Hujayra tuzilishi.
Asosan bir hujayrali
Asosan ko’p hujayrali va
hujayralar tabaqalangan
Hozirgi prokariotlar singari, qadimgi turlarining kislorodga munosabati bir xil
bo’lmagan. Ba’zi bakteriyalar kislorodli muhitda yashay olmasa, ikkinchi xillari kislorodga
chidamli, uchinchi xillari kam kislorodli muhitda yashasa, to’rtinchi xili kislorodsiz muhitda
yashay olmagan. Vaholanki, eukariotlar faqat kislorodli muhitda hayot kechiradi. Dastlabki
prokariotlar abiogen yo’li bilan sintezlangan organik moddalarni
kislorodsiz parchalash
hisobiga yashaganligi ehtimoldan holi emas. Bu esa bora-bora muhitda organik moddalarning
kamayishiga sabab bo’lgan va oqibatda prokariotlar orasida oziqa uchun raqobat
kuchaygan. Bu raqobat kamayishining yagona yo’li ba’zi bir prokariotlarning geterotrof
oziqlanishdan avtotrof oziqlanishga o’tishi edi. Қayd qilingan prokariotlar tarkibidagi
pigmenti bilan farq qilgan bo’lsada. Lekin ular hozirgi sianobakteriyalar va eukariot
organizmlardan farq qilib, fotosintez jarayonini dastlab anaerob sharoitda amalga oshirgan va
atrof-muhitga erkin kislorod ajratmagan.
Bu prokariotlardan keyinchalik sianobakteriyalarning ajdodlari kelib chiqqan, deb
taxmin qilinadi. Prokariotlarning ayrim xillarida ro’y bergan
fotosintez faqat, ular orasidagi
raqobatning kamayishiga emas, balki biogen usulda hosil bo’lgan organik moddalarning
atmosferada esa kislorodning to’planishiga sabab bo’ldi.
Fotosintez jarayoni tufayli bora-bora atmosferaning yuqori qismida ozon qavati hosil
bo’ldi va u mavjudotlarning hayot uchun nihoyatda xavfli ultrabinafsha nurlar ta’siridan
saqlanish imkonini tug’dirdi. Bu esa, o’z navbatida, xilma-xil avtotrof va geterotrof
organizmlarning rivojlanishiga va ularda moddalar almashinuvi jarayonining jadal sur’atlar
bilan borishiga sharoit yaratdi.
Taxmin
qilinishicha, eukariot organizmlar bundan 1,5 mlrd yil ilgari paydo bo’lgan.
Ularning kelib chiqishi haqida ikki xil faraz bor. Ularning biri autogen, ikkinchisi simbiotik
nomini olgan. Autogen farazga ko’ra, eukariot hujayra prokariot hujayra doirasidagi
tabaqalanish natijasida ro’y bergan. Avvalo, bu tabaqalanish membrana va uning
sitoplazmaga kelib cho’kishi hisobiga ichki strukturalar hosil bo’lgan va ular hujayra
organoidlariga aylangan. Қayd etilgan o’zgarishlar qadimgi prokariotlarning qaysi
guruhlarida amalga oshganligini aytish qiyin.
Hujayraning simbiotik yo’l bilan kelib chiqqanligi haqidagi farazni amerika
olimasi L. Margulis himoya qilgan. Yadrodan tashqari, plastida va mitoxondriyalarda DNK
borligi va ular mustaqil ravishda bo’linish yo’li bilan ko’payishi mazkur faraz uchun asos
hisoblanadi.
Margulis qayd etishicha, eukariot hujayraning kelib chiqishi bir necha
bosqichdan iborat bo’lgan. Dastlab amyobasimon prokariot ichiga mayda aerob
bakteriyalar kirib, simbiotik usulda hayot kechirgan. Keyin ular o’z mustaqilligini
yo’qotib, mitoxondriyalarga aylangan. Ikkinchi bosqichda simbiotik prokariot hujayra ichiga
spiroxetasimon bakteriya joylashib, ular ham
oldin simbiotik usulda yashab, keyin o’z
mustaqilligini yo’qotib, kinetosomalar, sentrosoma va xivchinlilarga aylangan. Shundan so’ng
sitoplazmada diffuziya holatida joylashgan DNKning membrana bilan o’ralib, alohidalanishi
natijasida, dastlabki eukariot hujayralar hosil bo’lgan. Ularning evolyutsion taraqqiyoti
keyinchalik zamburug’lar bilan hayvonlarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
Yuqorida qayd qilingan tuzilishga ega eukariot hujayralar rivojlanishining uchinchi
bosqichida ular ichiga sianobakteriya joylashib, oldin simbiotik usulda yashagan, so’ngra ular
ham o’z mustaqilligini yo’qotib, plastidalarga aylanishi tufayli dastlabki eukariot o’simlik
hujayralari paydo bo’lgan. Ular barcha o’simliklarning rivoji uchun asos bo’lgan. Olimlarning
qayd qilishicha, bioximiyaviy jarayonlarning borishi bo’yicha sianobakteriyalar anaerob va
aerob organizmlar
orasida joylashgan. Dastlabki eukariot hujayralilar taxminan 15000—
14000 mln yil ilgari paydo bo’lgan. Bu davrga kelib, atmosferada kislorod ko’p bo’lganligi va
eukariotlar o’z tabiatiga ko’ra aerob ekanligi sababli ular muhitga tez moslashgan.
Eukariot
xujayralarning turli-tuman xillari 1 mlrd yil ilgari paydo bo’lib, ularning ba’zi bir xillarida
jinsiy urchish kuzatilgan. Eukariot organizmlarning keyingi 400 mln yil davomidagi
rivojidan keyin, aftidan, ko’p hujayrali organizmlar kelib chiqqan:
a) dastlabki tirik hujayralar mayda yumaloq anaerob holatda bo’lgan va abiogen yo’l
bilan hosil bo’lgan organik moddalarni bijg’itish tufayli ajralgan energiya hisobiga
yashagan;
b) tayyor oziqaning kamayishi natijasida ulardan fotosintez qiluvchi organizmlar
hosil bo’lgan. Lekin ularda fotosintez anaerob usulida ro’y bergan. Atmosferadan Yerga
tushgan ultrabinafsha nurlar ammiakni parchalab, atmosferada azotning ko’p yig’ilishiga
sabab bo’lgan;
v) bundan taxminan 2 mlrd yil ilgari aerob fotosintez qiluvchi prokariotlarning —
hozirgi sianobakteriyalarning ajdodlari paydo bo’lgan. Bu mikroorganizmlar stratolitlarni
hosil qilib,
kislorod ajratgan, lekin 100 mln yil davomida kislorod okeandagi temir bilan
reaksiyaga kirishib, atmosferada to’planmagan;
g) okeandan temir va shu singari metallar ajralganidan so’ng, atmosferada
kislorod to’planib, hozirgi darajaga yetgan. Bu biologik evolyutsiyaga o’z ta’sirini
ko’rsatgan. Anaerob organizmlar kislorodsiz joylarga ko’chib, fotosintez uchun qulay,
joylarni sianobakteriyalar egallagan. Shu usulda azotni fiksatsiya qiluvchi organizmlar
ham anaerob hayot sharoitiga ko’chgan yoki geterotsista hosil qilib himoyalangan.
Atmosfera ozoni (O
3
qavat) hayot uchun xavfli ultrabinafsha nurlarning ko’pchiligini
Yerning toza qismlariga o’tkazmagan;
d) atmosferada kislorod ko’payishi tufayli va u bilan nafas oluvchi hujayralar
rivojlanishi natijasida ularda moddalar almashinuvi samaradorligi yuqori bo’lgan.
Nihoyat, 1450 mln yil ilgari dastlabki eukariot
hujayrali formalar rivojlanib, ular
to’lig’icha aerob muhitda yashashga moslashgan. Mazkur organizmlarda jinsiy yo’l bilan
ko’payishning paydo bo’lishi ularning xilma-xil bo’lishiga va takomillashuviga imkon bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: