Hayotimiz Charog’boni



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/60
Sana07.06.2021
Hajmi0,96 Mb.
#65974
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60
Bog'liq
1 5055708344602329173

 
28 
– Lidiya Mixaylovna, nima gap? Bu yerda nima bo‘lyapti o‘zi? 
Lidiya Mixaylovna sekingina o‘rnidan turdi. Yuzlari bo‘g‘riqib, to‘zg‘ib ketgan 
sochini tekislagan bo‘ldi: 
– Vasiliy Andreevich, kirishdan oldin eshikni taqillatsangiz bo‘lardi… 
– Taqillatdim. Hech kim javob bermadi-da. Xo‘sh, ayting-chi, nima bo‘lyapti bu 
yerda? Direktor sifatida bilishga haqqim bordir. 
– O‘yin o‘ynayotgan edik, – dedi Lidiya Mixaylovna xotirjamgina. 
– Pulga o‘ynayapsizmi? Shu bilan-a?! – dedi menga ishora qilib Vasiliy 
Andreevich. Qo‘rqanimdan biron yerga berkinib olarman deya emaklagancha 
to‘siq orqasiga o‘tib ketdim. – O‘quvchingiz bilan o‘ynayapsizmi? Shunaqa 
shekilli? 
– Ha, shunaqa. 
– Bilasizmi… – Xuddi havo yetishmayotgandek direktor bo‘g‘ilib qoldi. – 
To‘g‘risi, hozir sizga nima deyishga ham hayronman. Bu – jinoyat! Yo‘ldan 
ozish. Yosh bolani axloqsizlikka boshlash deydilar buni. Yana, yana… Yigirma 
yildan beri maktabda ishlab hali bunaqasiga duch kelmagan edim… – U 
taajjubdan qo‘llarini boshi uzra ko‘tardi. 
* * * 
Uch kundan so‘ng Lidiya Mixaylovna jo‘nab ketdi. Ketishidan bir kun oldin, 
maktabdan qaytishimni kutib turgan ekan, meni uygacha kuzatib keldi. 
– Yurtimga – Kubanga boraman, – dedi u xayrlashayotib. – Tinch-xotirjam 
o‘qiyvergin, anavi bema’ni voqea uchun hech kim senga g‘iq etolmaydi. 
Hammasiga men sababchi. Sen faqat o‘qishni o‘yla. – U sochimni bir to‘zg‘itib 
qo‘ydi-da, ketdi. 
Shu-shu, qaytib uni ko‘rmadim. 
Qish kunlari edi, ta’tildan so‘ng maktabga mening nomimga pochtadan bir quti 
keldi. Men yana zina ostidan boltani olib uni ochdimu bir tekisda zich qilib 
terilgan makaronni ko‘rdim. Tagidan esa paxtaga o‘rog‘liq uch dona qizil olma 
chiqdi. 
Men olmani rasmdagina ko‘rgan edim, lekin hozir qo‘limda ushlab turgan narsa 
olma ekanini darrov bildim. 
 



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish