Hayvonlar morfologiyasi



Download 14,33 Mb.
bet18/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Son – boldir bo‘g‘imi - articulatio femoratibialis son suyagi bo‘g‘im o‘siqlarining boldir suyagiga qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu bo‘g‘imda yon va o‘rta menisk - meniscus lateralis et medialis yostiqcha shaklida bo‘g‘imlar orasida joylashib, son suyagi bo‘g‘imi o‘siqlarining toyib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Har qaysi o‘siq boldir suyagiga paylar orqali birikkan bo‘ladi. Tizza bo‘g‘imi bir o‘qli bo‘g‘imlarga kiradi. Bu bo‘g‘imda ham boshqa bo‘g‘imlarga o‘xshash, bo‘g‘im kapsulasi - capsula articularis ichki sinovial parda, ikkita: o‘ng va chap bo‘shliqlar hosil bo‘ladi. YOn tomon bo‘g‘im bo‘shlig‘i xaltacha bilan qo‘shiladi. Tizza bo‘g‘imi ichida kesishgan (butsimon) pay - lig.cruciatum bo‘lib, u son suyagini boldir suyaklari bilan bog‘laydi.
Bo‘g‘imning yon qismlaridagi paylar son suyagi chuqurchalaridan boshlanib, boldir suyaklarining yon o‘siqlarida tugaydi. Bular bo‘g‘imni n tomondan bog‘laydi.
Tizza qopqog‘i bo‘g‘imi - articulatio femorapatellaris son suyagi bilan tizza qopqog‘idan hosil bo‘lib, bunda ham bo‘g‘im kapsulasi - capsula articularis da bo‘shliq hosil bo‘ladi. Qopqoqni birlashtiruvchi yon tomon paylari - ligamentum collaterale laterale et mediale bo‘ladi. Bu paylar son suyagi chuqurchalaridan boshlanib, tizza qopqog‘ining yon chetlarida tugaydi va yon tomonlaridan bog‘lash uchun xizmat qiladi. Tizza qopqog‘ini uchta to‘g‘ri pay – yon tomon, o‘rta va ichki yuza paylari - ligamentum rectum patellare laterale, medium et mediale boldir suyagi bilan bog‘laydi. Bularning hammasi bir – biriga parallel holda joylashadi.
Tovon bo‘g‘imi - articulatio tarse murakkab bo‘lib, suyak tuzilishiga qarab, quyidagi bo‘g‘imlardan: 1) boldir – oshiq bo‘g‘imi - articulatio tali cruralis; 2) yuqorigi qatorning markaziy suyak bo‘g‘imi - articulatio inter tarsea proximalis; 3) markaziy suyakning pastki qator bo‘g‘imi - articulato inter tarsi distalis; 4) pastki qatorning kaft suyagi bo‘g‘imi - articulatio tarsi metatarsi dan iborat bo‘ladi. Bu bo‘g‘imlar, asosan, bukish va yozish harakatlarini bajaradi. Tovon bo‘g‘imida ham bo‘g‘im kapsulasi - capsula articularis bo‘lib, u 4 ta sinovial bo‘shliq hosil qiladi. Bo‘g‘imni yon tomondan birlashtirish uchun uzun pay - ligamentum tarsi longum laterale bo‘ladi. Bu pay boldir suyagidan boshlanib, III – IV – V tovon suyaklarining ustigacha boradi. Tovon bo‘g‘imining yon tomondan kalta payi - ligamentum collaterale tarsi breve laterali boldir suyagining pastki qismidan boshlanadi va bir qancha kalta tolachalarga aylanib, oshiq hamda tovon suyaklariga birlashadi. Tovon bo‘g‘imning yon tomon uzun payi - ligamentum collaterale tarsi mediale ichki yuzada joylashib, boldir suyagidan boshlanadi va II (III) tovon suyaklarida tugaydi. Tovonning yon tomondagi kalta payi - ligamentum collaterale tarsi breve medialis yuqoridagi payning yonida bo‘lib, kalta tolalar bilan oshiq va tovon suyaklarida tugaydi. Tovon bo‘g‘imining orqa tomon payi - ligamentum tarsi plantari bo‘g‘imni orqa yuzasidan birlashtiradi. Bu pay katta boldir suyagiga qo‘shilmaydi, tovon suyagidan boshlanib, III – IV kaft suyaklarida tugaydi. Tovonning yuqori tomon payi - ligamentum tarsi dorsale – oshiq suyagidan boshlanib, III – tovon va II kaft suyaklarida tugaydi. Tovon suyaklarini bir – biriga birlashtirish uchun suyaklararo va qatorlararo paylar - ligamentum interosseae ham xizmat qiladi. YUqori tomon tovon payi cho‘chqalarda kuchsiz bo‘ladi, kavsh qaytaruvchilarda esa butunlay bo‘lmaydi. Otlarda bo‘g‘imning harakati vintsimon bo‘ladi.



Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish