Hayoti. Reja: Movarounnahrda Shayboniylar va


Hunarmandchilik va savdo-sotiq



Download 0,69 Mb.
bet14/48
Sana02.04.2023
Hajmi0,69 Mb.
#924169
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
Bog'liq
Узбекистон тарихи мажмуа 2-кисм

Hunarmandchilik va savdo-sotiq. Qo‘qon xonligida mamlakat poytaxti va boshqa ko‘plab shaharlar aholisining asosiy qismi hunarmandchilik va kosibchilik va shug‘ullanganlar. Hunarmandchilik shaharlarda ixtisoslashgan ko‘rinishga ega bo‘lib, buyumlarning bir turi va biror qismini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan sohalar mavjud bo‘lgan.
Hunarmandlar o‘z kasblarining sir-asrorlarini mukammal o‘zlashtirgan mohir ustalari bo‘lib, ishlab chiqargan mahsulotlarini yuksak san’at darajasiga ko‘targanlar.
Xonlikning deyarli barcha shahar va qishloqlarida hunarmandchilikning taraqqiyoti bir xil bo‘lgan bo‘lsa-da, ishlab chiqarish o‘zining ayrim xususiyatlari, ya’ni, mahsulotning turi, sifati bilan ajralib turgan. Hunarmandchilikning temirchilik, zargarlik, to‘quvchilik, degrezlik, kulolchilik, misgarlik va boshqa tarmoqlari keng rivojlangan bo‘lib, xonlikning har bir shahri muayyan sohada ishlab chiqargan mahsuloti bilan dong taratgan. Misol uchun, Qo‘qon shahri zargarlik va qog‘oz ishlab chiqarish, Shahrixon va Chust tikuvchilik hamda temirga ishlov berish, xususan, pichoqchilik, Marg‘ilon, Namangan va Andijon esa ipak gazlamalari, Toshkent o‘zining tikuvchilik, to‘quvchilik, cho‘yan, temir-mis mahsulotlari bilan mashhur bo‘lgan.
Butun xonlik hududida ishlab chiqarish qo‘l mehnatiga asoslangan bo‘lib, asosiy hunar turlari – ip va ipak matolar to‘qish, oyoq kiyim tayyorlash, teriga ishlov berish, kulolchilik mahsulotlari tayyorlash, temirchilik, egar-jabdug‘ yasash, bo‘yoqchilik, misgarlik, zargarlik, duradgorlik, aravasozlik, harbiy qurol ishlab chiqarish, o‘ymakorlik, mum ishlash, pista ko‘mir tayyorlash, kashtachilik, do‘ppichilik, pichoqchilik kabilar edi. Undan tashqari, xonga tegishli porox ishlovchi va qog‘oz tayyorlovli ustaxonalar ham bo‘lgan.
Xonlikda qurolsozlikka alohida e’tibor qaratilgan. Bu tarmoq shahar hunarmandchilik ishlab chiqarishining obro‘li sohalaridan bo‘lib hisoblangan. Qo‘qon shahrida zambaraklar, miltiqlar, qilichlar, pichoqlar, xanjarlar, qalqonlar, nayzalar va boshqa harbiy anjomlar tayyorlangan.
Xonlikning hunarmand-kosibchiligi serqirra va mazmunan boy bo‘lib, ijtimoiy holatiga ko‘ra hunarmandlar ikkita – yuqori va quyi tabaqalarga bo‘lingan. Yuqori tabaqa vakillariga o‘z ustaxonasi, mehnat qurollari va xom ashyosiga ega bo‘lgan ustalar kirgan. Mulkdor tabaqalar qo‘lidagi ustaxonalar va mehnat qurollaridan foydalanuvchilar, yuqori tabaqaga kiruvchi ustalarning qo‘llarida kunbay yollanib ishlovchilar quyi tabaqa hisoblangan.
Xonlikda hunarmandchilik va kosiblik ishlab chiqarishini asosan paxtachilik, ipakchilik, chorvachilik tarmoqlari va yer osti boyliklarini qazib chiqarish sohalari xom ashyo bilan ta’minlagan. Hunarmandchilik uchun zarur bo‘lgan xom-ashyolar xonlik hududidan olinish bilan birga chetdan ham harid qilingan. Asosiy xom ashyolardan biri bo‘lgan oltin Sirdaryoning yuqori oqimidan, Qonsuv daryosidan olingan. Shuningdek Kosonsoydan, Qoratog‘ning shimolidagi Kukrev daryosidan, Chirchiq daryosi bo‘ylaridan, Burchmulla yonidan, Chotqol daryosining yuqori oqimidan ham oltin olingan.
Hunarmandlar temir rudasini Oloy tog‘ tizmasi etaklaridan, qo‘rg‘oshin va boshqa ma’danlarni Qoratovdan qazib olganlar. Manbalarga ko‘ra, yer osti boyliklarini qazib chiqarish sodda va kam bo‘lib, u ehtiyojni talab darajasida qondira olmagan. Shuning uchun ham aksariyat metallar Rossiyadan olib kelingan.
Qo‘qon xonligi hayotida ichki va tashqi savdo munosabatlari alohida ahamiyatga ega edi. Ichki savdo – o‘troq dehqonlar, ko‘chmanchi chorvadorlar va shahar-qishloq hunarmandlari o‘rtasidagi an’anaviy mahsulot ayirboshlashga asoslangan. Aholining kundalik ehtiyojlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar bilan ta’minlab turilgan. Barcha ichki savdo chakana bo‘lib, ulgurji savdo deyarli bo‘lmagan.
Hunarmandlar va kosiblar savdo orqali yaqin aloqada bo‘lganlar. Hunarmandlar aksariyat hollarda o‘z mahsulotlarini o‘zlari sotganlar.
Dehqon va chorvadorlar esa, haftaning muayyan kunlari o‘z mollarini bozorga olib chiqqanlar. Bozorlardagi narx-navo bir xilda turmagan. Narx-navo xonlikdagi tinchlik-osoyishtalik, urushlar, ob-havoning yomon kelishi oqibatida hosildorlikning pasayishi kabi omillarga qarab o‘zgarib turgan.
Qo‘qon xonligining eng asosiy savdo va tijorat markazi Qo‘qon, Toshkent, Marg‘ilon, Andijon, Xo‘jand, Namangan, O‘sh, O‘ratepa kabi shaharlar bo‘lib, ular orasida Qo‘qon nafaqat xonlik, balki butun O‘rta Osiyoning savdo markazlaridan biri hisoblangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘qon bozorlari o‘zining mahsulotlarga boyligi va narx – navoning boshqa shaharlarga nisbatan ancha arzonligi bilan ajralib turgan. Shaharning devorlar bilan o‘ralgan katta bozorlari mahalliy aholi va chetdan kelgan savdogarlar bilan doimo gavjum bo‘lgan. Rus manbalarida keltirilishicha, XIX asrning 20-yillarida Qo‘qonda oltita bozor bo‘lib, ular yakshanba, chorshanba va payshanba kunlari ishlagan. Bu bozorlarda qattiq nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, xaridor haqqiga xiyonat qattiq jazoga tortilgan.
Qo‘qon honligining iqtisodiy hayotida tashqi savdo ham muhim ahamiyat kasb etgan. Mamlakat g‘arb va janubda Buxoro, Xiva, Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, sharqda Xitoy (Qashg‘ar orqali), shimolda Dashti Qipchoq ko‘chmanchilari va ayniqsa Rossiya bilan keng savdo aloqalari o‘rnatgan. Ayrim manbalarda xonlikda yaponiyalik va angliyalik savdogarlar ham kelganligi eslatib o‘tiladi.
Xonlikdan chet elga asosan ipak va ipak matolar, paxta, charm, qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari va boshqa mahsulotlar chiqarilgan.
Chet eldan asosan choy, metall, chinni, uy-ro‘zg‘or buyumlari, tayyor gazlama, kiyim-kechak, poyifzal, oltin, kumush va boshqalar keltirilgan.
Xonlikning savdogarlari Buxoro va amirlik chegaralaridagi shaharlar bilan muntazam savdo aloqalari olib borganlar. Har ikkala davlatning savdogalari savdo ishlarida faol ishtirok etib, qo‘qonlik savdogarlar Buxoro amirligiga xo‘jalik hayotda zarur bo‘lgan rus temiri, po‘lat va cho‘yandan yasalgan buyumlar, tamaki, ro‘mol, guruch va ba’zi xitoy yoki mahalliy ipak gazlamalari, choy, chinni idishlar olib borishgan bo‘lsa, buxorolik savdogarlar esa Qo‘qonga hind choyi, surp mato, harir, buyoq, afyun (taryok), zardo‘zlik mahsulotlari, ip va gazlama olib kelishgan. Rus chiti Buxoroning Qo‘qon xonligi bilan savdosida alohida o‘rin egallagan. Bu mato Orenburg yoki Petropavlovskdan Kazalinskka, undan Buxoro, Samarqand va Xo‘jand orqali Qo‘qonga olib kelingan. Shuningdek xonlikda Mashhaddan olib kelinadigan ingliz gazlamalari, oz miqdorda bo‘lsa ham Qobulning to‘n va sallalari, hind attorlik mollari ham keltirishgan.
Qo‘qon xonligining Qashg‘ar bilan savdo munosabatlari xuddi Buxoro amirligi kabi bo‘lib, Qashg‘ardan Qo‘qonga afyun, chinni idishlar, kumush, xitoy ipak matolari, tola va gilamlar olib kelingan. Qozoq juzlarining Rossiyaga tobe etilishi hukmdor tabaqalar o‘rtasidagi o‘zaro urushlarning to‘xtashiga sabab bo‘ldi va bu holat O‘rta Osiyoning, jumladan, Qo‘qon xonligining Sibir, Ural, Volga bo‘yi bilan savdo aloqlariga keng yo‘l ochdi.
Xonlik Hindiston bilan ham muntazam savdo aloqlarini olib borib. Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistondan yiliga Qo‘qon, Toshkent, Buxoro va Qashg‘arga Qobul orqali 10.000 dan 15.000 tuyagacha mahsulot yuborilgan. Ular orasida ip gazlamalar, ipak, echki juni, otlar va boshqalar chiqarilgan. Otlar savdoning katta foyda keltiradigan manbalaridan biri bo‘lgan. Hind savdogarlari xonlikdagi shaharlarda yashab tijorat va hatto, sudxo‘rlik bilan shug‘ullanganliklari haqida ham ma’lumotlar bor.
Qo‘qonning tashqi aloqalarida Qo‘qon-Rossiya savdo munosabatlari ham alohida o‘rin tutgan. Manbalarga ko‘ra, 1861-yildan keyin rus sanoatining jadal rivojlana boshlaganligi xom ashyo bazasi va tashqi bozorga bo‘lgan ehtiyojning yanada kuchayganligi Rossiyaning Qo‘qon bozorini faol egallab, undan cheksiz foydalanishning asosiy sabablaridan biri bo‘lgan. Rossiyadan Qo‘qonga temir, mis, po‘lat, cho‘yan va temir buyumlar, chit va sifatsiz gazlamalar, oz miqdorda baxmal, shakar, oynalar, charm, Rossiyaga tobe bo‘lgan qozoq cho‘llaridan qo‘ylar va uning terisi, charm va charm mahsulotlari, kigiz olib kelingan. Xonlikdan esa Rossiyaga asosan paxta olib chiqilgan.
Ma’lumki, o’lkamiz qadim-qadimdan madaniyat o’chog’i bo’lib kelgan. Bu o’lkada yashab kelayotgan xalqlar o’z saflaridan ilm-fan, adabiyot va san’at sohalarida qalam tebratib shuhrat qozongan buyuk allomalar: olimlar, shoirlar, hakimlar, me’morlar va boshqalarni yetishtirib berganlar. Shu bois asrlar osha o’zbek madaniyatining ajoyib namunalari jahon miqyosida va uning tarixida o’chmas iz qoldirgan. Lekin o’lkada sodir bo’lgan o’zaro urushlar va chet el bosqinchilarining tinimsiz xurujlari va hujumlari xalqimiz madaniyatining izchil va vorisiylik yo’li bilan taraqqiy etishiga to’sqinlik qildi va salbiy ta’sir etdi. Ammo, shunga qaramasdan, xalq ijodiyoti va madaniyatining ravnaqi butunlay to’xtab qolmadi. Xalq orasidan o’z davrining ajoyib iste’dod egalari: olimlari va shoirlari yetishib chiqdilar.
Qo’shni Buxoro va Xiva xonliklari kabi Qo’qon xonligida ham mamlakat hukmdorlari tomonidan ilm-fanga katta e’tibor berilgan, madaniyatga xomiylik qilingan. Shuningdek, xonlikning taraqqiyoti ham madaniyatning rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Xususan, Qo’qon xonligi hukmdorlari Norbo’tabiy, Olimxon, Umarxon va Muhammad Alixon davrida mamlakat O’rta Osiyoda yetakchi mavqelardan birini egallagan, o’z navbatida madaniyat ham taraqqiy etgan. Shuningdek, xonlikning qudratli hukmdorlari Umarxon va Muhammad Alixonlar ilm-fanga xomiylik qilgani va o’zi ham ijod qilgani tarixdan ma’lum.
Qo’qon xonligida ko’plab ilm-fan arboblari, shoirlar, tarxichilar, xattotlar, olimlarning yetishib chiqishiga ta’lim tiziming yaxshi yolga qo’yilganligi ham o’z tasirini o’tkazgan albatta.
Qo`qon xonligida bir necha o`quv muassasalari: madrasalar, maktablar, daloilxonalar va qorixonalar mavjud edi. Maktablar machitlar qoshida va xususiy uylarda tashkil etilgan. Xonlik tugatilishi arafasida Qo’qonning o’zida 261 ta musulmon masjidlari, ular qoshida 149 ta maktabxona mavjud bo`lgan. Xonlar o`rdasida xonzoda va zodagonlarning bolalarini o`qitish uchun maxsus maktablar, bundan tashqari o`ziga to`q oilalar uchun oddiy maktablarga qaraganda sharoiti yaxshi bo`lgan maktablar ham bor edi.
Xonlikda ko’plab maktabxona va madrasalar faoliyar yuritgan. Shahar maktabxonalarida 10 tadan 30 tagacha bolalar o’qigan, qishloq maktablarida esa undan ozroq bola ta’lim olgan bo’lgan.
Qo`qon xonligida ta`lim tizimi oilalarda boshlanib, keyinchalik maktab va madrasalarda davom etgan. Bolalar bu maskanlardan tashqari, qorixonalar, xonaqoh, tariqatlar pirlari huzurlarida ham o`qib, bilim olganlar. Ota-onalar bolalari 6 yoshga yetgach, ba`zida esa undan ham yosh maktabga berishgan. Maktablarda yosh bo`yicha kurslar kam bo`lgan. Maktablar aksariyat hollarda mahalla masjidlari qoshida tashkil qilinib, o`qitish uslubi eskicha tartibda edi. Maktablarda o`qitish o`ziga to`q oilalar farzandlari uchun yakka holda bo`lib, bola iqtidoriga qarab, sinfdan-sinfga ko`chirilgan. Yilning istalgan paytida maktabga berish mumkin bo`lgan.
Maktablarda sinfdan-sinfga ko`chirish o`quvchining iqtidoriga va o`qituvchining mahoratiga, ya`ni qanday dars berishiga qarab ham amalga oshirilgan. Ba`zida bir kursdan ikkinchisiga o`tish uchun 3-5 yil vaqt kerak bo`lgan. O`quv haqi natura shaklida bo`lib, tuxum, o`tin, pul, sovg’a berish lozim edi. O`spirinlar o`qituvchilarning uy ishlariga, chorvalariga yoki dala ishlariga yordam berishlari ham oddiy hol bo`lgan. Maktablarda bir yilgacha harflar o`rgatilgan, qachonki bolalar to`liq o`qiydigan bo`lgach, so`ngra yozish o`rgatilgan. Maktablarda ko`rgazmali qurollar bo`lmagan. Maktablarda, ta’limning birinchi bosqichida arab alifbosi o’rgatilgan. Ikkinchi bosqichda “Haftiyak” (arab tilida) ni hijjalab o’qishgan. Uchinchi bosqichda esa “Chor kitob” o’qilgan. Unda Hofiz, So’fi Olloyor, Fuzuliy, Ahmad Yassaviy va boshqalarning asarlari (she’rlari) o’qilgan. “Chorkitob”ni o’qib bo’lgandan keyin kambag’allarning (dehqon, kosib va boshqalar) bolalariga javob berib yuborilgan, boylar va ruhoniylarning bolalari qoldirilib, o’qishni davom etdirganlar. O’quvchilar Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Hofiz kabi shoirlarning asarlarini o’qish bilan birga oddiy hisob va namoz o’qish qoidalarini ham o’rganganlar. So’ngra “Kalila va Dimna”, “Qobusnoma” singari donishmandlik ruhidagi kitoblar o’qitilgan. O’qituvchilarga “Odobnoma” dasturlari asosida dars berilgan. Xalq og’zida yurgan axloqiy, ma’naviy, falsafiy ruhdagi maqollar, masallar, majmualar, rivoyatlar, hikoyatlardan esa tarbiya vositasi sifatida foydalanilgan.
Qizlar asosan uylarda, ota-onalari huzurida yoki qizlarning maktabi hisoblangan, otinoyilarning maktablarida tahsil olganlar.
Umarxon taxtga o`tirgandan so`ng ayollar huquqlari ma`lum ma`noda himoya qilina boshladi. Bunda Umarxonning rafiqasi, mashhur shoira Nodirabegimning xizmatlari e`tiborlidir. U ayollarning o`qish-yozishni o`rganishlari uchun madrasalarda dars tashkil etib, otinoyilarning saboq berishini yo`lga qo`ygan. Bu xayrli ishga yana bir mashhur shoira Jahon otin Uvaysiy ham o`zining beqiyos hissasini qo`shgan.
Maktabda darslar fors-tojik, arab va o`zbek tillarida olib borilgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab musulmon maktablari uchun Qozondan, Hindiston va Erondan keltirilgan bosma kitoblar va to`plamlar paydo bo`ldi.
Maktablarda o`qish 8 yilgacha davom etgan. Uni tamomlaganlar savdo bilan shug’ullanganlar, ustaxonalarda ishlaganlar, xattotlik qilishgan, ba`zilari madrasada o`qishni davom ettirganlar.
O`qituvchilar o`z uylarida ochgan xususiy maktablaridan tashqari barcha o`quv yurtlari, turli shaxs va tashkilotlar tomonidan hayriya qilingan vaqflardan tushadigan daromad hisobiga ishlar edi. Ularning odatida masjidlar birinchi o`rinda turardi, chunki deyarli barcha masjidlarda maktablar ochilgan edi. O`z navbatida ular xonlikdagi nazoratga muxtoj bo`lgan – madrasa, masjid, xonaqoh, maktab va qabristonlarga savdodan tushgan daromadining bir qismini vaqf qilib turganlar. Bu esa xonlikda vaqf instituti faoliyati yaxshilanishiga va mamlakat madaniy taraqqiyoti rivojiga ijobiy ta`sir ko`rsatgan.
Imomlar odatda mahalla maktabining domlasi ham bo`lgan. Ota-onalar imkoniyatlariga qarab domlaga 1,5 tangadan 2 tangagacha pul berganlar. Shu bilan birga domlaga non, uzum, va boshqa shirinliklar ham keltirilgan.
Turkiston o`lkasida maktabxonalar bilan birga yana boshqa musulmon diniy maktablari – qorixona va daloilxonalar ham mavjud bo`lgan. Qorixonalar masjid qoshidagi maktablar bo`lib, bolalar u yerda Qur`on oyatlarini yod olgach, maxsus imtixondan so`ng, bitirib chiqishar, aholi bunday kishilarni“qorilar” deb nomlashgan. Qorixonada o`qituvchi kishini qori domla deb atashgan. Qorilarga yakka-yakka tartibda ta`lim berilgan, buning uchun 3-4 yil vaqt sarflangan. Qorixonalar ham madrasa kabi vaqf daromadi hisobiga qurilgan va saqlangan. Uning binosi madrasadan kam farq qilgan, ammo, bir oz kichikroq bo`lgan. Qorixonalardagi hujralarning soni uning binosiga qarab har xil bo`lgan. Masalan, Qo`qon shahridagi Sulaymon xo`ja Eshon qorixonasining 3 ta hujrasi bo`lsa, Xolif Oltmish qorixonasida11 ta hujra bo`lgan. Daloilxona deb ataluvchi musulmon maktablari Qo`qon xonligida bir nechta bo`lgan. Ularda“Daloil ul-xayrot” kitobi o`qitilgan. Uni bitirganlar maddohlar deb atalgan. Maddohlar ayniqsa, Namangan shahrida ko`p bo`lib ularning alohida mahallasi ham bo`lgan.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim beruvchi maskan hisoblangan madrasalarda o`quv ishlarini tashkil qilish muhim ahamiyatga ega hisoblangan. Madrasalardagi o`qish asosan diniy yo`nalishda bo`lishi bilan birga, unda arab grammatikasi, metafizika, fiqh, fizika, logika, ritorika (notiqlik), arifmetikaning to`rt usuli, algebra va geometriyadan boshlang’ich bilimlar berilgan. Madrasalar faoliyati va o`qish uchun mablag’ vaqf yerlaridan olingan daromadlar hisobidan bo`lgan. Madrasani bitirgan toliblar qozilik vazifasi, qoziga yordamchi, masjidga imom, bir qismi esa mudarrislik (o`qituvchilik) qilishgan.
Talabalarning o`qiyotgan kitoblari intilishlari, hamda o`zlashtirish darajasiga qarab ularni uch bosqichga bo`lib o`qitish yo`lga qo`yilgan:
1. Adno – quyi bosqich hisoblanib, unda maktabni endigina tamomlab, madrasadagi birinchi kitob – “Avvali ilm” asarini o`rgana boshlagan, hamda, “Aqoid”ni o`rganayotgan talabalar o`qigan.
2. Avsat – o`rta bosqich hisoblanib, bu bosqich talabalari “Aqoid”ni tamomlab, “Mullo Jalol” gacha bo`lgan kitoblarni o`qiganlar.
3. A`lo – yuqori bosqich talabalari hisoblanib, ular “Mullo Jalol” dan, “Matni faroiz”gacha bo`lgan asarlarni o`rganganlar.
Demak, mantiqiy, ilohiy va falsafiy ilmlarni to`la qamrab olgan “Mullo Jalol” asarini o`rganish uchun talabalar ma`lum tayyorgarlikdan o`tishgandan so`ng, a`lo bosqichda boshlagan.
Adabiyot bo`yicha talabalar Jaloliddin Rumiy, Fariddin Attor, Hofiz Sheroziy, Mirzo Abdulqodir Bedil, Alisher Navoiy, Fuzuliy va boshqa ko`plab mashhur shoirlarning g’azal va devonlarini fors-tojik va o`zbek tillarida qunt bilan o`rganganlar.
Madrasalarda yuqorida ko`rsatilgan fanlar qatorida “Hisob” nomi bilan arifmetika, algebra, geometriya fanlari ham o`qitilgan. “Ilmiy hisob” dasturi o`rta asrlarda yashagan qomusiy olimlardan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Hizr Xo`jandiy, Beruniy, Ali Qushchilar tomonidan yaratilgan matematikaga oid asarlar asosida o`rganilgan.
Madrasada ilmiy hisob o`qitishdan ko`zlangan maqsadlardan biri meros taqsimlashning ilmiy va amaliy nazariyasini biluvchi mutaxassislar tayyorlashdan iborat bo`lgan. Bunday mutaxassislar “Faroizxon” (meros bo`luvchi) nomi bilan atalgan.
Madrasalarda o`qitilayotgan ilmning to`liq tizimi XI – XII asrlardayoq shakllangan bo`lib, uni quyidagi ilmiy guruhlar tashkil etgan:
1. Arab tili grammatikasi – sarfi, (morfologiya), naxvi (sintaksis), etimologiya, arabcha notiqlik, Qur`onni o`qish ilmi va ilmiy munozara madaniyati.
2. Ilohiyot va qonunshunoslik: Qur`on tafsiri, hadis, fiqx, diniy aqidalar, meros taqsimoti haqida ta`limot, qonunshunoslik asoslari.
3. Falsafa mantiq, riyoziyot, jug’rofiya, astronomiya, tibbiyot, kimyo va tabiiy fanlar.
Darslar haftaning muayyan kunlarida olib borilgan. Madrasa tahsili 21 sentyabrdan to 21 martga qadar, ya`ni 6 oy davom etgan. Mana shu 6 oyda 180 soat dars o`tilar edi. Navro`z arafasida xonning ta`til haqidagi farmoni chiqqach, o`qish tugatilgan va talabalar6 oy davomida ta`tilda bo`lganlar.
Madrasalarda o`qish bir haftada 4 kun, ya`ni shanba, yakshanba, dushanba, seshanba kunlari bo`lgan. Qolgan uch kunda, ya`ni chorshanba, payshanba va juma kunlari mutolaa bilan shug’ullanib, olingan saboqlar takrorlangan. Odatda, har bir mudarrisga 4 tadan 10 nafargacha talaba birkitilgan. Madrasalarda o`qish muddati 8 yilga mo`ljallangan. Muqimiy ham Qo`qon madrasalaridan birida 1864 yildan 1872 yilgacha tahsil olgan. Tahsilni vaqtida tugata olmagan talabalar o`z hisobidan o`qishgan. Madrasa dasturiga ko`ra, darslar ikki guruhga, ya`ni ulumi naqliya (islomiy) va ulumi aqliya (dunyoviy) ilmlarga ajratilgan. Ulumi naqliyada – Qur`oni karim, Hadisi sharif, fiqh ilmlari, ularga yozilgan sharhlar o`rgatilgan. Ulumi aqliyada dunyoviy fanlar – falakiyot, riyoziyot, ilmi nujum, al-jabr, kimyo, geometriya, geografiya, tarix, falsafa, adabiyot, mantiq, arab tili grammatikasi, musiqa, xattotlik san`ati va odob-axloq ilmlari o`rgatilgan.
Talabalar ona tilidan tashqari, fors va arab tilini mukammal egallaganlar. O`quv yili oxirida esa maxsus imtixonlardan o`tishgan.
Madrasalarda tartib – intizomga ham alohida diqqat qaratilgan. Madrasa nizomini buzgan talabaga uch marta ogohlantirish berilgan. U yana intizomni buzsa, madrasadan chetlashtirilgan.
Madrasani muvaffaqiyatli tugatgan talabalarga ta`lim olganligi haqida shahodatnomalar berilgan. Madrasaning ichki hayotiga dahldor masalalar mutavalli, mudarrislardan tarkib topgan hay`at kengashida hal etilgan. Eng iste`dodli, barcha bilimlardan xabardor, hurmat-e`tibor qozonganlar maxsus guruh, allomalar sinovidan o`tib, mudarrislik vazifasiga tavsiya etilgan.
Toliblar saboqdan ta`tilga chiqqan vaqtlarida dehqonchilik, hunarmandchilik, yuqori bosqichdagilari esa qishloq va shaharlarda imom noibi, muazzin, qorilik kabi ishlar bilan mashg’ul bo`lardilar. Musulmon bayramlarida, juma kunlari va Navro`zda darslar bo`lmagan. Madrasada hujralari bor talabalarga vaqf mulklaridan haq berilardi.
Juma kunlari o`qish bo`lmagan. Talabalar bo`sh vaqtlarida bozorga borib, maddohlarning hikoya va diniy rivoyatlarini eshitar edilar. Talabalarning ko`pchiligi esa Qo`qon xoni boradigan va olimlar yig’iladigan Jome` masjidiga (uni Olimxon boshlagan edi va qurilishini Umarxon tugatgan) borishni orzu qilganlar. Bu yerda juma namozidan keyin olimlar bilan birgalikda Qur`on va shariat haqida munozaralar o`tkazilgan. Bunda ko`plab mashhur din ahllari, olimlar, yosh mutaxassislar ham xon oldida o`zlarining bilimlarini, aql va harakatlarini ko`rsatishga intilgan. Iste`dodi borlar albatta, xon nazariga tushgan va keyinchalik qobiliyatlariga muvofiq mansablar olganlar hamda rag’batlanganlar.
Madrasa mudarrislari, talabalar, umumun madrasaning barcha xodimlari ham vaqf mulklaridan olingan daromad hisobiga yashaganlar. Talabalarga qaysi bosqichda o`qishiga qarab, pul berib turilgan. Masalan, 1-bosqich talabalariga 4–8 so`m, o`rta bosqich talabalariga 8–16 so`mgacha, yuqori bosqich talabalariga 16–32 so`mgacha pul berilgan. Maosh olish vaqf mulki daromadiga bog’liq bo`lgan. Masalan, Toshkentdagi “Baroqxon” madrasasining ikki qavatli karvonsaroyi va 14 ta savdo rastasi bo`lib, vaqf mulkidan yiliga 1400 so`m, “Ko`kaldosh” madrasasi o`z vaqf mulkidan 15000 tanga daromad olinib, mudarrislari 48 xujrani ta`mirlashga, kutubxonaga, imomga, farrosh, muazzinga va mutavalliga berilgan.
Musulmon maktab va madrasalari tarixi bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan B. Rasulov madrasalarni qurdirgan va mablag’ bilan ta`minlab turgan kishilarni uch toifaga bo`lgan:
1. Hukmdor sulola vakillari madrasalari, ya`ni xonlar va oila a`zolari tomonidan qurdirilgan bilim maskanlari. Masalan: Qo`qonda turli vaqtlarda qurdirilgan Madalixon madrasasi, Modari xon, Sulton Murod madrasasi va h.k.
2. Musulmon zodagonlari va ashroflari (sayyidlar, xo`ja tariqat peshvolari, shayxlar) qurdirgan madrasalar. Masalan: 1855-yilda shayx Abulqosim qurdirgan Abulqosim Eshon madrasasi (Toshkentda), 1801-yilda Qo`qonda Hasanxo`ja Eshon o`g’li Buzrukxo`ja Eshon madrasasi.
3. Yirik yer egalari, boylar va badavlat kishilar tomonidan bunyod etilgan madrasalar, maktab va qorixonalar.
Ma`lumotlarga qaraganda, Qo`qon shahrida 53 dan ortiq madrasa bo`lgan, ammo ularning hammasi haqida ham manbalar to`liq ma`lumot bermaydi.
XIX asr o`rtalarida o`lkamizda bo`lgan rus olimi V.V.Vel’yaminov-Zernov “Qo`qon xonligi haqida” asarida Qo’qonda 12 ta madrasa borligi xaqida ma’lumot beradi.
Ma’lumotlarga ko’ra, XIX asr 70 – yillarida, ya’ni Rossiya imperiyasi Qo’qon xonligini bosib olishi arafasida poytaxt Qo’qonning o’zida 39 ta madrasa bolgan.
XIX asr boshlarida Toshkent Qo`qon xonligi tasarrufiga o`tgandan keyin ham shahar madaniy markaz sifatida rivojlanib bordi. Bu yerda qurilgan masjid-madrasalarda ko`plab tolibi-ilmlar saboq olganlar. Jumladan, “Abulqosim madrasa”sida talabalarning o`qishlari uchun sharoitlar yaratib berilgan edi. Yuzdan ortiq xonadan iborat madrasaning hujralarida 2 tadan 5 tagacha talaba istiqomat qilgan. Hujralar, dahliz, yuz-qo`l yuvadigan obrez-xoniq, qishki tancha-sandal, mo`rili o`choq va o`rin-ko`rpa uchun so`ri mavjud bo`lgan.
Bulardan tashqari madrasada mudarris, mutavalli, imom, xalfa, domla, muezzin (azonga chaqiruvchi), farrosh, qorovul va boshqa xizmatchilar uchun hujralar ajratilgan. Keyinchalik shu madrasalardan birida Abdulla Qodiriy ham tahsil ko`rgan. Qodiriy Darxon mahallalik Usmon-qori domladan arab tili sarf-nahvi va fors tilidan saboq olgan.
Shuningdek, Toshkentning “Shukurxon” madrasasiga qarashli yerlardan tushgan daromadlardan shu madrasada tahsil oluvchilarga maosh berilgan. Shukurxon madrasasi (XIX asr 20-yillarida qurilgan) markaziy bozordagi ikki qavatli karvonsaroydan 180 tillo va u yerdagi 8 ta do`kondan 11 tillo vaqf puli olgan. 1868-yilda madrasada 30 nafar talaba bo`lib, ular ikki mudarris qo`lida – Mirzo Muhammad a`lamda 20 nafar, Mulla Mavlonda 10 nafar talaba tahsil olgan.
Madrasalarni boshqarish, o’qitish va xo’jalik ishlariga shayxulislom va qozilar rahbarlik qilganlar. Ta’lim ishlari shariat qonunlari asosida olib borilgan va uni raislar nazorat ostiga olganlar. Har bir madrasada xo’jalik ishlarini boshqarish mutavali ixtiyorida bo’lgan. Mutavali vaqf yerlaridan kelgan daromadlarni taqsim qilgan. U muddaris ko’rsatmasi asosida kerakli narsalarga sarflangan. Madrasalardagi ta’lim-tarbiya ishlari butunlay diniy asoslarda tashkil etiligan bo’lib, o’sha davr mafkurasining talablariga asosan undan chetga chiqish aslo mumkin bo’lmagan.
Qo’qon xonligi o’zining masjid va madrasalari bilan qo’shni xonliklarda qolishmagan. Xatto ustunlik ham qilgan. Qoqon xonlarining aksariyati masjid va madrasalar qurishga xomiylik ham qilgan.
Madrasalar barcha shahar va qishloqlarda keng yo’yilgan bo’lib, ularni qurdirgan va mablag’ bilan ta’minlab turgan kishilarga qarab uch toifaga bo’lingan:

  1. Xon madrasalari-xon, uning oila a’zolari, saroy amaldorlari tomonidan qurdirilgan yirik madrasalar. Asosan poytaxt bo’lgan shaxarlarda qurilgan. Vaqf mulki va daromadlari katta bo’lganligi uchun talabalar soni ko’p bo’lgan.

  2. Eshon madrasalar-islom dinidagi tasavvuf tariqatining diniy raxnamolari eshonlar, pirlar, shayxlar tomonidan qurdirilgan katta madrasalar. Bu madrasalar eshonlarning muridlaridan tushgan tushgan hayr-exsonlari va ularning mehnati bilan qurilgan. Yirik vaqf mulki va daromadiga ega.

  3. Xususiy madrasalar-juda ko’pchilikni tashkil etadi. Yirik er egalari, boylar, savdogarlar va boshqa badavlat kishilarning boshchiligida qurilgan madrasalar. Ko’proq xashar yo’li bilan savobi tegishi uchun, obro’ ortirish, yaxshi nom qoldirish uchun qurilgan.

Madrasalarning mavqeyi va farqi vaqf mulkining miqdori, daromadi hamda hujralarning soni bilan ham belgilangan;

  1. Yirik madrasalar-vaqfdan tushadigan yillik daromad 250-40000 tangani tashkil etadi. 3100 tagacha hujrasi bo’lgan. Mudarrislar soni 5 tadan 10 tagacha, talabalar soni 150 tadan 1000 tagachani tashkil etgan. Asosan yirik poytaxt shaharlarda joylashgan.

  2. O’rta madrasalar-vaqf mulkidan tushadigan yillik daromad 120 dan 3500 yoki 1800-5250 rublni tashkil etgan. Hujralar soni 30 tadan ortiq, talabalar soni esa 50 tadan 150 tagacha bo’lgan. Mudarrislar 2-4 kishidan iborat bo’lgan. Asosan shahar qishloq markazlarida joylashgan.

  3. Kichik madrasalar-vaqfdan tushadigan daromad 5000 tanga atrofida bo’lib, ularda talabalar va mudarrislar kam bo’lgan, 10-20 tadan oshmagan hujralari bo’lgan. Asosan qishloqlarda ko’p uchragan.

Madrasadagi eng nufuzli kishi mudarris hisoblangan. Mudarrisning xalq orasida ham obro’-e’tibori katta bo’lgan. Mudarrislardan diniy masalalarda va ilm-fanning turli sohalarida chuqur bilimga ega, amaliy ishlarda zukko hamda yuksak ahloqiy fazilatlar egasi bo’lishlilik talab etilgan. Mudarrislarni xon yoki beklar tayinlashgan. Madrasalarda o’quv xaftasi 2 ga: taxsil kunlari (shanba, yakshanba, seshanba)va ta’til (chorshanba, payshanba, juma kunlari) ga bo’lingan. O’quv yili oktabrdan boshlanib 30 xafta yoki 120 kun davom etgan.
Umuman olganda musulmonlarning oliy maktabi hisoblangan madrasalarda ulamolar, masjid imomlari, shariat qozilari tayyorlangan. Xonlik “Adabiy muhiti”ga o’z xissasini qo’shgan ko’plab allomalar ham manashu madarasalarda o’qigan, ilm-fan taraqqiyotiga o’z xissalarini qo’shgan. XIX asr o’rtalariga kelib dunyoviy va tabiiy fanlarga bo`lgan ehtiyojning susayishi diniy ilmlarning nufuzini orttirib yubordi. Yevropada musulmon olimlarining o`rta asrlarda yaratgan asarlari va kashfiyotlaridan ijobiy foydalanish orqali tabiiy ilmlarning rivojlanishi natijasida sanoat taraqqiyoti yuz bergan davrda, Turkiston madrasalarida asosiy e`tibor ma`naviy madaniyatni shakllantirishga, insonni axloqan barkamol qilib tarbiyalashga yo`naltirilgan edi. Qolaversa diniy mafkura ustunligi bilan ajralib turgan. Bu narsa Turkistonning fan-texnika taraqqiyotidan chetda qolishiga sabab bo`ldi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish