Hayvonlar morfologiyasi


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Download 14,33 Mb.
bet65/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



  1. Dilmurodov N.B. “Hayvonlar anatomiyasi” fanidan amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2014 y.

  2. Shodiyev N.Sh., Dilmurodov N.B. «Sitologiya, gistologiya va embriologiya» Darslik, Toshkent 2015.

  3. Юдичев Ю. Ф. и др. «Анатомия домашних животных». Учебник. Омск. 2003г.

  4. Elizabeth Aughey, Fredric L. Frye «Comporative Veterinary Histology with clinical correlates». Printed by: Grafos SA, Barcelona, Spain. Copyright © 2001

  5. Victoria Aspinall, Melanie Cappello «Introduction to Veterinary anatomy and Physiology» textbook Edinburgh London New York Oxford Philadelphia St louis Sydney Toronto 2015



Internet saytlari
www. Ziyo.net.uz.
9-mavzu. Markaziy va periferik nerv sistemasi, sezgi organlarining tuzilishi va ichki sekresiya (endokrin) bezlarining morfofunksional tuzilishi
Reja:
1.Nerv sistemasiga morfofunksional tavsif.
2. Sezgi organlarini tuzilishi.
3.Ichki sekresiya (endokrin) bezlarining morfofunksional tuzilishi
Tayanch iboralar. Markaziy nerv tizimi, bosh miya, orqa miya, kattiq parda, to‘rsimon parda, Yumshoq parda, oq modda, kulrang modda, nerv xujayralari, impuls, retseptor, effektor, refleks, refleks yoyi. Bosh miya nervlari, orqa miya nervlari, gangliya, chigal, nerv tolasi, impuls, kulrang tarmoq, bo‘yin nervlari, ko‘krak nervlari, bel nervlari, dumg‘aza nervlari, dum nervlari. Ekstrporetseptor, introretseptor, retseptor, mexanoretseptor, ko‘z, ko‘rish analizatori, gavhar, shishasimon tana, ichki quloq, tashqi quloq, quloq suprasi, o‘rta quloq, nog‘ora parda.
Nerv tizimiga morfofunksional tavsif.
Nerv tizimi organizmning eng muhim bo‘limi hisoblanadi. U hamma sistemalarni ishga soladi, ularni idora qiladi. Nerv sistemasi yordamida organizm doim tashqi muhit bilan aloqada bo‘ladi. Organizmga tashqi muhit ta’sir etib, uni sharoitga qarab o‘zgartadi. Bunday o‘zgarish adaptatsiya, ya’ni moslanish deyiladi. Nerv sistemasi organizmning bir butunligini ta’minlab, barcha qismlarini birlashtiradi, uni tashqi muhit sharoitiga moslashtiradi. I.P.Pavlov nerv tizimining faoliyati birinchidan, organizmdagi barcha qismlarning ishini birlashtirishga, integratsiya qilishga, ikkinchidan, organizmni tevarak-atrofdagi muhit bilan bog‘lashga, organizm sistemasini tashqi dunyo bilan muvozanatlashga qaratilgan degan edi.
Nerv tizimining mavjudligi hayvonlar organizmining ichki va tashqi muhitining o‘zgarishlarini ilg‘ab olish hamda har ikkala ta’sirotlarni muvofiqlashtirish imkoniyatini yaratadi. Nerv tizimining vazifasi quyidagilardan iborat:

  • Organizmning ichki muhitidan va tashqi muhitdan kelayotgan ta’sirotlarni qabul qilish;

  • Qabul ta’sirotlarni tahlil qilish va ularni integratsiyalash;

Ishlab chiqilgan javob reaksiyalarini ishchi organlarga yetkazish.
Nerv to‘qimasining tuzilmaviy birligi neyron hisoblanadi. Neyronlar nerv impulslarini nerv to‘qimasi bo‘ylab uzatadi. Nerv impulslari bir neyrondan boshqasiga maxsus tuzilma, ya’ni sinaps yordamida o‘tadi. Nerv tizimining barcha o‘tkazuvchi yo‘llari neyronlar va sinapslardan tashkil topgan. Umuman nerv tizimi bosh miya va orqa miyadan, neyronlardan hamda biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan neyroglial hujayralardan tashkil topgan. Neyroglial hujayralar neyronni oziqlantirish va moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan chiqindi moddalarni chiqarish funksiyasini bajaradi.
Har bir neyron o‘zakli tana va kalta o‘simtalar hamda uzun o‘simtalardan tashkil topgan. Kalta o‘simtalar dendrit deb nomalanib, nerv impulslarini hujayra tanasiga yo‘naltiradi. Bitta hujayra tanasi boshqa neyronlardan 6000 dan ortiq dendronlarni oladi.
Uzun o‘simta bitta bo‘lib, akson deyiladi va nerv hujayrasining o‘q silindri bo‘lmaydi. Ular nerv impulslarini neyron tanasidan olib chiqadi.
Nerv impulslari dendritlardan hujayra tanasi orqali akson tepaligiga yo‘naladi va pastki tomonga harakatini davom ettiradi hamda o‘zining oxirgi joyiga juda tez etib boradi. Impulsni aksondan uzatilish tezligi mielin vositasid ortadi. Mielin tarkibiga ko‘ra lipoprotein bo‘lib, aksonni o‘rab turuvchi SHvann hujayralari tomonidan ishlab chiqiladi. Uning oqimtir tashqi rangi nerv tolalarini organizmda ko‘rinishini ta’minlaydi. Mielinli parda har 1 mm oraliqda bo‘lib, u orqali akson tanasi oziq moddalar va kislorodni oladi. Mielinsiz tola ham SHvann hujaylaridan tuzilgan bo‘lib, shunday nomlanishiga qaramasdan, haqiqatda bir qavat mielin bilan o‘ralgan. To‘liq mielinsiz tolalar kam uchraydi. Masalan, bunday tolalarni ko‘zning shox pardasida uchratish mumkin.
Nerv tizimi, umuman, ikki qismga bo‘linadi: markaziy nerv sistemasi – bunga bosh va orqa miya kiradi; periferik nerv sistemasi – bunga markaziy nerv sistemasidan chiqib, atrofdagi organlarga tarqaladigan nervlar kiradi. Nerv sistemasining morfologik-fiziologik birligi neyron, ya’ni nerv hujayrasi va unga tegishli nerv o‘simtalari hamda periferik apparatlardir. Nerv o‘simtalari retseptor, ya’ni qabul qiluvchi va effektor, ya’ni javob qaytaruvchi tolalarga bo‘linadi. Retseptorlar ta’sirini qabul qilish va tegishli impulsni nerv yo‘llari orqali markazga yuborish funksiyasini bajaradi. Effektorlar, ya’ni harakatlanuvchi neyronlar tanasi markaziy nerv sistemasida bo‘ladi, neyritlar nerv tolalarining o‘q silindrlari shaklida davom etib, organlarga (muskullar, bezlarga) boradi. Nerv o‘simtalari har xil, ba’zan uzun, ba’zan juda qisqa bo‘ladi. Katta hayvonlarning nerv o‘simtalari 1 m gacha etadi. Nerv sistemasining markaziy o‘tkazuvchi yo‘li va periferik nervlar anna shu o‘simtalardan hosil bo‘ladi. Retsepor va effektor nervlarining uchi alohida-alohida bo‘ladi. Nerv o‘simtalari, asosan, o‘tkazish vazifasini bajarib, ularda ta’sir yo so‘nadi, yoki neytritga o‘tadi. Nerv hujayralarida boradigan murakkab protsess refleks asosida o‘ladi, ya’ni ta’sir qabul qilinib, funksiya bajaruvchi organlarga etkaziladi, anna shu yo‘l reflektor yoyi deyiladi. Retseptorlar bilan effektorlarni bir-biriga bog‘lovchi yo‘l ham bo‘ladi. Retseptorlarning birgina yo‘li orqali qabul qilingan ta’sir bir qancha effektor neyronlarga ta’sir ko‘rsatib, organlarni harakatlantiradi. I.P.Palov refleksni oddiy va murakkab reflekslarga bo‘lib, ularni shartli va shartsiz refleks deb atadi. SHartli refleksda albatta bosh miya po‘stlog‘i ishtirok etadi. Nerv sistemasining markaziy, bosh hamda orqa miyadan chiqib, organizmga tarqaluvchi nervlari periferik nerv deyiladi.
Bosh miya kalla suyagi qutisida, orqa miya esa umurtqa pog‘onasi kanalida joylashgan bo‘lib, ularning har qaysisi uchtadan pardaga o‘ralgan. Pardalarning har biri kul rang va oq moddalardan tuzilgan. Kul rang moda nerv hujayralaridan, oq moda esa uning o‘simtalaridan iborat. Orqa miyada markaziy o‘tkazuvchi yo‘llar bo‘lib, ular asosan nerv o‘simtalaridan hosil bo‘ladi. Bu yo‘llar sezuvchi va javob qaytaruvchi yo‘llarga bo‘linib, ta’sirni periferiyadan bosh miyaga, undan esa periferiyaga o‘tkazadi. Markazdan chiqib, periferiyaga tarqaluvchi oq nerv iplari ham nerv o‘simtalaridan hosil bo‘lgan, ular ta’sirni periferiyaga o‘tkazuvchi yo‘llardir. Bu nervlar ham ta’sirni markazga keltiruvchi hamda undan qaytaruvchi nervlarga bo‘linib, retseptor va effektorlar deb yurgiziladi. Qabul qilingan ta’sir markaziy nerv sistemasida analiz va sintez qilinadi. Bu vazifani periferik retseptorlar, o‘tkazuvchi bo‘lim va markaziy miyaning po‘stloq qismi bajaradi. Markaziy hamda periferik nerv sistemasidan tashqari, somatik va vegetativ nerv bo‘limlari ham bo‘ladi. Somatik nervlar harakat organlariga, ya’ni orqa va bosh miyadan chiqib, teri hamda suyak muskullariga boradi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlarni (yurak, qon tomirlari, silliq muskul to‘qimalari, teri, bezlar va hokazolarni) ta’minlaydi. Bu har ikkala nerv sistemasi bo‘limlari ham markaziy nerv sistemasiga bo‘ysunadi, lekin funksiyasi jihatdan bir – biri bilan bog‘langan bir butun nerv sistemasini hosil qiladi.



Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish