Hayvonlar morfologiyasi



Download 14,33 Mb.
bet17/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Orqa oyoq bo‘g‘imlari
Orqa oyoqda tos suyagi dumg‘aza suyagi bilan qo‘shilib, bo‘g‘im hosil qiladi. YOnbosh – dumg‘aza bo‘g‘imi – articulatio sacroiliaca suyaklarining qanoti bir – biri bilan birlashib, kam harakat bo‘g‘im hosil qiladi, lekin bularda ham bo‘g‘im kapsulasi - capsula articularis bo‘ladi. Bu bo‘g‘imning pastki yuzasini dumg‘aza yon suyagining pastki payi - ligamentum sacroiliacum ventrale birlashtiradi. YUqorigi yuzasida dumg‘aza yon suyagining kalta va uzun paylari - ligamentum sacroiliacum dorsale et brevae bo‘lib, ular yon suyakni dumg‘aza suyagining elka o‘simtasi bilan bog‘laydi. Bulardan tashqari, dumg‘aza suyagini tos suyagining o‘qi va quymich suyaklari bilan bog‘lovchi pay bo‘lib, u tos suyagining eng keng payi - ligamentum sacrospinosum et tuberosum s.ligamentum latum hisoblanadi. Bu keng payda ikkita teshik bo‘lib, ulardan qon va nerv tomirlari o‘tadi.
Tos – son bo‘g‘imi - articulatio coxafemoralis oddiy ko‘p o‘qli bo‘g‘imlar tipiga kiradi, bu bo‘g‘im tos suyagining chuqurchasi bilan son suyagining boshi birikishi natijasida hosil bo‘ladi. Son suyagining boshi yaxshi joylashishi uchun tos suyagi chuqurchasining cheti tog‘ay bilan to‘lgan bo‘ladi, bunga lab - labium glenoidale deyiladi. CHuqurcha kesigining ustidan ko‘ndalang pay - ligamentum transversum acetabuli o‘tadi. Bu bo‘g‘imning ustini ham kapsula - capsula articularis o‘rab oladi. Son suyagining boshini chuqurcha bilan birlashtiradigan yumaloq pay - ligamentum teres femoris bor.
Tos – son bo‘g‘imining asosiy vazifasi bukish – yozish va ma’lum darajada aylantirish - circumductio harakatlarini hosil qilishdan iborat. Bu bo‘g‘imning tuzilishi hamma hayvonlarda bir xil lekin otlarda yana bitta qo‘shimcha pay - ligamentum accessorium bo‘ladi, bu pay qov suyagidan son suyagining boshi tomon o‘tib birlashadi.
Tizza bo‘g‘imi - articulatio genus murakkab bo‘g‘im bo‘lib, u yuqoridan son, pastdan boldir suyaklari va tizza qopqog‘i qo‘shilishidan son – boldir va son tizza bo‘g‘imlari - articulatio femoropatillaris bo‘ladi.

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish