Hayoti. Reja: Movarounnahrda Shayboniylar va


- MAVZU: Xiva xonligi va Buxoro amirligining qizil



Download 0,69 Mb.
bet42/48
Sana02.04.2023
Hajmi0,69 Mb.
#924169
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48
Bog'liq
Узбекистон тарихи мажмуа 2-кисм

26- MAVZU: Xiva xonligi va Buxoro amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi. XXSR va BXSRning tashkil topishi. O‘rta Osiyoda Milliy hududiy chegaralanish: maqsad va mohiyati. O‘zbekiston SSRning tashkil topishi.
Reja:
1. O`rta Osiyoda Milliy hududiy chegaralanish o’tkazilish sabablari. XXSR va BXSRning tugatilishi.
2.O`zbekiston SSRning tashkil topishi va boshqaruv tizimi.
3. O`rta Osiyoda Milliy hududiy chegaralanishdagi xatolar va uning oqibatlari.

Milliy siyosat Bolsheviklar partiyasi bosh bo’lgan sovet hokimiyati Turkistonda uzoqqa mo’ljallangan o’z makkorona rejalarini amalga oshirishga kirishdi. Shu maqsadni ko’zlab u XX asrning 20-yillari boshlaridan bu zaminda mustamlakachilarga xos "orani buz, hokimlik qil” qabilidagi o’z milliy siyosatini hayotga izchil tadbiq etish yo’lini tutdi. Aslida sovetlarning milliy siyosati chorizmning ko’p zamonlar bu yurtda yuritib kelgan shovinistik, ulug’ davlatchilik siyosatidan mohiyat e'tibori bilan farq qilmasdi. Faqat uning shakli-shamoyili o’zgargandi, xolos.


Gap shundaki, chorizm hukmronligi davrida chekka o’lkalar xalqlari ochiq-oshkora tarzda kamsitilar, ularning insoniy qadr-qimmati, or-nomusi, asliy milliy qadriyatlari tahqirlanar edi. Sovet mutasaddilari esa o’zlarining niqoblangan soxta ishlari, yolg’on-yashiq va'dalari va da'vatlari bilan mazlum millat kishilarini laqillatishga, o’z hukmlariga bo’ysundirishga, “yagona Turkiston uchun” kurash g’oyasini yo’qqa chiqarishga intildilar.
Turkiston xalqlari o’z milliy davlatchiligini tiklash va rivojlantirishga intildi. 1920-yil yanvarida bo’lib o’tgan Turkiston Kompartiyasining V o’lka konfe-rensiyasida Turkiston ASSR MIQ raisi T.Risqulov so’zga chiqib mushtarak Turkiston g’oyasini ilgari suradi, asosan turkiy xalqlardan iborat Turkiston Avtonom Respublikasini Turk Sovet Respublikasi, Turkiston Kompartiyasini Turkiy xalqlar Kompartiyasi, deb o’zgartirishni taklif qiladi. Bu takliflar o’lka ijtimoiy-siyosiy hayotida, RKP(b) Markazqo’ mi, uning Siyosiy byurosi, sovet hokimiyati doiralarida turli bahslarga sabab bo’ladi. Shu bois “Turkiston masalasi” bir necha bor Markazda, RKP(b) Markaziy Qo’mitasi Siyosiy byurosining 1920-yil mart-iyun oylaridagi majlislarida muhokama qilindi. Garchand Markaz “Turkiston masalalari”ga yuzadan turib qiziqish bildirgan bo’lsa-da, biroq Turkistonga mustaqillik berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ymagan edi. Shu zaylda masalaning yechimi cho’zila boradi.
1920-yil 13-iyunda T. Risqulov, N. Xo’jaevlardan iborat Turkiston xalqlari delegatsiyasi o’z amaliy takliflari bilan bevosita sovet hukumati rahbari V. I. Lenin qabulida bo’ladi. Bu ular uchun so’nggi umid va najot ilinji edi. Oqibat natijada shunday bo’ldiki, na sovet hukumati rahbariyati va na bu masalani 1920-yil 29-iyulida ko’rgan RKP(b) Markazqo’mi Siyosiy byurosi turkistonlik delegatsiya iltimosnomasiga ijobiy baho bera oldi. Buning aksincha, sovet hukumati va partiya rahbariyati o’lkadagi vaziyatni tezlikda bartaraf etish uchun shoshilinch tarzda “RKP(b)ning Turkistondagi asosiy vazifalari to’g'risida” degan nom ostida bir necha qarorlar qabul qildi. Jumladan, “Turkistonda hokimiyatni tashkil etish to’g'risida”gi maxsus qarorda Turkistonda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo’mitasi, RSFSR Xalq Komissarlari Soveti va RKP(b) Markaziy Qo’mitasining doimiy vakolatxonasi bo’lishi kerakligi zarur, deb ko’rsatildi. Mazkur qaror o’lka hayoti ustidan nazoratni kuchaytirish, sovet hokimiyati negizlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Shunday qilib, o’lka xalqlarining o’z taqdirini o’zi belgilash, o’z milliy davlatchiligini o’z xohishlaricha huquqiy asosda tashkil qilish borasidagi yana bir urinishi barham topdirildi. O’lka xalqlarining orzu umidlarini ro’yobga chiqarishga muvaffaq bo’la olmagan Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasi raisi, taniqli arbob T. Risqulov tez orada o’z lavozimidan istefoga chiqishga majbur bo’ladi. Gap shundaki, sovet Rossiyasi hukumati Turkistonning emin-erkin rivojlanish yo’lidan ilgarilab borishini emas, balki uning doimiy o’z nazoratlari ostida bo’lishini xohlardi. O’lkaning mehnatsevar, jafokash xalqi, uning boyliklari, tabiiy va mineral resurslari Markaz foydasiga ishlashi, xizmat qilishi ularning birdan-bir muddaolari edi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan tashkil etilgan Turkkomissiya, O’rta Osiyo Byurosi, O’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi singari nufuzli organlarning o’lka hayotining barcha jabhalarini o’z nazoratiga olishi, o’z iznlariga bo’ysindirish borasida harakat etib kelganligi boisi ham mana shundadir
Garchi bo’lajak Ittifoq sovet respublikalarining do’stlik va tenglikka asoslangan ixtiyoriy ittifoqi bo’ladi deyilsada, biroq uzoqni ko’ra biladigan respublikalarning bir qator rahbarlari bunga qarshi edilar. Masalan, Ukraina Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasi kotiblari X.G. Rakovskiy va D.L. Pyatakov yagona ittifoq davlati g’oyasiga qarshi chiqib, umumittifoq hokimiyat organlari bolmagan “konfederatsiya” tuzishni yoqlab chiqdilar. Gruzin milliy ziyolilari ham yangi ittifoq tuzish g’oyasini qo’llamadilar. Bir necha bor RKP(b) Markaziy Qo’mitasi Siyosiy byurosida, partiyaning s'ezdlari va plenumlarida, shuningdek, sovet tashkilotlarida bu masala keng muhokama qilindi. Muhokamalarda, jumladan, sovet hukumati arboblaridan biri I. Stalin “avtonomlashtirish” g’oyasini ilgari surdi. Unga ko’ra, sovet respublikalari muxtor (avtonom) respublika maqo-mi bilan RSFSR tarkibiga kirishlari kerak degan g’oya ilgari surilgan edi. Tabiiyki, bunday taklifga milliy respublikalar xohish bildirmasliklari ham mumkin edi. Bu xavfni anglagan Lenin yangi ittifoq RSFSR dan yuqori bo’ladi va unga RSFSR ham boshqa milliy respublikalar kabi teng maqom va huquqlar bilan kiradi, degan fikrni bildirdi. Bu sovetlarning yana bir o’ziga xos hiylasi edi.
1922-yil 26-dekabrda Sovetlarning Butun Rossiya X s'ezdi sovet respublikalarini yagona sovet davlatiga birlashtirishni zarur deb topdi.
1922-yil 29-dekabrda Moskvada to’rt respublika vakolatli delegatsiyalarining konferensiyasi bo’lib o’tadi.
1922-yil 30-dekabrda Moskvada Butunittifoq Sovetlarining I s'ezdi SSSRni tuzish to’g’risidagi S'ezd yangi ittifoq - SSSRning yuqori hokimiyat organlari - Markaziy Ijroiya Qo’mitasini va hukumatini tuzdi. SSSR MIQ Raislari etib, RSFSRdan M.I. Kalinin, Ukrainadan G.I. Petrovskiy, Belorussiyadan A.G. Chervyakov, ZSFSRdan N.N. Narimanovlar saylandi. V.I. Lenin SSSR Xalq Komissarlari Soveti raisi etib tasdiqlandi.
Shunday qilib, oktabr to’ntarishidan 5 vil o’tgandan keyin 1922-yil 30-dekabrda SSSR tuzildi. Uning ta'sischilari RSFSR, BSSR, USSR, ZSFSR hukumatlari bo’ldilar. Keyinchalik uning tarkibi kengayib bordi. XX asrning 30-40-yillari boshlariga kelib bu ittifoq davlati tarkibi yangi respublikalar hisobiga kengayib, u son jihatidan 15 taga yetkazildi. Shunday qilib yer yuzi hududining 1/6 qismini egallagan qudratli sovetlar saltanati vujudga keldi.
Bu yerda istiqomat qilgan o’zbeklar, turkmanlar, tojiklar, qozoqlar, qirg’izlar, qoraqalpoqlarning xo’jalik hayoti, turmush tarzi, udumlari ham o’xshash bo’lib, shu muqaddas ona zaminni o’zlarining asl Vatanlari deb bilganlar. “Biz ildizi, tomirlari bir xil xalqmiz”, degan g’oya azaldan avloddan-avlodga o’tib keladi. Bu g’oya doimo hudud yaxlitligi, birligiga xavf tug’ilganda kuchli, yengilmas tushunchaga aylangan, xalqlarning bir-biridan ajralib, uzoqlashib ketishiga yo’l qo’ymagan. Ular hamisha bir-birlariga og’aini, quda-anda bo’lganiar, bir daryodan suv ichganlar, bir yaylovda chorva boqqanlar. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, “Bizning ota-bobolarimiz ham, momolarimiz ham bir”. Biroq, afsuslar bo’lsinki, pixini yorgan sovet hokimiyati arboblari qondosh va jondosh, tarixan bir yagona hududda yashab kelgan birodar xalqlarni bir-biridan ajratib tashlash, ulaming birlashib davlat tuzishlariga izn bermaslik uchun butun choralarni ishga solib borganlar. Bundan kuzatilgan bosh maqsad - o’lka xalqlarining birlashuviga, o’z istiqlolini va istiqbolini birgalikda bunyod etishiga yo’l qo’ymaslik va shu asosda Markazning bu yerdagi hukmronligiga, sotsialistik qayta qurish jarayonining avj olishiga keng maydon yaratish edi. Shu maqsadda Turkistonni milliy o’ziga xoslik, til birligi asosida bo’lib tashlash g’oyasi ilgari surildi.
Shunday qilib, O’rta Osiyoni milliy-hududiy jihatdan alohida respublikalarga bo’iib tashlash masalasi bir necha bor Markazda, Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarida, ularning Kompartiyalari plenumlarida, shu-ningdek, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi organ – RKP(b) MQ O’rta Osiyo byurosi plenumlarida muhokama etilib mahalliy xalqqa ta'sir va tazyiqlar o’tkazib borildi.
Milliy-hududiy chegaralanish masalasi 1924-yil 5-aprelda RKP(b) MQ Siyosiy byurosida, 11-mayda RKP(b) MQ O’rta Osiyo byurosi komissiyasida ko’rib chiqildi. Unda O’rta Osiyo respublikalarida milliy chegaralanish loyihasini tayyorlovchi maxsus komissiya tuzildi. Loyiha RKP(b) MQ O’rta Osiyo byurosining 1924-yil 2-iyundagi yig’ilishida muhokama etilib, asosan ma'qullandi.
1924-yil 25-sentyabrda RKP(b) MQ Siyosiy byurosi, 9 va 11-oktabrda RKP(b) Markaziy Qo’mitasi bu masalani ko’rib chiqib, milliy chegaralanishni rasmiy-lashtirishni maqsadga muvofiq deb topadi. Bu qaror 14-oktabrda SSSR BMIQ tomonidan ham ma'qullanadi. Shu tariqa, sovet hukumati, RKP(b) MQ va uning joylardagi mahalliy tashkilotlarining 1920 – 1924-yillar davomida O’rta Osiyoda olib borgan, xalqqa yolg’on va'dalar berishni ko’zda tutgan “leninchi milliy siyosat”ni hayotga tatbiq etish bobidagi amaliy ishlari yakun topdi. Buning orqasida o’lkaning tarixan tarkib topgan o’ziga xos milliy xususiyatlari, hududiy yaxlitligi zavol topdi. Uning hududlarini kichik-kichik milliy bo’laklarga bo’lish ishlari yakuniga 1924-yil 24-oktabrda RKP(b) MQ plenumi so’nggi nuqta qo’ydi. Nihoyat, 1924-yilning 27-oktabrida bo’lib o’tgan SSSR BMIQ II sessiyasi O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o’tkazish tadbirlarini to’la ma'qulladi.
Shunday qilib, hukmron Markaz zo’ravonlarining bir necha yillik sa'y-harakatlari orqasida O’rta Osiyoning siyosiy jo’g’rofiyasi sun'iy ravishda o’zgartirildi. Bu hududdagi ko’p asrlik milliy davlatchilik tarixi an'analariga chek qo’yildi.
O’rta Osiyo hududida shu davrga qadar hukm surib kelgan uch davlat: Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o’rnida endilikda O’zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, shuningdek, O’zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR tuzildi. Qirg’izlar yashagan hududlar Qoraqirg’iz (Qirg’iziston) muxtor viioyatiga birlashtirilib RSFSR tarkibiga, Turkistonning qozoqlar yashaydigan tumanlari Qozog’iston ASSR ixtiyoriga berildi.
O’zbekiston SSR tashkil etilgan paytda uning hududi 312394 kv. km.ni, aholisi 4 mln. 447 ming 55 kishini tashkil etar edi. 1926-yil ma'lumotlari bo’yicha, milliy tarkibiga ko’ra aholining 74,2 foizini o’zbeklar, qolganlarini esa boshqa millatlar tashkil etar edi.
O’zbekiston SSRning dastlabki poytaxti Buxoro bo’lgan. Biroq ko’p o’tmay - 1925-yil aprelda poytaxt Samarqand qilib belgilandi. 1930-yil oxirida poytaxt Toshkentga ko’chirildi. O’zbekiston SSR hududida butun hokimiyat O’zbekiston SSR sovetlarining ta'sis qurultoyiga qadar Muvaqqat Inqilobiy qo’mita ixtiyoriga berildi. Buxoro respublikasi hukumati raisi, taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo’jayev O’zbekiston SSR Inqilobiy qo’mitasi raisi qilib tasdiqlandi.
1924-yil 5-dekabrida Inqilobiy Qo’mita butun O’zbekiston xalqiga murojaat qilib, O’zbekiston SSR tuzilganligini, uning tarkibiga Tojikiston ASSR kirganligini ma'lum qildi.
1925-yil 13-fevralda Buxorodagi Xalq uyida umum o’zbek sovetlarining birinchi qurultoyi ochildi. Qurultoy O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi to’g’risidagi Deklaratsiyaрni qabul qildi. Qurultoyda davlat hokimiyati oliy organlari tuzilganligi rasmiylashtirildi. O’zbekiston SSR Sovetlari Markaziy ljroiya Qo’mitasi Raisi lavozimiga farg’onalik dehqon, “Qo’shchi” uyushmasi rahbarlaridan biri Yo’ldosh Oxunboboyev saylandi. O’zbekiston SSR hukumati - Xalq Komissarlari Kengashi Raisi lavozimiga Fayzulla Xo’jayev tasdiqlandi. Milliy chegaralanish davrida O’rta Osiyoda faoliyat ko’rsatib kelgan partiya, komsomol va xo’jalik tashkilotlarida ham bir qator tashkiliy o’zgarishlar amalga oshirildi. Turkiston, Buxoro va Xorazm Kommunistik partiyalari, komsomol va xo’jalik tashkiiotlari, kasaba uyushmalari qayta tashkil etildi.
O’zbekiston Kompartiyasining 1925-yil 6 – 12-fevral kunlari Buxoroda bo’lib o’tgan I-ta'sis s'ezdida O’zbekiston Kommunistik (bolsheviklar) partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashdi. Uning Markaziy Qo’mitasi saylandi. V.I. Ivanov va Akmal Ikromov (1927-yildan birinchi kotib) Markaziy Qo’mitaning mas'ul kotiblari etib saylandilar. Shu yili O’zbekiston komsomoli (O’z LKSM), respublika kasaba uyushmalari, uning rahbar organlari ham tuzildi. Ular respublikada Markaz va sovet hokimiyatining tayanch organlari bo’lib qoldilar.
Sovet hukumati O’zbekistonda o’zining rasmiy partiya, sovet, komsomol va xo’jalik tashkilotlarini tuzib, asta-sekin siyosiy va iqtisodiy tayanchini mustahkamlab bordi. Bu esa unga O’zbekistonda keng miqyosda bolshevistik siyosat yuritish imkoniyatini berdi. Shu tariqa sovetlar butun choralar bilan O’zbekistonda o’z nokimiyatini mustahkamlashda davom etdi.
1925-yil may oyida O’zbekiston SSSR tarkibiga kiritildi. SSSR Konstitutsiyasi, uning asosiy qonun-qoidalari O’zbekiston SSR hududida bevosita ishlaydigan bo’ldi. 1927-yilda qabul qilingan O’zbekiston SSRning birinchi va 1937-yilda qabul qilingan ikkinchi Konstitutsiyasi ham amalda SSSR Konstitutsiyasining ko’chirma nusxasi edi. Chunki O’zbekiston qog’ozdagi “suveren” respublika bo’lib, amalda Markazga tobe va qaram bir o’lka edi, xolos. U o’z xalqining milliy manfaatlariga oid biror-bir dolzarb, hayotiy ahamiyatga molik masalani Ittifoq hukumatidan xoli ravishda mustaqil hal eta olmasdi. Bunga uning haddi sig’masdi. Binobarin, respublikaning ichki va tashqi siyosatiga daxldor barcha masalalar faqat hukmron Markaz xohish-irodasi bilangina hal etilardi. Hatto O’zbekistonning ma'muriy-hududiy tuzilishiga oid masalalar ham ittifoq hukumati tasarrufida edi. Masalan, O’zbekiston xalqi, uning hukumati roziligini so’ramasdan 1929-yilda Tojikiston ASSR O’zbekiston SSR tarkibidan chiqarilib, Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi hamda SSSRga qabul qilindi.
Shunday qilib, qog’ozda suveren respublika sifatida shakllantirilib, hukmron sovet imperiyasi tarkibiga kiritilgan O’zbekiston SSR amalda Markazga to’la bo’ysunuvchi, arzon xom ashyo mahsulotlari yetkazib beruvchi bir chekka o’lka bo’lib qolaverdi. 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish