Hayoti. Reja: Movarounnahrda Shayboniylar va


Qo’qon – shoir va shoiralar makoni



Download 0,69 Mb.
bet15/48
Sana02.04.2023
Hajmi0,69 Mb.
#924169
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
Bog'liq
Узбекистон тарихи мажмуа 2-кисм

Qo’qon – shoir va shoiralar makoni
Qo’qon xonligining siyosiy jihatdan mavqeining ko’tarilishi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning yuksalishi va madaniy hayotning tarqqiyoti Umarxon (1810 – 1822) davriga to’g’ri keladi.
Amir Umarxon nafaqat xon balki o’zbek adabiyoti tarixida “Qo’qon adabiy muhiti” deb nomlangan, nihoyatda katta adabiy muhitini asoschisi ham edi. Umarxon xonlik taxtiga ko’tarilgan so’ng siyosit bilan birgalikda maorif, fan, adabiyot va ayniqsa, san`atni rivojlantirshga katta e`tibor qaratdi.
“Umarxongacha Farg’ona xonlari adabiyot yaratgan emas”, – deb yozgan edi taniqli adabiyotshunos T.Jalolov. Amir Umarxon 70 dan ortiq qalam ahlini atrofiga to`plab, butun bir adabiy muhitga asos soldi, uni moddiy va ma`naviy jihatdan qo`llab-quvvatlab turdi, unga rahnamolik qildi. Ko`plab iste`dodlarning ro`yobga chiqishi va xalqqa tanilishida ham Amiriyning hissasi katta. Qo`qonda yashab ijod etgan 70 dan ortiq shoir she`rlaridan namunalar keltirilib, ular haqida muxtasar ma`lumot beruvchi Fazliyning “Majmuai shoiron” tazkirasi, Gulxaniynining “Zarbulmasal”, Mushrif Isfaragiyning “Shohnomai Nusratpayom” asarlari va boshqalar shaxsan Amiriy tashabbusi va homiyligida yaratilgan. Nodirani she`r yozishga undagan, undagi iqtidorni yuzaga chiqargan va shoira sifatida shakllanishida ham Umarxonning xizmatlari katta.
Amiriy iste`dodli shoira Nodira bilan birga hayot kechirishi tufayli ijodiy hamkorlik ham qildi. Shoir oqil kishilarni hurmat bilan eslaganidek, an`analar yo`lidan borib, inson muhabbatiga loqayd yoki tan olmaydigan zohidlarga istehzo bilan qaraydi. Xonlik jur`ati bilan bo`lsa kerak, zohidlarni ayamasdan qattiq tanqid qiladi.
Umarxon “Amiriy” taxallusi bilan she’rlar yozgan. Ma’lumotlarga qaraganda, uning atrofida 70 dan ortiq shoir yig‘ilgan. 1821-yilda Fazliy Namangoniy Umarxon amriga binoan, 63 shoirning she’rini o‘z ichiga olgan “Majmuai shoiron” to‘plamini tuzgan. Uni ulug‘lab qasidalar yozish, g‘azallariga tatabbu’lar bog‘lash bu shoirlar ijodida yetakchi o‘rin tutgan.
Mulla Olim Maxdim Xoji “Tarixi Turkiston” asarida shunday yozadi, “....har vaqt amirning majlisida ulamoyi muhaqqiqlar bo’lub, ulamoyi xushomadgo’ydin parxez qilur ekan. Bulardan boshqa Umarxon “Majmu` ush-shuaro” barpo qilib, zakiy va zarif shuarolardin jam` aylab, hamma shuarolarning aytgan qasoid va g’azaliyot va ash`orotlarini jamlab, devon qilgandur. .... Xususan, Umarxon o’zi shoiri shirinsuxan edi. Aytgan she`rlari Farg’ona va boshqa viloyatlarda mashhurdir”.
Amiriy ijodiga qiziqish shu darajada kuchli bo`lganki, uning devoni XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Toshkent, Buxoro, Istanbul kabi shaharlarda toshbosma usulda 15 martadan ortiq chop etilgan. Shu bilan birga, she`riyat muhlislari tomonidan qayta-qayta ko`chirilgan she`rlari turli bayoz va majmualarga kiritilgan. Ularning nusxalari Sankt-Peterburg, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Qo`qondagi qo`lyozma fondlari, kutubxonalar, muzeylar va ba`zi bir adabiyot muxlislari qo`lida saqlanadi. Qo`lyozma toshbosma nusxalarni turli tazkira va bayozlarni tadqiq etish va tavsiflash jarayonida uning 10229 misra merosini aniqlashga muvaffaq bo`lindi. O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyining matnshunoslik va yozma yodgorliklarni nashr etish bo`limining ilmiy xodimlari tomonidan yozma adabiyot katalogi uchun yig`ilgan materiallar orasida Amiriy devonining 26 ta qo`lyozmasi hisobga olinib, ularning ilmiy tavsifi berilgan. O`zbekiston Respeublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo`lyozmalar fondida ham Amiriy devonining 17 ta qo`lyozmasi mavjud.
Amiriyning qo`qonlik adabiyot ixlosmandi Solijon Yo`ldoshevning shaxsiy kutubxonasida saqlanayotgan 1877-yilda ko`chirilgan nisbatan mukammal devoniga asoslanadigan bo`lsak, shoirning hozirgacha bizga jami 544 ta she`ri ma`lum. Bu she`rlarning janriy tarkibi quyidagicha: 465 g`azal, 53 ta muxammas, 5 ta musamman, 6 musaddas va 16 ta tuyuqdan iborat.
Devonda o’zbek tilidagi she`rlar 307 ta, fors-tojik tilidagi she`rlar esa 159 tani tashkil etadi. Amiriy ijodi janriy jihatdan rang-barang bo`lmaganidek, mavzu doirasi ham keng emas. Shoir merosi g`azal, muxammas, musaddas, musamman, tarjeband, tuyuq kabi janrlardan iborat. U o`z iste`dodini ko`proq g`azal va muxammasdan namoyon etgan.
Umarxon Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedilni o‘ziga ustoz sanab, ulardan ijod sirlarini o‘rgangan, ularga ergashib ijod qilgan, g‘azallariga muxammaslar bog‘lagan. Aruzning turkiy adabiyotda mashhur, xalq ijodida ham keng tarqalgan yengil va o‘ynoqi vaznlaridagina yozilgan bu she’rlarning barchasi ishqu muhabbat mavzuida. Ularda an’anaviylik va tasavvufiy ruh ustun. O‘zbek va fors-tojik tilidagi she’rlarini to‘plab, devon tuzgan. Devon g‘azal, muxammas, musaddas, tuyuq janrlaridagi 10 ming misradan ortiq she’rni o‘z ichiga olgan.
Amiriy devoni tarkibidagi g`azallar arab alifbosi tartibida joylashtirilgan. Boshqa janrlar ham devon tuzilishining asosiy tartiblariga rioya qilgan holda jamlangan. Devon maxsus nomlanmagan. Ammo muallif tomonidan debocha yozilgan. Shoir she`rlarining yaratilish tarixi, mavzu qamrovi ma`nosi timsollar mohiyatini to`g`ri anglashda “debocha”ning ahamiyati beqiyos. Chunki unda shoirning ijtimoiy faoliyati, ijodiy maqsadi borasidagi sharhlari, izohlari o`z ifodasini topgan. Bu ma`lumotlar bizga ko`p masalalarni to`g`ri anglash va xulosa chiqarish imkonini beradi.
Shoir she`riyati mavzusiga ko`ra asosan ishqiy yo`nalishda. Diniy mavzudagi she`r va baytlar ozchilikni tashkil qiladi. Shoh-shoir ijodida salaflarida bo`lgani kabi taqdirdan, dunyodan, odamlardan shikoyat motivlari deyarli uchramaydi. Bu balki Amiriyning hayotda omadli kishilardan ekani – siyosiy-ijtimoiy faoliyatida jiddiy qarshiliklarga duch kelmagani kabi, shahsiy-oilaviy turmushda ham bahtiyorligi bilan izohlanar. Unda-bunda uchraydigan norozilik ruhidagi ba`zi bayt va misralarni esa o`tmish adabiyotidagi an`ana ta`siri deb hisoblash mumkin.
Amiriy devonida g`azal yetakchi o`ringa ega. O`zi devon debochasida ta`kidlanganidek, u g`azalnavis ustozlar izidan borib, ularning barhayot an`analarini davom ettirdi. O`zbek tilining boy imkoniyatlaridan foydalandi.
Sharq so`z san`atining zabardast nomoyandalaridan o`rganish, ulardan ta`sirlanish, g`azallariga tatabbu yozish, taxmis bog`lash – Amiriy ijodining yetakchi xususiyati hisoblanadi. Xususan, u Kamol Xo`jandiy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Fuzuliy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi ustoz shoirlardan bir umr mahorat sabog`ini o`rgandi. Binobarin, bu ulkan so`z san`atkorlari asarlarini chetlab o`tib, Amiriy ijodiga baho berish mumkin emas. Chunki, shoh-shoir she`rlarining har baytida bu she`riyat daholarining hayotbaxsh ta`siri sezilib turadi.
Amiriy ijodida Navoiy va Fuzuliy asarlarining ta`siri yaqqol ko`rinadi. Uning ayniqsa, ustoz Navoiy ijodiga ehtiromi baland edi. Uning 20 ga yaqin g`azaliga muxammas bog`lagan.
“Muntaxab at-tavorix” asarida keltirilishicha, Umarxon uyushtirgan “majlislarda Umar Xayom ruboyilari va Xoja Hofiz Sheroziy baytlaridan o’qilardi. Amir ayniqsa, Umar Xayyomning ruboiylarini ko’p tilga olardi”.
Shuningdek, Amir Umarxon o’zi hurmat qilgan shoirlardan sharqiy turkistonlik Shayh Zaliliy Qashqariyning uch g’azaliga taxmis bog’lagan.
Amir Umarxon hukmronligi davrida kitob yozish ham rivoj topgan. Umarxon hukmronligi davrida Navoiyning eng go’zal devonlari ko’chirib yozilagan. Ularning eng nodir nusxalaridan biri (№2223/1) O’zRFA Sharqshunolik institutida saqlanadi. Shuningdek, bu davrda Lutfiy, Navoiy, amir Umarxonlarning devonlaridan iborat “Muhabbatnoma” degan bir majmua maxsus chiroyloyli bezaklar bilan bezatilib, go’zal xat bilan ko’chirilib tuzilgan. Bu majmuani Umarxon Turkiya sultoniga sovg’a sifatida yuborgan. Xuddi shi tarzda Bedil devoni ham Turkiyaga hadya tarzda yuborilgan.
Umarxonning o’g’li, keyingi Qo’qon xoni Muhammad Alixon ham savodli, adabiyotning qadriga yetadigan shaxs bo’lib, uning hukmronligi davrida Qo’qon xonligida mumtoz adabiyotning namoyondalaring o’nlab asarlari mahalliy tillarga ko’chirilganligi va ularning har biri xatotlik va kitobat san`atining ajoyib namunasi ekanligi bundan dalolat beradi.
Mashhur tarixchi Sharifjon Sadri Ziyo “Tazkirat ul-xattotin” (Xattotlar tazkirasi) asarida u xaqida “Muhammad Alixon Huqandiykim amir Umarxonning farzandi va valiaxdidir, o’n sakkizta xunar sohibi edi. Ulardan biri xattotlik bo’lib, u Mir Ali Soniy edi”, deb yozgan edi. Sadri Ziyo so’zlarining isboti uchun 1842-yil ko’chirilgan “Xon devoni” ning Toshkent va Sankt-Peterburgda topilgan nusxalarini keltirisht mumkin. Muhammad Alixonning o’zi “xon” taxallusi bilan she`rlar yozgan.
Qo’qon xonligida ko’plab shoirlar ijod qilgan. Xonlikda yashab, ijod qilgan shoirlarga quyidagilarni misol qilishimiz mumkin: Akmal (shoir Maxmurning otasi) Amiriy, Boqixonto`ra, Gulxaniy, Yoriy Xo`qandiy, Zavqiy, Zoriy, Maxjub, Maxmur, Muqimiy, Muxtazzib, Mushrif, Muxsiniy, Nasimiy, Nizomiy, Nodir, Nozil, Pisandiy, Rojiy, Sadoiy, Umidiy, Furqat, Shuxrat va boshqalarni ko`rsatish mumkin. Qo`qonda ko`plab iste`dodli shoiralar bo`lgan. Bulardan quyidagilarni tilga olib utish mumkin: Anbar Otin, Baxri Otin, Dilshod, Zebiniso, Zunnat, Karomatoy, Nodira, Saidabonu, To`ttiqiz, Uvaysiy, Fazilatbonu, Fidoiya, Xafiza otin, Xayriniso va boshqalar.
Qo`qon adabiy muhitining vujudga kelishi va rivojlanishi bevosita Amir Umarxon nomi bilan bog’liq, chunki ijod ahlini qo`llab-quvvatlagani uchun ham uning atrofida 70 dan ortiq shoirlar to`plandi. Umarxon dovrug’ini va ta`rifini eshitgan Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent, Jizzax, Hisor, Xo`jand, hatto Hirot va Balxdan ham ko`pgina ijodkorlar Qo`qonga kelib, bu muhit doirasiga qo`shildilar, mahalliy shoirlar ijodiga kuchli ta`sir o`tkazdilar. Qo`qon madaniy hayotida Umarxon va uning atrofidagi shoir va yozuvchilar alohida o`rin egallaydi. Saroy va saroy ahliga yaqin bo`lgan ijodkorlardan tashqari xalq ichida yashab ijod qilgan shoirlar ham bo`lgan. Ularning mavzu va g’oyaviy yo`nalishlari, qadriyatlar bobida bir-biridan farq qilgan. Qo`qon shahrida sharqning yorqin yog’dusi bo`lib dong taratgan shoiralar bo`lgan. Hali birorta shaharda shunchalik ko`p iste`dodli shoiralar borligini tarix bilmaydi. Shuning uchun ham tarixda Qo`qon o`zining adabiy muhiti bilan mashhurdir.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish