Hayvonlar hujayrasi va to'qimalari


HAYVONLAR HAYOTINING ASOSIY XUSUSIYATLARI



Download 1,72 Mb.
bet4/9
Sana25.02.2022
Hajmi1,72 Mb.
#464926
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
YUSUPOVA M

HAYVONLAR HAYOTINING ASOSIY XUSUSIYATLARI

Hayvonlar zamburug'lar va ko'pchilik bakteriyalar singari geterotrof organizmlar bo'lib, tayyor organic moddalar hisobiga oziqlanadi. Ko'pchi Uy hayvonlar faol hayot kechiradi; bir joydan ikkinchi joyga ko'chib yura oladi va har xil harakatlar qiladi. Ular tanasida moddalar almashinuvi ham faol kechadi. Shuning uchun evolyutsiya jarayonida hayvonlar organizmida turli organlar sistemasi hosil bo'lgan. Ko'p hujayrali yuksak tuzilgan hayvonlar­da ovqat hazm qilish, ayirish, nafas olish, qon aylanish, tayanch-harakat, jinsiy va nerv sestemalari rivojlangan. Hayvonlar bilan boshqa tirik mavjudotlar o'rtasidagi tafovutlar ancha murakkab tuzilgan formalar o'rtasida ко'proq yuzaga chiqadi. Sodda tuzilgan organizmlar о 'rtasida esa yuqorida ko'rsatib o'tilgan tafovutlar yaqqol ko'zga tashlanmaydi. Xususan, bir hujayrali hayvonlar (xivchinlilar) orasida o'simlikka o'xshash fotosintez qiluvchi bir qancha avtotrof turlari ham bor. Xuddi shuningdek, bir hujayrali o'simliklar (yashil suv o'tlari) orasida ham faol harakat qiladigan turlari bo'ladi.


Moddalar almashinuvi. Oziqlanish orqali organizmga Oziq moddalar, suv va kislorod o'tadi. Bu moddalardan assimilyatsiya natijasida hayvon­lar hayoti uchun zarur bo'lgan yangi moddalar hosil bo'ladi. Dissimilyatsiya jarayonida hayvonlar tanasidagi organik moddalar (yog'lar. uglevodlar) parchalanib, energiya ajralib chiqadi va organizm uchun keraksiz moddalar (karbonat angidrid gazi, azotli mahsulotlar) hosil bo'ladi. Oziq moddalar, suv va kislorod tananing turli qismlariga yetkazib beriladi, parchalanish mahsulotlari esa tanadan chiqarib tashlanadi. Ko'pchilik tir­ik organizmlarda assimilyatsiya va dissimilyatsiya mahsulotlari suvda erigan holda hujayra qobig'i orqali organizmga o'tadi va chiqarib tashlana­di. Moddalarning organizm orqali bunday harakatlanishi diffuziya deyiladi. Bir hujayrali va tuban ko'p hujayrali hayvonlar tanasida boradigan modda almashinuv jarayonlarida diffuziya asosiy о'rin tutadi.
Hayvonlar tanasining yiriklashuvi va tuzilishining murakkablashuvi bilan organizmda moddalarni tashish funksiyasini bajaruvchi maxsus organlar paydo bo'ladi. Bo'shliqichlilarda bu vazifani tana bo'shlig'i, yassi chuvalchanglarda esa shoxlangan ichaklar, tugarak va halqali chuvalchanglar hamda bo'g'imoyoqlilarda tana suyuqligi bajaradi, Yuksak tuzilgan hayvonlar hayotida moddalar almashinuvi va qon aylanish sistemasi asosiy o'rin tutadi.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish