Hayrat ul-Abror (I- qism)
Alisher Navoiy
1
http://ziyonet.uz/
Hayrat ul-Abror (I- qism)
Alisher Navoiy
Buyuk She’riy Xazina
Alisher Navoiy Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy «Xamsa»lariga
bir butun, yaxlit
asar sifatida qaradi, oʻzbek tilida turli mavzularda mustaqil dostonlar emas, balki bir-
birini gʻoyaviy-badiiy jihatdan ma’lum darajada toʻldiradigan, yaxlit bir asar deb
hisoblanishi va «Xamsa» deb atalishi shart boʻlgan dostonlar majmuasini yaratishni oʻz
oldiga maqsad qilib qoʻydi. Bunga qadar Navoiy oʻz lirik she’rlari bilan tanilgan —
«Badoye’ul-bidoya» va «Navodirun-nihoya» devonlarining muallifi sifatida mashhur edi.
Navoiy 42 yoshida «Xamsa»ning birinchi dostoni — «Hayratul-abror»ni
yozishga
kirishdi va shu yiliyoq uni tugallab, «Farhod va Shirin» dostonini boshladi. 1484 yilning
boshlarida «Farhod va Shirin», shu yilning fevral'-mart oylarida «Layli va Majnun»,
bahor va yoz oylarida «Sab’ai sayyor», 1485 yilning oʻrtalarida «Saddi Iskandariy»
dostonlari qoʻldan chiqdi. Ya’ni «Xamsa» dostonlari ustida Navoiy hammasi boʻlib ikki
yil mashaqqat chekdi.
Navoiy «Xamsa»sining yaratilishi oʻzbek adabiyoti va madaniyati tarihidagi eng katta
voqealardan biri boʻldi. Navoiyga qadar hech kim oʻzbek
tilida bunday ulkan asar
yozishga jur’at eta olmagan edi. Navoiy «Xamsa»sining muhim bir xususiyati shundaki,
undagi dostonlarni mustaqil asarlar sifatida oʻqish, qabul qilish ham mumkin, bir
butunlikda tushunish ham. Bu dostonlarning oʻzaro
bir-biriga yaqinligi, yaxlitligi, bir-
birini toʻldirishi ularning eng ilgʻor gumanistik xalqparvarlik konsepsiyasi asosida
yaratilgani, bu konsepsiyaning dostondan dostonga chuqurlashib borishidadir. Masalan,
Navoiy dostonlarida yuzlab qahramonlarning taqdiriga duch kelamiz. Ular rang-barang
syujetlar asosida yoritilgan.
Bir syujet ikkinchi syujetga, bir qahramon taqdiri
ikkinchisinikiga oʻxshamaydi. Lekin ularning hammasida «Xamsa»ning boshidan
oxirigacha insonni uluglash,
uning dardlariga achinish, xalq baxt-saodati uchun kurashish
gʻoyasi yetakchilik qiladi.
«Xamsa»ning birinchi dostoni «Hayratul-abror» falsafiy-didaktik xarakterga ega boʻlib,
bu janr Navoiyga qadar toʻrt-besh yuz yillik, balki undan ham ortiq tarixga ega edi. Lekin
Navoiy Nizomiy,
Xusrav Dehlaviy izidan borib, oʻz asarida shunday muhim ijtimoiy-
siyosiy, falsafiy-axloqiy masalalarni qoʻydiki, bu janrga yangidan jon kiritdi. Chunonchi,
u oʻz davridagi
feodal zulmni, talonchilikni, jaholatni fosh etib,
bunday
yaramasliklarning boshida turgan shohga qarata quyidagi satrlarni bitgan edi:
Eyki, qaviy ayladi davlat qoʻlung,
Zulm sori tushti va lekin yoʻlung.
Zulmung emas erdi xaloyiqqa kam,