Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (III- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (III- qism) 
Alisher Navoiy 

http://ziyonet.uz/ 
toshni qizdira olmaydi-ku! Oʻzini kishi koʻziga gʻamgin koʻrsatib, motami boʻlmasa ham 
yoqasini yirtar ekan, bunday odamning tashi xiylakorligi orqasida malakka oʻxshaydi; 
ichi esa iblis bilan birlashgan, zohiri sadoqat bilan bezangan, ichi esa fisq-fasod bilan 
bulgʻangan! 
Unday odam yoridan oʻz xohishining ushalishini talab qiladi: gap-soʻzidan esa 
auabsizxgi bilinib turadi. Goh yonning la’l labidan jon tama’ etadi, bitta jon emas, imkoni 
bor hamma narsani soʻraydi. Goh u yorning gul hidli badanini, taninigina emas, 
tanasining har bir a’zosini vasf qiladi. Jimjimador xatlari xazil kitobiga oʻxshaydi: uning 
mazmuni faxsh, yolgʻon va firibdan iborat. Koʻzboʻyamachining shishasidek usti sofu 
lekin zimniga yuz xil makru xiyla, yolgʻon joylashgan. Shu ham oshiq hisoblanadigan 
boʻlsa, uni oʻldirish, boshdan-oyoq vujudini kuydirish kerak. 
Haqiqiy oshiq deb sen shuni bilki, u dard bilan yashaydi; uning tili ham, dili ham, koʻzi 
ham pok boʻladi. Ishq uni oʻz «men»idan pok qilib, hatto fano oʻtiga xashak qilgan 
boʻladi. Yuzini sariq qilib, dardini yashiradi; koʻzini ariq qilib yosh oqizadi. 
Uning kasalmand, ozgʻin tani qilga oʻxshaydi; bu qildagi har tuguni uning boʻgʻinlaridir. 
U orqasida ishqning yuz gʻamdan toʻplangan yukini orqalagan; har bir tugunda bitta 
gʻamning oyogʻi boylangan. Dard yukidan uning qaddi xam boʻlgan, «dard» so zidagi 
«dol» harfi qaddining xuddi oʻzi. Badani osmonning badaniga oʻxshash butun dogʻ; har 
dogʻ uning qora tundagi azobidan nishonadir. Koʻksining yorigʻidan chiqib turgan oʻt 
shorn balosiga sahar boʻlishidan nishon beradi. Koʻylagida parcha-parcha dogʻlarning 
oʻrni; bebaxt chakmonining tevarak-atrofi yamoq. Koʻnglidan boshqa odamning xayolini 
butunlay chiqarib yuborgan; koʻnglini sevgilisining xayollari bilangina toʻldirgan. 
Ma’noli gaplarga oʻrgangan tili har qanday soʻzni ayta bermaydi; uning koʻnglida 
jononining gʻamidan boshqa gʻam yoʻq. Yor yuzini koʻrib, koʻzida hayrat; yor qarashi 
uning koʻnglini oʻrtagan. Koʻnglida yor gʻamini chekib, uning rashki tufayli har tomonga 
koʻz yoshlari qon boʻlib sochiladi. U qaysi tomonga nazar solmasin, unga yorining goʻzal 
jamoli jilva qiladi. Hatto oʻzini ham butunlay unutadi; qayoqqa koʻz tashlamasin, koʻziga 
faqat yori koʻrinadi. 
Kimki shunday ishqning qoʻlida magʻlub boʻlsa, bundan boshiga nima tushsa ham uni 
yaxshi deydi. Ishq kimning koʻnglidan shunday oʻrin olgan boʻlsa, uni oʻzligidan ham 
forigʻ etib, mast qiladi. Bunday kishiga xos yer zohidlar uyi emas; uning koʻngli ishq 
oʻtidan xalos boimagani ma’qul. Sogʻlom fikrli kishilar unikiga yigʻilib, uni qiynab, 
malomat qilishsa, jannatni va’da qilib ovutishsa, koʻnglini esa ishq oʻtidan sovutishsa, 
(ishq yoʻlidan) aynib, yana u toat-ibodatga berilsa, shu toat bilan qanoat qilsa; ishq 
balosidan orttirgan yaralarini tuzatsa, mashaqqat oʻqlaridan paydo boʻlgan yaralarni 
bitirsa; tanasining qushiga soʻfiylik xirqasini tuzoq qilib, tasbehining donalari bilan u 
qushni oʻziga rom etsa! Xilvatda oʻtirib-oʻtirib, tomogʻi qurib, biroz havo olish uchun u 
dam olgani chiqsa. Koʻchalar, xiyobonlar tomon borib, u Musallo bilan Maydon tomonga 
ham oʻtsa. Dasht tomonidan toʻp-toʻp otligʻlar koʻrinib, ular hammasi maydonda javlon 
qilishga otlangan boʻladi. Oʻshalarning orasida nogoh husnu malohat mayidan kayf 
qilgan bir goʻzal koʻrinib qoladi. May oʻtidan yuzida yuz gul ochilgan, bu gullarning 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish