Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (III- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (III- qism) 
Alisher Navoiy 

http://ziyonet.uz/ 
shubhasiz, yaxshi, lekin ikkinchisi ham yomon emas. Kishi yolgʻonni gapirsa ham kam 
gapirsa! Qani endi shunday odam bizning zamonda ham topilsa. 
Biz shunday qiziq zamon odamlariga mubtalo boʻlganmizki, ularning oldida 
rostgoʻylikdan yomon narsayoʻq. Ulardan toʻgʻrilikni qidirgan kishi qoshlaridagi nomi-
«Chin», o zi nochin jingalak moʻyni topadi, xolos. «Chin» kofirlar mamlakati boʻlsa 
ham, nomi «Chin», ya’ni «toʻgʻri» boigani uchun, qara, hatto jannatning oʻzi ham unga 
rashk qiladi. 
Lekin odamlarga Xudoning oʻzi ato qilgan bu toʻgʻrilik, qara, ularning oldida xato boʻlib 
koʻrinadi. Soʻzlashda xato gapirishga oʻrgangan odam notoʻgʻri fikrni toʻgʻri deb gumon 
qiladi. Kimki bu davrda toʻgʻri gapirishga odatlangan boʻlsa, u kambagʻallik, 
yetishmovchilikdan boshqa narsani bilmaydi. Bu davr istagi egrilik boʻlgani uchun, sen 
haqiqatni talab qilsang, unga yoqmaysan. 
Bu aylanuvchi osmonning hech toʻgʻri ishi yoʻq; uning pargori chizgan chiziqning ham 
bironta toʻgʻrisi yoʻq. Kimki toʻgʻrilikni oʻziga kasb qilib olgan boʻlsa, davrning 
aylanishi unga doim dushmanlik qiladi. Qalam toʻgʻrilikka yoʻl koʻrsatgani uchun doim 
uning boshi kesilib, pastga boʻlib turadi, «Alif» ham toʻgʻrilik alomati boʻlgani uchun, 
«balo» (soʻzi) uni, qara, oʻzining orqasiga olibdi . Shoh chaylasining arqoni ham toʻgʻri 
tortilgani uchun, qarav boshdan-oyogʻigacha eshilgan: chirmash. 
Uchar yulduz toʻgʻri uchgani uchun boshdan-oyogʻi tamom oʻt boʻlib yondi. Ilonning 
tana tuzilishi egri-bugri boʻlgani sababli xazina ustida yotsa ham ogʻzida zahar. Yangi oy 
egriligidan charx qadami turgan joydan koʻrinadi. Salla ham chirmash oʻralgani uchun 
boshning ustiga chiqishi loyiq topildi. 
Yoʻq-yoʻq, bu yozganlarimcha emas, balki bu gaplarimning hammasi qalamning xatosi. 
Yegrilikning ham, toʻgʻrilikning ham oʻz haqiqiy ta’rifi bor; yolgʻon egrilikdan, toʻgʻrilik 
haqiqatdan iboratdir. Sham’ oʻz toʻgʻriligi bilan xursand; boshdan-oyoq kuysa ham, u 
nurga aylanadi. Yashin egrilikni odat qilgan boʻlib, hammayoqni yoritsa-da, yerning 
ostiga kiradi. Bogʻbon oʻz yeriga reja tortmas ekan, bogʻning koʻrinishi changalzorga 
oʻxshab qoladi. Dehqon agar mola bosmasdan urugʻ sochsa, qancha bir xil sochmasin, 
ekini, baribir, suvni tekis ichmaydi. Oynaning yuzi qancha tekis boʻlsa, oy yuzlining yuzi 
ham shuncha toʻgʻri koʻrinadi. Temir qalpoqning yuzi qancha sayqallangan boʻlmasin, 
yuzning aylanasi unda choʻzilgan xolda aks etadi. Jim turgan suvda quyosh aks etadi: 
chayqalgan suvda esa egri koʻrinadi. Xato bilan yolgʻon gapirish hisobga kirmaydi; 
chunki uning yolgʻonligi bilingach, undan qochiladi. 
Bir kishining soʻzlari boshidan-oxirigacha toʻgʻri boʻlishi mumkin. Aksincha, boʻyalgan, 
yovuz boʻlishi ham. Ularning birinchisi ham, keyingi boʻyab gapiradigani, yovuz ham 
oʻz ixtiyoridan tashqari xolda shundaydirlar. Ularning peshonalariga shunday yoziigan 
boʻlsa, ular nima ham qila oladi?! Alloh bir kishini habibim desa, xalq ham uni «sodiq 
xabarchi» deb atay boshlaydi. Chunki uning barcha soʻzlari toʻgʻri boʻlib, roʻpara kelgan 
borki uni «saddaq» deydi. U: «Qaysi habib?» desang, osmon oyogʻi ostida xok boʻlib, 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish