Hayotimiz Charog’boni



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/60
Sana07.06.2021
Hajmi0,96 Mb.
#65974
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
1 5055708344602329173

 
98 
bilan mana shu shahar singari tamomila o‘zgargan edi. Ular meni 
allaqachon unutib yuborishgan yoki tanib-tanimaslikka olardilar. 
Mabodo tanigan taqdirda ham, aminmanki, o‘lganining kunidan 
yelkamga qoqib: «Ishlar yaxshimi oshna! Bo‘pti hozircha» deb 
qo‘yishdan nariga o‘tmasliklari aniq. Shahar chekkasidagi bu 
muhtasham qahvaxona men bilan ularni o‘tib bo‘lmas g‘ov singari 
ajratib turardi. Men daftarni birin-sirin varaqlardim. Olamshumul 
orzular, turfa xil umidlar to‘la va shuning barobarida yaxshi 
niyatlarimizni puchga chiqargan, nest-nobud qilgan yillar — ma’nisiz 
va puch davrlar ketma-ket ko‘z o‘ngimdan o‘tardi. Eh, qaniydi, 
shunday qo‘l uzatsamu bolalikda yaxshi ko‘rib o‘ynagan jumboqsim 
kaftimda paydo bo‘lsa, deya o‘ylardim alam bilan: ammo 
o‘yinchoqlar solingan qutidan allaqachonlar nomu nishon qolmagan 
edi, umuman qalayi soldatlar, ganch toychoqlaru yog‘och shamshirlar 
qayga ketdi?! Rost, bizlar ko‘ylagimizni damba-dam o‘zgartirib 
yasanib-tusanib yurishni yaxshi ko‘rardik, ammo bu shunchaki 
o‘yinqaroqlik edi. Sadoqatni ko‘ylak singari tez-tez almashtirmasdik, 
nima qilish kerak, nima qilmaslik lozimligini hamda burch hissini 
hech qachon unutmasdik. Bizning birovdan kam joyimiz bormidi? 
Balki, aksincha, kimdan ortiq joyimiz bor edi? Ba’zan beixtiyor 
xayolimga Rilke keladi. Yoshlik beboshliklari shubhasiz qimmatga 
tushadi, shuning uchun barcha hoyu havaslarga bolalikdayoq xotima 
berish kerak ekan. Darhaqiqat inson orqaga qaytmasligi kerak, aks 
holda uning holiga maymunlar yig‘laydi. Arzimagan besh pesogami? 
Yana buning ikki pesosi choy chaqa uchun». 
«Pepe savdo sotiq huquqlari bilan shug‘ullanib qolmay har xil 
nazariyalar to‘qib yurishni yaxshi ko‘radi. Bugun ibodatxonadan 
chiqib kelayotsam meni ko‘rib qolib chaqirdi. Birga sayr qilgani 
prezident saroyi tomon yo‘l oldik. Dunyoda uning ixlosi qaytmagan 
narsa yo‘q bo‘lishiga qaramay sira tinch yurolmaydi. Hash-pash 
deguncha yangi nazariya to‘qib boshimni qotira boshladi… Nima 
emish, agar u meksikalik bo‘lmaganida Isoga imon keltirmagan bo‘lar 
emish. Bu kunday ravshan narsa emish. Mana qara, derdi u, 
tuprog‘imizga ispanlar kelib qovurg‘alari ilma-teshik, qoniga belanib 
butga parchinlangan joni yo‘q xudoga sig‘inishni taklif etdi deylik. 
Qani, ayt-chi, sening dunyoqarashing va urf- 


 
   99 
odatlaringga bundan ko‘ra yaqinroq yana nima bor?.. Ana endi 
Meksikani buddoiylar yoki aytaylik, musulmonlar bosib olganini 
tasavvur qilib ko‘r. Masalan bizning hindularning bo‘kib o‘lgan zotga 
sig‘inishi tasavvuringga sig‘adimi? Uning yo‘lida jonlarini fido 
qilganlari yetmay ko‘ksidagi urib turgan yuragini yulib olishlarini 
talab qilgan tangriga bo‘lsa boshqa gap! Shu nuqtai nazardan 
qaraganda Uitsilop ochtli nima degani bo‘ldi?! O‘zining o‘rinsiz 
sadaqa-furushligi va rasm-rusumlari, fidokorligi va qonparastligiga 
ko‘ra xristianlik hindular e’tiqodining tabiiy davomi va yangilangan 
ko‘rinishidan boshqa narsa emas. Lekin rahmdillik va o‘z yaqinlarini 
sevish, «O‘ng yuzingga ursalar chap yuzingni tutib ber» degan 
tomonlariga xalqimiz odatlanmagan. Butun Meksika: «Magarkim 
odamzotga ishonmoq istasang uni o‘ldirmoq vojib» degan tushuncha 
bilan yashayapti». 
«Pepe mening yoshligimdan meksikalik hindularning san’atiga 
ishqibozligimni biladi. Men sanamlar, haykalchalar, turli-tuman sopol 
buyumlarini yig‘aman. Dam olish kunlarim odatda yo Tlaskalda, yo 
Teotiuakanda o‘tadi. Aftidan Pepe shuning uchun bu mavzudagi 
nazariyalarini tiqishtirishni yaxshi ko‘radi. Men ko‘pdan buyon Chak 
Mool
[2]
 haykalchasining arzonrog‘ini izlab yurardim. Pepe bugun 
Lagunilyadagi bir do‘konda mana shu sanamning menbop haykaliga 
ko‘zi tushganini aytib qoldi. Yakshanba kuniyoq boraman». 
«Idorada bir hazilkash grafindagi suvga qizil bo‘yoq qo‘shib 
yuborgan edi, hamma ish to‘xtab qoldi. Men buni boshqaruvchiga 
aytishga majbur bo‘ldim, u esa qornini ushlab rosa kuldi. Aybdor esa 
shundan foydalanib kun bo‘yi piching qilib yurdi. Hammasi o‘sha 
dardisar grafin tufayli deb. Mening Chak Moolim qanday ekan!..» 
«Butun dam olish kunim Logunilyaga borish bilan o‘tdi. Chak Moolni 
o‘sha, Pepe tushuntirgan do‘konchadan topdim. Kattaligi asl 
nusxasiday keladigan antiqa matoh ekan. Asl nusxasi shu deb 
ishontirmoqchi bo‘lsa ham do‘konchining gapiga ishonmadim. Oddiy 
tosh, ammo shunga qaramay nihoyatda mahobatli va nafis ishlangan 
ekan, Muttaham sotuvchi sayyohlarni haqiqatan asl nusxa haykal 
ekaniga ishontirish uchun uning qorniga pamidor qiyomi surtib 
qo‘yibdi». 



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish