Hayotimiz Charog’boni



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/60
Sana07.06.2021
Hajmi0,96 Mb.
#65974
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60
Bog'liq
1 5055708344602329173

 
96 
Chak Mool. Karlos Fuentes 
 
      Akapulkoda, yaqindagina — muqaddas pasxa arafasida Filiberto 
cho‘kib ketdi. Ishdan bo‘shatib yuborishibdi hamki, u xuddi hech 
narsa bo‘lmagandek yillar davomida qon-qoniga singib ketgan 
odatiga ko‘ra nemis pansionida mazza qilib shousrout
[1]
 yeb, arafa 
kuni La-Kebradada bir oz raqs tushish hamda Ornos plyajida bundoq 
odamga o‘xshab tunni o‘tkazish uchun dengiz bo‘yiga jo‘nabdi. 
To‘g‘ri, yoshligida u tengi yo‘q suzuvchi bo‘lgan edi, buni hammamiz 
bilardik, ammo yoshi qirqdan o‘tib, buning ustiga sog‘lig‘ining 
mazasi ketganida, yana yarim kechasi Kaleta bilan Is-la-de-la Roketa 
oralig‘ichalik uzoq masofani suzib o‘tmoqchi bo‘lganini nima bilan 
izohlash mumkin! 
Musofirxonaning eski mijozlaridan bo‘lsa ham Myuller xonim 
marhumning jasadini pansionga olib kirishlariga yo‘l qo‘ymadi. Bu 
ham mayli xonim o‘sha oqshom tor va diqqinafas ayvonda bazm 
uyushtirdi, bechora Filiberto esa bekatda savatlar, qop-qanor va turli 
qaqir-ququrlar orasidagi yashikda ertalabki avtobusni kutib rangi 
paxtadek oqarib yotaverdi. Ertasiga tobutni qanday olib ketishlarini 
tekshirgani kallayi saharlab yetib kelganimda Filibertoni norjil 
yong‘oqlari uyumi ko‘mib yuborgan edi. Shofyor, yo‘lovchilar ko‘rib 
qolsa vahima ko‘taradi, tobutni darhol avtobusga joylab ustiga chipta 
tashlab qo‘yinglar, aks holda ko‘rib qolishsa bora-borguncha 
boshimda yong‘oq chaqadilar, deya to‘ng‘illadi. 
Yo‘lga chiqqanimizda tong shabadasi esmoqda edi. Biroq Terra 
Koloradaga yetib kelganimizda quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilib qizdira 
boshladi. Tuxumu kolbasa bilan nari-beri tamaddi qilayotganimda 
kecha Myullerlar pansionidan olib chiqqan portfelni ochdim. Uning 
ichida ikki yuz peso pul, Mexikoda nashr etilgan eski gazeta, kacho 
o‘yiniga mo‘ljallangan karta va faqat borish uchun olingan (darvoqe 
nega faqat borish uchun?) bilet singari lash-lushlar bilan birga kulrang 
muqovali katak daftar ham bor edi. 
Tinmay silkinish, qo‘lansa hid va marhum do‘stimning shaxsiyatiga 
bo‘lgan hurmatimga ham qaramasdan uning daftarini o‘qishga 
tutindim. Balki o‘qiyotganimda (rostdan ham daftar shundan 


 
   97 
boshlangan edi) har kuni ishga birga qatnaganlarimiz yodimga tushar, 
jilla qurisa nima sababdan uning ishdan ko‘ngli sovib ketgani, o‘z 
xizmat vazifasini unutib, safsata sotadigan va ha desa keraksiz 
qog‘ozlarni ro‘kach qiladigan bo‘lib qolgani oydinlashar, deb 
o‘yladim. Undan tashqari nima sababdan o‘z mavqeini tiklash va 
nafaqa undirishdan umidini uzib, Akapulkoga juftakni rostlaganlari 
oydinlashar?! 
«Bugun pensiya xususidagi tashvishlar bilan yelib-yugurdim. 
Advokat asl odam ekan. Uning oldidan kayfiyatim shunchalik 
ko‘tarilib chiqqanidan qahvaxonaga kirib bir maza qilgim keldi. Men 
o‘sha, yoshlikda tez-tez ko‘nglimiz tusab boradigan, hozir esa kirmay 
qo‘ygan qahvaxonaga yo‘l oldim; afsuski borganimga pushaymon 
yedim, chunki bu yer qirqdan ko‘ra yigirma yoshida odam ko‘proq 
narsani o‘ziga lozim bilsa yaxshi bo‘lishini yodimga soldi. O‘sha 
paytlarda hammamizning mavjimiz teng, kimda kim do‘stlarimizdan 
biri haqida bo‘lar-bo‘lmas gap ochsa o‘sha zahoti unga yopishib ketar, 
gap quyi tabaqadanligi yoki so‘xtasi sovuqligi tomonga burildimi 
tamom, ko‘ksimizni qalqon qilardik. Ko‘pchiligimizning (lavang 
do‘stlarimizning ham) istiqbolimiz yorug‘ ekanini o‘sha paytdayoq 
ko‘nglim sezardi. Hali maktabda o‘qib yurganimizdayoq kelajakda, 
suronlarga to‘la qaynoq hayotimizda shubhasiz qo‘l keladi, degan 
niyatda qiyomatli do‘st tutingan edik. Afsuski yillar o‘tishi bilan 
oramizdan oqibat ko‘tarildi. Yaxshi bo‘lmadi. O‘sha do‘stlarim 
orasida bo‘shang, og‘zidagi gapini zplab gapirolmaydiganlarining 
ko‘plari kutganimizdek o‘zini o‘qqa-cho‘qqa ursa ham aro yo‘lda 
qolib ketdi-yu, biroq shulardan ayrimlari jo‘shqin ziyofatlar chog‘ida 
bashorat qilganimizdan ko‘ra ko‘proq natijalarga erishdi. Bizlar esa 
do‘stlarimizda juda katta ishonch uyg‘otganimizga qaramay 
taqdirning noma’lum, kutilmagan zarbalariga dosh berolmay aro 
yo‘lda shoximiz sindi; oqibat baxti kulib boqqanlar tugul o‘ta 
omadsizlardan ham ajralib qoldik. Bugun esa yana o‘sha choqdagi 
oromkursilarning birida (to‘g‘ri, bular aynan o‘sha paytdagi emasdi, 
chunki bu yerda hamma buyumlar: kursilar ham, bufet peshtaxtasi 
ham yangilangan — zamonaviy edi) o‘z «Shaxsiy delo»mni varaqlab 
o‘tiribman. 
Men o‘zgarib, hech kimni mensimay qo‘ygan kalondimog‘, 
izzatparast bo‘lib ketgan o‘rtoqlarimni ko‘rdim. Ular bu qahvaxona 



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish