Ayirish sistemasi. Ko'pchilik hayvonlarda organizmdan modda almashinuv mahsulotlarini chiqarish va tanadagi osmotik bosimni bir xil darajada tutib turish vazifasini bajaradigan ayirish organlari rivojlangan. Ayirish organlari juda xilma-xil bo'ladi. Bir hujayrali hayvonlarning ayirish organi bitta yoki ikkita qisqaruvchi vakuoldan iborat. Dengizda yashovchi va parazit bir hujayralilarda qisqaruvchi vakuol bo'lmaydi. Yassi va tugarak chuvalchanglarning ayirish sistemasi umumiy ayirish nayiga ochiladigan juda ko'p naychalar va ular bilan tutashgan hujayralar sistemasidan iborat. Tana bo'shlig'i va qon aylanish sistemasining rivojlanishi bilan ayirish sistemasi ham murakkablashib bordi. Halqali chuvalchanglarning ayirish organlari bir uchi tana bo'shlig'iga, ikkinchi uchi esa teri ustiga ochiladigan juft organlardan iborat. Ko'pchilik bo'g'imoyoqlilar ayirish sistemasining tuzilishi va funksiyasi ham halqali chuvalchanglarniki-
ga o'xshab ketadi. Hasharotlarning ayirish organlari esa ichak bo'shlig'i bilan bog'langan. Umurtqali hayvonlarning ayirish sistemasi qon aylanish sistemasi bilan bog'langan murakkab bo'yraklardan iborat.
Harakatlanishi.Ko'pchilik hayvonlarda maxsus harakatlanish organlari rivojlangan. Bir hujayralilarda bu vazifani sitoplazma о'simtalardan hosil bo'lgan xivchinlar yoki kipriklar bajaradi. Tuban ko'p hujayralilarda maxsus harakat organlari bo'lmaydi. Ular tanasini bukilib yozilishi yoki qisqarib cho'zilishi orqali harakat qiladi. Ko'p hujayralilarda maxsus harakatlanish organlari dastlab halqali chuvalchanglarda paydo bo'lib, birmuncha sodda tuzilgan ko'p sonli ikki shoxli juft tana o'simtalaridan iborat. Evolyutsion taraqqiyot jarayonida harakatlanish organlari ham takomillasha borib, maxsus tayanchharakat sistemasi hosil bo'ladi. Hayvonlarning quraqlikda yashashga о'tishi bilan yangi tipdagi tayanchharakatlanish sistemasi paydo bo'ladi. Endi bu sistema harakatlanish bilan birga tanani yer ustida ko'tarib turuvchi tayanch organ vazifasini ham bajaradi.
Hayvonlarning harakatlanishi maxsus qisqarish xususiyatiga ega bo'lgan muskul to'qimasining bo'lishi bilan bog'liq. Bir hujayralilarning xivchinlari yoki kipriklari qisqaravchi muskul tolalari bilan bog'langan. Tuban ko'p hujayrali hayvonlarda maxsus muskul hujayralari rivojlangan bo 'lib, ular bo 'shliqichlilarning endodermasida, tugarak va halqali chuvalchanglarning epiteliysi ostida bir yoki ikki qavat bo'lib joylashadi. Hayvonlarning quraqlikda yashashga о'tishi bilan tayanch harakat sistemasining ahamiyati yanada oshadi; harakat organlarining tuzilishi murakkablashib, muskullar shu organlar atroflga to'planadi. Natijada muskullarning qisqarish kuchi oshadi. Harakat organlarining takomillashuvi bilan birga tayanch organlari ham taraqqiy etadi. Umurtqasizlarda qattiq xitin qoplag'ich tashqi tayanch skelet vazifasini o'taydi. Umurtqali hayvonlarda esa bu funksiyani suyak to'qimasi bajaradi.