3-Savol. Skeletning rivojlanishi. Embrionning dastlabki davrida skelet tayanch elementi sifatida biriktiruvchi to‘qima pardasiga o‘ralgan xorda - chorda dorsalis dan iborat bo‘ladi. Xorda embrionning ektoderma qavatidan hosil bo‘lib, metamerlarga (bo‘g‘imlarga) bo‘linmaydi, u orqa miyaning pastki tomonida joylashadi. Embron rivojlanib borishi natijasida xordaning biriktiruvchi to‘qimasi o‘rnida tog‘ay umurtqalar, keyinchalik suyak umurtqalar hosil bo‘ladi. Embrionning mezoderma qavati ikki bo‘limga: yuqorigi – segmentlarga bo‘lingan somitlarga bo‘linadi.
Somitlar xorda va orqa miya nayining yon tomonida, yon plastinka esa ichak nayining atrofida joylashgan. Somitlarning o‘rta qismi – miotomlar barcha suyak muskullarini, somitning yon bo‘limi – dermatomlar asosiy terini hosil qiladi. Bularning har ikkalasi ham tananing yon qismiga qarab o‘sib boradi. Somitlarning ichki (oraliq) qismi – sklerotomlardan suyakning barcha elementlari hosil bo‘ladi.
Sklerotom elementlari xorda va miya nayiga o‘sib kirib, o‘q skeletning markaziy qismini, bo‘lajak umurtqa pog‘onasini hosil qiladi. Bu davr pardalik bosqichi bo‘lib, undan keyingi bosqichda u tog‘ay bilan almashinadi va segmentlarga bo‘linadi. Xorda atrofida tog‘ay halqalar paydo bo‘ladi, ulardan juft o‘simta o‘sib chiqib, umurtqa yoyini va elka umurtqalarini hosil qiladi. Umurtqaning qolgan o‘simtalari umurtqa yoyidan paydo bo‘ladi.
Tog‘ay to‘qimalar ko‘krak bo‘limida tananing segment to‘sqichlarini (mioseptalarni) va qovurg‘alarning boshlang‘ich tog‘aylarini, qolgan umurtqalarda esa ko‘ndalang o‘simtalarni hosil qiladi.
Bo‘yin umurtqasining o‘simtalari umurtqa tanasi bilan qo‘shilib, ko‘ndalang – oraliq kanal hosil qiladi. Birinchi tog‘ay qovurg‘aning pastki qismi bir – biri bilan qo‘shilib, ko‘krak valigini, keyingisi esa pastga tushib, to‘sh suyagining tog‘ayini hosil qiladi.
Skelet rivojlanishining oxirgi davrida tog‘ay to‘qimalar suyak to‘qimalarga aylanadi. Suyak birdaniga paydo bo‘lmay, aniq nuqtalardan boshlanib, keyin to‘liq suyak hosil bo‘ladi. Masalan, umurtqa 3 nuqtadan suyaklasha boshlaydi. Toq nuqtalaridan juft umurtqa yoylari va elka o‘simtalari hosil bo‘ladi.
Umurtqaning suyak tanasi hosil bo‘lishi bilan xorda yo‘qola boshlaydi. Undan har qaysi umurtqaning orasida pulpuz yadro (mag‘iz) qoladi va ressorlik vazifasini bajaradi. Umurtqa suyaklari ikkilamchi segment hisoblanadi. Birlamchi segmentdan umurtqalararo disk qoladi. Qovurg‘alar esa birlamchi segment hisoblanadi. Qovurg‘alarning pastki qismi tog‘ay holatida bo‘ladi. To‘sh suyagining o‘rta qismi keyinchalik suyaklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |