Hayoti. Reja: Movarounnahrda Shayboniylar va


Yer egaligi munosabatlari



Download 0,69 Mb.
bet2/48
Sana02.04.2023
Hajmi0,69 Mb.
#924169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Узбекистон тарихи мажмуа 2-кисм

Yer egaligi munosabatlari. Barcha turkiy xalqlarda bo‘lgani kabi Shayboniylar davlatida ham hokimiyat masalasi, qo‘shinlarning tuzilishi masalalarida odat huquqlari nisbatan ustunroq bo‘lgan. Ushbu davlat tashkil topgan dastlabki davrda unda asosan Abulxayrxon davlatining tuzilishi hamda an’analari saqlanib qolindi. Undan tashqari yer-mulk masalasida temuriylar davlatida shakllangan xizmat evaziga yer-mulk in’om qilish shakllaridan Shayboniylar davlatida ham qo‘llanilgan. Tadqiqotchilarning xulosalariga ko‘ra, bu davrda Buxoro xonligida er huquqi masalalarida: davlatga qarashli erlar, ushr erlari, xurri xoris yerlar, vaqf yerlari, xon va amaldorlarga tegishli yerlar, qo‘chmanchi qabila va urug‘larga tegishli yerlar, suyurg‘ol yerlari, tanho yerlar hamda tarxonlik yerlari mavjud bo‘lgan. Iqto’ atamasi XIV asrning ikkinchi yarmidan boshlab garchi muomaladan chiqib, o‘z o‘rnini turkiycha suyurg‘ol atamasiga bo‘shatib bergan bo‘lsa-da, Shayboniylar davri ayrim manbalari va hujjatlarida iqto’ atamasini uchratish mumkin. Chunki, iqto’, suyurg‘ol, tanho atamalari va shu shakldagi yer mulki huquqining mazmuni bir-biriga deyarli yaqin bo‘lgan. Ya’ni, bunday yer mulklari davlat oldidagi ma’lum bir xizmatlari uchun ma’lum hadya yoki in’om ma’nosini anglatgan. Suyurg‘ol Shayboniylar davrida ham keng qo‘llanilgan bo‘lib, shahzodalar, yirik zodagonlar va nufuzli din peshvolariga ma’lum shart va imtiyozlar asosida berilgan yer mulki bo‘lib, u nasldan naslga o‘tgan. Suyurg‘ol egasi davlatga to‘lanadigan soliqlardan ozod qilingan bo‘lib, o‘z suyurg‘olidan oladigan daromaddan o‘z ixtiyoricha foydalangan. Bunday imtiyozli suyurg‘ol - darubast suyurg‘ol deb atalgan. Shaharlar, tumanlar va hatto viloyatlar ham alohida xizmat ko‘rsatgan shaxslarga suyurg‘ol qilib berilgan. Misol uchun XVI asrning boshlarida Qarshi Xudoyberdi Sultonning suyurg‘ol mulki bo‘lgan. Davlat yerlari dehqonlarga muddatsiz merosiy foydalanishga ijara sifatida berilgan. Darubast sifatida mulk va yer berish, Abdullaxon II davrida ayniqsa rivojlanib, u o‘zining pirlari Xoja Islom va uning avlodlaridan Xoja Saa’dga hamda boshqa Jo‘ybor xojalariga butun-butun bosib olingan viloyatlarni darubast sifatida hadya qilgan.
Tadqiqotchilarning fikricha, ushbu mulk merosiy suyurg‘ol (hadya) bo‘lib, u barcha soliqlardan ozod qilish haqidagi imtiyozlar bilan birga vorislikka qoldirish huquqi bilan berilgan yer va boshqa mulklardan iborat bo‘lgan. Jo‘ybor xojalarining Buxoro, Samarqand, Nasaf (Qarshi), Marv va boshqa viloyatlarda katta yer maydonlari bo‘lib, bu mulklar meros tariqasida avloddan avlodga o‘tgan va barcha soliqlardan ozod etilgan. Xonlar va boshqa yirik amaldorlar tomonidan ularga hadya etilgan yer mulklaridan tashqari ular Movarounnahr va Xurosonning serunum yaylovlariga, behisob podalarga, katta shaharlarda joylashgan o‘z hunarmandchilik do‘konlariga, savdo rastalariga, tegirmonlar, hammom va karvonsaroylardan keladigan daromadlarga ham ega bo‘lganlar. Kattadan-katta boyliklarga ega bo‘lgan jo‘ybor shayxlari o‘z xususiy yerlaridan tashqari vaqf yerlardan keladigan daromadni ham nazorat qilganlar. Xojalarning davlat ishlaridagi mavqei shunchalik kuchli ediki, ular hatto, amaldorlarni yuqori mansablarga tayinlash yoki chetlatishda ham katta ta’sirga ega bo‘lganlar.
Shayboniylar davrida yer egaligining quyidagi asosiy turlari mavjud edi:
1. Mulki sultoniy yoki mulki mamlaka (manbalarda mamlakai devon, mamlakai podshohiy, zamini mamlaka, mamlakati sultoniy, mamlaka atamalarida ham uchraydi) davlatga qarashli yerlar bo‘lib, bu yerlarni sotish, hadya etish, vaqfga berish faqat xonning ixtiyorida bo‘lgan.
2. Mulki xolis yoki mulki xurri xolis-mu’lum shaxslarga tegishli bo‘lib, hukmdor tomonidan davlat oldidagi xizmatlari uchun berilgan shaxsiy yerlar (suyurg‘ol, iqto’, tarxon, tiul va boshq.) Bunday yerlar va ularning egalari daftardor tomonidan maxsus daftarga qayd etib borilgan.
3. Vaqf yerlari-hukmdor yoki boshqa shahslar tomonidan diniy muassasalarga mulk qilib berilgan yerlar va sug‘orish inshootlari. Bunday yerlardan kelgan daromadning asosiy qismi mutavallilar, qozilar va musulmon dindorlariga tushgan.
4. Qishloq jamoalari egalik qiladigan yerlar. Shayboniylar davrida dehqonchilikka alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, avvolo, sug‘orish tizimini tartibga keltirish uchun qator tadbirlar amalga oshirilgan. Bu jarayonda mintaqadagi yirik suv manbalari Zarafshon, Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh, Murg‘ob kabi yirik daryolar va ko‘plab kichik daryolar hamda ko‘llar, tog‘ suvlarining imkoniyatlaridan keng foydalanilgan. Shayboniyxon darida, siyosiy beqarorlik yillarida, Abdullaxon II davrida sun’iy sug‘orish ishlarining ahamiyati yo‘qolmagan. Undan tashqari Shayboniylar davrida dehqonchilikning taraqqiyotini ta’minlovchi islohotlar o‘tkazilgan. Xususan, qarovsiz va lalmi erlarni davlat mulkiga kiritib, bunday yerlarda dehqonchilikni rivojlantirish, dehqonchilik qilishni hohlaganlarga har tomonlama yordam berish, ma’lum muddat soliqlardan ozod etish, yerdan olinadigan soliqlarni yig‘ishdan mahalliy amaldorlarning o‘z mansablarini suiste’mol qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun ham tegishli tadbirlar amalga oshirilgan.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish