Hayot faoliyati


XIII. 4. Sanoat korxonalarining xonalari



Download 1,67 Mb.
bet172/223
Sana31.12.2021
Hajmi1,67 Mb.
#254094
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   223
Bog'liq
4-Hayot-faoliyati-xavfsizligi.-G.Yormatov-va-boshqalar-T-2009

XIII. 4. Sanoat korxonalarining xonalari
Sanoat korxonalarining xonalari texnologik jarayon talablariga va tayyorlanadigan m ahsulot katta-kichikligiga qarab quriladi. Korxonaning umumiy sexlarida har bir ishchi uchun kamida 15 m 3 hajmdagi maydon to ‘g‘ri kelishi, bunda minimal maydon 4,5 m 2 dan kam bo'lmasligi va binoning balandligi kamida 3,2 m bo'lishi sanitariya qoidalarida chegaralab qo‘yilgan.
H ar xil sanoat chiqindilari va issiqlik ajralib chiqadigan texnologik jarayonlar bo‘lganda (bunda issiqlik ajralishi 20 kkal m2

  • 1 soatda), shuningdek, titrash manbalari mavjud bo‘lsa, bunday sanoat korxonalari uchun bir qavatli bino qurish sanitar-gigienik nuqtayi nazaridan qulay hisoblanadi.

Agar ko‘p qavatli binolarga joylashgan mashinasozlik sanoati korxonalarida yuqorida ko‘rsatilgan sexlami eng oxirgi qavatga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Agar bunday sexlar qavatlar o ‘rtasiga joylashtirilsa, zararli chiqindilr va issiqlik boshqa qavatlarga ham o ‘tib ketib, ularning zararlash maydonlarini oshirib yuboradi. Zararli m oddalar ajratadigan yoki ko‘plab issiqlik chiqaradigan jihozlarni ayrim xonalarda iloji boricha xonaning chekka tomonlariga devorlar yaqiniga o'rnatiladi. Mashinasozlik sanoatida bunday xonalarga temirchilik sexlari, lak-bo'yoq ishlarini bajaradigan uchastkalar va detallarga galvanik ishlov berish sexlari joylashgan bo'ladi.

Har xil sanitar-gigienik sharoitga ega bo'lgan ishlarni bir
xonada joylashtirilganda, ularning zararlovchi omili ta’siri boshqalarga ham ta ’sir qilmasligini ta’minlovchi chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak. Bunda, masalan, havo dushlari, zararli mashinalarni ajratish, havo to'siqlari va boshqalardan foydalaniladi. Ishlab chiqarish xonalarini yerto‘lalarga joylashtirish, texnologik jarayon uchun zarur bo'lgan ayrim hollardagina yo‘l qo'yiladi.
Xonalarga tabiiy yorug'lik tushishi muhim rol o'ynaydi.



246

Shuning uchun ham yorug'lik tushiruvchi deraza va tuynuklarning joylashishiga alohida e’tibor beriladi va bular albatta hisoblab chiqiladi. Tepa tomondan yorug'lik tushishini ta ’m inlovchi fonarlar holatiga alohida e’tibor berish zarur. Chunki sanoat korxonalarida zaharli moddalar chiqishini hisobga olib, sanoat korxonasi shamollatish vositalari bilan jihozlanishidan qat’i nazar, uni shamollatishning ma’lum vositalari bilan jihozlash zarur hisoblanadi. M ana shu shamollatish vazifasini yorug‘lik tushirishni ta’minlovchi fonarlar amalga oshiradi. Shuning uchun ham yorugMik tuynuklarining 20% i ochiladigan vositalar bilan ta’minlanadi va shamollatish vazifasini bajaradi. Yon tom onga o‘rnatilgan derazalar ham shu vazifani bajaradi.

Binolarning devor va shiftlariga ham alohida e’tibor beriladi. Ular ishchilarni sovuq va zax havodan saqlashi bilan birga zaharli modda va gazlarni shimib olmasligi va bunday moddalarni undan yuvib yuborish oson boMishi kerak. Binolarning tashqi devorlari



albatta qiyin yonadigan yoki yonmaydigan qurilish konstruksiyalaridan tayyorlanadi (m asalan, gMsht, beton, tem ir-beton va metall konstruksiyalar). U lar bundan tashqari issiqlikni saqlash qobiliyatiga ham ega.
Namlik ko‘p boMadigan sanoat korxonalari binolari (m asalan, detallarni yuvish, bo‘yash, galvanika uchastkalari) devorlari va shiftlari suv va namlikni oMkazmaydigan qilib tayyorlanadi.
Ba’zi bir juda zaharli va yemiruvchi xususiyatga ega boMgan moddalar bilan ish bajaradigan (masalan, simob, qo‘rg‘oshin, mishyak, benzol, kislotalar, oltingugurtli gazlar va boshqalar) xonalarda, bino devorlari, pollari va shiftlari bu m oddalarni o'ziga jamlab yoki shimib olmasligi, oson yuvib tashlash m um kin boMgan materiallar bilan qoplanadi.
M a’lumki ba’zi bir moddalarning bugMari (simob, tetraetil qo‘rg‘oshin va boshqalar) hattoki, uncha katta boMmagan miqdorlarda ham devor va shift yuzalariga o‘tirib qolishi va uzoq muddat undan ajralib chiqib, ishlab chiqarishda band boMgan kishilarning surunkali zaharlanish hodisalari uchraydi. Shuning uchun ham bunday binolarning devorlari nitroemal yoki boshqa turdagi turgMn bo‘yoqlar bilan bo'yaladi.
Masalan, sanoat korxonalari binolarida galvanik ishlarini bajaradigan, simob bilan ishlatiladigan asboblarni ta ’m irlashda foydalaniladigan, shuningdek, moy bilan ishlatiladigan qurilm alar yigMladigan, akkumulatorlar zaryadlanadigan xonalarning devorlari 2 m gacha balandlikda sopol plitkalar bilan qoplanadi.


247

Ba’zi bir ko'p chang ajralish bilan boradigan ishlar bajariladigan xonalarda (m asalan, quymalarni qum oqimi bilan tozalash, shlifovka qilish va boshqalar) chang so‘rish vositalarini o‘rnatish, pol va bino devorlarini suv bilan yuvib tozalash imkonini beradigan qilib bajarish kerak.
Demak, har bir xonani ish bajarish turi, xili va holatiga qarab jihozlanadi va bunda sanitariya qoida va m e’yorlariga to ‘la amal qilinadi. Sanoat korxonalari xonalari pollariga ham alohida ahamiyat beriladi. Pollar issiq, mustahkam, tarang bo‘lib, ba’zi bir zarbalarga chidash berishi va yetarli miqdorda yukni ko‘taraolishi kerak. Undan tashqari siф anchiq boMmasligi va tozalashga qulay boMishi kerak.
Mexanika va asbobsozlik sexlarida bino pollari issiqlikni saqlovchi materiallardan tayyorlanadi.
Agar ba’zi bir sexlarda polga ishqor yoki kislota to‘kilishi xavfi boMsa, bunday sexlarning pollari sopol plitkalar bilan qoplanadi. YongMnga xavfli sexlarda pollar yonmaydigan yoki olov ta ’siriga chidaydigan materiallardan tayyorlanadi. Shuningdek, kislota va ishqorlar boMgan sexlarda ularni yuvib yuborish imkoniyatini beradigan oqova uchastkalari ta’minlanadi.
K o‘plab yog‘ mahsulotlari to‘kilishi mumkin boMgan xonalarning poli ham sopol plitkalar bilan qoplanadi yoki betondan juda silliq qilib tayyorlanadi.
H ar qanday sanoat korxonasi xonalari yongMn boMgan taqdirda odam larni u yerdan chiqarib yuborishning eng qisqa va xavfsiz yoMlari bilan ta’minlanadi. Shuning uchun sanoat korxonalari har qanday binosida kam ida ikkita chiqish yoMi boMishi va bular iloji boricha qarama-qarshi tom onga chiqishi kerak. Korxonaning ham m a eshik va darvozalari albatta tashqariga ochilishi kerak. H ar bir sanoat korxonasi uchun eng uzoq ish joyidan tashqariga chiqishgacha boMgan vaqt muddati belgilanadi.
Ishchilarni ish joylaridan tashqariga chiqarib yuborish vaqti 3 m inutdan ortiq boMmasligi kerak.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish