va hayvon uremiya hisobiga o‘lishi mumkin.
Kaptokchalarning yallig‘lanishi ekssudatli va proliferativ o‘zgarishlar bilan kechadi. Glomerulonefrit ilgaridan sensibilizatsiyalangan organizmda hosil bo‘ladi. Nefritlar kaptokchalarga qon oqimi bilan birga kirib qolgan mikroorganizm embollari hisobiga ham hosil bo‘ladi. Nefrit hosil bo‘lishida avval buyrak mayda qon tomirlari torayib, buyrak kaptokchalarida ishemiya hosil bo‘lib, renin hosil bo‘lishi qon tomirlarini yanada kuchliroq toraytiradi, oqibatda kislorod etishmovchiligi tufayli kaptokcha qon tomirlarida o‘tkazuvchanlik ku-chayadi. Keyinchalik bu o‘zgarishlarga ekssudatli va proliferativ jara-yonlar qo‘shiladi. Nefritning rivojlanish mexanizmida sovuqlikni ta’siriga e’tibor berilib sovuqlik kaptokcha qon tomirlarini to-raytirib yallig‘lanishga sharoit yaratib beradi. Nefritni kelib chiqishida qon tomirlarini toraytiruvchi nafas yo‘llarini reflekslari muhim ahamiyatga ega degan tushunchalar ham mavjud. Anikdashlaricha na-fas yo‘llarini efir bilan qo‘zg‘atilganida buyrak qon tomirlari torayadi. Bu paytda qon tomirlarini torayishi hisobiga siydik hosil qilish xususiyatini buzilishi nefrosklerozlarda surunkali glomerulonefrit davridagi siydik ajralishini buzilishiga o‘xshash bo‘ladi. Tajriba hayvonlarini uran, xrom tuzlari hamda sulema bilan zaharlanishidan buyrakni kanalchalar apparatini shikastlanishi nefroz yuzaga keladi. Mishyak, bakteriya toksinlari bilan zaharlanishda yallig‘lanishlar yuzaga kelib, asosan buyrak koptokchalarini yallig‘lanishi hosil bo‘ladi. Buyrakni yallig‘lanishini sil bilan kasallangan quyon buyrak arteriyasiga tuberkulin yuborganda ham kuzatiladi. Bu nefrit patogenezida allergik kasalliklar ya’ni organizmni mikrob toksinlariga sensibilizatsiyasi muhim ahamiyatga ega ekanligini bildiradi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish