Miya yarim sharlarining tuzilishi
Miya yarim sharlari qadoqsimon tana va miya oq moddasining nursimon bog‘lami – radiatio corporis callosi orqali bir – biri bilan birlashadi. Bu bog‘lam komissural nerv tolalaridan iborat. Miya yarim sharlari gorizontal kesib qaralsa, oq va kulrang moddalar aniq ko‘rinib turadi.
Kulrang modda - substantia grisea tashqi tomonda bo‘lib, miya po‘stlog‘i deyiladi. Oq modda - substantia alba ichki qismida joylashadi, uning ichki qismida miyaning yon qorinchalari - ventriculus lateralis bo‘ladi. YOn qorinchalarda qon tomirlari chigali - plexus chorioidens ventriculi lateralis va ikkita do‘mboq hosil bo‘ladi, uning old tomonida dumsimon yadroning boshi -caput nuclei caudati orqa qismida esa ammon shoxi - cornu ammonis s.hippocampus joylashadi. Dumsimon yadro miyaning oq moddasi bilan qoplangan, uning ostida kulrang modda yadrosi yotadi. Dumsimon yadroning pastki qismida yon qorincha teshiklari - (Monrou) foramen inter ventriculare bo‘ladi, ammon shoxining yuzasi oq modda pardasiga o‘ralgan. YArim sharlarning har biridagi ammon shoxi bir – biriga yupqa parda bog‘lami -commissura hippocampi bilan birlashadi. Miya yarim sharlarini birlashtiruvchi qadoqsimon tana - corpus callosum bir necha qismga bo‘linadi. Uning o‘rta qismidagi stvol - truncus corpori callosi ning old qismida tirsak - genu corporis collosi o‘sishi natijasida u qush tumshug‘i shakli - rostrum corporis collosi ga kiradi, u esa oxirgi plastinka - lamina terminalis ga aylanadi. Qadoqsimon tananing orqa qismi aylana valik - splenium corporis collosi uning davomi gumbaz hosil qilib ammon shoxiga birikadi.
Qadoqsimon tananing pastki qismida tiniq to‘siq parda - septum pellucidum bo‘lib, qadoqsimon pardani uchinchi miya qorinchasi gumbazi bilan qo‘shadi va yon qorinchalarni bir – biridan ajratib turadi.
Gumbaz - fornix tana - corpus foruicis va ikkita oyoqchadan iborat. Bosh miyaning po‘stloq qismida butun nerv sistemasining yuksak faoliyati sodir bo‘lib, uning hamma qismi assotsiatsion va komissural nerv tolalari bilan qo‘shilgan bo‘ladi.
Gumbaz bosh miya ilan proeksion nerv tolasi orqali birikadi. Bu tolalar miyaning oq moddasi hisoblanadi. Proeksion tolalar katta miya oyoqchalariga ichki kapsula orqali o‘tadi. Miya yarim sharlarining ichki qismida miya ichki kapsulasining yo‘l – yo‘l tanasi bo‘lib, ular po‘stloq osti yadrolarini o‘rab turadi.
Oraliq miya
Oraliq miya – diencephalon miyaning asosida, hidlov miyasining orqa tomonida joylashadi. Bu miyaga ko‘rish bo‘rtigi, uchinchi miya qorinchasining qon tomirlari jildi, epifiz, kulrang do‘nglik, gipofiz bezi va so‘rg‘ichsimon tana ko‘rish nervi yo‘li kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |