Suyaklar shakliga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi:
- uzun naysimon suyaklar – oyoqlar suyaklari uchun xos bo‘lib, ularga son suyagi, elka suyagi, shuningdek, kaft va tovon suyaklari kiradi va ilik bo‘shlig‘i mavjud (3.2. rasm).
- yassi suyaklar – ularning tashqi qavati kompakt moddadan, ichki qatlami esa g‘ovak moddadan tashkil topgan, suyak iligi bo‘shlig‘i bo‘lmaydi (masalan, kalla skeletining yassi suyaklari, kurak suyagi va qovurg‘alar).
- kalta suyaklar – tashqi kompakt qavatida g‘ovak o‘zaklari bor va ilik bo‘shlig‘i bo‘lmaydi (masalan, barmoq va tovon usti suyaklari).
- notekis suyaklar – kalta suyaklar tuzilishiga o‘xshash, ammo biroz notekis shaklga ega, ular toq va o‘rta chiziqda joylashadi (masalan, umurtqalar).
Ayrim suyaklar maxsus tipga ega bo‘ladi:
- kunjutsimon suyak – kunjut urug‘i shakliga ega bo‘lib, paylarda joylashadi, pay ostida burchak hosil qiladi va suyaklarning emirilishini kamaytiradi hamda muskullarning ishiga yordam beradi (masalan, tizza bo‘g‘imida joylashgan tizza qopqog‘i suyagi) (3.1. rasm).
- pnevmatik suyaklar – ularning ichki bo‘shlig‘i havo bilan to‘lgan bo‘lib, suyak vaznini engillashishini ta’minlaydi (masalan, yuqorigi jag‘ va peshona suyaklari).
- ichki suyaklar – yumshoq organlarda shakllanadi va skeletdan tashqarida bo‘ladi (it va mushuklar jinsiy a’zosidagi suyak).
5. Suyak diafizi va epifizi o‘rtasida tor tog‘ay liniyasi saqlanib qolgan bo‘lib, u hayvon suyagining bo‘yiga o‘sishini ta’minlaydi. Hayvonlarning yoshi kattalashgan sari ushbu tog‘ay to‘qimalari suyak to‘qimasi bilan almashinib boradi va butunlay yo‘qolib ketadi. Epifizar tog‘ay to‘liq suyaklashgandan so‘ng suyak o‘sishdan to‘xtaydi.4
Suyaklarning ichki tuzilishi. Suyak kesib qaralganda unda qattiq va g‘ovak moddalar ko‘rinadi. Qattiq, ya’ni kompakt modda - sutstantia ossea compacto suyakning tashqi yuzasida, suyak pardasining ostida joylashgan. Bu modda uzun naysimon suyaklarda yaxshi rivojlangan. Qattiq modda yassi suyaklarda ikkita – tashqi va ichki plastinka hosil qiladi, ular xovonlar yordamida bir – biri bilan birikkan bo‘ladi.
G‘ovak modda - substantia ossa spongiosa – naysimon suyaklarning uchida, qisqa suyaklarning ichki qismida uchraydi. YAssi suyaklarda g‘ovak modda kam bo‘ladi yoki butunlay bo‘lmaydi. Suyak bo‘shlig‘idagi g‘ovak moddalardabir nechta xovon bo‘ladi. Bular amortizatsiya vazifasini bajaradi va yuk bosimi tomonga qarab joylashadi.
Katta yoshli hayvonlarda naysimon uzun suyaklardagi bo‘shliqlar sariq ilik – medulla ossium flava bilan to‘lgan bo‘lib, ular zapas oziq modda hisoblanadi. Uzun va kalta suyaklarning g‘ovak moddasida qizil ilik - medulla ossium rubra bo‘ladi, u qon hosil bo‘lishida ishtirok etadi. O‘sayotgan yosh organizm suyaklarida faqat qizil ilik bo‘ladi.
Har bir suyak qon tomirlari bilan ta’minlangan, suyak pardasidagi folkman kanalchalari orqali kapillyarlar suyak ichiga tarqaladi. Bundan tashqari, suyak ichiga yirik arteriya qon tomiri kirib, ilikni oziq moddalar bilan ta’minlaydi. Venoz qon bir qancha mayda vena tomirlari orqali suyak to‘qimasi va ilikdan chiqib ketadi. Suyak to‘qimasiga nervlar suyak pardasi orqali o‘tadi.
Suyakning ximiyaviy tarkibi. YAngi suyakda 50 % gacha suv, 15 % gacha yog‘, 12 % gacha organik modda – ossein va 21 % gacha mineral moddalar bo‘ladi. Organik moddalar suyakka qayishqoqlik, cho‘ziluvchanlik, mineral moddalar esa qattiqlik beradi. Buni bilish uchun bir bo‘lak suyakni biror kislotaga solsak, tarkibidagi tuzlar erib, suyak egiluvchan bo‘lib, agar kuydirsak, ossein kuyib, suyak mo‘rt bo‘lib qoladi. Suyakning tarkibida bir qancha mineral tuzlar: kalsiy fosfat (85 % gacha), kalsiy karbonat (9% gacha), kalsiy ftorid (3 % gacha), magniy fosfat (1,7 % gacha), xlor tuzlari (0,2 % gacha) va temir tuzlari (0,6 % gacha) bo‘ladi.
Suyakning ximiyaviy tarkibi hayvonlarning yoshiga qarab o‘zgarib boradi. Qari hayvonlar suyagida organik moddalar kamayib, anorganik moddalar ko‘payadi. Natijada suyakning tarkibi o‘zgarib, mo‘rt bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |