Hayvonlar morfologiyasi



Download 14,33 Mb.
bet67/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Markaziy nerv sistemasi
Orqa va bosh miya markaziy nerv sistemasiga kiradi. Orqa miya umurtqa kanalida, bosh miya esa miya qutisida joylashadi. Ular oq v akul rang moddalardan tuzilgan. Bosh miyaning kul rang moddasi tashqi tomonda, oq moddasi esa ichki qismda bo‘ladi. Katta miyaning kul rang moddasi (po‘stlog‘i) butun nerv sistemasining eng yaxshi rivojlangan qismi, unga butun organizm bo‘ysunadi, u hamma organlar ishini boshqaradi. Miya po‘stlog‘ida organlarning son-sanoqsiz markazi joylashgan. Miyaning oq moddasida ta’sir o‘tkazuvchi bir qancha nerv o‘simtasi bor. Bosh miyaning po‘stloq qismi xilma-xil shakldagi bir nechta hujayradan tuzilgan, odamlarda 6 qavat hosil qiladi. Orqa miyaning kul rang moddasi g‘uj joylashgan hujayralar shaklida bo‘ladi.
Orqa miyaning tuzilishi.
Orqa miya – medulla spinalis uchta: qattiq, to‘rsimon va Yumshoq parda bilan o‘ralgan.
Orqa miyaning qattiq pardasi - dura mater spinalis tashqi parda bo‘lib, zich biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan. Uning tashqi yuzasi endoteliy bilan qoplangan. Qattiq parda orqa miya, chiquvchi nervlar va qon tomirlari bilan bog‘langan bo‘ladi. Umurtqalarning ichki yuzasi va miyaning qattiq pardasi orasida epidural bo‘shliq - cavum epidurale bor. U biriktiruvchi g‘ovak va yog‘ to‘qimalar bilan to‘lgan bo‘ladi.
Orqa miyaning to‘rsimon pardasi - arachnoidea spinalis juda yupqa, shaffof bo‘lib, har ikkala yuzasi ham endoteliy hujayralari bilan qoplangan. Qattiq parda bilan to‘rsimon parda orasida subdural bo‘shliq - cavum subdurale, to‘rsimon parda bilan Yumshoq parda orasida esa subaraxnoidal bo‘shliq - cavum subarachnoidale bor, bular bosh miya bo‘shlig‘i bilan tutashadi, bo‘shliqlar ichida orqa miya suyuqligi - liquor cerebrespinalis bo‘lib, u miya hujayralari uchun oziq hisoblanadi. Bu parda qon tomirlari va nervlar hamda tishsimon paylar orqali qattiq parda bilan birlashadi.
Orqa miyaning pardasi - pia mater spinalis – anchagina zich bo‘lib, orqa miya bilan tutashib ketgan. Yumshoq pardaning o‘ng va chap yon yuzalaridan pay o‘sib chiqib, tishsimon pay - lig. Denticulati ga aylanadi. Limfa tomirlari va nerv tolalari shu pay orqali o‘tadi.
Orqa miya nerv hujayralarining oziqlantiruvchi bir qancha arteriyasi bo‘ladi. Masalan, umurtqa arteriyasi - a.vertebralis dan qovurg‘alararo arteriya, bel va dumg‘aza arteriyalari chiqadi. Bu qon tomirlari nerv chiqadigan umurtqalararo teshiklardan kirib, umurtqa pog‘ona kanalida: orqa miyaning pastki tomon arteriyasi - a. spinalis ventralis va orqa miyaning yuqori tomon juft arteriyasi - a. spinalis dorsalis ni hosil qiladi. Bular yonida vena tomirlari ham bo‘ladi. Ulardagi venoz qon umurtqa pog‘onasining pastki sinusi - sinus commune ventralis ga quyiladi.
Orqa miya – medulla spinalis uzun silindr shaklida bo‘lib, umurtqa pog‘onasi kanalida joylashadi. U uzunchoq miyadan ajralib, bo‘yin, ko‘krak va bel dumg‘aza bo‘limlariga sezilarsiz darajada bo‘linadi. Orqa miyaning ikkita yo‘g‘onlashgan joyi bo‘lib, ulardan oldingi va orqa oyoqlarga nervlar chiqadi. Bu nervlarning biri bo‘yin umurtqalarining keyinrog‘ida bo‘lib, bo‘yin yo‘g‘onlashmasi - intunmecentia cericalis, ikkinchisi belning 5 umurtqasi ro‘parasida bo‘lib, bel yo‘g‘onlashmasi - intumesentia lumbalis deyiladi. Bel yo‘g‘onlashmasidan so‘ng orqa miya konus shaklida torayib, oxrgi tola - filum terminale ga aylanadi va dum umurtqasida tugaydi. Orqa miya pardalari shilib olinsa, uning pastki qismi oralig‘ida miyaning pastki yoriqchasi - fissura mediana ventralis aniq ko‘rinib turadi.
Miyaning yuqori yuzasida yuqorigi egatcha - sulcus medianus dorsalis bor. Pastki yoriqchada orqa miyaning arteriya qon tomiri joylashadi. YUqorigi egatchaning yon qismidan orqa miya nervlarining ta’sir sezuvchi ildizlari, pastki yoriqchaning yon qismidan nervlarning harakatlantiruvchi ildizlari chiqadi.
Orqa miya ko‘ndalangiga kesib qaralsa, uning markazida kul rang modda - substantia grisea va atrofida oq modda - substantia alba ko‘rinadi. Kul rang moddaning shakli «N» harfiga o‘xshash bo‘lib, uning yuqorigi va pastki ustunlari - collumnea grisae dorsalis et ventralus bor, ular bir – biri bilan birlashma - commissura grisae orqali tutashadi. Birlashma esa orqa miyaning markaziy kanali - canalis centralis ga kirib turadi.
Oq modda kul rang modda atrofida joylashib, yuqorigi, pastki va yon tizimchalarni hosil qiladi. Bu tizimchalarda orqa miyaning markaziy o‘tkazgichlari joylashadi. Oq modda orqa miyaning old qismida yaxshi rivojlangan, orqa qismida esa yupqalasha boradi. Orqa miya bo‘ylab orqa miya nervlari - nervi spinalis chiqadi. Bu nervlarning ta’sir sezuvchi yuqorigi va unga javob qaytaruvchi (pastki) ildizlari bor, ularning har ikkalasi umurtqalararo teshikda bir – biriga qo‘shilib, aralash nerv tolasini hosil qiladi. Miya konusi oxirgi ipchalar bilan qo‘shilib, ot dumi - cauda eguina hosil qilib tugaydi.

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish