Nazorat uchun savollar.
1.Ayiruv vazifasini bajaradigan qanday organlarni bilasiz?
2.Buyrakni asosiy vazifalari va buyrakda siydik hosil bo‘lishini buzilishini tushuntiring?
3.Kanalchalar faoliyatini buzilishini siydik hosil bo‘lishiga ta’siri?
4.Buyrak faoliyatini buzuvchi renal sabablarni ayting?
5.Buyrak faoliyatini buzuvchi ekstrarenal sabablarini ayting?
6.Buyrakning qanday kasalliklarini bilasiz?
Nerv tizimining patofiziologiyasi.
Reja:
1. Nerv tizimi faoliyati buzilishining etiologiyasi. Nerv tizimining harakatlantiruvchi faoliyatini buzilishi. Parez va falajlanish.
2. Gipokinez. Giperkinez. Akinez. Ataksiya. Asteniya. Astaziya. Sezuvchanlikning buzilishi. Giposteziya, gipersteziya, anesteziya, paresteziya. Ichki organlar sezuvchanligining buzilishi.
3. Vegetativ nerv sistemasi faoliyatining buzilishi. Nerv sistemasi trofik faoliyatining buzilishi.
Asosiy adabiyotlar:
1. Xaitov R.X., Eshimov D.E. “Hayvonlar patologik fiziologiyasi” Darslik Toshkent, “Ilim Ziyo” 2013 yil.
2. M.Donald., James F. “Pathologic basis of veterinary disese” Humana Press; 2011 edition.
3. С.И.Лютинский. Патологическая физиология селскохозяйственних животних. Mосква, Kolos, 2001 god.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. D.E.Eshimov., R.F.Ro‘ziqulov. “Hayvonlar fiziologiyasi va patofiziologiyasi fanidan amaliy - laboratoriya mashg‘ulotlari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. Tafakkur bo‘stoni - 2011 yil.
Internet ma’lumotlari:
1. www.ziyonet.uz.
2. www.vetjurnal.uz
3. www.lex.uz
4. www.veterinariy.actavis
5. www.kodges.ru
Tayanch iboralar
Ekzogen, endogen, mexanik, fizik, kimyoviy, biologik (yuqumli, invazion, sodda hayvonlar, zamburug‘lar) qon quyilishi, arterioskleroz, emboliya, tromboz, giperemiya, bosh miyani qisman va to‘liq olib tashlash, retikulyar formatsiya, nevrozlar, nevroz davrlari, buyrak usti bezi, gipofiz, nerv sistema tiplari, gipo va giperkinezlar, iz qoldirish reaksiyalari, himoyalanuvchi tormozlanishlar.
Nerv sistemasi organizmning organ va sistemalar ish faoliyati ustidan nazorat qiladi. Nerv sistemasi asosan oliy nerv faoliyati-bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘i, organizm faoliyatini uzluksiz o‘zgarib turadigan tashqi va ichki muhit sharoitlariga moslashtirib boradi, hamda organizm turli qismlarini aloqadorligini ta’minlaydi. Nerv sistemasi organizmning turli asosiy vazifalarini yashab turgan sharoitga moslashtiradi. Nerv sistemasi moddalar almashinuvi, nafas olish, qon aylanishi, ovqat xazm qilish va boshqa jarayonlarni boshqaradi. Shuning uchun ham organizmda nerv sistemasining faoliyatini buzilishi natijasida bo‘ladigan o‘zgarishlar ko‘p va xilma - xildir. Nerv sistemasining organizmdagi ahamiyati. I. M. Sechenov va I. P. Pavlov hamda boshqa xorijiy mamlakatlarning olimlari tomonidan o‘rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |