Hayvonlar morfologiyasi



Download 14,33 Mb.
bet68/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Bosh miyaning tuzilishi
Bosh miya ham, xuddi orqa miyaga o‘xshash, uchta parda bilan o‘ralgan.
Bosh miyaning qattiq pardasi – dura mater encephali uni sirtdan o‘rab turadi. Qattiq parda miya bo‘shlig‘ini hosil qiluvchi suyaklarning ichki yuzasiga zich yopishib turadi. SHuning uchun epidural bo‘shliq hosil bo‘lmaydi. Miyaning qattiq pardasi bilan suyak pardasi orasida vena sinusi hosil bo‘ladi. Miya qattiq pardasining subdural bo‘shlig‘idan ikkita burma: o‘roqsimon va miyachaning chandirsimon burmasi ajraladi.
O‘roqsimon burma - falx ceribri panjarasimon suyak o‘rtasidan miyacha tomon o‘tib, miya yarim sharlari orasida joylashadi. Bu burma itlar va otlarda yaxshi rivojlangan, boshqa hayvonlarda bir oz rivojlangan bo‘ladi.
Miyachaning pardasimon burmasi - tentorium cerebelli membranaceum tepa suyagidan boshlanib, quloq suyagining ichki yuzasigacha boradi va katta hamda kichik miya oralig‘idagi ko‘ndalang yoriqda joylashad.
Bosh miyaning to‘rsimon pardasi -arachnoidea encephali uning tashqi yuzasidagi Yumshoq parda egatlariga zich yopishib turadi. To‘r osti bo‘shlig‘i faqat pushtalar orasidagi egatchalarda saqlanadi.
Bosh miyaning Yumshoq pardasi - pia mater encephali miya moddalariga juda yaqin turadi. Miyaning ichki qismidagi qorinchalarga qon tomirlari bilan buralib kirib, qon tomirlari chigali - plexis chorioidens ni hosil qiladi. Miya pardasi oralig‘idagi bo‘shliqlar orqa miya suyuqligi - lognor cerebraspinalis bilan to‘lgan bo‘ladi, bu suyuqlik orqa miyadan bosh miya qorinchalariga o‘tib turadi. Bu suyuqlik miya hujayralari uchun oziq modda hisoblanadi.
Bosh miya – encephalon miya qutisiga joylashgan bo‘lib, asosan katta miya, kichik miya va uzunchoq miyaga bo‘linadi, kichik va uzunchoq miya qo‘shilib, rombsimon miyani hosil qiladi.
Katta miya ­- cerebrum ikkita miya yarim sharlari - haemisphaerae dan iborat. Bosh miyaning pastki yuzasida bir necha kichik qism bor. Uzunchoq miyaning old qismida miya ko‘prigi - pons bo‘lib, uning oldida katta miyaning o‘rta miyaga kiradigan oyoqchalari - pedunculi cerebri, old tomonida ko‘rish kesishmasi - chiasma opticum bor, uning davomi ko‘rish yo‘llari - tractus opticus ga aylanadi. Ko‘rish nerv kesishmalarining orqa tomonidan kulrang do‘nglik va gipofiz bezining voronkasi - tuber cenerum et infandibulum, undan keyinroq so‘rg‘ichsimon tana - corpus mammilare joylashadi. Bularning hammasi oraliq miyaga kiradi. Katta miya asosining yon qismida miyaning noksimon bo‘rtigi - lobus piriformis, uning old qismida esa juft hidlov uchburchaklari - trigonum olfactorium lateralis et medialis, eng oldingi tomonda juft hidlov piyozchasi - bulbus olfactorius bo‘ladi. Bularning hammasi hidlov miyasiga kiradi. Miya yarim sharlari – qoplag‘ich - pallium bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Bosh miyaning asosiy qismidan 12 juft nerv chiqib, organlarga tarqaladi. Katta miya yarim sharlari bir – biri bilan qadoqsimon tana orqali birikadi. YArim sharlarning orqa tomonida to‘rtta tepacha, uning bir oz oldida ko‘rish do‘mbog‘i bor. Bir tuyoqlilarning bosh miyasi ham kavsh qaytaruvchilarnikiga bir oz o‘xshash, lekin bir oz uzunroq, cho‘chqalar miyasining egatchalari maydaroq bo‘ladi.
Bosh miyaning asosiy yuzasi bir necha miyaga bo‘linadi.

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish