Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (I- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 

http://ziyonet.uz/ 
deb yozar ekan, bu haqiqiy xalq tili, sof adabiy tilimizning iamunasidir. Navoiy «Xamsa» 
dostonlarini oʻz ona tilida yozish bilan oʻzbek adabiy tilini toʻla shakllantirdi, eng 
rivojlangan tillar darajasiga olib chiqdi, uning boyligi va rang-barangligini namoyish 
qildi. 
«Hayratul-abror» programma xarakterdagi asar boʻlib, undagi gʻoyalar keyingi 
dostonlarda noyob syujetlar, xilma-xil qahramonlarning yorqin obrazlari, ajoyib 
hikoyalar va original badiiy san’atlar orqali yanada rivojlantirildi hamda 
chuqurlashtirildi. «Xamsa» Navoiy ijodining choʻqqisi boʻlib, keyingi oʻzbek va boshqa 
turkiy xalqlar adabiyotlari taraqqiyotiga kuchli ta’sir koʻrsatdi. XV asrdan keyingi 
ozarbayjon, turkman, tatar, uygʻur, turk, qoraqalpoq va boshqa xalqlar she’riyatini 
Navoiy va uning «Xamsa»si ta’sirisiz tasavvur etish qiyin. Shu bilan birga «Xamsa» 
dostonlari va ulardan namunalar rus, ukrain, ozarbayjon, uygʻur, tojik, belorus, venger, 
nemis va boshqa tillarga tarjima qilingan. Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda «Xamsa» 
dostonlarini nasriylashtirib, originalga nisbatan soddalashtirilib nashr etishga ham 
ahamiyat berilmoqda. Bunday ishlar oʻtmishda Umar Boqiy, Mahzun kabi adiblar 
tomonidan ham kilingan. 
Bizning davrimizda Navoiy «Xamsa»sini oʻrganish boʻyicha ham talay ishlar qilingan. 
Bunga Olim Sharafiddinov, Oybsk, Sadriddin Ayniy, Hamid Olimjon, Ye. E. Bertel's, V. 
Zohidov, L. Qayumov, P. Shamsiyev, Gʻ. Karimov, S. Mutallibov, A. Rustamov, S. 
Erkinov, N. Mallayev, A. Abdugʻafurov, S. Narzullayeva, B. Valixoʻjayev, T. Ahmedov 
kabi navoiyshunos olimlarimiz va adiblarimiz oʻz ulushlarini qoʻshdilar. Biroq 
«Xamsa»ni oʻrgʻanish, tadqiq etish ishlariga soʻnggi nuqtani qoʻyish mumkin emas. 
Chunki bu xil asarlar haqida har bir yangi avlod soʻzini aytadi va oʻz bahosini beradi. 
Demak, Navoiy «Xamsa»si boʻyicha ilmiy tekshirish, izlanish olib borish, faollik bilan 
muhokama-mulohaza yuritish, musohaba va munozaralar uyushtirish bundan buyon ham 
hamisha davom etadi. Navoiy oʻz «Xamsa»si bilan oʻzbek adabiyotini, jahon adabiyoti 
yuksakligiga koʻtardi va oʻzi ham ulugʻ dostonnavislardan Gomer, Dante, Firdavsiy, 
Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Jomiy qatoridan oʻrin oldi. 
A. HAYITMYeTOV, 
filologiya fanlari doktori, professor 
Hayratul-Abror (Nazm) 

Bismillohir-rahmonir rahim,
Rishtagʻa chekti necha durri yatim.



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish