Nazorat uchun savollar
1. Uzluksiz bo‘g‘imlarning xillari?
2. Sindesmoz birikish nima?
3. Sinxondroz birikish nima?
4. Sinostoz birikish nima?
5. Tekis chokning tuzilishi?
6. Tishsimon chokni hosil bo‘lishi?
7. Tangachasimon chokni hosil bo‘lishi?
8. Bo‘g‘im kapsulasini tuzilishi, vazifasi?
9. Bo‘g‘im tog‘aylarini funksiyasi.
10. Sinovial suyuqlikni ahamiyati.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Dilmurodov N.B “Hayvonlar anatomiyasi” fanidan amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2014 y
2. Victoria Aspinall, Melanie Cappello «Introduction to Veterinary anatomy and Physiology» textbook Edinburgh London New York Oxford philadelphia st louis sydney toronto 2015
3. Юдичев Ю.Ф. ва бошқалар «Анатомия домашних животных». Омск, 2003.
Internet saytlari
www. Ziyo.net.uz.
4-mavzu. Muskullarning morfofunksional tuzilishi
1.Muskullar haqida tushuncha.
2.Muskullarni tuzilishi va xillari.
3.Muskullarning harakati mexanizmi va filo-ontogenezi.
Tayanch iboralar. Miologiya , muskul qorinchasi, silliq muskul to‘qimasi, ko‘ndalang yo‘lli muskul to‘qimasi, tashqi perimeziy, ichki perimeziy, endomeziy, fassiya, ekstenzorlar, fleksorlar, abduktorlar, adduktorlar, pronatorlar, rotatorlar, levatorlar, depressorlar, sfinktorla
Muskullar haqida tushuncha.
Skelet muskullari.Muskullar ish bajarishi va tuzilishiga qarab, ikki xil: silliq va ko‘ndalang – targ‘il bo‘ladi. Silliq muskullar, asosan, uncha yuksak darajada rivojlanmagan (umurtqasiz) hayvonlarda, umurtqali hayvonlarning esa faqat ichki organlari (hazm organlari, qon tomirlari) devorida uchraydi. Ko‘ndalang – targ‘il muskullar suyaklarga birikib turishi sababli skelet muskullari deb ham ataladi. Bu muskullar juda kuchli ish bajaradi. Ko‘ndalang – targ‘il muskullar qisqarishi va yozlishi natijasida hayvon tanasida organlar har xil harakat bajaradi. Masalan, boshda joylashgan muskullar yordamida oziq moddalar chaynaladi, nafas olganda ko‘krak qafasi kengayadi va hokazo.
Muskullar tizimi ko‘ndalang-targ‘il yoki skelet muskullaridan tashkil topgan bo‘lib, ular skeletga birikadi. Har bir muskul tutamining tolasi miofibrillalardan tuzilgan va ular ikkita qisqaruvchi oqsillardan – aktin va miozindan tashkil topgan. Hujayra darajasida muskulning qisqarishi aktin va miozin molekulalari o‘rtasida ko‘ndalang ko‘prik hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Muskul tolalarini qisqarishi nerv tolalari orqali kelayotgan impulslar vositasida.amalga oshiriladi. Muskul tolalariga keladigan bitta nerv tolasi harakatlantiruvchi nerv deyiladi. Aniq va nozik vazifani bajaruvchi bir nechta muskul tolalariga birdaniga bir qancha haprakatlantiruvchi nerv tolalaridan impuls keladi.
Muskul to‘qimasi doimiy ravishda taranglashgan holatda bo‘lib, bu muskul tonusi deb yuritiladi. Muskul tonusi hayvon xavotirli, qo‘rquv holatda bo‘lganda ortsa, dam olayotganda yoki uxlayotgan vaqtda susayadi. Barcha muskullarning qorinchasi hamda suyaklarga birikib turadigan uchlari bo‘ladi.
Skelet muskullari tashqi tomonda bitta yirik tolaga birikib o‘q hosil qiladi va bu muskullar tananing boshqa qismiga nisbatan harakatni amalga oshiradi. Bunga oyoq muskullari misol bo‘ladi. Ichki tomonda esa muskul tutami ikki uchiga birlashgan bo‘lib, bu muskullar oyoqning ma’lum belgilangan qismini harakatga keltiradi. Tananing har bir sohasida hayvonning norma funksiya ko‘rsatishi uchun ma’lum bir harakat tipini amalga oshiruvchi muskullar guruhi joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |