Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (III- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (III- qism) 
Alisher Navoiy 

http://ziyonet.uz/ 
paykarning gulrang yuzi oʻt boʻlib, bu bilan dunyoga oʻt qoʻyishni oʻziga maqsad qilib, 
gul yuzidagi har bir ter toza gavhar boʻlib, bu terdan koʻp-koʻp gullar ochilib, 
sochlarining har tomonidan mushk isini beruvchi chiziqlar boʻlib, ter namidan oʻtdan 
tutun koʻtarilib tursa, uning mijozining latifligi el koʻnglini olish uchun (bir-biriga zid 
boʻlgan) oʻt bilan suvni parvarish qilsa, uning latofati qancha desa shuncha boʻlsa, husnu 
jamol ham imkoni boricha mavjud boʻlsa-yu, lekin uning qaddi-qomati sarfaroz 
boʻlmasa, gulzorida u sarv kabi noz qilib yurmasa, sarvi xiromon boʻlib, toʻgʻri qadam 
bosa olmasa, mijgon oʻqlarini ham toʻgʻri moʻljallab ota olmasa, zor oshiqlar unga jonini 
bermaydi; odamlarning birontasining koʻngli ham unga giriftor boʻlmaydi. Namozxonlar 
mehrobni toʻgʻri qurmasa, koʻz qiyshiq boqib, namoz ham toʻgʻri oʻqilmaydi. 
Xatni toʻgʻri yozadigan kishilar haqiqiy sogʻlom kishilardir; xat agar egri yozilgan boʻlsa, 
demak, yozgan odam ham toʻgʻri emas. Kimning qarashi toʻgʻri boʻlsa, oʻsha haq. 
Kimning qoʻli egri boʻlsa, oʻgʻri boʻladi. Kimki qoii egrilik bilan shuhrat topgan boʻlsa, 
xalq uning qoʻlixi kesib toʻgʻri qiladi. 
Koʻz tugʻilishdan egri boʻlsa, uning odati bittani ikkita qilib koʻrsatishdir. Oʻzi bitta 
boʻlsa-yu, boshqasi tagida boʻlmasa, bittani ikkita qilib koʻrish - koʻp xudolikni tan olish 
bilan barobardir. 
Sulaymon deb nom chiqargan odamning durri zoti aslida paygʻambarlik dengizidan edi. 
U jahon podshohligi taxtini egallagan, ham podshoh edi, ham paygʻambar. Butun dunyo 
mamlakatlari uning qoʻl ostida edi; odamlar kabi devu parilar ham uning buyrugʻiga 
boʻysunardi. Agar u podshohlik chodirini choʻlga tiksa, qushlar uchib kelib, pati bilan 
darxol soyabon boʻlardilar. U ochiq, havoli yerlarga gilam toʻshab oʻltirardi; safarga 
chiqsa, yellar unga qoʻshimcha ot vazifasini bajarardi. Devu parilar ham odamlar toʻdasi 
bilan birga uning sirli uzugi tufayli buyruqlariga tobe’lik jkoʻrsatardi. 
Ushbu zamon xoqoni va podshosi oddiy podsho va xoqon emas, zamon Sulaymonidir . 
Uning taxtining poyasi osmon avjigacha koʻtarilgan; toji esa eng tik turgan quyoshga oʻz 
soyasini solgan. Saroyining gumbazi osmon gumbaziga oʻxshash boʻlib, bu saroydagi 
unga qarashli odamlar yulduzlardir. Martabasining yuksakligi Jamshid boʻysunganlar 
Hurmuzu Xusravgacha yoyilgan; mamlakatining kengligi Sulaymonnikicha bor. 
Lekin oʻz zamoni Sulaymonga hukmdorligini yurgizish uchun sehrli uzuk bergani kabi, 
bunga ham, hukmdorlik qilib turarkan, aylanib turuvchi charx bir uzuk nasib etgan edi. 
Kimgaki xonlik qilish muyassar boʻlgan ekan, bu uzuk bilan. hukmronligini yurgizishi 
mumkin edi. Uzuk oʻzi sadafdan, lekin xati gavhardan edi. Qanday ajoyibki, davr, zamon 
uning xatini «Rostlikdan xaloslik» deb bitgan edi. Shohga agar shu muxrning xati 
yordam bermasa, u har narsaga giriftor boʻlishi mumkin edi. Oxirigacha toʻgʻrilik uning 
qoiidan tutgani uchun, toʻgʻrilik bilan xalq ham uning farmoniga boʻysuna boshladi. 
Kimki toʻgʻrilik yoiini bilmoqchi boisa, bilsinki, bu ikki xil boʻladi. Biri shuki, kishining 
soʻzi toʻgʻri boʻlsa, uning soʻzi bilan birga oʻzi ham toʻgʻri boʻlishi kerak. Yana biri 
shuki, yolgʻon gapni ba’zilar taassuf bilan, uyalganidan «toʻgʻri!» deydi. Oldingisi, hech 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish