Hayvonlar patofiziologiyasi fani va uning rivojlanish tarixi



Download 0,8 Mb.
bet35/46
Sana25.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#701751
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
Bog'liq
patfiz ma\'ruza lotinchasi

Sirroz - jigarni surinkali kasalligi bo‘lib, jigarda chuqur mor-fologik o‘zgarishlar hamda biriktiruvchi to‘qimalarni o‘sishi bilan xa-rakterlanadi. Sirrozni atrofik va gipertrofik turlari farq qilinadi. Sirroz chaqiruvchi sabablar turlitumandir.

  1. Turli xildagi zaharli moddalar: fosfor organik, xlororganik birik-
    malar, mishyak, xloroform, to‘rt xlorli uglerod, harbiy zaharlovchi mod-
    dalar, o‘simlik zaharlari va boshqalar;

  2. Infeksion agentlar va ularning toksinlari;

  3. Hayvonlarni noto‘g‘ri oziqlantirilishi: sifatsiz, chirigan, oqsil va
    uglevodlarni kam saqlovchi oziqalar;

  4. Uzoq vaqtli qon aylanishini buzilishi: vena giperemiyasi, trombozlar,
    anemiya va arteriosklerozlar.

Ikkilamchi sirrozlar paratif, tuberkulyoz, difteriya, fassialyoz, dikro-selioz kasalliklarida va M.N.S.sining funksiyalari buzilganida hosil bo‘ladi.
1. Atrofik sirrozlarda jigar bo‘lakchalari orasida biriktiruvchi to‘qimalar o‘sib, jigar parenxima xujayralarini qisib, atrofiya rivojlanib, hajmi kichrayadi. Agar jarayon kuchaysa turli funksiyalar buziladi. Qon oqib ketishini qiynlashishidan portal gipertoniya rivojlanib, keyinchalik suv to‘planadi -assit hosil bo‘ladi. Agar jigarni birqismida biriktiruvchi to‘qimalar o‘sib boshqa qismlarida biriktiruvchi to‘qimalar o‘smasa, shu qism hisobiga jigar faoliyati kompensatsiyalanadi.
2. Gipertrofik sirrozlarda biriktiruvchi to‘qimalar asosan jigar bo‘lakchalarini ichida o‘sib hajmi kattalashishni ta’min-laydi va o‘t yo‘llarini, qon tomirlarini qisaboshlaydi. Qon oqib kelishini qiyinlashtirib, jigar parenxima hujayralarini oziqlanishi buziladi,
gipoksiya rivojlanadi, jigar parenxima xujayralari atrofiyalanadi. Oqibatda jigardan tashqari butun organizmda mrofologik, bioximiyaviy,funksional, gumoral, nerv trofik faoliyatlar buziladi.
Jigarda o‘sma o‘sganida, ularni ma’lum bir bo‘lagida yoki barcha qismida rivojlanib, jigar xujayralarini emirilishi mumkin. Oshqozon va ichaklarda gaz to‘planishi jigar qon tomirlarini qisib, kompression anemiyalar paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘t yo‘llari tiqilganida esa o‘tning jigar parenxima hujayralariga distrofik ta’siri yuzaga keladi. travmatik jarohatlanish va boshqa patologik jarayonlarda qon aylanish buziladi. Jigarda qon aylanishini buzilishi o‘t hosil bo‘lishi va ajra-lishini buzadi.
Jigar kasalliklari patologik agentning to‘g‘ridan-to‘g‘ri jigarga ta’siridan yoki organ va sistemalardagi patologik o‘zgarishlardan ham hosil bo‘ladi. Etiologik sabablarga mikroorgan-izmlar, viruslar, sodda hayvonlar, zamburug‘lar va gelmintlar kiradi. Jigarga organizmda hosil bo‘layotgan zaharli moddalardan kuyish mahsulotlari, bug‘ozlik toksikoz-lari, ekzogen zaharli moddalardan fosfor organik insektitsidlar, bio-mitsin, tetratsik-lin, steroid gormonlar, o‘simlik toksinlari, muskarin, alkogol,nikotin ta’sir qiladi. Jigar funksiyalarini buzilishi alimen-tar sabablardan oqsil, vitamin etishmaganida, oziqa yog‘li bo‘lganida, al-lergik reaksiyalarda (vaksin, zardob, oziqa va dorilar, o‘smalar metastaz berganida, ichki sekretsiya bezlari va moddalar almashinuvi buzilganida, semirish, qandli diabet) hosil bo‘ladi. Jigar funksiyasini buzilishi mahalliy va umumiy qon aylanishini buzilishiga, fizikaviy, mexanika-viy sabablar hamda irsiy moddalar almashinuvining buzilishi va tuzi-lish etishmovchiliklariga bog‘liq. Jigar yallig‘lanipshariga yuqori chastotadagi autoimmun mexanizmlarning hosil bo‘lishi xarakterlidir. Bu nazariyaga asosan gepatotsitlarni birlamchi virus, bakteriya, ximiyaviy moddalar va boshqalar bilan ta’sirlanishidan antigen hosil bo‘ladi. Jigar funksiyasidagi etishmovchiligida, asosan jarayon og‘ir kechga-nida qonda fibrinogen va protrombin mikdori kamayib, qonni ivuvchan-ligi zaiflashadi. Nerv sistemasining faoliyatini buzilishi umumiy qo‘zg‘alish bilan ifodalanadi. Hayvonlar (it) agressiv bo‘lib, harakatlanish jarayonlari buziladi (atoksiya, manejli harakat, changak bo‘lish), ogriq sezgisi zaiflashadi. Ogir holatlarda kamotoz holat kuzatilib, hayvonlar o‘ladi. Nerv sistemasidagi o‘zgarishlar moddalar alma-shinuvi (gipoglikemiya, ammiak, va atseton tanachalari kupayadi va h.z.). Jigar kasalliklarida moddalar almashinuvi buzilib, qonda sut kislotasi, keta kislota, yog‘ kislotasini to‘planishi kuzatiladi. Kislotali moddalarni qonda to‘planishi qonni ishqoriy zahirasini kamaytiradi, oqibatda kislota ishqor muvozanati buzilib, atsedoz rivojlanadi. O‘t toshlarini hosil bo‘lishining asosiy sabablari:
1. O‘t pufagi va yo‘llarining shilliq pardasidagi yallig‘lanish jarayonlaprining rivojlanishi epiteliyni deskvamatsiyasiga, katta miqdorda shillimshiq modda hosil bo‘lishiga, qon lahtasini hosil bo‘lishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida xolesterin, oxak tuzlari, o‘t pigmentlarini cho‘ktirish imkoniyatini berishi bilan birga keyinchalik tosh hosil bo‘lishini chaqiradi. 2. Haddan tashqari o‘t kislotalarini hosil bo‘lishi xolesterin, o‘t pigmentlari almashinuvini buzadi. 3. Asosan o‘tdagi xolesterinni kalloid eritmasini stabilligi pasayganida o‘t ajralishini zaiflashadi va quyiqlashadi.
Keyingi yillarda tasdiqlanishicha ozuqada A vitamini va yuqori to’yingan yog‘ kislotalari yetishmaganida hayvonlar epiteliylari kasallanadi shikastlanadi, uning himoya to‘siq vazifasi buziladi infeksiya rivojlanishi va keyinchalik tosh hosil bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratiladi


Nazorat uchun savollar.
1.Jigarning asosiy vazifalarini ayting?
2.Jigar faoliyatini tekshirish usullarini ayting?
3.Jigar faoliyatini buzuvchi asosiy sabablarni ayting?
4.Jigarning qanday kasalliklarini bilasiz?
5.Jigarning funksional o‘zgarishi moddalar almapshnuviga qanday
ta’sir ko‘rsatadi?
6.Vitamin va gormonlar almashinuvini buzilishidan hosil bo‘ladigan
o‘zgarishlarni ayting?
7.Jigarni o‘t hosil qilish va o‘t ajratishi qachon buziladi?
8.Sariqlikni qanday turlarini bilasiz?
9.Mexanikaviy sariqliklarning hosil bo‘lish sabablarini tushuntiring?
10 Gemolitik sarikdikning hosil bo‘lish sabablarini tushuntiring?
11.Parenximotoz sariqlikning hosil bo‘lish sabablarini tushuntiring?

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish