Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
63 
http://ziyonet.uz/ 
koniga yoqut, javhar bekitish bilan ovora. Bu ikkalasi ham saxovatning bir turidir; 
ularning oʻrtasida kichkinagina tafovut bor. 
Gʻoyat tama’gir kishilarni ham saxiylikka muhtoj deb hisoblama. Ular xalqning narsa va 
ashyolariga koʻz olaytirib, nimani koʻrsa, oʻshani tama’ qila beradi. Ular xoh zulm, xoh 
zoʻrlik, xoh bir bahona yoʻli bilan, xoh va’da, xoh tilxat, xoh yolgʻon dalil bilan, nima 
qilib boʻlsa ham, asosiy maqsadi odamlardan narsa olish, shu sochgani ham tashlandiq 
narsalar, olgani ham; olishi ham yolgʻondakam, berishi ham. U yillar davomida qiynalib 
chuqur qaziydi; shu tuprogʻni solish uchun yana bir chuqur qaziydi. Birovga bir narsa 
berish uchun boshqadan bir narsani tortib oladi. Bu ham oldingi aytib oʻtilgan ikki 
narsaga oʻxshash bir kasallik. Chunki tortib olishi ziyondan boshqa narsa emas; qizigʻi 
shuki, berishi ham foydasizdir. 
Birov oʻzi soʻramaguncha unga hech narsa bermaydigan odamlar ham bor. Bunday 
odamlarni ham saxiy deb boʻlmaydi. U odam oʻsha narsaga qancha muhtoj boimasin, 
oʻzi soʻramaguncha unga bir chaqa ham bermaydi. 
Ey birodar, kimni saxiy deb chaqirishsa, bilki, bunday odam saxiy boʻlib axiy qatoriga 
qoʻshilib qolmaydi. Qara, koʻzboʻyamachi avrash bilan ilonning kuchini ketkazib, 
ogʻzidan zaharini ola biladi. Kimki tilini metin qilib choʻzib, oʻt yoqsa, xarsang toshdan 
olmos va yoqut olishi mumkin. Sham tilini chiqarib, yona boshlashi bilan tun mamlakati 
ustiga oʻz bayrogʻini tikkan boʻladi. Oʻtning tili nimaligi hammaga ma’lum; temir, tosh 
ham uning nafasidan mumdek eriydi. Tong oʻzini maqtab qancha gapirmasin, baribir, u 
quyoshning oltin nurlaridan koʻzini yoritadi. 
Ey xushyor odam, sen shunday odamni saxiy deb bilki, baxt-davlat uning boshini yuqori 
koʻtarib, ahvoli yaxshi boʻlsa ham, yomon boʻlsa ham birovdan molu amal tama’ 
qilmasa. Bunday odam Xudo nima bersa qanoat etadi, nimani buyursa, boʻysunadi. U 
qanday mulohaza yuritmasin, qoʻlida bor narsa bilan qoʻli qisqa odamni xursand qiladi. 
Dengizning oldida tursa ham, undan bir tomchi suv soʻramaydi; birovning yarasini 
koʻrsa, malhamni ayamaydi. Muhtoj odam bir narsa soʻrasa, qoʻlidan kelganicha unga 
xayr beradi. U soʻramasa ham, uning ahvolini tushunib, extiyojini va kambagʻalligini 
e’tiborga oladi. Hojatmandlar uning boshiga tigʻ urgan boʻlsalar ham, u qoʻlida bor 
narsasini ulardan ayamaydi.Chunki u oʻz tigʻini konga urgan, kon unga oʻz gavharini 
bagʻishlagan metinga oʻxshaydi. Bosh yalang boʻladimi, boshida toj boʻladimi, baribir, 
extiyoji bor odamga xayr qilaveradi. Karam ahllari yuz mingni ham, bir soʻmni ham 
xayr-ehson yoʻlida oʻz joyiga sarflangan boʻlsa, bir xil baholaydilar. Xudo yoʻlida qoʻlida 
qancha mol toʻplangan boʻlsa, birovning yomon ahvolga tushganini bilsa, unga hamma 
foyda va sarmoyasini sarf qiladi, shunday qilib, uning murodini xosil etadi. U oʻzining 
xayr-ehsonigagina emas, yaxshiligi yuzidan bildirilgan minnatdorchilikka ham jonini 
beradi. Xayr-ehson el-xalqqa avvalo bosh sababchi - Xudodan kelishidek bir nozik 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish