Hayotimiz Charog’boni



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/60
Sana07.06.2021
Hajmi0,96 Mb.
#65974
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
1 5055708344602329173

 
106 
muhrlab ketishdi. Shunday bo‘lsa ham Chak Mool uyimizdan ikki 
kvartal narida joylashgan umumiy foydalanish kolonkasini topib 
keldi. Endi har kuni kechasi 10—12 marta suvga qatnayman, u esa 
peshayvondan meni kuzatib turadi. Agar ko‘zimni shamg‘alat qilib 
qochmoqchi bo‘lsang, kulingni ko‘kka sovurib yuboraman, deydi. 
Bunga uning qurbi yetadi; axir u chaqmoq va momaqaldiroq 
ma’budasi ham edi-da! U faqat bir narsani — o‘zining tungi 
daydishlaridan xabardor ekanimni bilmasdi… Chiroq yo‘qligidan 
ertaroq, soat 8 larda yotishga to‘g‘ri kelyapti. Boshga tushganni ko‘z 
ko‘radi deb men allaqachon Chak Moolga ko‘nikishim kerak edi, 
ammo sira iloji bo‘lmayapti: yaqinda kechasi zinapoyada bexos urilib 
ketib, muzdek qo‘llari bilan badanidan yangi chiqayotgan parcha-
parcha, irgamchiq, suvi achib yotgan terisini his qilib jirkanganimdan 
bo‘kirib yuborayozdim». 
«Bordi-yu shu kunlarda yomg‘ir yog‘masa, Chak Mool yana toshga 
aylanib qoladi. Men uning tobora qimirlashga holi kelmayotganini 
sezyapman; goho u qimir etmay devorga suyangan ko‘yi soatlab qotib 
turadi; shunda ro‘paramda qudratli momaqaldiroq va chaqmoq 
ma’budasi emas, balki yana nochorgina ojiz sanam paydo bo‘lardi. 
Lekin bunday nafas rostlashlar unga yangi kuch baxsh etardi. U go‘yo 
qanday bo‘lmasin bir oz suyuqlik chiqib qolar degan ishonchda 
surbetlarcha badanimni tirnab azob bera boshlardi. Endi qadimiy 
afsonalarni hikoya qilib beradigan suhbatlar haqida gap bo‘lishi 
mumkin emasdi; aftidan menga nisbatan qahru g‘azabi tobora 
kuchayib borardi. Bundan tashqari ba’zi narsalar: yerto‘ladagi vinolar 
tugab qolgani, Chak Moolning egnidagi ipak xalatini huzur qilib tez-
tez silab qo‘yishlari, joriya yollagin deb damba-dam o‘dag‘aylashlari, 
hadeb sovun va atirlar so‘rayverishi meni tashvishga solyapti. 
Nahotki, odamlarni yo‘ldan ozdiradigan narsalarning mazasini totib 
ko‘rgan bo‘lsa?! Darvoqe, shu bois abadiy o‘zgarmasdek tuyulgan 
yuz bichimida qarish alomati paydo bo‘layotgandir?! Kim bilsin, 
meni balki shu narsa qutqazar: agar Chak Mool o‘ylamay-netmay 
odamga aylanar ekan, o‘sha kuniyoq u o‘ladi. Chunki u yashagan 
asrlar yig‘ilib kelib bir lahzada uni ado qiladi. Ammo xuddi mana shu 
narsa mening ham boshimga yetishi mumkin, negaki ko‘zim yetyapti: 
Chak Mool joni chiqayotganida tepasida mening turishimni mutlaqo 
istamaydi, shuning uchun ajalimdan besh qun burun tinchitib qo‘ysa 
kerak». 


 
   107 
«Shu bugunoq Chakning tungi sayrga chiqishidan foydalanib, 
qochaman. To‘g‘ri Akapulkoga jo‘nayman; balki biron boshpana 
topib o‘sha yerda Chak Moolning o‘lishini kutarman: uning sharti 
ketib parti qoldi, sochlari oppoq, yuzi esa shishinqiragan; men esa 
dam olishim shart — okeanda cho‘milaman, oftobda toblanaman. 
Yonimda hali 400 peso pulim bor. Myullerxonim pansionida 
yashayman, chunki u yer arzon va qulay. Mayli bor-budim Chak 
Moolga buyura qolsin; ko‘ramiz men keltiradigan chelak-chelak 
suvlarsiz qanchaga chidarkan». 
Filibertoning kundaligi shu yerga yetganda uzilib qoldi. Uning 
yozganlari haqida ortiqcha bosh qotirgim kelmay to Kuernavakiga 
qadar mizg‘ib bordim. U yerdan Mexikogacha yo‘l-yo‘lakay bu 
chigal voqealarni uchini topishga, bu yozuvlarni — Filibertoning 
idoradagi diltangligi yoki biron bir ruhiy xarakterdagi holatlar bilan 
bog‘lashga urindim. Kech soat to‘qqizlarda so‘nggi bekatga yetib 
kelganimizda men hali ham marhum do‘stimning aqldan ozishi 
sabablarining tagiga yetolmagandim. Dafn marosimi bilan keyinroq 
shug‘ullanarman, hozir esa eng avval tobutni Filibertoning uyiga 
eltish kerak degan maqsadda yuk mashinasi kira qildim. 
Filibertoning uyiga borib kalitni qulf burniga endi solganimni 
bilaman, eshik bexosdan ochildi-yu, qarshimda bo‘yniga ro‘mol 
tashlab xalat kiygan sariq yuzli hindu paydo bo‘ldi. Bundan 
badburushroq kimsani tasavvur qilish qiyin; undan arzon-garov sovun 
hidi kelar, yuziga qoplangan upa ham ajinlarini yashirolmagan, labiga 
qalin qilib nari-beri bo‘yoq surtilgan, sochlari esa bo‘yalganga 
o‘xshardi… 
— Kechirasiz… men bilmabman, Filibertoning… 
— Hechqisi yo‘q, hammasidan xabarim bor. Odamlaringizga ayting, 
murdani yerto‘laga eltib qo‘yishsin. 
___________________ 
[1]
 Musallasga solib ivitilgan karam bilan sosiska va go‘shtli taom. 
[2]
 Chak Mool — suv va yomg‘ir ma’budi, qadimgi mayya 
qabilasidagi asosiy ma’budlardan biri. 



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish