Hayvonlar morfologiyasi



Download 14,33 Mb.
bet16/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Oldingi oyoq bo‘g‘imlari
Kurak – elka bo‘g‘imi - articulatio humeralis s.brachialis oddiy ko‘p o‘qli bo‘g‘imlar tipiga kirib, ko‘krak va elka suyaklari qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu bo‘g‘im, asosan, bukish va yozish, qisman, uzatish va yig‘ish harakatlarini bajaradi. Uni birlashtiruvchi maxsus pay bo‘lmaydi. Bu bo‘g‘imda ham kapsula - capsula articularis bo‘ladi. Bo‘g‘imni birlashtirish uchun, asosan, elka kamarining muskullari xizmat qiladi.
Tirsak bo‘g‘imi - articulatio cubitalis hosil bo‘lishi uchun yuqoridan elka suyagi, pastdan esa tirsak va bilak suyaklari ishtirok etadi. Bu oddiy bir o‘qli bo‘g‘im hisoblanadi. Uni birlashtirishda ham bo‘g‘im kapsulasi -capsula articularis qatnashadi. Kapsula o‘z atrofidan o‘tadigan muskullar, kapsulaning devori esa qo‘shimcha pay tutamlari bilan ham birikadi. Bu qiyshiq pay - ligamentum obliqua deyiladi. Bu erda yana bir qancha paylar birlashadi.
YOn tomon payi - ligamentum collaterale laterale qisqa va kuchli bo‘ladi, u elka suyagining yon chuqurchasidan boshlanib, bilak suyagining yon bo‘rtigida tugaydi.
Oraliq pay - ligamentum collaterale mediale ichki yuzada joylashadi. U bir oz kuchsizroq bo‘ladi. Bu payning boshlanish va tamom bo‘lish joyi yon tomon payiniki bilan bir xil. Bundan tashqari, tirsak va bilak suyaklarini birlashtirishda ko‘ngdalang suyaklararo yon tomon va o‘rta paylar - ligamentum transversi radii et ulna hamda suyaklararo pay - ligamentum interossium ham qatnashadi. Bu paylar juda kuchli va sertola bo‘ladi.
Bilakuzuk bo‘g‘imi - articulatio carpi bir qancha qisqa suyaklardan tuzilgan. Bu bo‘g‘imning suyaklari uchta oddiy bo‘g‘imni: 1) yuqori qator tirsak, bilak va bilakuzuk suyaklarining bo‘g‘imi; 2) qatorlararo bo‘g‘im; 3) bilakuzuk va kaft suyaklarining qo‘shilgan bo‘g‘imlarini hosil qiladi. Bu bo‘g‘imlar orasida eng harakatchan yuqori qator, keyin o‘rta va eng harakatlisi uchinchi qatordir. Bu bo‘g‘im suyaklarini birlashtirishga ham bo‘g‘im kapsulasi - capsula articularis xizmat qiladi. U hamma suyaklarning ustini qoplab, uchta – yuqorigi, o‘rta va pastki bo‘shliq hosil qiladi.
YOn paylari, yon tomon va o‘rta kalta hamda uzun paylarga bo‘linadi. YOn tomon uzun payi - ligamentum collaterale laterale longum tirsak suyagidan boshlanib, IV kaft suyagida tugaydi. U uzun va kalta pay tutamlaridan iborat bo‘ladi. O‘rta uzun pay - ligamentum collaterale mediale longum yon tomon payidan kuchliroq, u bilak suyagidan boshlanib, II – IV kaft suyaklarida tugaydi. Qatorlararo yuqorigi pay - ligamentum cari metacarpi dorsale hamma hayvonlarda bo‘lib, bilakuzuk suyaklarini bir – biri bilan va uning atrofidagi suyakchalarni birlashtirish uchun xizmat qiladi.
Bilakuzuk suyagining uchta qo‘shimcha payi: yuqorigi bilak suyagiga birikuvchi o‘rta paylari va IV kaft suyagiga birikuvchi pastkipaylari bo‘ladi. Bundan tashqari, bilak suyagining orqa yuzasida ko‘ndalang pay - ligamentum carpi volare transversum bo‘lib, u orqa tomondan birikish uchun xizmat qiladi. Bilakuzuk suyaklarining har qaysisi bir – biri bilan suyaklararo pay - ligamentum carpi interossea orqali birikadi. Bilakuzuk suyagining volyar (orqa tomon) umumiy payi - ligamentum carpi volare communis juda kuchli fibroz kapsula hosil qiladi. Uning bir nechta tolasi bo‘g‘imga birikib, bilak yozilish vaqtida katta xizmat qiladi. Barmoq bo‘g‘imlari oldingi oyoqda ham, ketingi oyoqda ham bir – biriga o‘xshash bo‘ladi.
Kaft – barmoq bo‘g‘imi - articulatio metacarpi phalangea kaft suyaklarining pastki uchi bilan birinchi barmoq suyagining yuqorigi bo‘g‘im yuzasidan hosil bo‘lgan. Bu bo‘g‘imda ham bo‘g‘im kapsulasi - capsula articularis bo‘ladi. Bo‘g‘imni biriktiruvchi yon va o‘rta paylari - ligamentum collaterale laterale et mediale bo‘lib, ular bo‘g‘imni yon tomonlardan birlashtiradi. Bu bo‘g‘imning orqa tomonida kunjutsimon (sedanasimon) suyak borligi sababli uning birikishi uchun ham bir qancha paylar bo‘ladi: 1) kunjutsimon suyakdararo pay - ligamentum intersesamoideum har ikkala kunjutsimon suyakni bir – biriga birlashtiradi; 2) kunjutsimon suyaklarning yon paylari - ligamentum sesamoideum laterale ularni yon tomondan birlashtiradi; 3) kunjutsimon suyakning kesishgan (butsimon) payi - ligamentum sesamoideum cruciata uning pastroq qismida kesishgan holatda joylashadi; 4) kunjutsimon suyakning orqa tomondagi kalta payi - ligamentum sesamoideum volaris brevea uni birinchi barmoq suyagi bilan birlashtiradi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning bo‘g‘im kapsulasi orqa tomondan bir – biriga qo‘shilgan bo‘ladi. Otlarda qiyshiq pay - ligamentum sesamoideum obliquum kunjutsimon suyakdan qiyshiq holatda tushadi. Qiyshiq, paylarning o‘rtasida bitta to‘g‘ri pay - ligamentum sesamoideum rectum bo‘lib u I va II barmoq bo‘g‘imlarigacha etib keladi.
II barmoq yoki tos suyak bo‘g‘imi - articulatio phalanx sesunda birinchi barmoq suyagi boshchasi bilan ikkinchi barmoq suyagi asosidan hosil bo‘lgan. Bu bo‘g‘imda ham kapsula - capsula articularis va yon tomon hamda o‘rta paylar - ligamentum collaterale laterale et mediale bo‘ladi. Bulardan tashqari, kavsh qaytaruvchi hayvonlarda II barmoqning orqa yuzasi payi - ligamentum volare ham bo‘lib, u III va IV barmoqlarga boradi. Otlarda juft orqa yuzasi paylari bo‘ladi.
III barmoq bo‘g‘imi (tuyoqsimon suyak) - articulatio phalanx tertiae II barmoq bilan III barmoq suyaklaridan hosil bo‘ladi. Bu bo‘g‘imda ham kapsula - capsula articularis va yon tomon hamda o‘rta paylar - ligamentum collaterale laterale et mediale bor. III barmoq bo‘g‘imining orqa tomonida mokisimon suyak bo‘ladi. Bunda ham bo‘g‘im kapsulasi va yon paylari II barmoq suyagiga birikadi.
Tuyoqli hayvonlarda mokisimon suyak tuyoq bilan qoplangan. Otlarda mokisimon tuyoq payi - ligamentum phalanx sesamoideum bo‘g‘im kapsulasiga o‘xshash bo‘ladi. Ko‘p barmoqli hayvonlarda barmoqlararo pay III va IV barmoq oralig‘ida (kavsh qaytaruvchilar va cho‘chqalarda) bo‘ladi. CHo‘chqalar va kavsh qaytaruvchilarning III – IV barmoqlari oralig‘ida kesik kunjutsimon barmoq payi - ligamentum phalango sesomoideum cruciatum bo‘ladi. Tuyoqchalararo kesishgan pay - ligamentum interdigitali cruciatum III – IV barmoqlar oralig‘ida joylashadi. CHo‘chqalarning II – V yon barmoqlarida ham kesishgan pay bo‘ladi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning yuqorigi barmoqlararo payi - ligamentum interdigitale proximale birinchi barmoqning ustki yuzasida bo‘ladi.

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish